cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti ®️ 1955-yilda asos solingan. 📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy 📲 Telefon: (0-374) 223-94-60 ⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot

Больше
Рекламные посты
6 067
Подписчики
+1424 часа
-17 дней
+4630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

INSTITUT VAKILLARI “BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” SHIORI OSTIDAGI DONORLIK AKSIYASIDA QATNASHDI “Donor” so‘zi lotinchadan tarjima qilganda “tuhfa qilmoq” degan ma'noni anglatadi. Chunki, donor o‘z qonini berish orqali boshqa bir insonning hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin. Bugun, 31-may kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial demoktarik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ham faol ishtirok etdi. Andijon viloyat qon quyish markazida bo‘lib o‘tgan aksiyada 50 nafardan ziyod institutimiz jamoasi va talabalar qatnashdilar. Ular mazkur aksiyada qatnashib, qon topshirish orqali ko‘plab bolajonlarga dardlarini yengillatishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Показать все...
❗️ Imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beriladi 👩‍⚕️Imtiyozga ega shaxslar tibbiyot tashkilotlarining ularga koʻrsatgan tibbiy xizmatlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplangan mablagʻlar haqida toʻliq maʼlumotlarni onlayn tarzda olishlari va bu orqali jamoatchilik nazoratini oʻrnatishlari mumkin. 💻 Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib, “Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yoʻllanma asosida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar maʼlumoti”ni olishga soʻrov yuboriladi. 👨‍💻 Ota-onalar ham ushbu xizmat orqali farzandlariga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot olish imkoniyatiga ega. 💬 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! ▶️https://youtube.com/shorts/Y-wrDA-qLj0?feature=share @ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
Показать все...
Davlat tibbiy sug'irta jamg'armasi

31 май — Бутунжаҳон тамакисиз кун ❗️Дунёда 37 миллионга яқин 13–15 ёшдаги ёшлар тамаки чекади 🚬Тамаки маҳсулотларини истеъмол қилиш инсон саломатлигига жиддий зарар етказади. Ушбу оддий ҳақиқат ҳақида кўп бора эшитсак-да, афсуски, ҳозирги кунда бутун дунёда тамаки чекувчилар сони тобора ортиб бормоқда. Айниқса, ёшлар орасида бу одатнинг кенг тарқалаётгани ачинарли. 🖇Шу сабабдан ҳам жорий йилда Бутунжаҳон тамакисиз кун махсус ёшларга мўлжалланган тамаки маҳсулотлари пайдо бўлишига чек қўйишга қаратилган саъй-ҳаракатларни қўллаб-қувватлашга йўналтирилган. Бугун бутун дунёдаги ёшлар, сиёсатчилар ҳамда тамакига қарши курашиш соҳасининг фаоллари учун ушбу муаммони муҳокама қилиш платформасига айланади. Улар мамлакатлар ҳукуматларини ёшларни тамаки саноатининг турли найрангларидан ҳимоя қилиш учун зарур чораларни кўришга даъват этадилар. 🧑🏻‍💼Мутахассисларнинг фикрига кўра, тамаки ишлаб чиқариш саноати вакиллари болалар ва ўсмирларга жозибали бўлиб кўринадиган маҳсулотларни яратаётгани ва реклама усулларини ўйлаб топаётгани ачинарли ҳолдир. Бунинг учун тамаки саноати ижтимоий медиа ва стриминг платформалардан кенг фойдаланмоқда. 🌐Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотига кўра, дунё бўйлаб 13–15 ёшдаги 37 миллион нафар ўғил-қизлар тамакини у ёки бу шаклда истеъмол қилади. ЖССТнинг Европа минтақасида эса 13–15 ёшдаги 11,5 фоиз ўғил болалар ва 10,1 фоиз қизлар (умумий ҳисобда 4 миллион нафар ёшлар) тамаки чекади. 🔻Тамаки таркибидаги никотин қарамликни келтириб чиқаради ҳамда унинг истеъмоли юрак-қон томир ва нафас олиш тизими касалликлари, саратоннинг 20 дан ортиқ турлари ва бошқа кўплаб ногиронликка олиб келувчи хасталикларнинг ривожланиши учун асосий хавф омилидир. Ҳар йили 8 миллиондан ортиқ одам тамаки истеъмоли оқибатларидан вафот этади. 👫Дунёдаги болаларнинг деярли ярми тамаки тутуни билан ифлосланган ҳаводан нафас олади ва ҳар йили 65 минг нафар бола атроф-муҳитдаги тамаки тутуни таъсиридан келиб чиққан касалликлардан вафот этади. Ҳомиладорлик пайтида чекиш эса чақалоқларда умр бўйи давом этадиган жиддий касалликларга олиб келиши мумкин. 📈Баъзи маҳсулотлар, масалан, электрон сигареталар, қиздириладиган тамаки маҳсулотлари ва никотинли снюслар ёшлар орасида тез оммалашмоқда. ЖССТ маълумотига кўра, Европа минтақасида 2022 йилда электрон сигареталарни 12,5 фоиз ўсмирлар ва бор-йўғи, 2 фоиз катталар чеккан. Шунингдек, дунёнинг барча ҳудудларида болалар ўртасида электрон сигаретани истеъмол қилиш кўрсаткичлари катталарникидан юқори. Айрим мамлакатларда электрон сигареталарнинг мактаб ўқувчилари орасида тарқалганлиги одатдаги сигареталарга қараганда 2-3 баравар юқори.
