ru
Feedback
Mohira Rahimovna 🇷🇺

Mohira Rahimovna 🇷🇺

Закрытый канал

🇷🇺 Rus tilini Rossiyada yashab o‘rganganman ● 6 yildan beri rus tilini o‘rgataman ● 1000+ o‘quvchiga ustozlik qilganman ● Rus tili | Shaxsiy blog | Tajribalarim Murojaat uchun: @MohiraRus_Admin Kanal linki: @mohirarus

Больше
6 065
Подписчики
-1824 часа
-1957 дней
+30330 дней
Архив постов
Men rus tilini oʻrganish uchun nima qildim?🤔 Ustozlarimni, sinfdoshlarimni qanday gaplashishini kuzata boshladim 👀. Haqiqiy ruslarning talaffuzini eshitib-eshitib oʻrgandim.👂 Xato gapirsam ham sinfdoshlarim bilan gaplashishga harakat qildim 🗣. Ular ustimdan kuladi deb oʻylagandim. Lekin xatolarimni toʻgʻirlab, ulardek gapirishimga yordam berishdi. Natijasini esa 1 yildan keyin koʻrdim✨. Maktabimizda rus tili boʻyicha oʻtgazilgan "Русский медвежонок" tanlovida 2-oʻrinni oldim. Shunda ustozimni sinfdoshlarimga aytgan gapi hali ham esimdan chiqmaydi:
Begona yurtdan kelgan, begona tilda gaplashadigan qiz sizni tilingizdagi musobaqada 2-o‘rinni oldi. Sizlar nima qildingiz?
Shunda birinchi marta oʻzimdan faxrlanganman🤓 Keyin yutuqlar-yutuqlarga ulanib ketti. Rus tilidan fan olimpiadasida qatnashib tuman miqyosida yutdim va viloyatda kuchli 10 talikka kirdim. Lekin hali eng qiziqlari oldinda. Rus tili sababli You tubedan Kumush knopka olganim haqida ham aytib beraymi - ❤️‍🔥

Nega 4-sinfni oʻqimadim? Biz Rossiyaga men 3-sinfni bitkazganimdan keyin ketgandik. U yerda rus tilini bilmaganim uchun maktabga bormadim. Keyin Oʻzbekistonga kelganimizda oilamizdagilar meni togʻamnikiga tashlab oʻzlari yana Rossiyaga ketishdi. Men esa maktabda 5-sinfdan oʻqishni davom ettirdim.
Shunaqa, men bir yil umuman maktabda oʻqimagan ustozman😁
Lekin oilamdan uzoqda ularni sogʻinib juda qiynaldim. Shuning uchun qanchalik qiynalsam ham rus tilini oʻrganishga va Rossiyadagi maktabga borishga rozi boʻldim va ota-onam meni olib ketishdi. 6-sinfdan oʻqishimni oʻsha yerda davom ettirdim. Maktabga borganimda yana Rossiyaga birinchi kelganimdagi hol takrorlandi. Men Oʻzbekistondagi maktabimda a'lochi qizlardan edim. Oʻzimni yaqin doʻstlarim bor edi. Sinf sardori ham boʻlganman. (Ozgina maqtanib ketay dedimda🙊) Rossiyadagi maktabimda esa yana bir kunda oʻzimni oʻzga sayyoraga tushib qolgandek his qildim. Tili, koʻrinishi, kiyinishi, oʻzini tutishi umuman boshqacha boʻlgan sinfdoshlarimni ichida oʻzimni oddiygina kiyimlarim, uyalib, tortinib turishim va ayniqsa rus tilini yaxshi bilmasligim bilan ajralib turardim Oʻqituvchimiz dars tushuntirsa, sinfdoshlarim bir-birlari bilan gaplashishsa gaplarini yarim tushunib-yarim tushunmay turardim. Ayniqsa menga gapirishganda notoʻgʻri gapirib qoʻyishdan uyalib umuman javob bermay qoʻya qolardim. Oʻshanda oʻqishlarim birdaniga tushib ketgan 2 baholar ham oldim. Lekin bunga bilimsizligim emas, birgina rus tilini yaxshi bilmaganim sabab boʻlgani rosa alam qilgan. Lekin men shu holda odamlardan ajralib, bir burchakda hech narsani bilmaydigandek oʻtirib-oʻtirib 2 baho olib ketishga koʻnadigan qiz emasdim. Shunda hayotimda hozirgi Rus tili ustozi Mohira paydo boʻlishi uchun asosiy fundamentni qoʻydim🔥

