cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Samarqand viloyat hokimligi Murojaat uchun telefon: +99899 590-21-01 TELEGRAM BOT: @iftixorim_tilim

Больше
Рекламные посты
348
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Xushnudbek.uz
Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushibdi Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
💐 Bugun tug‘ilgan kun Elbek Murodullayev 💐 💐 30-may Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Murodullayev Elbek Izzatillo o‘g‘li tavallud topgan kun. 💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Elbek Murodullayevni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz. 💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Elbek Murodullayevga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Keyingi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo'lsin. Sherali Temirov, Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori. Kanalga ulanish 👇👇👇 @iftixorim_tilim
Показать все...
👉 Ortiqcha reklama joylashtirish tadbirkorga nima foyda keltiradi. 🔵 Ayni paytda Samarqand shahri Motrid ko‘chasida davlat tili hamda reklama berish qoidalariga mos kelmagan, belgilanmagan, ruxsat etilmagan joylarga o'rnatilgan, tegishli hujjatlarsiz joylashtirilgan tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan bartaraf etilmoqda. 🔴 P/s. Hurmatli tadbirkorlar, ortiqcha sarf-xarajat qilib, o‘zingizni urintirmang. Zero, qonunni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bu kabi o‘rganishlar muntazam olib borilayorganligini eslatib o‘tamiz.
Показать все...
Repost from Zarnews.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Қишлоғингиз_тарихини_биласизми? Сабалоқ - қимиз солинадиган меш Шу номдаги қишлоқ Булунғур ва Жомбой туманларида бор. ———- #Qishlogʻingiz_tarixini_bilasizmi? Sabaloq - qimiz solinadigan mesh Shu nomdagi qishloq Bulungʻur va Jomboy tumanlarida bor. Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/2uza Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube
Показать все...
Repost from SamTVR | MTRK
🔔 Jarayon 👉Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 22-may kuni Gulobod ko‘chasida olib bordi. 🔷 O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 60 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi. 🔈 Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchqun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiradi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
Norbek Alkarov Samarqand shahar hokimining maslahatchisi
https://t.me/SamTvr
Показать все...
Repost from Zarnews.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Қишлоғингиз_тарихини_биласизми? Улус - қишлоқ, вилоят, мамлакат маъносини билдиради Улус – Нуробод туманидаги қишлоқ. Улус сўзининг халқ, юрт маънолари бор. Маъносидан қатъи назар, қанжиғали ва қўштамғали уруғларининг бир бўлими, даҳаси улус деб аталган. Хон ёки унинг хонадонига тегишли қишлоқ, мулк улус деб аталган. Бу сўз қадимги туркий тилда қишлоқ, вилоят, мамлакат маъносида бўлган. Ҳозирги туркий тилларда улус «қабила, халқ», мўғул тилида «давлат» маъносида қўлланилади. ———- #Qishlogʻingiz_tarixini_bilasizmi? Ulus - qishloq, viloyat, mamlakat maʼnosini bildiradi Ulus – Nurobod tumanidagi qishloq. Ulus soʻzining xalq, yurt maʼnolari bor. Maʼnosidan qatʼi nazar, qanjigʻali va qoʻshtamgʻali urugʻlarining bir boʻlimi, dahasi ulus deb atalgan. Xon yoki uning xonadoniga tegishli qishloq, mulk ulus deb atalgan. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda qishloq, viloyat, mamlakat maʼnosida boʻlgan. Hozirgi turkiy tillarda ulus “qabila, xalq”, moʻgʻul tilida “davlat” maʼnosida qoʻllaniladi. @Zarnews_uz
Показать все...
06:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
B R I F I N G Tuman hokimining maslahatchisi Elbek Murodullayev tashqi reklamalarni tartibga solish toʻgʻrisida… @urgut_axborot 📝Facebook 💻Instagram 🎞Youtube 🌍 urgut.uz
Показать все...
IMG_9391.MOV33.81 MB
Repost from SamTVR | MTRK
Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida tashqi reklamalarni tartibga keltirish bo‘yicha muntazam reyd tadbirlari olib borilmoqda. Navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 15-may kuni shaharning Rudakiy, Afrosiyob,Toshken, Shobod, S.Ayniy ko‘chalarida olib borildi. “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etildi. Shu o‘rinda hurmatli tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz!
Norbek ALQAROV, Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.
Показать все...
Repost from Zarnews.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Қишлоғингиз_тарихини_биласизми? Челак, кўкчелак, Оқчелак ёки тол ўсган жой Челак – Пайариқ туманидаги шаҳар номи. Дўрман уруғи бўлинмаларидан бири кўкчелак (кўк челак) деб номланган. Унинг Оқчелак бўлинмаси ҳам бўлиб, бу ҳақида Челак шаҳри топоними далолат беради. 1926 йилги аҳоли рўйхатида бу манзил Раим (Челек) шаклида қайд қилинган. Топонимшунос С.Қораевнинг маълумотига кўра, дўрмон уруғининг бир шохобчаси кўкчелак деб аталган. Пайариқда Оқчелак номли қишлоқ ҳам бор. Топонимшунос Й.Койчибаев Қозоғистоннинг Илек водийсидаги Шилик (рус тилида Чилик) мавзеси номини келтирар экан, унинг маъноси қозоқ тилида “Тол" эканлигини кўрсатиб, Шиликнинг топоними «Тол ўсган жой», деб изоҳлайди. ✅@Zarnews_uz
Показать все...
Repost from SamTVR | MTRK
16:22
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Ona tilim jozibasi" ko‘rsatuvi Toyloq tumani misolida https://t.me/SamTvr
Показать все...
11.SAM_Ona tilim jozibasi Toyloq N.Rustamova 1.mp4 TEL.mp451.96 MB