cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

sampress.uz

Samarqand axborot xizmatlari minbari (Samarqand viloyati hokimligi)

Больше
Рекламные посты
313
Подписчики
+124 часа
-27 дней
-1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Ismoilov va Narpay tuman boʻlim boshligʻi, inspektorlar ishtirokida tumanda gʻoʻza maydonlarida monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Tumanda 2024-yil hosili uchun 246 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 10 762 gektar maydonga gʻoʻza ekini ekilib parvarish qilinmoqda. Bugungi kunda ushbu gʻoʻza maydonlariga inspektorlar tomonidan SADSH suyuqligi va feromon tutqich qoʻyilib kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Shuningdek, har bir fermer xoʻjaligi dala maydoni boshiga dala qutisi oʻrnatilib, ichiga fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, umumiy yer maydoni, qaysi ekindan necha gektar maydonga ekilgani, agrotehnik tadbirlarini qaysi muddatda oʻtkazilayotganligi hamda biologik va kimyoviy ishlov berilganligi toʻgʻrisida yuritilayotgan daftar oʻrnatilib, inspektorlar tomonidan monitoring ishlari amalga oshirilmoqda va "Dala nazorati efito.uz" platformasiga kiritib borilmoqda. Manba: Axborot xizmati
Показать все...
Repost from ZIYOVUDDIN
Mevali daraxtlarda uchraydigan bakterial kuyish kasalligi Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, hosildorlik keskin kamayadi. Kasallangan daraxtlarning gullari to‘satdan so‘lib, qorayadi. Barglari buralib, qorayadi va novdalarda osilib qoladi (tushmaydi). Batafsil:👉https://telegra.ph/Mevali-daraxtlarda-uchraydigan-bakterial-kuyish-kasalligi-05-06 Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
Показать все...
#Pseudococcus_vovae_Nass Respublikaning fitosanitar xavfsizligini ta’minlash, zararkunanda va kasalliklarni aniqlash, bir hududdan ikkinchi hududga tarqalishining oldini olish, ularga qarshi ommaviy kurash ishlarini tashkillashtirish, nazorat qilish va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2024-yil 27-martdan 26-aprelga qadar «Dolzarb o'ttiz kunlik» tadbiri e’lon qilingan edi. Tadbirga asosan Ishtixon tumandagi tashkilot va idoralar, istrohat bog‘lari, madaniy yodgorliklar va katta yo‘l bo‘ylarida parvarish qilinayotgan igna bargli manzarali daraxtlar va butalarga zarar yetkazayotgan «Archa unsimon qurti» hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurasish tadbirlarini o‘tkazilib, keng jamoatchilik orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan bugun, 56-umumta'lim maktabida ham ana shunday nazorat tadbirlari amalga oshirilib, muassasa rahbariga tavsiyanoma va ogohlantirish xatlari berildi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показать все...

#Dala nazorati Ayni paytda zang bilan birga dalalarimizda un shudring, sariq dog‘lanish va septarioz kabi kasalliklar ham uchraydi va ularni zang bilan adashtirmaslik zarur. Shu bois zang va boshqa kasalliklarga qarshi kurash avvalo, ularning ilk paydo bo‘lish o‘choqlari, tarqalish darajasiga qarab qarshi kurash choralarining samaradorligi belgilanadi. Fermer xo‘jaliklari rahbar-mutaxassislari zang kasalligi bo‘yicha muntazam ravishda haftada 1-2 marta konturlar bo‘yicha kuzatuv (monitoring) lar o‘tkazishlari zarur. ❗️❗️Urgut tumanida 3 645 gektarga g‘alla ekilgan. 2 870 gektarda bir yillik ikki pallali begona o‘tlar, 2 750 gektarda ikki yillik ikki pallali, 2 661 gektarda bir yillik boshoqlilar tarqalishi bashorat qilingan. 2 870 gektarda zang va boshqa kasalliklar uchrashi bashorat qilingan. 600 gektarda esa zararli xasva va boshqa zararkunandalar uchrashi prognoz qilingan. 9 459 gektar g‘alla barg orqali biostimulyatorlar bilan oziqlantirilgan. Bugunda tumandagi “Qayroqli agro”, “Baxrin agro”, Dehqonobod agrofirmasi hamda Navoiy massividagi fermer xo‘jaliklarga ekilgan g‘alla maydonlarida dala nazoratlari o‘tkazilmoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показать все...
Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali Veb sayt:

https://samkarantin.uz/

Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64 Ishonch tel: +99871 202 84 84

