717
المشتركون
-224 ساعات
-107 أيام
-1630 أيام
أرشيف المشاركات
Dadam nechadir yil oldin his qilgan narsasini bugun his qildim. O'shanda unga qarab aniq-tiniq tuyganlarini shamoyilini eslab qolgandim. Bugun o'sha men bilan yuz berdi. Balkim 10dan biridir.
Kanalim shunchaku o'chib ketmasligiga hech kim kafolat bermaydi.
Bugun nihoyat o'zimga 3 soat vaqt ajrata oldim va bu vaqtda Eronlik Muhammad Rasulofni "Bu yerda yomonlik yo'q" filmini ko'rdim. Moralim ozroq qo'zg'aldi. Vaqtimni ajoyib narsaga sarflaganimdan xursandman.
(Uzb sub)
Yonimda ikkita tanishim bahslashishdi.
Biri aytyapti, inson o'zini sevmasligi kerak. O'zini sevadiganlarda haqiqiy sevgi bo'lmaydi, chunki bunaqalar sevgan juftini azoblashi mumkin. Koproq o'zini sevadi juftidan ko'ra. Jufti undan ko'p mehr, sevgi kutgan bo'lishi mumkin. Ammo o'zini sevadiganlar faqat sevgi olishni xoxlaydi berishni emas. Ular bilan yashash qiyin dedi.
Ikkinchisi, o'zini sevmaydiganlar bilan yashash og'ir. Chunki bunaqalar o'ziniyam va boshqalarniyam azoblaydi. O'zini sevmagan boshqalardan ham sevgi kutmaydi, o'xiga etibor bermaydi. Ular qo'rs turga kiradi. O'ziga yetarlicha baho ham berolmaydi. Ular bilan qiyin dedi.
Keyin ikkalasniyam o'zicha argumentini eshitib, ikkalangdayam muammo bor deya yarashtirvordim.
2014-yil maraz yil bo'lganki, Emmy - eng yaxshi erkak sovriniga bu darajada qiynalgan moment tarixda bo'lmagan. Kimga bersang ham savol tug'iladi va shu bilan birga hamma nomzod haqli olishga.
Avatarlar ⬆️⬇️:
@blurry_thoughts
O'zimni yaqin tanishimni kanali. Uni olami, didi, tushunchalari bilan o'rtoqlashish odamga nimadir beradi.
Reklama sifatida emas, ko'pchilik bilsin uni kanalini, qandaydir olamlar yaratsin deb tashlab qo'ydim link.
@blurry_thoughts
Savol! O'zingizni sevasizmi?
Erix Fromm sevgi san'ati kitobida sen o'zingni sevmasang boshqalar seni qanday sevsin der edi.
Tarkovski va Kieslowski esa intervyularida: o'zini sevmasligi, dunyo qarashlari bunga yo'l qo'ymasliklarini aytgan.
Ho'sh, sizchi?
@blurry_thoughts
O'zimni yaqin tanishimni kanali. Uni olami, didi, tushunchalari bilan o'rtoqlashish odamga nimadir beradi.
Reklama sifatida emas, ko'pchilik bilsin uni kanalini, qandaydir olamlar yaratsin deb tashlab qo'ydim link.
@blurry_thoughts
Wim Wenders: Kurosawa filmlarini o'rganmasdan filmlaringizda qor va yomg'irli epizod qo'llamang.
(Uzb sub)
Bunday hayotiy satrlar o'ylab topish murakkab musiqada:
O'zimga mahliyo bo'ldim men o'zim,
Ko'nglingni olishga vaqtim bo'lmadi.
Repost from N/a
Zlavoj Zizek bilan sodir boʻlgan qaysi moment kulgiliroq?
1 yoki 2
Bu yil hisobiga 4 ta kitob tugatibman. 2 ta kitob chala qolibdi. 3-8 yil ilgari 50-100 lab kitoblar o'qiiydigan yigitni bu yilgi performansi shu.
Pul topish kerak , yashash uchun kurash kerak. Bu muammo oldida kitoblardagi ishqiy sarguzashtlari, falsafiy hislari, umuman qahramonlarning muammolari qiziq bo'lmay qolarkan o'zing muammoda bo'lsang.
Kuningiz hayrli o'tsin. Hammaa sevgilar baxtlar.
#arxiv2000
Tarjimaga muhtoj bo'lmagan klassik qo'shiq. Ammo Matsubara bu qo'shig'ini aytgan 20 yosh davrida qo'shiq sabab depressiyaga tushib qoladi.
Tarjima: Hanuz vaqt bordir gulim
Parij yonib yiqilmasdan...
Hanuz vaqt bordir gulim,
Yuragimda niqtarkan hanuz
Men bir kecha, mayus kechalaridan birida
Volter qirgʻoqida tayanib seni devorda,
O'payin og'zingdan,
So'ngra burib yuzimizni Notrdamga
Chechaklarini sayr etamiz uni.
Birdan meni quchoqlab, gulim,
Qo'rquvdan, hayratdan, sevinchdan
Va sassiz sassiz yig'imsirab
Yulduzlar ham yomg'irllanib
Nozik yomg'irlari bilan qorishar.
Hanuz vaqt bordir gulim
Parij yonib yiqilmasdan.
Hanuz vaqt bordir gulim
Yuragimda niqtarkan hanuz.
Shu mayus kechasi qirgʻoqidan kechaylik
Tollar ostidan gulim
Ho'l yig'layotgan tollardan,
Parijning eng goʻzal bir nechta so'zlarini so'zlayin sanga,
Eng goʻzal, eng yolg'onsiz,
Soʻngra jo'shqinlanib bir narsalar chalib
O'laveray baxtiyorlikdan
Va insonlarga inonib.
Yuqorida tosh uylar
Girintisiz, chiqindisiz,
Bir-biriga bitishik
Va devorlar oy nuridan
Tik turgan panjaralari oyoqda uxlar
Va qarshi yoqada Luvur
Yoritilgan chiroqlarla
Yoritilgan bizning uchun
Billur saroyimiz...
Hanuz vaqt bordir gulim
Parij yonib yiqilmasdan
Hanuz vaqt bordir gulim
Yuragimda niqtarkan hanuz. Shu mayus oqshomi qirg'oqda
Qirmizi barrellarga o'tiraylik
Qarshimizda qorongʻiga tushadigan kanallarda
Bir zarba bor,
Salom beraylik gulim
Ko'rinayotgan sariq kabinaga salom beraylik
Belgiya yo'limi yoki Gollandiyami ?
Bino eshigi oldida oq fartuk kiygan xotin
Totli totli kulimsirar.
Hanuz vaqt bordir gulim
Parij yonib yiqilmasdan
Hanuz vaqt bordir gulim
Parijliklar, parijliklar
Parij yonib yiqilmasin.
