fa
Feedback
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

رفتن به کانال در Telegram

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi gov.uz/oz/ima t.me/piimauz www.facebook.com/piima.uz www.instagram.com/piima.uz/ www.youtube.com/@PIIMArasmiysahifasi Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 114А 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

کانال Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi (@piimauz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 68 170 مشترک است و جایگاه 2 394 را در دسته آموزش و رتبه 1 043 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 68 170 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 07 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 8 835 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 79 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 44.18% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 28.61% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 30 062 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 19 466 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi gov.uz/oz/ima t.me/piimauz www.facebook.com/piima.uz www.instagram.com/piima.uz/ www.youtube.com/@PIIMArasmiysahifasi Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 114А 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)20...

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 08 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

68 170
مشترکین
+7924 ساعت
+1 2407 روز
+8 83530 روز
آرشیو پست ها
#OAV_nigohida 🖌 “Ijod yoshlari” tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi 🎓 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida umumta’lim maktablarining 50 nafarga yaqin 5–6-sinf o‘quvchilari o‘z iqtidor va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tanlov chekka hududlardagi iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Repost from N/a
#IChO2026 🌎 Dunyo Oʻzbekistonga kelmoqda... Ba'zan ayrim tadbirlar oddiy taqvimdagi sana emas, balki mamlakat salohiyatini d
#IChO2026 🌎 Dunyo Oʻzbekistonga kelmoqda... Ba'zan ayrim tadbirlar oddiy taqvimdagi sana emas, balki mamlakat salohiyatini dunyoga namoyon etadigan tarixiy voqeaga aylanadi.
Aynan shunday voqealardan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2026 ga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini muhokama qildik.
✅ Tashkiliy qoʻmita yigʻilishida har bir yoʻnalish bo‘yicha bajarilgan ishlarni yana bir bor tahlil qildik. Laboratoriyalardan tortib delegatsiyalarni kutib olishgacha, xavfsizlikdan media ta'minotigacha boʻlgan barcha masalalar batafsil koʻrib chiqildi. Biz uchun bu jarayonda mayda detalning oʻzi ham katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda 96 davlatdan 724 nafar ishtirokchi, jamoa rahbarlari, kuzatuvchilar va mehmonlar roʻyxatdan oʻtgan. Bu raqamlar ortida dunyoning Oʻzbekistonga bildirayotgan ishonchi mujassam.
✅Biz bu olimpiadani shunchaki yuqori saviyada oʻtkazishni emas, balki har bir mehmonda Oʻzbekiston haqida iliq taassurot, xalqimizning mehmondoʻstligi va ta'limga boʻlgan yuksak e'tiborini qoldirishni maqsad qilganmiz. Ishonaman, barcha hamkor vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamda fidoyi jamoamiz bilan birgalikda bu tarixiy vazifani munosib ado etamiz.Rasmiy sahifalar

#IChO_2026 🧪 IChO 2026 boshlanishiga atigi 2 kun qoldi! 🇺🇿 10–19-iyul kunlari Toshkent shahri dunyoning eng iqtidorli yosh
#IChO_2026 🧪 IChO 2026 boshlanishiga atigi 2 kun qoldi! 🇺🇿 10–19-iyul kunlari Toshkent shahri dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlarini bir maydonga jamlaydi. 🌍 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2026 tarixda ilk bor Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda oʻtkaziladi. Ushbu nufuzli xalqaro olimpiada mamlakatimizning ilm-fan va taʼlim sohasidagi salohiyatini namoyon etuvchi muhim voqealardan biridir.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#OAV_biz_haqimizda #Imtihon_2026 🇺🇿Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jasorat maktabi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

