cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 [email protected] ☎️ +998(71)207-40-48 🤖 t.me/piimasavollar_bot

Больше
Рекламные посты
67 966
Подписчики
+3 51424 часа
+6 5237 дней
+15 92330 дней
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #call_markaz ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA. 📥 2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan: ➖Prezident maktablariga 62 062 ta; ➖Ijod maktablariga 5 512 ta; ➖Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42 785 ta; ➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 019 ta. 📊 Hozirgi kunda "Qabul-2024" jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli call-markazga bir paytning oʻzida minglab murojaatlar boʻlayotganligi sababli ushbu raqamga bir martada bogʻlana olmasligingiz mumkin. 📶 Shu sababli 1206 qisqa raqamiga qaytadan qoʻngʻiroq qilib savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣📣📣📣📣 🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 8-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI. ✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi. ⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-9-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📶 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
02:44
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | "Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari oʻz faoliyatini boshladi #1july #uzbekiston24 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
117.mp444.66 MB
📣📣📣 XUSHXABAR Matematika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining barchasi medallarni qo’lga kiritdi! Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtirok etayotgan Matematika bo’yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o’rtasida o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 🥈1 ta kumush va 🥉5 ta bronza medallarini qo’lga kiritdi. ⚠️Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o’tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o’ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir. Natijalar bilan tanishing: ⚡️Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal ⚡️Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥉Bronza medal ⚡️G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal ⚡️Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal ⚡️Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal ⚡️ Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal Terma jamoamiz barcha a'zolarining medallarni qo'lga kiritayotgani yaxshi an'anaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada o‘tkazilgan O'smirlar o'rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo'lga kiritgan edi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada oltin medallarni kutib qolamiz! Yaxshi niyat qilaylik, IMOda oltin medal nasib qilsin!olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
#New_Uzbekistan_university ⚡️ Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari o‘z faoliyatini boshladi ✅Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yo‘nalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat. 🌐Loyihada oʻzbekistonlik yoshlar qatorida 35 nafar xorijlik talabalar ham ishtirok etishmoqda. 📆 Ilmiy-maktablar 14-iyul kuniga qadar oʻtkaziladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
18:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Studiya 24 | Bahodir Jalolov va Oskana Chusovitina sport maktablarining faoliyati #1july #uzbekiston24 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi. Shuningdek, ushbu maktablar Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
5.mp4159.24 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshov Og‘abek Ne’matjon o‘g‘li ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot bilan o‘quvchimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#eMaktab_onlayn_trenajyor #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi. O‘tgan yillardagi test savollarga asoslangan mazkur eMaktab onlayn-trenajyori maktab oʻquvchilariga oʻz tayyorgarlik darajasini tekshirish va oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Ya’ni onlayn-trenajyor ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida tushadigan test namunalari koʻrinishida taqdim etilgan. Bu yagona rasmiy onlayn-trenajyor boʻlib, cheklovlarsiz sinov tariqasida kirish testlaridan oʻtish imkonini beradi. Onlayn-trenajyor test yechish mexanizmini tushunish, kelajakda haqiqiy imtihondan oʻtayotganda vaqtni chamalash, his-hayajonni bosib, oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn-trenajyor oʻzbek, qoraqalpoq hamda rus tillarida taqdim etilgan. Sinov testdan quyidagi havola orqali oʻtish mumkin. Batafsil videoqoʻllanmada Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI: 🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi 🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi 🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi 🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi 🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi 🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi 🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi 🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi 🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi 🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi 🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi 🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
#Butunjahon_yoshlar_festivali #Prezident_maktablari_paviloni ⚡️KUTIB OLING PIIMANOID! Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “Prezident maktablari” paviloni ochilgani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi. PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi. Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan. Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega. PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
01:51
Видео недоступноПоказать в Telegram
#eʻtirof #bizning_shunday_talabalarimiz_bor Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bolib otdi. Unda davlatimiz rahbari “Yangi Ozbekiston” universiteti talabasi Dilmurod Yoldoshevning xalqaro strategiyani ishlab chiqish va bosh qarorgohi O‘zbekistonda bo‘ladigan Xalqaro ekologik yoshlar qo‘mitasini tuzish takliflarini qo‘llab-quvvatladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Talaba_3_tg.mp429.09 MB
00:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
#eʻtirof #bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bolib otdi. Unda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirovni Garvard universitetiga o‘qishga qabul qilinganini e’tirof etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘zini oqlayotganini ta’kidladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
IMG_2777.MP42.20 MB
#imtihon_2024 #ijod_maktablari ⚡️ Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 2-bosqich ijodiy suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. 🗣Maʼlumot oʻrnida, imtihonning 2-bosqichi ya’ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.