cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi

🇺🇿 Andijon yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi Biz bilan aloqa: 📞 +998883245511 📝 @yoshlarmurojaatian

Больше
Рекламные посты
682
Подписчики
-224 часа
-27 дней
-730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

01:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
#🔴 Live Yoshlar oyligi doirasida Andijon viloyatidagi Kuch tuzilmalardagi yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida sportning "Mini futbol" turi boʻyicha musobaqasi jarayonlaridan lavha https://t.me/Yoshlarittifoqi_Andijon
Показать все...
28.24 MB
#🔴 Live #30-iyun Yoshlar kuni #Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati #Mini futbol ⚽ Yoshlar oyligi doirasida Andijon viloyatidagi Kuch tuzilmalardagi yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida sportning "Mini futbol" turi boʻyicha musobaqaga start berildi. Bizni kuzatishda davom eting. https://t.me/Yoshlarittifoqi_Andijon
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟥🟥🟥
Azizbek Muhammadjonov tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Sizga hayotingiz dunyodagi eng yorqin tuyg‘ularga va baxtli laxzalarga to‘lsin, oʻqish va ishlarda omad yor boʻlsin! Sizning barcha ezgu orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin! Sizga hayot so‘qmoqlarini qoqilmasdan muvaffaqqiyat bilan bosib o‘tishingizda va bu yo‘l bilan maqsad sari olg‘a intilishingizda tilakdoshman! O‘zingiz erishgan yutuqlaringizni qadriga yeting va yanada ko‘proq g‘alabaga erishib, baxtiyorlik nashidasini suring! Metinday sog‘lom, kuch-qudratli va omadli inson bo‘lish nasib etsin. Sizga xayotingizda farovonlik, baxt, omad, yaxshi kayfiyat doimiy xamroxingiz bo‘lsin! Yaqinlaringiz mexr-oqibatiga, xamkasblaringiz xurmat-e’tiboriga sazovor bo‘ling! Oilangizga va barcha yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik xamda farovon turmush kechirish baxtini tilab qolamiz!
Hurmat bilan Yoshlar Ittifoqi AndMi boshlangʻich tashkiloti!
✅️Kanalni kuzatishda davom eting! @andmiyoshlari
Показать все...
🎉 4 1❤‍🔥 1👍 1
01:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
Yoshlar oyligi doirasi Andijon mashinasozlik institutining yana bir gurux talabalari Samarqand va Buxoroga sayohatga chiqdilar. 🔖Ma‘lumki 30-iyun yoshlar kuni shu munosabat bilan iyun oyi yoshlar oyligi deb belgilangan. Yoshlar oyligi doirasida Andijon mashinasozlik institutida ko‘plab tanlovlar, intelektul o‘yinlar va sport musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu yoshlar oyligida eng faol bo‘lgan talabalar esa Samarqand va Buxoroga sayohat uchun yo‘llanma olgan edilar videoda institut talabalarining Samarqandga qilgan sayohatidan video lavha ko‘rishingiz mumkin.
Bizning kanal✅
@andmiyoshlari
Показать все...
25.85 MB
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yoshlar_oyligi_2024 #Andijon_viloyati #Mini_futbol 📣30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan Andijon viloyatida mavjud kuch tuzulmalardagi yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o'rtasida "MINI FUTBOL" musobaqasi bo'lib o'tadi. 📣 2024 yil 26 iyun 17.00da Andijon shahridagi harbiy qism sun'iy qoplamali maydonida Bizning sahifalarimiz: Telegram 📱 Instagram
Показать все...
👍 1
01:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
Xorazmga bo‘lgan sayohat yakunlanib institut jamoasi Andijonga qaytmoqda
Xabaringiz bor yoshlar oyligi doirasi ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti talabalari va ishchi xodimlari Xorazmga sayohatga chiqgan edilar, sayohat yakunlanib barchasi Andijonga qaytmoqda. Bizning kanal✅ @andmiyoshlari
Показать все...
IMG_5670.MOV26.17 MB
👍 3
