cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

AndDTI akademik litseyi rasmiy

Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Больше
Рекламные посты
602
Подписчики
Нет данных24 часа
+117 дней
+4730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
👍 3 1
02:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda “Rektor soati” o‘tkazildi. Jarayonlar OAV nigohida. Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter |
Показать все...
👍 2🔥 2👏 1
ADTI AKADEMIK LITSEYIDA “REKTOR SOATI” BO‘LIB O‘TDI Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda “Rektor soati” o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov Akademik litseyning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari bilan uchrashdi. Tadbirda so‘nggi yillarda oliy taʼlim tizimida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularning isteʼdodini namoyon qilishlari uchun mavjud imkoniyatlar, joriy yilgi qabul jarayonlarida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti tarixi, mavjud fakultetlar, yo‘nalishlar va mutaxassisliklar, yaratilgan sharoitlar, qabul va o‘qish jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga talabalarning huquq va majburiyatlari, o‘quv jarayonlari, tartib-qoidalari ham tushuntirildi. Yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosi imkoniyatlari, u yerdagi nazariya va amaliyotni uyg‘un olib borish sharoitlari haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv davomida rektor o‘quvchilarga sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun ko‘p o‘qish, doimiy izlanishda bo‘lish va albatta amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari zarurligini taʼkidladi. Qolaversa, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish yoshlarning yanada ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishlariga imkon yaratishi yuzasidan tavsiyalar berdi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga rektor batafsil javob berdi. Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter |
Показать все...
2👍 1
22-may Xalqaro bioxilma xillikni saqlash kuni munosabati bilan litsey o‘quvchilar turar joyida biologiya kafedrasi mudiri B.O‘rinboyeva, biologiya fani o‘qituvchilari G.Abdurasulova va M.Yuldashevlar tomonidan davra suhbati va viktorina o‘yinlari tashkil etildi. Davra suhbati va viktorina qiziqarli, munozaralarga boy bo‘lib o‘tdi. Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha viktorinada faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Показать все...
👍 5
“ABU ALI IBN SINO” NOMIDAGI FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI Bugun, 21-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida kimyo va biologiya fanlaridan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi fan olimpiadasining viloyat bosiqchi o‘tkazildi. Institut Akademik litseyida bo‘lib o‘tgan ushbu olimpiadada umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Olimpiadaning hakamlar hayʼati institutninng yetuk salohiyatga ega va ko‘p yillik tajribaga ega malakali professor-oʻqituvchilaridan tuzildi. Olimpiadani Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, o‘quvchi-yoshlarni bilimini baholash, ularni yanada faollikka chorlashda bu kabi olimpiadalarning ahamiyati katta ekanligi haqida so‘z yuritdi va barcha o‘quvchilarga omad tiladi. Yakuniy natijalarga koʻra, 8-sinflar oʻrtasida 1-oʻrin Buloqboshi tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Z.Yaxyoyeva, 2-oʻrin Buloqboshi tumanidagi 55-davlat ixtisoslashgan maktabi oʻquvchisi M.Odilovaga, 3-oʻrin esa Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi I.Abduqodirovga nasib etdi. 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida esa Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi I.Ibrohimov 1-oʻrinni, Izboskan tumanidagi 8-DIMI oʻquvchisi Y.Anvarjonova 2-oʻrinni, Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashgan maktabi oʻquvchisi O.Sharipova 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Показать все...
2👍 1🥰 1
#live #Fan_olimpiadasi Olimpiada jarayonidan fotolavhalar.
Показать все...
👍 3 1
#Fan_olimpiadasi #live Bugun, 21-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda kimyo va biologiya fanlaridan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi fan olimpiadasining viloyat bosiqchi o‘tkazilmoqda. Unda umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda. Olimpiadaning hakamlar hayʼati institutninng yetuk salohiyatga ega va ko‘p yillik tajribaga ega malakali professor-oʻqituvchilaridan tuzilgan. Olimpiadani Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha o‘quvchilarga omad tiladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etilgandan so‘ng, o‘quvchilar testlarni ishlashni boshlab yubordi.
Показать все...
👍 2🥰 1
Перейти в архив постов