Kurs dasturi ustida hozir ishlayapman. Toʻliq tayyor boʻlganda hamma ma'lumotlarni, kimga murojaat qilish kerakligini kanalda
Kurs dasturi ustida hozir ishlayapman. Toʻliq tayyor boʻlganda hamma ma'lumotlarni, kimga murojaat qilish kerakligini kanalda yozib qoldiraman. Kurs narxi ham oʻshanda aniq e'lon qilinadi. Nasib qilsa sizni oʻylagan holda ham vaqtingizni⏰ ham naqtingizni💸 tejaydigan kurs qilaman😉 Ungacha nega 4-sinfda oʻqimaganimni aytib beraman. Eshitasizmi - ❤️‍🔥

Ассалому алайкум узтоз яахшимисиз мен куслар хакида сурамокчи эдим кайердан малумотлар олсам булади илтимос олдиндан рахмат!

Kurs dasturi ustida hozir ishlayapman. Tayyor boʻlganda toʻliq ma'lumotni kanalda beraman

Kommentlarda koʻpchilik kurs haqida soʻrab yozyapti Hammaga shu yerda javob berib ketaman. Koʻpchilik razgavorda qiynalayotganini aytibdi. Shuning uchun oy oxirida Razgavor clubga qabul ochaman.
Bilasiz, anchadan beri kurs ochmadim. Bu vaqtda oʻz ustimda ishladim. Instagramda top ekspert Zabnap Kasimovani kurslarida kuratorlik qilib tajribamni oshirdim. Bu kurs nasib qilsa boshqacha boʻladi.
 Kanalni pin qilib kuzatib turing. Kurs haqida toʻliq ma'lumotni, kurs narxlarini yaqin orada e'lon qilaman. Joylar esa chegaralangan boʻladi. Chunki menga natija muhim✨

Ertaga ota uyimga ko‘pgina mehmonlar kelishadi 🥰 Shunga tayyorgarlik qilib sahardan optom bozordan harajatlar qildik 🍂 Nima
Ertaga ota uyimga ko‘pgina mehmonlar kelishadi 🥰 Shunga tayyorgarlik qilib sahardan optom bozordan harajatlar qildik 🍂 Nima munosabat bilan, deb o‘ylaysiz?

Lekin eng yaxshi xotiralarim ham aynan Rossiya bilan bogʻliq Dadam va ayam Rus tilini yaxshi bilishgani uchun ishlari tez yur
Lekin eng yaxshi xotiralarim ham aynan Rossiya bilan bogʻliq Dadam va ayam Rus tilini yaxshi bilishgani uchun ishlari tez yurishib ketgan. Keyin yaxshi pul topa boshlashdi. Uyimiz koʻp oʻyinchoqlarga, yaxshi taomlarga toʻldi. Banan, kivi, zaytun kabilarni ham birinchi marta shu yoqda yeb koʻrganman😅 Men va singlim esa qoʻshnilarimiz tojik opa-uka bilan tanishdik. Ular bilan birga oʻynab rus tilini bazoviy oʻrganib ham oldik. Hayot endi ancha goʻzallashgandi💕
Dadam va ayam bizni Qizil maydonlarga, oʻrmonlarga olib borgani haliyam esimda. Oʻrmonda qoʻziqorin terganlarimiz, shashliklar pishirib yeganlarimiz mening eng yaxshi xotiralarim boʻlib qolgan❤️
Sizniyam hech esingizdan chiqmaydigan bolalik xotiralaringiz bormi? Eslab oʻsha paytlarga qaytishni hohlaydigan. Siz ham yozing birga eslaymiz. Har biringiznikini oʻqiyman❤️ Keyin nega 4- sinfni oʻqimaganim, qanday qilib rus sinfdoshlarimni tanlovda yutganim haqida aytib beraman☺️

