cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov

Больше
Рекламные посты
952
Подписчики
-124 часа
-27 дней
-1130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
🔰#Kun_hikmati Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat. ✍️Jaloliddin Rumiy
Показать все...
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Показать все...
⚡️Расман: Энди магистратурага кириш учун IELTS 4.5 ёки B1 даража етади! 🇺🇿 Президентнинг тегишли фармонига кўра, 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб магистратура ва докторантура қабули учун қуйидаги даражаларда хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификатлар талаб этилади: 1️⃣ хорижий тиллар йўналишлари бўйичакамида C1 даражасида; 2️⃣ гуманитар, биологик ва турдош фанлар, математика ва статистика, бизнес ва бошқарув, ҳуқуқ, хизмат кўрсатиш, ижтимоий ва таълим соҳалари бўйича – камида B2 даражасида; 3⃣ бошқа таълим соҳалари ҳамда маданият ва спорт мутахассисликлари (ихтисосликлари) бўйича – камида B1 даражасида. Сафимизга қўшилинг: 👉 @davlattestmarkazi 👈
Показать все...

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab: davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno; davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
2024-yilda 414 mingdan ortiq 11-sinf o‘quvchilari maktabni tamomlamoqda — Statagentlik O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida 2023/2024 o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan. Shundan: 👧qiz bolalar – 223,1 ming nafar 👦o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Rasman: O‘zbekistonda endi abituriyentlar avval test topshiradi, keyin OTMni tanlaydi 2024/2025-yillardan boshlab oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikumlar uchun imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi. Qabul tartibi: • 5-iyun - 25-iyun: hujjatlarni topshirish; • Iyul - avgust: imtihonlar • 15 kun ichida: OTMni tanlash. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Показать все...
⚡️Imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔔 Bugun, 25- may, So'nggi qo'ng'iroq Aziz bitiruvchi yoshlar! Sizlarni bugungi o‘ta hayajonli kun – maktab ta’limini muvaffaqiyatli bitirib, katta, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklaymiz. O‘quv jarayonida siz uchun qadrdon bo‘lib qolgan maktabingizda qo‘lga kiritgan bilimlar, mehribon ustoz va murabbiylaringizdan olgan ta’lim-tarbiya va o‘gitu-nasihatlar umringizning yangi, mas’uliyatli bosqichlarida ulkan yutuq va omadlar olib kelishiga tilakdoshmiz. Kelajakdan umid qilgan barcha ezgu orzu va niyatlaringiz amalga oshsin, yangi va mustaqil hayot sari qo‘yayotgan qadamlaringiz qutlug bo'lsin. Yaqin kunlarda Oliy ta’lim talabasi bo'lishingizga ishonamiz! Hurmat bilan "Evrika" ustozlar jamoasi
Показать все...
Prezident tabrigidan
...davlatimizning ertangi taqdiri, uning ravnaqi va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...