✔️ Endi za'faronni Janubiy Koreyaga ham eksport qilish mumkin 🇰🇷Koreya Respublikasi Hayvonlar va o‘simliklar karantini agentligi bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida za’faron (Crocus sativus) eksportiga fitosanitar ruxsat olindi. 🛒 Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistondan Koreya Respublikasiga mahalliy meva-sabzavotlarni eksport qilish uchun olingan fitosanitar ruxsatlar soni 50 taga yetkazildi. Bular: 🍒 yangi (xo‘l) mahsulotlar: gilos, anor, sarimsoqpiyoz, piyoz, sabzi, lavlagi, ukrop, aysberg salati, rukkola, rayxon, petrushka, selderey, rediska, koriandr, yashil no‘xat, karam; 🥔 quritilgan mahsulotlar: anjir, o‘rik, mayiz, olxo‘ri, olma, nok, nektarin, qovun, olcha, gilos, achchiq qalampir, piyoz, sabzi, pomidor, kartoshka, bulg‘or qalampir, kovul, ukrop, aysberg salati, rukkola, rayxon, yalpiz, petrushka, selderey, za’faron; 🫒 dukkakli mahsulotlar: yeryong‘oq, mosh, loviya; 🥭 boshqa mahsulotlar: tozalangan grek yong‘og‘i, xandon pista, bodom, shirin o‘rik danagi, achchiq o‘rik danagi, kunjut. 💐 Zaʼfaron ko‘plab foydali hususiyatlari bilan mashhur: ovqat hazm qilishni yaxshilab, ishtahani ochadi, undan oshqozon, yurak, jigar, nafas olish aʼzolari va asab tizimini mustahkamlashda, buyrakni tozalashda, ogʻriqni qoldirishda, tinchlantiruvchi, peshob, oʻt va ter haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Zaʼfaron dorishunoslik sanoatida keng foydalanilib, sharq tabobatining 300 dan ortiq dori-darmonlari tarkibiga kiradi. Shu bois bugungi kunda ushbu o‘simlikka AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa va boshqa ko‘pgina davlatlarda talab yuqori. 🔔 Za’faron eksport qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga! Za’faron eksportini amalga oshirish uchun quyidagi talablar amal qiladi: 🔸 mahsulot zararkunandalar, tuproq va begona o‘tlar urug‘laridan holi bo‘lishi; 🔸 fitosanitariya choralari bo‘yicha xalqaro standartlarga (ISPM-7 va ISPM-12) muvofiq fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. #export #zafaron 🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Показать все...
#Jarayon 🌱Kattaqo‘rg‘on tumanida kanal va zovur yoqalarida yashil belbog‘lar tashkil etiladi Bu haqda tuman hokimi J.Tulqinovich Kadan va Mundiyon mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Jumagul kanalida qurilishi taʼmirlash ishlarini kuzdan kechirish davomida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, kuzatuvlar chog‘ida hududda olib borilgan qurilish, taʼmirlash ishlari jarayonida hosil bo‘lgan qurilish chiqindilarni bartaraf etilishi hamda kanalning muhofaza hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida yangidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi va yashil belbog‘lar tashkil etilishi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida masʼullarga topshiriqlar berildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Показать все...
🔹Partiya aralashuvi bilan muammo bartaraf etildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Paxtachi tuman partiya tashkiloti tomonidan Sultonobod dexqon bozori va bozor xududidagi savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shaxobchalarining sanitar holati yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida dehqon bozori hamda savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, xizmat ko‘rsatish maskanlariga qarashli hududlar obodonlashtirilmaganligi, sanitar-gigienik talabga javob bermasligi aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida, Paxtachi tuman partiya tashkiloti raisi U.Xamiraev tomonidan tuman sanitar epidemiologik osiyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i M.Rasulovga yozma murojaat qilindi. Mazkur murojaat asosida Sultonoobod dehqon bozori hududini obodonlashtirish bo‘yicha tegishli sanitar-tozalash ishlari bajarilib, muammo bartaraf etildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti
Показать все...
#Tungi_reyd Samarqand viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning Urgut, Toyloq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi. “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida daryo o‘zanidan 2 nafar fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekskavatorlarda tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi Qonunlari talablarini buzganligi sababli MJtKning 70-pr1-moddasi 1-qismiga asosan, har biriga 10 mln. 200 ming so‘mdan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Показать все...
ARCHA UNSIMON QURTI - PSEUDOCOCCUS VOVAE Nass. XAVFLI ZARARKUNANDA.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda turli xil ekologik muammolar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida ulkan ishlar qilinmoqa.Yo'l yoqalaridagi turli xil manzarali daraxtlarni asrash va to'g'ri parvarishlash,shu bilan birga kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash masalalari dolzarb hisoblanadi.So'nggi yillarda ignabargli daraxtlar zararkunandalaridan asosan so'ruvchi o'simlik bitlari hamda unsimon qurtlarning zarari ortib bormoqda.
Keng qamrovli chora-tadbirlar Ishtixon tumani boʻylab uyushqoqlik bilan oʻtkazilib,oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa yashil maydonlarda olib borildi.Xususan,bugun Oʻsimliklar karantini va himoyasi Ishtixon tuman bo'limi davlat inspektorlari tomonidan tuman gaz ta'minoti korxonasi hududida parvarish qilinayotgan igna bargli,manzarali daraxtlar toʻliq xatlovdan oʻtkazilib,fitosanitar nazorat oʻrnatildi.Korxona rahbariga archa unsimon qurtiga qarshi tavsiyanoma va ogohlantirish xatlari berildi. Manba: Axborot xizmati
Показать все...