Bolalikdagi eng yomon xotiralarim Rossiyadagi birinchi oylarimiz bilan bog‘liq Hozirgacha “eng yomon kuning qaysi bo‘lgan?” deb so‘rashsa o‘sha kunlar esimga tushadi. Ota-onam bilan Rossiyaga borib, 1 xonali kvartiraga joylashganmiz.
O‘sha kungacha qishlog‘imizda, keng hovlilarda bemalol o‘ynab yurgan qizaloq edim. Bir kunda esa o‘zimni katta shaharning kichkina, tor xonasida qamalib qolgandek his qilganman.
 Ota-onam ertalab juda erta ketardi, kechqurun esa kech kelardi. Opam ham ishlardi. Men va singlim esa ular kelguncha uydan deyarli chiqmay, yig‘lab, eshik tomonga qarab o‘tirardik. "Qachon kelisharkin?..” Ba’zan qo‘shnilarimiz shunchalik koʻp yigʻlaganimiz uchun bizdan xavotir olib, eshikni taqillatishardi. Ruschalab nimadir deyishardi. Biz esa birorta gapini tushunmasdik.Tushunmaganimiz sari qo‘rquvimiz yanada ortardi. O‘sha paytda bir narsani tushundim: Bu yerdan chiqishim, yana avvalgidek odamlar bilan gaplashishim, o‘rtoqlar topishim uchun rus tilini o‘rganishim kerak. O‘sha paytlarda kimdir menga: “
Mohira, hali shu rus tili orqali ota-onangga yordam berasan. Hatto ularga 20–30 millionlab sovg‘alar beradigan kunlaring ham keladi”, — desa…
 Balki ishonmasdim. Chunki o‘sha paytda men uchun rus tili shunchaki fan emasdi. U men uchun yopiq eshiklarni ochadigan yagona kalit edi. Zerikib qolmadingizmi? ❤️

Men toza qishloqi boʻlganman Yoshligim keng dalalarda, shunaqa hovlilarda oʻrtoqlarim bilan yugurib, qarindoshlar bilan yigʻi
Men toza qishloqi boʻlganman Yoshligim keng dalalarda, shunaqa hovlilarda oʻrtoqlarim bilan yugurib, qarindoshlar bilan yigʻilishib oʻynab-kulib oʻtgan.
Keyin katta shaharlarda, yaxshi sharoitli uylarda yashasam ham oʻsha qishloqda yashaganimchalik mazza qilolmadim.
Menga oʻxshagan toza qishloqilar haliyam bormi yoki hozir hamma gorodskoy boʻlib ketganmi🤔 Men deb yozvoring oʻzim bilvolaman😁👇

Assalom alekum hammaga hayrli kun 🌞 Meni yoʻqotib qoʻymadingizmi? Poyezdda ketayotganim uchun aloqa yaxshi boʻlmay, sizlarga
Assalom alekum hammaga hayrli kun 🌞 Meni yoʻqotib qoʻymadingizmi? Poyezdda ketayotganim uchun aloqa yaxshi boʻlmay, sizlargayam yoza olmadim. Endi aloqa ancha yaxshi. Bugun mendan koʻp-koʻp postlar kuting😉

Siz ham bolaligingizda boshqa shahar yoki davlatga ko‘chib ko‘rganmisiz? 😢 💔- Ha, ko‘chganman ❤️ - Yo‘q

