MATH ACADEMY xususiy maktabi
الذهاب إلى القناة على Telegram
MATH ACADEMY- • Mehnat • Intizom • Natija Qabul bo’yicha murojaat: +998913336622 📞Maktab direktori: @mirolim_raxmatov
إظهار المزيد4 825
المشتركون
-324 ساعات
-687 أيام
-14030 أيام
أرشيف المشاركات
🏫 MATH ACADEMY — TA’LIMDA NATIJA, KELAJAKKA ISHONCH! 🚀
Bugungi kunda Salimov Academy — MATH ACADEMY xususiy maktabida 3000 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. 📚✨
👨🏫 150 nafardan ortiq ustoz va murabbiylar esa yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berish yo‘lida fidokorona faoliyat yuritmoqda.
🏆 Maktabimiz o‘quvchilari bugungi kunda respublika miqyosidagi fan olimpiadalari, turli tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
🎓 Shuningdek, bitiruvchilarimizning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari ham yuqori natijalar qatoridan joy olmoqda.
Ammo MATH ACADEMY haqida eng yaxshi fikrni biz emas, biz bilan birga ta’lim olayotgan o‘quvchilarimiz va faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz aytadi. ❤️
🎥 Videoda siz MATH ACADEMY ustozlari va o‘quvchilarining maktabimiz, ta’lim muhiti va yaratilgan imkoniyatlar haqidagi samimiy fikrlarini ko‘rishingiz mumkin.
💙 MATH ACADEMY — bilimdan natijaga, natijadan katta kelajak sari!
🔥NAVBATDAGI KATTA NATIJA!🔥
🤩 Math Academy o‘quvchisi, 10-sinfda tahsil olayotgan Azizbek Nasulloyev birinchi urinishdayoq IELTS’dan 7.0 natijaga erishdi! 👏
📌 Natijalar:
🎧 Listening — 7.5
📖 Reading — 7.5
🗣 Speaking — 6.0
✍️ Writing — 6.0
🏆 Overall — 7.0
Azizbekni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz! 🥳 Bu yutuq uning mehnati, sabri va muntazam tayyorgarligining natijasidir. Kelgusida bundan ham yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz! 🚀
👨🏫 Ustozi: Nodirjon Hikmatullaev
🏫Math Academy’da munosib mehnat — munosib natija!
📞 +998 91 333 66 22
✈️ Telegram: @mathacademy_ps
🎉 TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎉
Bugun Math Academy xususiy maktabi hamshirasi Kenjayev Gulshoda ustozning tavallud ayyomlari! 🌷
Hurmatli Gulshoda ustoz!
Sizni ushbu qutlug‘ kuningiz bilan Math Academy jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 💐
Sizga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, fayzu baraka va uzoq umr tilaymiz. Maktabimiz o‘quvchilari salomatligini asrash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda doimo kuch-g‘ayrat hamda muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
🌸 Har bir kuningiz quvonchli,
🌸 qalbingiz xotirjam,
🌸 xonadoningiz fayzli,
🌸 hayotingiz go‘zal lahzalarga boy bo‘lsin!
Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, Gulshoda ustoz!
Yangi yoshingiz baxt, omad va ezgu yangiliklarga boy kelsin! 🎂🌹
Hurmat bilan,
Math Academy jamoasi
Bu videoga ortiqcha izoh yozib o’tirmadim. Xudo omadingizni bersin qadrdon shogirdlar.