— Ўзбекистонда халқаро тажрибадан келиб чиққан ҳолда ёшларни тамаки маҳсулотларидан ҳимоя қилиш мақсадида қатор чоралар кўрилмоқда, — дейди Соғлиқни сақлаш вазирлигининг тамакига қарши курашиш бўйича бош консультанти Шуҳрат Шукуров. — Хусусан, 2023 йил 24 майда Ўзбекистон Республикасининг “Алкоголь ва тамаки маҳсулотларининг тарқатилишини ҳамда истеъмол қилинишини чеклаш тўғрисида”ги Қонунининг қабул қилиниши нафақат юртдошларимиз, балки халқаро ҳамжамият томонидан ҳам мамнуният билан қарши олинди. Жорий йилнинг 18 майида Вазирлар Маҳкамаси томонидан Тамаки маҳсулотлари тўғрисидаги техник регламенти тасдиқланди. Ҳозирда ваколатли органлар томонидан тамаки маҳсулотларининг ноқонуний айланмасига қарши чоралар кўрилиб, уларнинг зарари тўғрисида аҳолининг хабардорлигини ошириш бўйича тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда.
📊Мутахассисга кўра, сўнгги йилларда юртимизда чекиш кўрсаткичлари амалга оширилган чоралар туфайли пасайган, аммо аҳолининг заиф қатламларини муҳофаза қилиш учун яна қўшимча чоралар кўриш талаб этилади. 📌Шу ўринда Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳар қандай тамаки маҳсулотларини чекиш соғлиқ учун хавфли эканлиги ҳақида яна бир бор огоҳлантириб, бу зарарли одатдан йироқ бўлишга чақиради. Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати. @ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
Показать все...

Фото недоступноПоказать в Telegram
31-may — Butunjahon tamakisiz kun 📆1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 31-may kunini Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni deb e’lon qilgan. 🌍Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 13–15 yoshdagi 37 million nafar o‘g‘il-qizlar tamakini u yoki bu shaklda isteʼmol qiladi. JSSTning Yevropa mintaqasida esa 13–15 yoshdagi 11,5 foiz o‘g‘il bolalar va 10,1 foiz qizlar (umumiy hisobda 4 million nafar yoshlar) tamaki chekadi. ❗️Tamaki tarkibidagi nikotin qaramlikni keltirib chiqaradi hamda uning isteʼmoli yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklari, saratonning 20 dan ortiq turlari va boshqa ko‘plab nogironlikka olib keluvchi xastaliklarning rivojlanishi uchun asosiy xavf omilidir. Har yili 8 milliondan ortiq odam tamaki isteʼmoli oqibatlaridan vafot etadi. 👫Dunyodagi bolalarning deyarli yarmi tamaki tutuni bilan ifloslangan havodan nafas oladi va har yili 65 ming nafar bola atrof-muhitdagi tamaki tutuni taʼsiridan kelib chiqqan kasalliklardan vafot etadi. Homiladorlik paytida chekish esa chaqaloqlarda umr bo‘yi davom etadigan jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. 📈Baʼzi mahsulotlar, masalan, elektron sigaretalar, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari va nikotinli snyuslar yoshlar orasida tez ommalashmoqda. JSST maʼlumotiga ko‘ra, Yevropa mintaqasida 2022-yilda elektron sigaretalarni 12,5 foiz o‘smirlar va bor-yo‘g‘i, 2 foiz kattalar chekkan. Shuningdek, dunyoning barcha hududlarida bolalar o‘rtasida elektron sigaretani isteʼmol qilish ko‘rsatkichlari kattalarnikidan yuqori. Ayrim mamlakatlarda elektron sigaretalarning maktab o‘quvchilari orasida tarqalganligi odatdagi sigaretalarga qaraganda 2-3 barobar yuqori. 📌Salomatlikni saqlash avvalo har insonning o‘z qo‘lida. Tamaki tutuni nafaqat uni iste’mol qilgan insonni, balki atrofdagi boshqa insonlar, ayniqsa, bolalarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishini esdan chiqarmaylik.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Kun_hikmati 💫“Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham” ✍️Lev Tolstoy
Показать все...