🤩Oilasi bilan chet elda yashaydiganlarga ko‘pchilik havas qiladi Lekin men migrant bo‘lib, oilam bilan yurtdan uzoqda yashab ko‘rganim uchun har doim ham havas bilan qaray olmayman. Pulsiz qolgan paytlarimiz, notanish muhit, ota-onamning qiynalganini ko‘rganlarim — hammasi esimga tushadi. Davomi qiziqmi? 🔥

"Oyning 15 qorong‘u, 15 yorug‘", degan gapga ishonaman Bu kanalda meni anchadan beri kuzatib kelayotganlar menimcha bu hikoya
"Oyning 15 qorong‘u, 15 yorug‘", degan gapga ishonaman
Bu kanalda meni anchadan beri kuzatib kelayotganlar menimcha bu hikoyamni ba'zi joylarini bilishadi.
Lekin yaqindan kuzata boshlaganlar uchun oʻzim boshimdan oʻtkazgan qiyinchiliklarim va muvaffaqiyatlarim haqida birinchi marta toʻliqroq gapirib bermoqchiman. Chunki hozir orangizda men kabi qiyinchiliklardan o‘tayotgan insonlar ham bo‘lishi mumkin. Agar mening hikoyam kimlargadir “meni ham qoʻlimdan keladi” degan ishonch bersa, bundan xursand bo‘laman 🩵

Aslida meni bugungi kunlarga yetib kelishimga, hozirgidek yaxshi sharoitlarda ishlashimga 10 yoshimda hayotimni butunlay o‘zgartirgan bir voqea sabab bo‘lgan. Sizga ham qiziqmi, aytib beraymi? 😍 🔥 - Ha, albatta!

Доброе утро 🩵 🎥 Bugun 5-6 sinf o‘quvchilarim uchun "kinotime" tashkil qildim 🎧 Bu ularning eshitib tushunish va vaziyatga
Доброе утро 🩵 🎥 Bugun 5-6 sinf o‘quvchilarim uchun "kinotime" tashkil qildim 🎧 Bu ularning eshitib tushunish va vaziyatga qarab gaplarni mantiqiy bog'liqligini anglashlariga yordam beradi

Siz uchun va‘da qilinga gaydni tayyorladim 💙
Manfaatli bo‘lsa ❤️ qoldiring

Rus tilini mustaqil oʻrganish rejasi (1).pdf20.79 MB

Xayrli kech, yakshanba kuningiz qanday o‘tdi? 💭 Sizga va‘da qilgan "Rus tilini mustaqil o‘rganish rejasi' nomli PDF gaydni bermoqchiman

Если вы знаете слово учить, вам будет легче понять и другие слова ↘️ учиться — получать знания, осваивать что-то → Я учусь в
Если вы знаете слово учить, вам будет легче понять и другие слова ↘️ учиться — получать знания, осваивать что-то → Я учусь в университете. → Сейчас я учусь говорить по-русски. учёба — процесс обучения → После школы у меня много времени занимает учёба. → Летом учёбы меньше. ученик — тот, кто учится в школе → Мой брат — ученик пятого класса. → В классе двадцать учеников. ученица — девушка или девочка, которая учится → Моя сестра — ученица третьего класса. → Эта ученица хорошо знает английский язык. учебный — связанный с учёбой: учебный год, учебный план, учебник → Новый учебный год начинается 1 сентября. → Нам нужно купить учебные материалы. учебник — книга для учёбы → На уроке мы работаем с учебником. → Я забыл учебник дома. обучение — процесс, во время которого человек получает знания и навыки → Обучение в университете длится несколько лет. → Онлайн-обучение стало очень популярным. обучать — учить кого-то → Учитель обучает детей русскому языку. → Этот курс обучает новым профессиональным навыкам. обучаться — учиться чему-то. → Студенты обучаются новой профессии. → На курсе можно обучаться онлайн.