ru
Feedback
MATH ACADEMY xususiy maktabi

MATH ACADEMY xususiy maktabi

Открыть в Telegram

MATH ACADEMY- • Mehnat • Intizom • Natija Qabul bo’yicha murojaat: +998913336622 📞Maktab direktori: @mirolim_raxmatov

Больше
4 994
Подписчики
-424 часа
+1047 дней
+2330 день
Архив постов
🌟 YUKSAK E’TIROF — KATTA G‘URUR! 🌟 🇺🇿 Salimov Akademiyasi The School of Mathematical Academy xususiy maktabi direktori Sh
+1
🌟 YUKSAK E’TIROF — KATTA G‘URUR! 🌟 🇺🇿 Salimov Akademiyasi The School of Mathematical Academy xususiy maktabi direktori Shuhrat medali sohibi Raxmatov Mirolim To‘xtayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimoti bilan “O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar! 🏅🇺🇿 Ushbu yuksak mukofot — ta’lim sohasidagi fidokorona mehnat, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissa va samarali faoliyatning yuksak e’tirofidir. 🏫 Bu mukofot nafaqat direktorimiz, balki butun maktab jamoasiga bildirilgan yuksak ishonch va katta mas’uliyat ramzidir. 👏 Hurmatli Mirolim To‘xtayevich! Sizni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va xalqimiz ta’limi yo‘lida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🏅 Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin! ❤️🇺🇿

Bizni qudratimizga shubha qilsangiz shogirdlarimiz natijasiga qarang!!!

Геолокация

23- avgust imtihon boʻlib oʻtadigan maktabimiz lokatsiyasi. Manzil: Gʻijduvon tuman. Yu.Hamadoniy koʻchasi. Math academy Moʻljal: Kavsar klinika roʻparasida

🎓 Texnika yo‘nalishini tanlasam, kelajakda kim bo‘la olaman? Bu savolga javob berish uchun Texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun kelajakdagi kasb va imkoniyatlarni ushbu rolik orqali yoritishga harakat qildik. 📐 Matematika + ⚡ Fizika — zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan ko‘plab kasblar uchun mustahkam poydevor! 🎬 Rolikni tomosha qiling va Texnika yo‘nalishi siz uchun qanday imkoniyatlar eshigini ochishini bilib oling! 🚀

Buxgalteriya lokatsiyasi.

Геолокация

📢 THE SCHOOL OFF MATHEMATICAL ACADEMY (MATH ACADEMY) XUSUSIY MAKTABIGA QABUL QILINGAN O‘QUVCHILAR DIQQATIGA! Hurmatli ota-onalar! MATH ACADEMY xususiy maktabiga qabul qilingan o‘quvchilarni rasmiylashtirish jarayonida quyidagi hujjatlarni to‘liq shaklda tayyorlab, belgilangan tartibda taqdim etishingiz so‘raladi. 📋 TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR Ota-onaning pasportidan nusxa — 2 dona. O‘quvchining metrkasidan nusxa — 2 dona. O‘quvchining pasportidan nusxa — 2 dona (agar pasport olgan bo‘lsa). Baholar tabelining asli — 5–9-sinflar uchun (eski maktabdan olinadi). Shahodatnomaning asli — 10-sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilar uchun (eski maktabdan olinadi). ERP bazadan chiqarish — eski maktabdagi zavuch bilan amalga oshiriladi. 3,5 × 4,5 hajmdagi fotosurat — 4 dona (oq fonda). Tarjimayi hol. Tibbiy daftar (eski maktabdan olinadi). Fayl papka — 1 dona. Ketish talonining asli (eski maktabdan olinadi). Kundalik.com login va paroli (bilmaganlar eski maktabdagi sinf rahbaridan olishlari mumkin). ⸻ 📝 HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI 1️⃣ HUJJATLARNI TAYYORLANG Yuqoridagi hujjatlarni to‘liq tayyorlab, o‘zingiz bilan olib kelasiz. 2️⃣ MAKTAB BUXGALTERIYASIGA MUROJAAT QILING 📍 Manzil: 2-kollej binosi — MATH ACADEMY buxgalteriyasi 💳 To‘lovlarni amalga oshirish uchun avvalo buxgalteriyaga murojaat qilasiz. 📞 Telefon: 91 648 49 12 📍 Buxgalteriya lokatsiyasi quyida taqdim etiladi. 3️⃣ ASOSIY MAKTAB BINOSIGA BORING To‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng, sobiq 5-kollejdagi MATH ACADEMY asosiy maktab binosiga borasiz. 👉 Bu — o‘quvchilar imtihon topshirgan bino. U yerda: 📌 Tayyorlangan hujjatlarni topshirasiz; 📌 Ariza yozasiz; 📌 Shartnoma imzolaysiz. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 91 413 31 75⚠️ MUHIM! Hujjatlarni to‘liq tayyorlab kelishingizni va rasmiylashtirish jarayonini yuqoridagi ketma-ketlik asosida amalga oshirishingizni so‘raymiz. 🎓 MATH ACADEMY Sifatli ta’lim. Kuchli muhit. Yuqori natija.

❤️ Bu safar so‘zlar — farzandlaringizdan… Uzoqda bo‘lsa ham, qalblarida ota-onasiga bo‘lgan mehr doimo yaqin. 🥹❤️ Ushbu video — farzandlaringizning sizlarga bo‘lgan samimiy sevgisi va sog‘inchidan kichik bir lavha. MATH ACADEMY 🏫✨— farzandingizning ta’limi bilan birga, uning qalbiga ham e’tibor beradi. 🌱

🏆 MATH ACADEMY O‘QUVCHISI — TOP-3 DA! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2026–2027-o‘quv
🏆 MATH ACADEMY O‘QUVCHISI — TOP-3 DA! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2026–2027-o‘quv yili “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📊 Hudud boʻyicha 88 nafar abituriyent ishtirok etgan tanlovda bor-yo‘g‘i 3 ta qabul o‘rni ajratilgan. 🥉 XO‘JAMURODOV XUMOYUN NORBOYJON O‘G‘LI! 💯 326,6 ball BILAN TALABALIKKA TAVSIYA ETILDI Eng quvonarlisi, Xumoyun — SALIMOV AKADEMIYASI MATH ACADEMY o‘quvchisi! 🔥 👏 Xumoyunni, uning ota-onasi va ustozlarini ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz! 🚀 MATH ACADEMY — natija bilan gapiradi!

🎉 Salimov Akademiyasi “MATH ACADEMY” xususiy maktabidan ajoyib yangilik! Farzandingizni Prezident maktabi, al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek hamda boshqa nufuzli ixtisoslashtirilgan maktablarga muvaffaqiyatli tayyorlamoqchimisiz? 📚 MATH ACADEMYda 2-, 3-, 4-, 5-, 6- va 7-sinf o‘quvchilari uchun maxsus tayyorlov guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Darslar: ✅ viloyat va respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan tajribali ustozlar; ✅ Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari formatini chuqur biladigan mutaxassislar; ✅ zamonaviy metodika asosida ishlaydigan ingliz tili va tanqidiy fikrlash o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. MATH ACADEMY — orzular sari ishonchli qadam! Murojaat va batafsil ma’lumot: 99891 333 66 22