DIQQAT, E’LON! 📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi 🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtiril
DIQQAT, E’LON! 📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi 🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari nomidan soxta akkauntlar ochilib, ular orqali feyk (yolg‘on) xabarlar tarqatilmoqda. 🎓 Agentlik rasmiy ma’lumotlarni faqat quyidagi manbalar orqali e’lon qiladi: ✅Rasmiy veb-sayt, Telegram, YouTube, Instagram va Facebook sahifalari ✅Direktor Sevara Shakirovaning rasmiy telegram kanali ⚠️ Eslatma: ❌ Yolg‘on xabarlarni tarqatmang; ❌ Soxta profillarni bloklang (Report); ❌ Shubhali havolalarga kirmang. ⚠️ Hurmatli fuqarolar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori yoki Agentlikning boshqa mas'ul xodimlari sizga birinchi bo‘lib shaxsiy messenjerlar orqali yozib, shubhali topshiriq, ko‘rsatma, moliyaviy talab yoki turli takliflar bilan murojaat qilmaydi. Agar sizga Agentlik nomidan shunday mazmundagi xabarlar yuborilsa, ularga ishonmaslikni, shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etmaslikni hamda hech qanday to‘lovni amalga oshirmaslikni so‘raymiz. Agentlik faoliyati yuzasidan savol, murojaat yoki takliflaringiz bo‘lsa, faqat Agentlikning rasmiy aloqa kanallari va rasmiy axborot manbalari orqali murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#OAV_biz_haqimizda 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

📰📰📰📰📰📰📰 ✅ Huawei bilan hamkorlik: zamonaviy ta'lim uchun yangi imkoniyatlar 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari
+4
📰📰📰📰📰📰📰 Huawei bilan hamkorlik: zamonaviy ta'lim uchun yangi imkoniyatlar 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Huawei kompaniyasining O'zbekistondagi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅Uchrashuvda ta'limni raqamlashtirish, o‘quvchi va pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalarni ta'lim jarayoniga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Huawei kompaniyasining innovatsion ta'lim yechimlari va raqamli loyihalari taqdimoti bilan tanishildi.
Tomonlar Shanxay transport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, pedagog va o‘quvchilar uchun sun'iy intellekt yo‘nalishida treninglar tashkil etish, shuningdek, yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda "Smart Classroom" konsepsiyasini joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar. ✅ Uchrashuv yakunida ta'limni raqamli transformatsiya qilish, xalqaro tajribani keng joriy etish va innovatsion qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#OAV_nigohida 🇺🇿Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 🎓 Magistraturaga kontrakt asosida o’qishga kirgan ayol-qizlarning kontrakti 100% davlat tomonidan qoplanadi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 447-son qaroriga muvofiq, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi davlat tomonidan qoplanadi. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin: 🖱️ Chemical Engineering and Materials 🖱️ Computational Physics 🖱️ AI and Machine Learning 🖱️ Project Management Industrial Management 🖱️ Financial Mathematics 🖱️ Economics and Data Science 🖱️ Agrotechnology 🖱️ Applied Linguistics and TESOL 🖱️ Executive MBA Talablar: 🖱️ Bakalavr diplomi 🖱️ IELTS yoki unga tenglashtirilgan xalqaro ingliz tili sertifikati 🖱️ Ayrim yo‘nalishlarda kirish imtihoni Yo‘nalishlar va qabul shartlari haqida batafsil ma’lumotni universitet rasmiy saytida olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlari 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga 2026–2027-o‘quv yili uchun 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#IChO_2026 🟡 ICHO-2026 — jarayonlar boshlanishiga 3 KUN qoldi! 🇺🇿 Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. 🖱️10-19-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga Markaziy Osiyo tarixida ILK BOR O‘zbekiston mezbonlik qiladi. 🖱️ Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilar bir maydonga jamlanib, o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashadilar.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat — Обращение к участникам I Международного форума исламской
Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaatОбращение к участникам I Международного форума исламской цивилизации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#qabul_2026 #diqqat_eʼlon 🔴 DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI DAVOM ETMOQDA! 🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va
#qabul_2026 #diqqat_eʼlon 🔴 DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI DAVOM ETMOQDA! 🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari!
Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz?
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar va pedagog xodimlar tanlovi davom etmoqda! ✅ Tez kunlarda yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli bo‘yicha 1-bosqich saralash jarayoni yakunlanadi. Saralash natijalariga ko‘ra, munosib nomzodlar: 🖱️ o‘qituvchilar — 2-bosqich (test sinovlari); 🖱️ rahbar xodimlar — 2-bosqich (suhbat jarayonlari)da ishtirok etadilar. Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! ✅ Rahbar xodimlar tanlovi 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Suhbat bosqichi
Suhbatlar an’anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin
Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi: 🖱️ Kasbiy va rahbarlik salohiyati 🖱️ Tashkiliy va moliyaviy bilimlar 🖱️ Ta’lim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalar Suhbat davomida sizning: 🖱️ Strategik fikrlashingiz 🖱️ Innovatsion yondashuvingiz 🖱️ Amaliy ko‘nikmalaringiz va liderlik salohiyatingiz sinovdan o‘tadi.
Har bir nomzod uchun 3 savoldan iborat bilet taqdim etiladi.
🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!
💼 Agar siz: 🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali davom etmoqda. Barcha nomzodlardan rasmiy e’lonlar va keyingi bosqichlarga oid ma’lumotlarni kuzatib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🌿 Xivalik Azizbek Niyozmetov – NEMO 2026 olimpiadasining mutlaq g‘olibi! 🎓 Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azi
🌿 Xivalik Azizbek Niyozmetov – NEMO 2026 olimpiadasining mutlaq g‘olibi! 🎓 Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azizbek Niyozmetov xalqaro miqyosdagi NEMO 2026 olimpiadasining ingliz tili yo‘nalishida “Grand Prize” (Oliy o‘rin) g‘olibi bo‘ldi!
Asosiy bosqich yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan yakuniy imtihonda Azizbek o‘zining chuqur bilim, yuksak salohiyat va puxta tayyorgarligini namoyish etdi. U 97,8 ball bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Spark avtomobili bilan taqdirlandi!
Iqtidorli o‘quvchimizni, uning ota-onasi va ustozlarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 #Nukus 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 #diqqat_eʼlon 🔴 DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI — YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA! 🖌 Hur
#qabul_2026 #diqqat_eʼlon 🔴 DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI — YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA! 🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari!
Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz?
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari tanlovi boshlanadi! ✅ 2026-yil 3-iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli (1-bosqich saralash) start oladi! 🖱️ Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! 🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣Saralash bosqichi 2️⃣Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi 4️⃣Dars o'tish bosqichi
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!
💼 Agar siz: 🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz ✅ Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali 2026-yil 3-iyuldan boshlab
Orzularingiz sari dadil qadam tashlang — ta’limdagi yangi muvaffaqiyatlar sizni kutmoqda!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 #Xorazm_viloyati 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