🏕️ MATH ACADEMY O’QUVCHILARINING OTA-ONALARI UCHUN:
🧒🏻 Maktabni yotoqxonasida yashaydiganlar uchun kerakli buyumlar ro‘yxati
⸻
📌 1. Shaxsiy gigiyena vositalari:
• Tish cho‘tkasi va tish pastasi
• Yuz-jism uchun sovun (sovun qutisi bilan)
• Shampun va dush geli
• Taroq
• Qo‘l sochiq (1 dona)
• Hammom sochiq (1 dona)
• Hojatxona qog‘ozi
• Qizlar uchun shaxsiy gigiyena vositalari
⸻
🧳 2. Kiyim-kechak va kundalik zarur jihozlar:
• Ichki kiyim (yetarli miqdorda)
• Paypoq (ehtiyojga qarab)
• Uy kiyimi
• Kundalik (dars) kiyimi
• Shippak va kundalik oyoq kiyim
• Kir kiyimlarni solish uchun alohida paket yoki sumka
⸻
🛏️ 3. Yotoq va uyqu uchun vositalar:
• Yostiq jildi va choyshab
• Ko‘rpa-to‘shak, yostiq
⸻
📚 4. Ta’lim va yozuv uchun zarur anjomlar:
• 4 dona daftar (yozuv va topshiriqlar uchun)
• Qalam, ruchka, o‘chirg‘ich, lineyka va boshqa o‘quv anjomlari
• Badiiy asarlar.
⸻
❌ 5. Olib kelinishi taqiqlangan buyumlar:
• Telefon (hatto tugmali bo‘lsa ham), planshet, noutbuk, smart-soatlar, har qanday gadjetlar
• Naushnik, bluetooth moslamalar
• Har qanday energiya ichimliklari yoki gazli ichimliklar
• Pichoq, qaychi, o‘tkir buyumlar
• Qimmatbaho zargarlik buyumlari yoki katta miqdordagi pul
• Har qanday diniy adabiyotlar, tarqatmalar va materiallar
• Qizlar uchun parfyumeriya va kosmetika vositalari
• Brend kiyimlar bilan maqtanish uchun olib kelingan liboslar
• Chips, fast food mahsulotlari, konservalangan ovqatlar, shirinliklar, har xil saqichlar
• Yigitlar uchun har qanday tamaki mahsulotlari, tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dori-darmonlar, spirtli ichimliklar
• Pul tikiladigan o‘yin vositalari (karta, narda va boshqalar)
• Ruxsatsiz olib kelingan har qanday buyum zudlik bilan olib qo’yiladi va maktabdan chetlashtiriladi. (Muhokamalarsiz)
⸻
✅ Eslatma:
5-8- sinflarga darslar 3-sentabrdan;
9-11- sinflarga darslar 10-sentabrdan boshlanadi.
Oʻquv jarayoni, yotoqxona, maktablar manzili yuzasidan quyidagi raqamlarga bogʻlanishingiz mumkin:
5-6-sinflar uchun: Qurbonova ustoz
+998 99-416-19-49
7-8- sinflar uchun: Abdurahmonov ustoz
+998 90-637-15-16
9-11-sinf Iqtisodiyot yoʻnalishi uchun: Idiyev Dilshod ustoz
+998 91-648-66-00
9-11-sinf Yuridik, texnika, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalish uchun: Oripov Abdulla ustoz
+998 91-973-33-66
9-11-sinf Tibbiyot yoʻnalishi uchun
Karomatov Sardor ustoz:
+998 91-407-47-17
9-11-sinf TIBBIYOT yoʻnalishi maktabi
📍 Manzil: G‘ijduvon tumani, Zarafshon MFYda joylashgan 58-maktab.
9-11-sinf Yurisprudensiya, Texnika va ijtimoiy-gumanitar maktabi
📍 Manzil: G‘ijduvon tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi, 66-maktab.
📌 Mo‘ljal: Avtomaktab ro‘parasida.
9-11-sinf IQTISODIYOT yoʻnalishi maktabi
📍 Manzil: G‘ijduvon tumani, Soktari MFYda joylashgan Buxoro Davlat Universiteti binosi.
📍 DIQQAT, MUHIM MA’LUMOT!
Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
🏫 Quyida oʻquvchining oʻqiydigan yo‘nalishi bo‘yicha MATH ACADEMY maktablarimizning lokatsiyalari va manzili keltiriladi.
🗺️ Maktablarimiz lokatsiyalari quyida 👇
