cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Kozgu.uz rasmiy OAV

O'ZBEKISTON va jahon xabarlari ♢ Kozgu.uz saytimiz oraqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va hokazo masalalarda SENZURASIZ xabarlar, maqolalar, intervyular, jurnalistik surishtiruvlar va voqea-hodisalarning asl holati yoritib boriladi.☝⚡

Больше
Рекламные посты
629
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Begona yurtda oʻzingni yurtingdagidan xotirjam sezishing gʻalati juda. Telefonlaringni hech kim tinglamayotganini bilasan. Senga koʻp qoʻngʻiroq qilganlarni tegishli idoralarga chaqirishmasliklaridan koʻngling toʻq. Koʻchada bemalol sayr qilishing mumkin. Hech qaysi ayolga tasodifan durtilib ketmasligingga, hech kimni kutilmaganda haqorat qilib qoʻymasligingga ishonasan. Xotirjamlik baxt. Bu baxtni yurtimdan chiqqanimdan keyin yanada yaxshiroq his qilyapman. Eskilar, qayerda oʻzingni xotirjam his qilsang, oʻsha yerni vatan qil deb bejizga aytishmagan ekan. @AsliddinKamol
Показать все...
Juda achinarli va alamli xulosalar!!! 👇
Показать все...
O‘zbekiston hukumatning ayrim yollanma tarmoqlari (xalq xoinlari) O‘zb.dagi jurnalist va blogerlarni og‘zini yopish yo qo‘rqitish uchun jirkanch nayranglarni boshladi. Ya'ni go‘yo Putin hukumatining muxolifi Navalniyning bir suratini fotoshopda xor qilib, yaxshisini esa yoniga joylab, emish Putinni istefosini so‘ragani uchun shunaqa ahvolga tushganmish. Ammo xabarlarga ko‘ra, Navalniy qamoqda yaxshi sharoitda saqlanmoqda.. P.S: XALQ, JUDA—JUDA XUShYOR BO‘L, SIZNI AXMOQ QILIB MIYANGIZNI YANA YUVIShMOQChI, XUShYOR BO‘L.. 🔥👆 ILOJI BO‘LSA BUNDAY TELEGRAM KANALLARNI KO‘RMANG, O‘ChIRIB TAShLANG!!! 🔥👆
Показать все...
02:22
Видео недоступноПоказать в Telegram
Zulm va nohaqliklarga sabr qilib, xorlikka shukur qilib yashaydigan mazlumlarning duosi ham, qargʻishi ham oʻtmaydi deb ko'p bora ta'kidlayman. Albatta bu fikrni oʻzim oʻqib oʻrgangan ishonchli manbalarga tayanib aytganman. Ushbu videoda ham kimlarning duosi oʻtmasligi haqida soʻz boribdi. Oʻylaymanki koʻpchilik uchun manfaatli boʻladi. Haqini talab qilolmagan odamning, xudoga solishi foydasiz, zero Olloh oʻz kalomida nohaqliklarga qarshi kurashishga buyurgan, lox boʻlib, qargʻab yashashga emas! Haqini bilish esa haqni tanishdan boshlanadi☝ @AsliddinKamol
Показать все...
2.78 MB
Dubayni juda qisqa muddatda avvalgi taraqqiyotdan uzilgan sahro holiga qaytarish mumkin. Buning uchun boshqaruvni besh yilga bizni hukumatga topshirish kerak. 200% ishonch bilan ayta olamanki, bizni amaldorlar besh yilga bormay bu joylarni it ham kelmaydigan 80-yillariga qaytarishadi. @AsliddinKamol
Показать все...
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
Bu mushuk oyna borligiga aqli yetmagani, ammo oyna shaffof bo‘lgani uchun o‘rtada to‘siq yo‘q bo‘lsa kerak deb hisoblayotgani sabab buni ayblash yo undan nimadir natija kutish sog‘ odamni ishimas... Ammo ayrim odamlarga o‘zi odam ekanini tushuntirganda tushunishi kerak, u bu oyna, bu o‘g‘rilik, bu talon-tarojlik, bu shafqatsizlik, bu xalqni ezishlik, xalqni talash va tahqirlashlikka rozi bo‘lish oqibati yanada og‘ir kun boshiga sababchi bo‘lishini tishunishi kerak. Odam aqli va tafakkurini ishga solish kerak, axir hayvondan shunisi bilan ajratildi, bo‘lmasa insonga bu maqom va imkoniyat nega berildi — o‘ziga o‘xshagan ikkinchi bir odamning quli, yaloqisi, xuddi manqurtday yashashga dunyoga kelmagansizku, to‘g‘rimi? Yo juda xatomi bu fikrim??? Abduqodir Mo‘minov, jurnalist+BLOGER
Показать все...
7.62 MB
Repost from Zafarbek Solijonov
Газимизни Россияга тортиқ қилсак, ҳаммамиз қийналамизми? Йўқ, фақат эрксеварлар қийналади холос. Кучишлатарлар уларни битта-битта қамаб юбориши ҳам ҳеч гап эмас. Ва бу энг енгили бўлади. Хоинлар ва қулларгина қийналмайди. Улар таракан каби исталган тузумга мослашиб кетаверади. Омонликда яшайди. Тепани қўрқоқлар эгалласа, пастда мардлар сазойи қилинади. Буни тарих кўп бора исботлаган. 👉 @Zafarbek_Solijonov
Показать все...
Barcha jamoatchilik faollari birlashsayu, bitta siyosiy partiya tuzsa! Hozir vatanni faqat shu yoʻl bilan qutqarib boʻladi. Boshqa har qanday harakatlar samarasizdir! @AsliddinKamol
Показать все...
Repost from Zafarbek Solijonov
Ортиқхўжаев ҳақида Шахсийга айрим дўстлар, обуначилар ёзди: "Зафарбек, Ортиқхўжаевнинг ишдан олинишига муносабат билдирмадингиз, хурсанд бўлсангиз керак" ва бошқа шу каби гаплар. Мен Kun.uz'дан ишдан кетганимда у амалининг чўққисида, йиртқичлашган эди, унга шу даражада эркаланишга руҳсат берилганди ва ичимдаги гапларни юзига айтиб кетганман. Армоним йўқ ва афсусланмайман. Кейин ҳам унга қарши ўзим сезган сиёсий "ўйинлар"да қатнашмадим. Орқасидан пичоқ урмадим. Энг асосийси, "отам йиқилганни тепма, мард бўл" деб тарбия қилган. Биз йиқилганни тепмаймиз. Ортиқхўжаев ва яқинларига ўзи сабр берсин. Аммо Жаҳонгир ака бу ўйинларга киришдан олдин ҳаммасини тушуниши керак эди. Вахший майдон қандай? Батуми, Туркиядаги бизнесларини тўхтатиб, шу ерларга келишига арзийдими? Ҳокимлик орқали барака тополадими? Давлат мулки ва пулини ўғирлаётганларнинг ҳужжатларига қўл қўйиб беришнинг охири нима бўлади? Семиртириб сўйишмайдими? Шу ва бошқа саволлар. Бизнесмен сиёсатга кирса, йўқотадигани кўпаяди холос, топадиганимас. Энди ҳаммаси яхши бўладими? Йўқ, ундай бўлмайди. Кимдир ёшлигидаги амбицияси - президентлик лавозимига янада яқинлашди, ижрочи ўрнига бошқа ижрочи келди холос. Қолгани шундай давом этади. Яширин ҳужжатларда мулклар таланиши давом этади. Маблағлар талон-тарожлиги ортаверади. Непотизм кенгаяди. Очкўзлар сони баттар кўпаяди. Жарга яқинлашаверамиз. Ислоҳотлар яқин қариндошларга "дарс ўтиш"дан бошланади, тарихда қолган номдор лидерлар ҳаракатидек. Популизмга берилманг. Нимжон ёки ўлик билан озуқланадиган тасқара бўлманг. 👉 @Zafarbek_Solijonov
Показать все...
Repost from Sanjar Xo‘ja
Фото недоступноПоказать в Telegram
"Ortiqxo‘jayev qamoqqa olindi" degan xabarlar tarqalyapti. Sobiq hokim qamalmadi. Shunchaki mamlakatdan chiqishi ta'qiqlandi. Lekin qamoqda emas. Biznes boshqaruvini davom ettiryapti. Kayfiyati juda yaxshi. "Hokimlikdan qutilganimga shukur" deb telpagini osmonga otyapti. Hursand! Toshkentga esa yangi hokim tayinlandi. Anaqa... Gaz va elektr yaxshi bo‘ldimi?! @sanjar_xoja
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.