Repost from Edu.uz
#Anjumanlar #dayjest Oliy ta’lim muassasalarida may oyida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar haqida Andijon davlat tibbiyot instituti – “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash”. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti – “Biologik resurslardan samarali foydalanish, saqlash va barqarorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar”. Andijon davlat pedagogika instituti – “Aniq fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” . Toshkent davlat pedagogika universiteti – “Oliy ta’lim uchun pedagog kadrlar tayyorlash: Zamonaviy yondashuvlar,muammo va yechimlar”. Qo‘qon davlat pedagogika instituti – “Maktabgacha ta’limda psixologik xizmat: muammo va yechimlar”. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – “Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida respublika moliya va bank tizimi barqarorligini ta’minlash va yanada rivojlantirish istiqbollari”. TDIU Samarqand filiali – “Markaziy Osiyoda barqaror mintaqaviy rivojlanish”. Shahrisabz davlat pedagogika instituti – “Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida shaxsni o‘z-o‘zini personallashtirishni takomillashtirish”. Urganch davlat universiteti – “Jismoniy madaniyat sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takomillashtirish: muammo va yechimlar”. Qarshi davlat universiteti – “Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari”. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti – “Gidrogeologiya kelajagi: zamonaviy anʼanalar va istiqbollar”. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – "Global va milliy iqtisodiyotning asosiy muammolari va rivojlanish yo'llari". TDTU Olmaliq filiali – “Mineral xomashyolarni qazib olish, qayta ishlashning istiqbollari yoshlar nigohida”. Buxoro davlat tibbiyot instituti – “III Renessans lingvomadaniy tafakkuri va falsafiy dunyoqarashini rivojlantirishning dolzarb masalalari”. OʻzMU Jizzax filiali – “Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
#Marifat_ulashib “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan hisobot konsert dasturidan fotolavhalar.
Показать все...
#Marifat_ulashib "MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDA KONSERT DASTURI BO‘LIB O‘TDI Bugun, 30-may kuni Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti tomonidan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida hisobot konsert dasturi o‘tkazildi. Unda fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan she’r, qo‘shiq va raqslar mahorat bilan ijro etildi. Tadbir davomida institutning xorijlik talabalari ham o‘z badiiy chiqishlarini namoyish etdi. Xushovoz honanda G‘.Abdullayevning sho‘x qo‘shiqlari barchani davraga chorladi. Mazkur konsert dasturida nafaqat institut jamoasi balki aholi vakillari ham faol ishtirok etib, maroqli hordiq oldilar. Shuningdek, konsert yakunida faol qatnashchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Показать все...
#Qadrlash_tadbiri Bugun, 30-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakultetining Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Xakimova Ro‘zixon Abdurahimovna tavalludining 70 yilligi munosabati bilan qadrlash tadbiri bo'lib o'tdi. Unda kafedraning professor-o‘qituvchilari, ustozning oila a'zolari, shogirdlari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘z olganlar R.Xakimovaning kasbiy faoliyati, erishgan yutuqlari, har bir ishga mehr bilan yondashishi, shogirdlarga bergan o‘gitlari haqida aytib o‘tdi. Ustoz samimiy tabriklar uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib, hamkasblari va shogirdlariga ham oilaviy tinchlik-xotirjamlik, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Показать все...
Перейти в архив постов