Yoshlar oyligida institutimiz talabalari Koʻhna va navqiron Xorazm viloyatida ichki turizm doirasida sayohat qilishmoqda!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti rahbariyatini tashabbusi bilan Xorazm viloyatiga uyushtirilgan sayohatda 50 yaqin talabalar va ishchi hodimlar Xorazm vilyatining Urganch tumanidagi va Xiva shahrining boy tabiati, insonni maftun etuvchi qadimiy obidalarini ziyorat qilishmoqda. O‘zbekiston azal-azaldan o‘zining milliy an’anasi, urf-odatlari va madaniyati bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turishi hech kimga sir emas. Buyuk Ipak Yo‘li markazida joylashgan O‘zbekistonda ichki sayyohlikni rivojlantirish borasida juda katta imkoniyatlar mavjud. Xususan sayohatdan ko‘zlangan maqsad, jonajon Vatanimizning turizm salohiyatidan keng foydalangan holda, talabalarning jamoasini bilimga chanqoqligini oshirish, ularni xalqimizning boy madaniy tarixi haqida hikoya qiluvchi qadimiy obidalar, ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishtirish va dunyoqarashlarini kengaytirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga bevosita hissa qo‘shishdan iborat. Sayohatni bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik noyob me’moriy yodgorlik sanalgan Ichan qal’ada joylashgan asori atiqalar, qadimiy madrasalar va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrif bilan boshlab, ushbu tarixiy obidalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, sayohat jamoasi mo‘jizaviy shahar sifatida e’tirof etilayotgan Xorazmning boshqa ko‘plab tarixiy obidalarini ham ziyorat qilishdi, jumladan buyuk ajdodlarimiz sanalmish Jaloliddin Manguberdi ziyoratgohlarini hamda Avesto majmuasini tomosha qilishdi.
- Mazkur sayohatni tashkil etishda imkoniyat yaratgan institut rektori Turdialiyev Umid Muhtaraliyevichga samimiy tashakkurimni bildiraman, - dedi Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabasi Ahrorbek Dehqonboyev. –Sayohatimiz davomida mutaxassislar bizga me’moriy obidalarning tarixi haqida so‘zlab berishdi. Biz sayohat asnosida betakror qadimiy ziyoratgohlar, tarixiy obidalarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, ochig‘ini aytsam, mazza qilib hordiq chiqardik.
O‘ylaymizki, mazkur sayohat talabalarimiz qalbida olam-olam taassurotlar qoldirish bilan birga, buyuk ajdodlarimiz merosi va madaniyatiga hurmat-ehtirom tuyg‘usining yanada ortishiga hissa qo‘shadi. Ayni vaqtda ham Xorazm viloyatiga sayohat davom etmoqda. ✅️Bizni kuzatishda davom eting! @andmiyoshlari
Показать все...
👍 5
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
Sayohatchi talabalarimiz Ichan qal’ada
#Video Yoshlar oyligi doirasida Andijon mashinasozlik instituti talablari va institut boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari Xorazm viloyatiga sayohat tashkillashtirdilar. Andijon mashinasozlik instituti talabalari va hodimlari tarixga sayohat qilmoqdalar.
Bizning kanal✅
@andmiyoshlari
Показать все...
IMG_5478.MOV20.08 MB
👍 3
01:50
Видео недоступноПоказать в Telegram
💫 Andijon yoshlari bir shior ostida birlashdilar ⚡️ 100 mingdan ziyod Andijon aholisi va yoshlar “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Andijon shahri markazida jam bo’ldilar. ⚡️ Unutilmas lahzalarga boy o’tgan “Yoshlar kuni” galakonserti Andijon yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashishga, Vatanni sevish va unga munosiblik hissida yashashga undadi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показать все...
720p Kısa.mp425.03 MB
👍 2
01:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
💫 Andijon yoshlarida bayram kayfiyati ⚡️ “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Andijon viloyatida o’tkazilgan galakonsertning qaynoq lahzalari o’rin olgan yana bir videorolik. 💫 Yoshlar zavqidan Siz ham zavqlaning! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показать все...
IMG_9682.MP412.14 MB
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.