cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
948
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-1530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Magistratura va doktorantura uchun tan olinadigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati #abituriyent ❌ O‘tgan yilgi buyruqda bo‘lgan quyidagi sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tili bo‘yichaTest de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖Al-Arabiya Test (The Arabic Language Proficiency Test E-TOAFL) 2024-yil 29-mayga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. ℹ️ Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat ! ! ! "Evrika" o'quv markazida navbatdagi Blok test 2-iyun soat 7:00 da bo'lib o'tadi. Kech qolgan, to'lovlardan qarzdorligi bor o'quvchilar kiritilmaydi. Unutmang! Bu blok hayotda o'z o'rningizni hal qilinishida muhim bo'lishi mumkin, chunki 5-iyundan qabul boshlanmoqda!
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat ! ! ! "Evrika" xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi epchil, qo'li shirin, pazanda oshpazni suhbat asosida ishga qabul qiladi. Murojaat uchun : +998 995259536 +998 907321984 G. Narziyeva
Mostrar todo...
​​Вақт – инсоннинг энг катта сармояси. Муваффақият сири ана шу сармоядан унумли фойдаланишда. Сўзимиз исботи учун улуғлар ҳаётига, қилган ишларига назар ташласак, кифоя. Улар вақт исрофидан сақланишган, қандай иш бўлмасин, жиддийлик билан ёндошишган, доим изланишда, интилишда бўлишган. Биз кўпинча вақт етишмаётганидан нолиймиз. Ҳолбуки, улуғлар яшаган давр билан ҳозирги пайтнинг вақт ўлчовлари фарқ қилмайди. Демак, фарқ – ўзимизда.
Mostrar todo...

Davlat grantiga oid o‘zgarishlar: — yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi; — grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; — ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va h.k.; — stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi; — turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar); — grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Ba’zan muvaffaqiyasizlikka uchrash ham katta muvaffaqiyat ekanligini unutmang. ✍️Dalay lama
Mostrar todo...
Endi xususiy OTM talabalari ham to‘lov-kontrakt shartnomasini onlayn olishi mumkin bo‘ladi Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shartnomasi kontrakt.edu.uz va prof.edu.uz axborot tizimlari orqali shakllantiriladi. Demak, xususiy va nodavlat OTMlar ham o‘z tizimlarini ushbu platformalarga integratsiya qilishi kerak. Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni ta’lim-krediti.mf.uz va my.gov.uz portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti: oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda; professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi. O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Энди сиртқи ва кечки таълимда ўқийдиганларга таълим кредити берилмайди! Эндиликда таълим кредити фақат кундузги таълимда ўқиётган талабаларга берилади. Бу ҳақдаги Президентнинг тегишли фармони ЎзАда эълон қилинди. Бунга қадар таълим кредитини сиртқи ва кечки таълимда ўқиётганлар ҳам олиши мумкин эди. Шунингдек, эндиликда иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсаткичи “3” дан паст бўлган тақдирда таълим кредити тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида ажратилади (“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари бундан мустасно). Биринчи курслар учун эса бир йиллик контракти миқдорида ажратилади. Сафимизга қўшилинг: 👉 @davlattestmarkazi 👈
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Kimki yolg‘on so‘zni birovga to‘nkagay, o‘z qora yuzini yog‘ga bulaydi. Ozgina yolg‘on ham gunohdir, ozgina zahar ham halok qiluvchidir. ✍️ Alisher Navoiy
Mostrar todo...