Mohira Rahimovna 🇷🇺
关闭频道
🇷🇺 Rus tilini Rossiyada yashab o‘rganganman ● 6 yildan beri rus tilini o‘rgataman ● 1000+ o‘quvchiga ustozlik qilganman ● Rus tili | Shaxsiy blog | Tajribalarim Murojaat uchun: @MohiraRus_Admin Kanal linki: @mohirarus
显示更多5 766
订阅者
无数据24 小时
-637 天
-50330 天
帖子存档
5 765
Kanaldagi foydali postlarimizni topa olishingizga oson qilib qoʻydim. Sizga yoqdimi?
❤️ - 👍
🔥 - конечно
5 765
🟣🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰0⃣
🥰 Tanishamizmi?
🇷🇺 Rus tilini mustaqil oʻrganish rejasi
👨👩👧👦 Oilam bilan Rossiyada migrantda yashaganimiz
😔 Eng yomon xotiralarim Rossiyada boʻlgan
🇷🇺 Qizil maydon va Rossiya oʻrmonlariga koʻp borganman
📚 4-sinfni nega umuman oʻqimaganman?
➡️ Men rus tilini oʻrganish uchun nima qildim?
📺 You tube dan Kumush knopka olgan kunim
💰 Rus tilini oʻrganish menga nima berdi?
🥺 Mening top xatolarim
💸 Bilimga pul tikishdan qoʻrqsangiz oʻqing
💡 Rus tilida yangi soʻz yodlashning oson usuli
❓ Nega rus tilini oʻrganishni doim ortga surasiz?
😢Oʻquvchilarim meni kursimda oʻqiganiga afsuslanadimi?
😲 Nega ba'zi odamlar Rus tilini yillab oʻrganib ham natijaga chiqa olmaydi?
🌠 Tez til oʻrganish uchun sizda mana shu 4 narsa boʻlishi kerak
🤩 20+ yoshda tilni qanday qilib tez oʻrganish mumkin?
🧹Ruslarning mashhur irm-sirimlari
☺️ Ruslarning mashhur taomlari
🤢 Rossiyadagi eng gʻalati taomlar
#словарь - qidiruvi orqali foto koʻrinishdagi soʻzlarni topasiz.
#chellenj - qidiruvi orqali oʻtkazgan chellenjlarimizni topasiz.
#ПрРоссию - qidiruvi orqali Rossiya haqidagi postlarni topasiz.
5 765
Tanishamizmi? 🫶
Ismim Mohira, yoshim 26 da.💕 Quyoshli va go‘shtli Surxondaryoda tug‘ilganman. 💕 Hayotimning oxirgi 15 yili yarmi Rossiyada, yarmi O‘zbekistonda o‘tgan. 💕 Rossiyada tanishib qolgan vodiylik yigitga turmushga chiqdim. Hozir Quvada yashaymiz va shiringina o‘g‘ilchaning ota-onasi bo‘lishga ham ulgurganmiz. 🥰 💕 Hayotimdagi ko‘plab imkoniyatlarimga rus tilini bilishim sabab bo‘lgan. 💕 Rus tilida gapirganimda, ruslar ham meni o‘zlaridan deb o‘ylab qolishadi. 😅 💕 Rossiyadagi maktabim va universitetimda rus tili bo‘yicha ko‘plab tanlov va olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallaganman. 💕 7+ yildan beri rus tilini onlayn va oflayn tarzda o‘rgatib kelaman. 💕 Shu vaqt davomida 1000+ o‘quvchiga rus tilini o‘rgatganman. 💕 YouTube’dagi rus tilini o‘rganish blogim orqali ham tanilganman. 100 ming obunachiga yetganimizda Kumush knopka olganman🥹 💕Ustozligim ortidan dadamga Cobalt olayotganimizda 60 mln so‘m qo‘sha olganman❤️ 💕Ha aytgancha asl soham Yurist. Rossiyada aynan yuridik yoʻnalishda oʻqiganman. Lekin Rus tiliga mehrim ustunlik qilib hozir Oʻzbekistonda rus filologiyasida qaytadan bakalavrda oʻqiyapman. 💕 Hozir esa o‘quvchilarimga rus tilida gapirishni murakkab grammatikalarga ko‘milib ketmasdan, sodda va tushunarli usulda o‘rgatadigan Razgovor Clubimga asos solganaman.
Bu yerda rus tili, shaxsiy hayotim, tajribalarim va o‘qituvchilik yo‘lidagi o‘rganganlarim bilan bo‘lishib boraman. 🫶 Endi siz bilan tanishsak, ismingiz nima? Qayerdan meni kuzatyapsiz? Va meni “dinazavr davridan beri” taniydiganlar, o‘zim haqimda nima qolib ketdi? 😅 Kommentlarda yozib yuboring. Birgalikda tekshirib olamiz, balki o‘zim ham unutgan narsalar chiqib qolar🥰
5 765
🤢 Rossiyadagi eng g'alati taomlar
( ichida 1000 dollarga ham yemaydiganlarim bor )
➿Kopalxen (Копальхен)
Chukotkada ko'milgan va achitilgan morj go'shti. Hidi juda kuchli, shimol xalqlarining milliy taomi.
