cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi

🇺🇿 Andijon yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi Biz bilan aloqa: 📞 +998883245511 📝 @yoshlarmurojaatian

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
689
Suscriptores
-224 horas
-27 días
+430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

📋 "Yoshlar va qonun" tanlovining Andijon viloyat bosqichi yakunlandi ⏰ 2 kun davom etgan tanlovning viloyat bosqichi jamoalarning qizg'in bahslariga boy tarzda o'tdi. Tanlovning viloyat bosqichi g'oliblari bilan tanishing! 14-18 yosh toifasida: 🥇1-o'rinni Jalaquduq tumani "Temuriylar saltanati"; 🥈2-o'rinni Izboskan tumani "Yosh siyosatshunoslar"; 🥉3-o'rinni Qo'rg'ontepa tumani "Adolat" jamoalari. 18-30 yosh toifasida: 🥇1-o'rinni Jalaquduq tumani "Saltanat"; 🥈2-o'rinni Qo'rg'ontepa tumani "Dehqonobod"; 🥉3-o'rinni Buloqboshi tumani "Shedevr" jamoalari egalladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O'zbekiston yoshlari yetakchisi, tavallud ayyom muborak! 💫 Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa'dullayev Alesher Zafarovichning tavallud ayyomlari. Shu munosabat bilan butun Andijon yoshlari nomidan yurtimiz yoshlariga har tomonlama o'rnak va ibrat bo'lib kelayotgan O'zbekiston yoshlari yetakchisini samimiy muborakbod etamiz! 💫 Vatan taraqqiyoti, yoshlar kelajagi va ravnaqi uchun amalga oshirayotgan ishlaringizda ulkan omad va zafarlar tilaymiz! Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Mostrar todo...
❤‍🔥 2🎉 1
“Дунё садолари” фестивали бўйича маълумотлар •••••••••••••••••• Андижонимизда 29-31 июль кунлари анъанавий II “Дунё садолари” халқаро миллий эстрада санъати фестивали бўлиб ўтади. Маълумки, II “Дунё садолари” халқаро миллий эстрада санъати фестивали президентимиз ташаббуси асосида ташкил этилиб, Бобур юрти Андижоннинг Хонобод шаҳрига сайёҳлар оқимини оширишни мақсад қилган. Бу йилги тадбирнинг очилиш маросими 29 июль куни Хонобод шаҳридаги истироҳат боғида бунёд этилган асосий саҳна майдонида бўлиб ўтади. Маросимда юртимиз ва дунё эстрадаси юлдузлари, элимиз суйган санъаткорлар томонидан концерт дастурлари ва чиқишлар намойиш этилади. Хусусан, очилиш маросимида Ҳамдам Собиров, Юлдуз Усмонова, Dianella (Қозоғистон) ва Jah Khalib (Қозоғистон) иштирок этиши режалаштирилган. Тадбирнинг 2-куни, 30 июлдаги гала концерт ўтказилиши кўзда тутилган бўлиб, унда машҳур ҳонандалар Шоҳруххон, Megan (Бельгия) ва Jony (Озарбайжон) ўз чиқишлари билан фестивал меҳмонларининг диққат марказида бўладилар. 31 июль куни фестивални якунлаш тадбири ва гала концертлар бўлиб ўтади. Ушбу дастурда фестивал меҳмонлари латофатли Райхон, маҳоратли “Dj Sukhbir” (Ҳиндистон) ҳамда жаҳон юлдузи Инна (Руминия) иштирокидаги мусиқий чиқишларни мароқ ила кузатишлари мумкин. Бундан ташқари, халқаро тадбир доирасида бутун Хонобод шаҳри бўйлаб кўплаб кўргазмалар ва маданий дастурлар ташкил этилади. Жумладан, фестивалнинг ҳар кунида маданий-маърифий чиқишлар, театрлар ҳамда вилоятимиздаги энг моҳир ошпазларнинг маҳорати намоён этилган кўргазмалар меҳмонларга ҳавода этилади. Шаҳар бўйлаб ўзгача саёҳат қилиш истагида бўлган меҳмонлар учун ҳаво шари хизмати ташкил этилган. Шунингдек, 5 июлдан бошлаб, вилоятимизда ушбу халқаро тадбирга ҳамоҳанглик ила қўшимча тадбирлар ўтказилмоқда. Ҳозирда фестивалга тайёргарлик кўриш бўйича алоҳида штаб фаолияти йўлга қўйилиб, Хонобод шаҳрида қизғин тадбирга ҳозирлик ишлари қизғин олиб борилмоқда. Шаҳар инфратузилмасини яхшилаш, меҳмонларни қаршилаш, фестивал меҳмонлари учун қулай шарт-шароитларни яратиш, энг асосийси аҳоли мамнунияти учун кўплаб вазифалар белгилаб олинган, ҳаракатлар давом этмоқда. Барча юртдошларимизни II “Дунё садолари” халқаро миллий эстрада санъати фестивалига таклиф этиб қоламиз! Саҳифа: @andpress
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Андижондаги II “Дунё садолари” фестивалида жаҳон юлдузлари “Joni”, “Inna” ва “Jah Khalib” иштирок этади. Барча юртдошларимизни Бобур юрти Андижонга таклиф этиб қоламиз! -қўшимча маълумот- Саҳифа: @andpress
Mostrar todo...
