ru
Feedback
Avatarlar ⬆️⬇️

Avatarlar ⬆️⬇️

Открыть в Telegram
717
Подписчики
-224 часа
-107 дней
-1630 день
Архив постов
Kanal shu bilan tugadi. Hammaga sevgilar, baxtlar.

Dadam nechadir yil oldin his qilgan narsasini bugun his qildim. O'shanda unga qarab aniq-tiniq tuyganlarini shamoyilini eslab qolgandim. Bugun o'sha men bilan yuz berdi. Balkim 10dan biridir. Kanalim shunchaku o'chib ketmasligiga hech kim kafolat bermaydi.

Bugun nihoyat o'zimga 3 soat vaqt ajrata oldim va bu vaqtda Eronlik Muhammad Rasulofni "Bu yerda yomonlik yo'q" filmini ko'rdim. Moralim ozroq qo'zg'aldi. Vaqtimni ajoyib narsaga sarflaganimdan xursandman. (Uzb sub)

Yonimda ikkita tanishim bahslashishdi. Biri aytyapti, inson o'zini sevmasligi kerak. O'zini sevadiganlarda haqiqiy sevgi bo'lmaydi, chunki bunaqalar sevgan juftini azoblashi mumkin. Koproq o'zini sevadi juftidan ko'ra. Jufti undan ko'p mehr, sevgi kutgan bo'lishi mumkin. Ammo o'zini sevadiganlar faqat sevgi olishni xoxlaydi berishni emas. Ular bilan yashash qiyin dedi. Ikkinchisi, o'zini sevmaydiganlar bilan yashash og'ir. Chunki bunaqalar o'ziniyam va boshqalarniyam azoblaydi. O'zini sevmagan boshqalardan ham sevgi kutmaydi, o'xiga etibor bermaydi. Ular qo'rs turga kiradi. O'ziga yetarlicha baho ham berolmaydi. Ular bilan qiyin dedi. Keyin ikkalasniyam o'zicha argumentini eshitib, ikkalangdayam muammo bor deya yarashtirvordim.

Bahs ibtidosi.😁

2014-yil maraz yil bo'lganki, Emmy - eng yaxshi erkak sovriniga bu darajada qiynalgan moment tarixda bo'lmagan. Kimga bersang ham savol tug'iladi va shu bilan birga hamma nomzod haqli olishga.

Avatarlar ⬆️⬇️: @blurry_thoughts O'zimni yaqin tanishimni kanali. Uni olami, didi, tushunchalari bilan o'rtoqlashish odamga nimadir beradi. Reklama sifatida emas, ko'pchilik bilsin uni kanalini, qandaydir olamlar yaratsin deb tashlab qo'ydim link. @blurry_thoughts

Savol! O'zingizni sevasizmi? Erix Fromm sevgi san'ati kitobida sen o'zingni sevmasang boshqalar seni qanday sevsin der edi. Tarkovski va Kieslowski esa intervyularida: o'zini sevmasligi, dunyo qarashlari bunga yo'l qo'ymasliklarini aytgan. Ho'sh, sizchi?

#arxiv2000 16-yil bo'libdi.

@blurry_thoughts O'zimni yaqin tanishimni kanali. Uni olami, didi, tushunchalari bilan o'rtoqlashish odamga nimadir beradi. Reklama sifatida emas, ko'pchilik bilsin uni kanalini, qandaydir olamlar yaratsin deb tashlab qo'ydim link. @blurry_thoughts

akutagawa_ryunosukening_to_qayda_hikoyasining_konseptual_tahlili.pdf3.04 KB

Wim Wenders: Kurosawa filmlarini o'rganmasdan filmlaringizda qor va yomg'irli epizod qo'llamang. (Uzb sub)

Bunday hayotiy satrlar o'ylab topish murakkab musiqada: O'zimga mahliyo bo'ldim men o'zim, Ko'nglingni olishga vaqtim bo'lmadi.

Repost from N/a
+1
Zlavoj Zizek bilan sodir boʻlgan qaysi moment kulgiliroq? 1 yoki 2

Sizningcha qaysi qo'shiq ostida yozilgan izoh bu? 😁 Yordam:O'zbekcha qo'shiq bu.
Sizningcha qaysi qo'shiq ostida yozilgan izoh bu? 😁 Yordam:O'zbekcha qo'shiq bu.

Stay with me🫳

Bu yil hisobiga 4 ta kitob tugatibman. 2 ta kitob chala qolibdi. 3-8 yil ilgari 50-100 lab kitoblar o'qiiydigan yigitni bu yilgi performansi shu. Pul topish kerak , yashash uchun kurash kerak. Bu muammo oldida kitoblardagi ishqiy sarguzashtlari, falsafiy hislari, umuman qahramonlarning muammolari qiziq bo'lmay qolarkan o'zing muammoda bo'lsang. Kuningiz hayrli o'tsin. Hammaa sevgilar baxtlar.

#arxiv2000 Tarjimaga muhtoj bo'lmagan klassik qo'shiq. Ammo Matsubara bu qo'shig'ini aytgan 20 yosh davrida qo'shiq sabab depressiyaga tushib qoladi.

Yesa bo'lishib yegan do'st" 😁 Intervyuni ko'ringlar.

Tarjima: Hanuz vaqt bordir gulim Parij yonib yiqilmasdan... Hanuz vaqt bordir gulim, Yuragimda niqtarkan hanuz Men bir kecha, mayus kechalaridan birida Volter qirgʻoqida  tayanib seni devorda,   O'payin og'zingdan,   So'ngra burib yuzimizni Notrdamga   Chechaklarini sayr etamiz uni.   Birdan meni quchoqlab, gulim,   Qo'rquvdan, hayratdan, sevinchdan   Va sassiz sassiz yig'imsirab   Yulduzlar ham yomg'irllanib   Nozik yomg'irlari bilan qorishar. Hanuz vaqt bordir gulim Parij yonib yiqilmasdan. Hanuz vaqt bordir gulim Yuragimda niqtarkan hanuz. Shu mayus kechasi qirgʻoqidan kechaylik   Tollar ostidan gulim   Ho'l yig'layotgan tollardan,   Parijning  eng goʻzal bir nechta so'zlarini so'zlayin sanga,   Eng  goʻzal, eng yolg'onsiz, Soʻngra jo'shqinlanib bir narsalar chalib   O'laveray baxtiyorlikdan   Va insonlarga inonib.   Yuqorida tosh uylar   Girintisiz, chiqindisiz,   Bir-biriga bitishik   Va devorlar oy nuridan   Tik turgan panjaralari oyoqda uxlar   Va qarshi yoqada  Luvur   Yoritilgan chiroqlarla   Yoritilgan bizning uchun   Billur saroyimiz... Hanuz vaqt bordir gulim Parij yonib yiqilmasdan Hanuz vaqt bordir gulim Yuragimda niqtarkan hanuz. Shu mayus oqshomi qirg'oqda    Qirmizi barrellarga o'tiraylik   Qarshimizda qorongʻiga tushadigan kanallarda   Bir zarba bor,   Salom beraylik gulim   Ko'rinayotgan sariq kabinaga salom beraylik   Belgiya yo'limi yoki Gollandiyami ?   Bino eshigi oldida oq fartuk kiygan xotin Totli totli kulimsirar. Hanuz vaqt bordir gulim Parij yonib yiqilmasdan Hanuz vaqt bordir gulim Parijliklar, parijliklar Parij yonib yiqilmasin.