➿Sugudoy (Сугудай)
Yakutiyada muzlatilgan xom baliq. Yupqa qirqilib, piyoz, tuz va murch bilan yeyiladi.
➿ Tyurya (Тюря)
Non bo'laklari sovuq kvasga solinadi, ustiga piyoz sepiladi. Qadimda oddiy xalqning taomi bo'lgan.
➿ Tuzlangan tarvuz (Солёные арбузы)
Ha, to'g'ri o'qidingiz. Qishga ba'zi oilalar tarvuzni bodring kabi tuzlab qo'yadi.
➿ Qonli kolbasa (Кровяная колбаса)
Qon qo'shib tayyorlangan kolbasa. Ko'pincha kasha yoki yog' bilan aralashtiriladi.
➿ Rubets (Рубец)
Mollarning qorni (shirdon). Uzoq qaynatilib, sho'rva yoki qovurma qilinadi.
➿ Salo (Сало)
Tuzlangan cho'chqa yog'i. Qora non va sarimsoq bilan sovuq holda yeyiladi.
➿ Kumis (Кумыс)
Biyaning achitilgan suti (Boshqirdiston, Qalmog'iston). O'zbekcha qimizga yaqin.
📎 Bu taomlarning ko'pi hamma joyda yeyilmaydi, ba'zilari faqat shimol va Sibirda uchraydi.
⭐ Rus tilida mavzuga oid iboralar: Это съедобно? = Buni yesa bo'ladimi? Я не буду это есть = Men buni yemayman Ни за какие деньги! = Hech qancha pulga ham!💬 Men Salo, Kopalxen va tuzlangan tarvuzni 1000 💸 bersa ham yemasdim. Sizchi qaysi birini yemasdingiz? Izohda yozingchi.⬇️ #ПроРоссию
5 765
+1
ChatGPT‘ga "Mani orzularimni rasm ko‘rinishida tasvirlab ber" degandim, shunaqa yasab berdi 🥹
Bu bechora ChatGPT‘ga bir og‘iz "Rahmat" yetadi, yetti avlodimni duo qilib, eng yaxshi tilaklarni tilaydi doim 🤗
Siz ham shunaqa orzularizni rasm qilib izohlarda jo‘nating-chi, rus tilini o‘rganish ham bormi o‘zi orasida? 😄❤️
5 765
+3
Menga bugun ish kuni 📚
Telefonimning yangilanish versiyasini o‘rnatmay yuribman erinib, u esa mana senga o‘rnatmasang, deb, qotib boshladi. Shu postni 3nchi marta yozyapman 😭
Bugun naq 13:00 gacha ishdaman:
💠 Repetitor
💠 6-sinf
💠 7-sinf darslarim bor
Siz-chi? Bugun nimalar bilan band bo‘lasiz?
❤️🔥 — Ishdaman
😍 — Uydaman
Aytgancha, Juma muborak!
Kuningiz hayrli va barakali bo‘lsin 🌷
5 765
+1
Ruslarning mashxur taomlari
Menimcha koʻpchiligini bilsangiz kerak.
Chunki oʻtgan asrdagi mustamlakachilik davrida nafaqat rus tili, rus madaniyati, balki rus oshxonasi ham oʻzbeklarga kirib kelgan.Bugungi kunda esa ularni koʻpchiligini hatto sevib yeymiz. Men oʻzim ham borshni, smetanali chuchvarani, xolodestni juda yaxshi koʻraman. Sizga shu taomlardan qaysi biri yoqadi? Yana qaysi taom qolib ketti Rossiyadagilar? Kommentlarda yozib keting✍️ 🥰 - shundan 20 ta yigʻib tursangiz, Rus oshxonasidagi eng noodatiy ovqatlar haqida ham aytib beraman. Ularni ba'zilarini 1000 💵bersa ham yemasdim🤮
5 765
Bugun bir Rus oshxonasi haqida ham gaplashamizmi?
Menga Rossiyada qanday ovqatlar yoqqan, qanaqalari yoqmagan shu haqida ham aytib beraymi?
Ha deyish tugmasi - 🦄
5 765
Ertalabdan nonushta qilmasdan hech ish boshlolmayman. 🫡
Ba'zilar zavtrak qilmasdanam ishga ketaveradi. Lekin men "Boʻsh qop tik turmaydi", degan gapga amal qilaman. Oʻzimga balli 🌟
— Sizchi, nonushta qilasizmi?
❤️ - Ha, nonushta bu kuch
🐳 - Mani oshqozonim abetta ishga tushadi