"Zakovat intellektual o‘yini" 👉 O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism qo‘mondonligi bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatchilar oddiy askarlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini" bo‘lib o‘tdi. ❇️ Intelektual o'yin natijalariga ko'ra: 1-o'rinni “Lochinlar" jamoasi: 2-o'rinni “Temuriylar” jamoasi: 3-o'rinni “Andijon o‘g‘lonlari” jamoasi egallashdi. 🎗G'oliblar diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi. https://t.me/Yoshlarittifoqi_Andijon
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Andijon, UBS sen tomon bormoqda! 6-iyul kuni, soat 20:00 da butun Andijon ahlini “UBS intellekt shou”ning ilk kechasidagi galakonsertda kutib qolamiz.
Kechada Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova, Elmurod Haqnazarov, Jahongir Xo‘jayev Bobur Shavkatov va Shoxruxbek Ergashevlar ishtirok etadi.
🙂 Shu kuni ilk grantlar o‘z egalarini topadi. 🔗 Batafsil ma’lumot uchun ☎️ +998781132626, +998907894242 📍 Manzil: Andijon shahri, Navruz Mall maydoni 👍 UBS bilan ilm dunyosida o‘zingni kashf et! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bugun_Tuģilgan_Kun 📌 Bugun 6-iyul O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Boshlang'ich tashkilot yetakchisi Abdullayev Orifjon Odiljon o‘g‘lining tavallud ayyomi. 🎂 Shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Orifjon Abdullayevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi. ✅Orifjon Odiljonovichga sihat salomatlik, kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaydi. Bizning sahifalarimiz: Telegram 📱 Instagram
Mostrar todo...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🔍 Futzal bo’yicha JCh-2024: Volontyorlar dasturi davom etmoqda 📅 Xabaringiz bor, 2024-yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqa, futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati bo'lib o'tadi. Andijon viloyati musobaqaning bir necha muhim uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. 📌 Musobaqani yuqori darajada o'tkazish uchun iqtidorli va albatta, ishtiyoqli volontyorlar jalb etiladi. ❗️Volontyor bo'lish uchun quyidagi talablar mavjud: - 18 yoshdan yuqori bo'lish; - Ingliz tilini suhbat darajasida bilish; - Eng muhimi yuqori qiziqish; Volontyorlar uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi: - FIFA volontyorlar jamoasiga safiga qo'shilish - Unutilmas tajriba va yangi do'stlar - Adidas tomonidan eksklyuziv forma to'plami - BEPUL transport va ovqatlanish - Xalqaro va mahalliy sertifikat 📝 Loyihada 10 dan ortiq yo'nalishlar bo'yicha volontyorlar faoliyat olib boradi. Volontyorlar safiga qo'shilish uchun ariza qoldiring: 👉 https://bit.ly/3W7sZVX 👨🏻‍💻 Koordinator bilan bog'lanish Batafsil ma'lumot: https://t.me/fwuzb
Mostrar todo...
rek - vol.MP420.36 MB
Андижонда таълим соҳаси вакиллари билан очиқ мулоқот бўлиб ўтди ••••••••••••••• Андижон вилояти раҳбари Шуҳратбек Абдураҳмонов ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова иштирок этган очиқ мулоқотда барча шаҳар ва туманларнинг тегишли масаладаги ҳоким ўринбосарлари, шаҳар ва туманлардаги ММТБ раҳбарияти, шунингдек, соҳа тизимидаги барча раҳбар вакиллари қатнашдилар. Очиқ мулоқот давомида кўплаб кўрсаткичлар, вилоятимизда амалга оширилаётган ва олдинда турган вазифалар, ҳақида фикр юритилди. Шунингдек, ММТБ бошлиғи лавозимига тайинланган янги раҳбар таништириб ўтилди. Саҳифа: @andpress
Mostrar todo...
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri andijonlik ustozlar bilan muloqot qildi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Andijon viloyatida bo’lib, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Unda vazir Hilola Umarova yurtboshimizning maktabgacha va maktab ta’lim tizimiga berayotgan e’tiborlari xususida alohida to’xtalib, barcha pedagoglar qatori andijonlik ustozlar ham ushbu yuksak ishonchni oqlash yo’lida jonbozlik ko’rsatishlari zarur ekanligini ta’kidladi. Muloqot davomida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i lavozimiga O’tkirbek Shukurov tayinlanganligi e’lon qilindi. Yig’ilishda mas'ullarga yangi 2024-2025-o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilashga doir ko’rsatmalar berildi. Ochiq muloqot davomida ustozlarning fikr-mulohaza va takliflari ham tinglandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.