Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!
Открыть в Telegram
🇰🇷🌐Koreya va boshqa davlatlarda grantga o'qish, talabalar uchun qo'shimcha stipendiyalar, TOPIK imtixoni darslari va bosh.
Больше5 838
Подписчики
-524 часа
+107 дней
+330 день
Архив постов
🇺🇿🇰🇷2026 GKS-G University track 2-bosqich javoblari
Vanihoyat hamma kutgan javoblar chiqdi. 2026-yilgi GKS-G University track ning 2-bosqich javoblari chiqdi.
Successful candidates faylidan o'z ism familyangiz va topshirgan universitetiz ga qarab tekshirib ko'ring.
Bu yil grant yutganlar o'tgan yildan 2 taga ko'payibdi. O'zbekistondan 23 ta odam. InshaAlloh keyingi yil yana ham ko'proq odam yutadi deb umid qilaman.
Hudoxohlasa tez orada 3-bosqich javoblari ham chiqadi.
Important faylni yaxshilab o'qib chiqila!
Manba: studyinkorea.go.kr sayti
P.s. Barcha grant yutganlarni tabriklayman! Yuta olmaganlar hafa bo'mela. InshaAlloh sizlarga ham nasib qiladi!
@allimtv
🇺🇿2026-yilgi Koreya kollejlari yarmarkasi
Toshkentda joylashgan U-ENTER Innovatsion markazida Koreya kollejlarining offlayn yarmarkasi bo'lib o'tadi!
Yarmarkada hamma, bepul qatnashishi mumkin.
Janubiy Koreyadagi kollejlarning mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniga ega bo'ling. Shu orqali o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin!
Bu yarmarkada 7 ta Koreys kollej vakillari offlayn tarzda ishtirok etadi. Kollej nomlari quyidagicha:
Gumi University, Seojeong University , GEOJE UNIVERSITY, Dong-Eui Institute of Technology (DIT), Vision College of Jeonju, Yong-In Arts & Science University (YASU), Mokpo Science University (MSU)
Yarmarka sanasi: 2026-yil 16-17-Iyun
10:00 dan 16:00 gacha
Manba: Koreya Respublikasi ta'lim markazi telegrami
Yarmarka manzili: https://shorturl.at/fuRhn
P.s. Yarmarka davomida yuqoridagi o'qishlarga kirishda grant yutish yo'llari haqida ham ma'lumotlar beriladi.
@allimtv
🇺🇿KOICA granti haqida
Bu grant davlat tashkilotlari (vazirlik, hokimiyat va davlat tashkil qilgan boshqa tashkilotlar) uchundir. Bakalavr diplomiga ega, davlat tashkiloti ishchilari hujjat topshirishlari mumkin.
Ingliz tilini yaxshi bilish ham talab qilinadi. IELTS bo'lmasa ham Ingliz tilini yaaaaaxshi bilsa bo'ldi.
Keyin hujjat topshirish 2026-yil 7-Iyulgacha.
Barchaga omad!
@allimtv
+2
🇺🇿🇰🇷KOICA dan 2027-yilgi magistratura va PhD uchun grant
KOICA ofisi 2027-yil uchun uzoq muddatli magistratura va Phd dasturlari bo‘yicha qabulni e’lon qiladi.
Talab qilinadigan hujjatlar
- KOICA ariza shakli
- Xalqaro pasport nusxasi
- Investitsiya vazirligidan rasmiy tavsiyanoma
Ariza topshirish jarayoni
1. KOICA ko‘rsatmalari va universitet dasturlari haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganing.
2. Ariza shaklini to‘ldiring.
3. Barcha hujjatlarni PDF formatida quyidagi manzilga yuboring: koica.sp@gmail.com
-Ish joyingizdan rasmiy tavsiyanoma talab qilinadi. (Bu Investitsiya vazirligi beradigan tavsiyanomadan tashqari) Agar sizning ish joyingiz Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan KOICA stipendiya dasturi haqidagi rasmiy xatni olmagan bo‘lsa, KOICAga murojaat qiling, shunda ular sizning tashkilotingizga yoki bo‘limingizga rasmiy xat yuborishadi.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil, 7-Iyulgacha
Talablar va moslik shartlari
- Kimlar qatnashishi mumkin: faqat davlat xizmatchilari va davlat sektori xodimlari.
- Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.
- Ism xalqaro pasportdagi ismingiz bilan bir xil bo‘lishi shart.
- Ariza shaklida universitet va dastur nomini aniq ko‘rsating.
- KOICA ko‘rsatmalari va dastur haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganing.
- Ariza shakllarini ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldiring – to‘liq bo‘lmagan arizalar qabul qilinmasligi mumkin.
- KOICA ariza shaklining 4-qismiga rasmiy muhr qo‘yilishi shart.
2027-yilgi stipendiya dasturlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:
https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do
Aloqa uchun ma'lumotlar
- Elektron pochta: koica.sp@gmail.com
- Telefon: +998-90-045-4228
Manba: KOICA telegram kanali
P.s. GKS dan o'ta olmaganlar uchun juda zo'r imkoniyat! Faqatgina bitta tomoni davlat tashkiloti xodimlari uchun!
#grant #koica #magistratura #phd #koreya
@allimtv
🇰🇷Koreya bo'yicha ekspert bo'ling!
Koreya hukumati Tashqi ishlar vazirligi "7-Mofa Next Generation" dasturiga qabulni ochiq deb e'lon qildi.
Bu dastur orqali siz vazirlik tomonidan taqdim etilgan "Koreyaning tashqi ishlar; xavfsizlik; iqtisod; atrof-muhit; madaniyati"ga bog'liq bo'lgan ma'ruzalarni tinglashingiz mumkin.
Shu bilan birga guruh bo'lib ishlab, o'z bilimlaringizni oshirishingiz mumkin.
Koreyadagi magistr talabalari uchun!
Xalqaro aloqalar sohasida o'qiydiganlar yoki Tashqi ishlar vazirligi sertifikatiga ega bo'lmoqchi bo'lganlar uchun bu ajoyib imkoniyat:)
Dastur muddati: 29-Iyundan 9-Iyulgacha
Joyi: Yonsei universiteti (Seul) - Programa ishtirokchilariga habar beriladi.
Dasturga ariza topshirish muddati: 17-Iyungacha.
Arizani to'ldirib ificf0@gmail.com emailiga yuborishingiz kerak.
Dasturda qatnashish uchun Koreys tilini yaxshi bilish shart!
Arizani saqlab olish uchun havola: https://drive.google.com/drive/folders/18uvvu2U5Zu6-ZrrjmTl7WfC_KKo23yhI
P.s. Faqat It va aniq yo'nalish emas, shunaqa gumanitar yo'nalishlar uchun ham dasturlar bor. Yo'qdan ko'ra xarnada😉
@allimtv
🇰🇷Koreya xat yozish tanlovi - bitta xat uchun 330$
2026-yilda ham xat yozish tanlovi davom etadi. Bu safar ham Koreyadagi, ham Koreyadan tashqaridagi chet elliklar ishtirok etishi mumkin.
Ikki yo'nalishda ham birinchi uchun mukofot puli 500 000 won (taxminan 330$). Boshqa o'rinlarga ham sovg'alar bor albatta:)
Bu tanlov Koreya pochtasi, Milliy til instituti va boshqa tashkilotlartomonidan e'lon qilindi.
Tanlov mavzusi: Bog'lanish, qalblarni bog'lovchi xat (#qo'llash, #yordam, #g'ayrat, #tan olish, #jasorat, #umid qilish)
Bu tanlov qatnashchilari: Boshlang'ich sinf o'quvchilari (Koreyslar), O'rta ta'lim o'quvchilari (Koreyslar), Kattalar (Koreyslar), Chet elliklar, yosh chegarasi yo'q (Hozirda Koreyada qonuniy yashayotganlar va chet eldagilar. O'zbekistondagilar ham qatnashish mumkin albatta).