✅ Yana uch nafar bitiruvchimiz nufuzli xorijiy universitetlar talabasi bo‘ldi! 🎓 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
+2
Yana uch nafar bitiruvchimiz nufuzli xorijiy universitetlar talabasi bo‘ldi! 🎓 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Mahkamov Ehrom va Ahmadov Abubakir Janubiy Koreyaning nufuzli Inha universitetining "International Business and Trade" yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Samandar No‘monov Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ruhr Bochum universitetiga "Sales Engineering and Product Management" yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida talabalikka qabul qilindi. Ushbu yutuqlar o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati, ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari va ota-onalarning ishonchi samarasidir.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 🤝 Birgalikdagi sa'y-harakatlar uchun tashakkur! 🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muass
+9
#Imtihon_2026 🤝 Birgalikdagi sa'y-harakatlar uchun tashakkur! 🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 🇺🇿 Mamlakatimizning barcha hududlarida minglab o‘quvchilar ishtirokida o‘tgan ushbu mas'uliyatli jarayonni ochiq, shaffof va adolat tamoyillari asosida, yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
✅ Avvalo, imtihonlarni puxta tashkil etish va ularning belgilangan tartib asosida o‘tishini ta'minlash yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilgan pedagoglar, nazoratchilar va volontyorlarga, jamoat tartibi hamda xavfsizligini ta'minlagan Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlariga, tez tibbiy yordam brigadalariga, shuningdek, ushbu jarayonda Agentlik bilan yaqin hamkorlik qilgan vazirlik va idoralar, hamkor tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga chuqur tashakkur izhor etamiz.
👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ishonch va dalda bergan ota-onalarga hamda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish uchun sinovlarda qatnashgan barcha o‘quvchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz. Har bir ishtirokchining intilishi, mehnati va kelajakka bo‘lgan ishonchi mamlakatimiz ta'lim tizimi taraqqiyotining muhim tayanchidir.
🖌 Kirish imtihonlarining yuqori saviyada tashkil etilgani — bu yuzlab fidoyi insonlarning mas'uliyatli mehnati, hamjihatligi va o‘zaro hamkorligining yorqin natijasidir. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi kelgusida ham ta'lim tizimida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lida barcha hamkorlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiradi.
💐 Barchangizga fidokorona mehnatingiz, yuksak mas'uliyatingiz va ezgu sa'y-harakatlaringiz uchun yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor