ru
Feedback
"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

Открыть в Telegram

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov

Больше
886
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-2230 день
Архив постов
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi!  📌Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xatiga binoan, respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlari hamda yoʻnalishlar kesimida yangi oʻquv yili uchun davlat stipendiyalarining kvotalari belgilandi.  Jami: 776 ta.  👇Stipendiyalarning turlari va ajratilgan kvotalar ro‘yxati:
🔹 Prezident stipendiyasi — 187 ta;  🔹 Islom Karimov stipendiyasi (barcha yoʻnalishlarda) — 194 ta;  🔹 Navoiy stipendiyasi (gumanitar yoʻnalishlarda) — 175 ta;  🔹 Bobur stipendiyasi (tarix va geografiya yoʻnalishlarida) — 51 ta;  🔹 Imom al-Buxoriy stipendiyasi (Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida) — 44 ta;  🔹 Beruniy stipendiyasi (texnika yoʻnalishlarida) — 38 ta;  🔹 Ibn Sino stipendiyasi (tibbiyot yoʻnalishlarida) — 33 ta;  🔹 Abdulla Avloniy stipendiyasi (pedagogika yoʻnalishida) — 16 ta;  🔹 Ulugʻbek stipendiyasi (tabiiy yoʻnalishlarda) — 13 ta;  🔹 Toʻlepbergen Qaipbergenov stipendiyasi (Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda) — 11 ta;  🔹 Ibroyim Yusupov stipendiyasi (Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda) — 11 ta;  🔹 Pahlavon Mahmud stipendiyasi (jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida) — 3 ta
🔹Ushbu stipendiyalar respublikamiz bo‘yicha jami 335 ming 471 nafar yuqori kurs talabalari orasidan eng munosiblariga taqsimlanadi.  ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Kvota #Magistratura #MalakaToifasi #Qabul2026 Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti ✅ Jami: 200 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 152 ta; ➖rus tili – 48 ta. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Kvota #Magistratura #Masofaviy #Qabul2026 Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 892 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 832 ta; ➖rus tili – 50 ta; ➖qoraqalpoq tili – 10 ta. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Kvota #Magistratura #Kechki #Qabul2026 Magistratura kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 1 393 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 1 103 ta; ➖rus tili – 156 ta; ➖qoraqalpoq tili – 130 ta; ➖qozoq tili – 4 ta. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Kun_iqtibosi Harakat qilganlarning hammasi muvaffaqiyat qozona olmasligi mumkin, lekin muvaffaqiyat qozonganlarning hammasi
#Kun_iqtibosi
Harakat qilganlarning hammasi muvaffaqiyat qozona olmasligi mumkin, lekin muvaffaqiyat qozonganlarning hammasi harakat qilganlardir.
  🖌 Jaloliddin Rumiy 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram|Facebook |Instagram|YouTube

#Iqtibos Doim o‘rganishga intiling, bilimsizlik – eng katta yo‘qotishdir. ✅Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 🔹Telegram |
#Iqtibos Doim o‘rganishga intiling, bilimsizlik – eng katta yo‘qotishdir.Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 🔹Telegram | 🔹Facebook | 🔹Instagram

#Kun_hikmati "Agar siz farzandingizga dangʻillama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zoʻr m
#Kun_hikmati
"Agar siz farzandingizga dangʻillama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zoʻr mashina olib bersangiz - uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik,  pul qoldirsangiz - uyam bir kun sarf boʻlib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan,  yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va maʼrifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan".
 🇺🇿 Sh.Mirziyoyev 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇 Instagram | Telegram

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ Davlat granti kvotasi ulushi (foizda) 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. ❓Davlat granti ulushi uchun chegara nima degani? Batafsil: https://t.me/xushnudbek/28877 👉 @xushnudbek 👈

O‘rta asrlarda tarqalgan o‘lat (chuma) kasalligini asosan qaysi hayvonlar tarqatgan?
Anonymous voting

#Kun_iqtibosi Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi. ✍Abdurauf Fitrat 🇺🇿Navoiy vilo
#Kun_iqtibosi
Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi.
       ✍Abdurauf Fitrat 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ XOTIN-QIZLAR UCHUN (qo‘shimcha 4000 ta davlat granti kvotasi) 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3
⚡️KVOTA-2026 #abituriyent XOTIN-QIZLAR UCHUN (qo‘shimcha 4000 ta davlat granti kvotasi) 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 309; 📍Andijon viloyati – 288; 📍Buxoro viloyati – 152; 📍Jizzax viloyati – 229; 📍Qashqadaryo viloyati – 374; 📍Navoiy viloyati – 201; 📍Namangan viloyati – 400; 📍Samarqand viloyati – 445; 📍Surxondaryo viloyati – 318; 📍Sirdaryo viloyati – 164; 📍Toshkent viloyati – 208; 📍Farg‘ona viloyati – 514; 📍Xorazm viloyati – 291; 📍Toshkent shahri – 107. O’tgan yillardagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan: 1) aniq va tabiiy fanlar; 2) texnika fanlari; 3) tibbiyot fanlari. Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi. Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 288 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 52 ta, texnika fanlari uchun 10 ta, tibbiyot fanlari uchun 82 ta kvota. Jami 144 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 144 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/29158 ❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Batafsil va aniq misollar bu yerda: https://t.me/xushnudbek/24864 Eng muhim maʼlumotlar: ✅ bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi; ✅ faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi; ❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi; ✅ ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. ‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/33214 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Jami: 1 031 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Maktab ta’limi sohasi uchun Jami: 648 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun JAMI: 3 ming 656 ta. Respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ajratilgan 10 foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 10 ming 280 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida: ➡️ kunduzgi7 ming 793 ta (davlat granti - 1 ming 828 ta, to‘lov-kontrakt - 5 ming 965 ta); ➡️ kechki1 ming 447 ta (to‘lov-kontrakt); ➡️ masofaviy1 ming 40 ta (to‘lov-kontrakt). ❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uchun 47 ta kvota (11 ta grant, 36 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Sharqshunoslikni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k. Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 47 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 253 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizli davlat granti asosidag
⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizli davlat granti asosidagi kvota taqsimoti Jami: 1 ming 828 ta (davlat granti asosida) ❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi. ❓Bu yerda na OTMlar, na yo‘nalishlar yozilgan, imtiyoz qanday qo‘llanadi? Avvalgi yillari IIO xodimlari farzandi uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar oliygohlar kesimida tasdiqlanar edi. Natijada qaysidir oliygohda o‘tish bali juda yuqori, qaysidir birida past bo‘lib qolardi. O’tgan yildan boshlab umumiy kvota e’lon qilinmoqda. Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilot kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Jami kvota 1 ming 828 ta. Aytaylik, Ichki ishlar tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 6 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir O'zMUni, kimdir Sharqshunoslikni tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas. Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Ichki ishlar tizimidan tavsiyanoma olgan 6 ming nafar xodimlarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 1 ming 828 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN Respublika miqyosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 4 ming 112 ta (o‘tgan yilgidan 205 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan. ▪️Ta’lim shakllari kesimida: ➖kunduzgi – 3 ming 117 ta; ➖kechki – 579 ta; ➖masofaviy – 416 ta. ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan. Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 54 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k. Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 54 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 146 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent MAGISTRATURA. MASOFAVIY JAMI: 892 ta. 2026/2027-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti. 👉 @xushnudbek 👈

⚡️KVOTA-2026 #abituriyent MAGISTRATURA. KECHKI JAMI: 1 ming 393 ta 2026/2027-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti. 👉 @xushnudbek 👈