📢 MATH ACADEMY O‘QUVCHILARI VA OTA-ONALARI DIQQATIGA! 🎓 9-, 10- va 11-sinflar uchun yangi o‘quv yilini boshlaymiz! Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar! 📅 3-avgust, dushanba kunidan boshlab MATH ACADEMY’da yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlanadi. 👨‍🎓 Kimlar uchun? Ushbu darslarda: ✅ Sentabr oyidan boshlab 9-sinfga o‘tadiganlar; ✅ 10-sinfga o‘tadiganlar; ✅ 11-sinfga o‘tadigan o‘quvchilar qatnashadi. 📍 Dars mashg‘ulotlari manzillari: 🔹 Ijtimoiy-gumanitar, Yuridik yo‘nalishlar hamda 9-sinf Tibbiyot yo‘nalishi 📌 MATH ACADEMY asosiy maktabi (sobiq 5-kollej binosi) 🔹 Texnika va Iqtisod yo‘nalishlari 📌 Buxoro davlat universitetining Soktari MFY hududidagi binosi 🏠 Yotoqxonalar 2-avgust, yakshanba kuni soat 16:00 dan boshlab ochiladi. ⚠️ ESLATMA! Ushbu e’lon faqat MATH ACADEMY’da avvaldan tahsil olayotgan va sentabr oyidan boshlab 9-, 10- hamda 11-sinfga o‘tadigan o‘quvchilarga tegishli. ❗️Yangi qabul qilingan hamda yozgi lagerda tahsil olgan o‘quvchilarga ushbu e’lon taalluqli emas. 🚀 MATH ACADEMY — yangi o‘quv yilida yangi marralar sari!

photo content
+1

🎓 Bugundan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi! Hurmatli bitiruvchilar! Mana, uzoq tayyorgarlik v
🎓 Bugundan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi! Hurmatli bitiruvchilar! Mana, uzoq tayyorgarlik va mehnatlaringizni sinovdan o’tkazadigan mas’uliyatli kunlar boshlandi. Math Academy jamoasi barcha abituriyentlarga xotirjamlik, ishonch va eng muhimi, omad tilaydi! 🤲 Bugun sizni muvaffaqiyatga olib boradigan eng katta kuch — o’zingizga bo’lgan ishonch va qilgan mehnatingizdir. 📚 Bilimingiz barakali, ✍️ Javoblaringiz aniq, 🎯 Natijalaringiz esa kutilganidan ham yuqori bo’lsin! Barchangizga talabalik baxti nasib etishini tilaymiz! Omad yor bo’lsin! 🍀

🌸 Ona — mehr, fidoyilik va cheksiz muhabbat timsoli. O‘quvchilarimizning qalbidan chiqqan eng samimiy e’tirof: 💞 «Bu mening onamdir! Bu mening onamdir!»

🛤️ Musofirlik va 📚 ilm insonni ulgʻaytiradi, qalbini toblaydi. Uyidan uzoqda, orzular sari odimlayotgan farzandlar qalbida esa bir sogʻinch yashaydi — ota mehri va oila bagʻri… 👨‍👧‍👦💭 Ushbu rolik — yutuqlarini otasiga bagʻishlayotgan, yuragida bitta samimiy soʻzni asrab kelayotgan bolalarning dil izhori: “Dada, sizni yaxshi ko‘raman!” ❤️ Biz sizni sogʻindik… Biz ulgʻayyapmiz… Va sizni faxrlantirish uchun astoydil harakat qilyapm

🛤️ Musofirlik va 📚 ilm insonni ulgʻaytiradi, qalbini toblaydi. Uyidan uzoqda, orzular sari odimlayotgan farzandlar qalbida esa bir sogʻinch yashaydi — ota mehri va oila bagʻri… 👨‍👧‍👦💭 Ushbu rolik — yutuqlarini otasiga bagʻishlayotgan, yuragida bitta samimiy soʻzni asrab kelayotgan bolalarning dil izhori: “Dada, sizni yaxshi ko‘raman!” ❤️ Biz sizni sogʻindik… Biz ulgʻayyapmiz… Va sizni faxrlantirish uchun astoydil harakat qilyapm

🇺🇿 Bir maqsad. Bir orzu. Bir maskan. Math Academy yozgi o‘quv lagerida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan o‘quvchilar jam bo‘lib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Masofalar uzoq bo‘lsa-da, ularni birlashtirgan yagona kuch bor — ilm, orzu va kelajakka ishonch. ✨ Math Academy — iste’dodlarni birlashtiruvchi maskan. #MathAcademy #OquvLageri #IlmBirlashtiradi #Buxoro #Toshkent #Samarqand #Jizzax #Andijon #Qashqadaryo

photo content