Tanlov muddati: 30-Iyungacha
Tanlovda qatnashish uchun birinchi saytda ro'yxatdan o'tish kerak.
Ro'yxatdan o'tish sayti:
https://www.lettercontest.kr/
Keyin esa xatingizni rasmda ko'rsatilgan manzilga yuboring. (제출할곳 deb yozilgan). Ya'ni xatni pochta orqali Koreyaga yuborish kerak:)
Tanlov g'oliblariga (chet elliklar uchun yo'nalishda):
1 - o'ringa 500 000 wonlik sovg'a
2 - o'ringa 300 000 wonlik sovg'a
3 - o'ringa 200 000 wonlik sovg'a va boshqa sovg'alar beriladi.
P.s. Bu Koreyada va O'zbekistonda yashayotgan O'zbeklar uchun. Bitta xat yozib, 500 ming wonlik bo'lmoqchi bo'lganlar bormi?😉
@allimtv
🇰🇷Incheon chet elliklar startup tanlovi
Siz Koreyada yashaysizmi?
O'z startup ingizni rivojlantirmoqchimisiz?
Unda bu tanlov siz uchun!
Tanlov ishtirokchilariga o'z go'yalarini amalga oshirish uchun 1 million won yordam puli beriladi.
Tanlov g'oliblari uchun beriladigan umumiy mukofot puli esa 20 000 000 wondir!
Bunaqa mukofot puli beradigan tanlov Koreyada kam:)
Tanlovga ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot uchun havola: https://corp.vizabridge.co.kr/event_view?lang=en&idx=11&utm_source=ig&utm_medium=social&utm_content=link_in_bio&fbclid=PAb21jcASU_LRleHRuA2FlbQIxMQBzcnRjBmFwcF9pZA81NjcwNjczNDMzNTI0MjcAAae-nQoyai5LH1AHUzd55tLycvRXinyQ0ycp1eSksxPucRxgojNYM8R5BVap9w_aem_WvuUMnCEGcx2rJWDLCansg
Ro'yxatdan o'tish muddati:
22-Iyundan 3-Iyulgacha.
Havola orqali kirsangiz tanlovda qatnashish ariza shakli bor.
P.s. Tanlov hali boshlanmagan, shunga ma'lumotlarni o'rganib, yaxshilab tayyorlanib ourselves bo'ladi:)
@allimtv
🇺🇿🇰🇷2026-yilgi 2 500 000 lik tanlov javoblari
Bugun "The Korea times" tomonidan e'lon qilingan tanlovning javoblari chiqdi.
Birinchi o'rinni Xitoylik qiz qo'lga kiritdi.
Qolgan g'oliblar Qirg'iziston, Mongoliya Indoneziya, Turkiya va yana boshqa ko'plab mamlakatlardan tanlab olingan.
G'oliblarning to'liq ro'yxatini shu havola orqali bilib, olishingiz mumkin:
https://klsc.koreatimes.co.kr/KLSC_winners_2026eng.html
Quvonarli tomoni bu yil ham g'oliblar orasida O'zbekistonliklar bor. Bir emas ikkita:)
Bu Four Creative Awards yo'nalishida Rakhimjonova Soliha Sardorbekovna va Four Pronunciation Challenge Award yo'nalishida Aliboeva Sevara Akbar Kizi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Keyingi yilda ham g'oliblar orasida O'zbekistonliklar ko'proq bo'lishini tilab qolaman!
P.s. G'olib bo'lmaganlar esa hafa bo'lmanglar. Axir bunday tanlovlarda qatnashish ham bir jasoratku👍 Men ham hafa bo'lmadim:)
@allimtv
🇰🇷Xalqaro Seul supporters
Seul shahar hokimiyati hamkorligida chet elliklar uchun ajoyib programa.
Xalqaro Seul yordamchilari.
Bu programada Seulda yashovchi chet elliklar qatnashishlari mumkin.
Programa muddati: 27-Iyundan 1-Avgustgacha
Ro'yxatdan o'tish muddati: 21-Iyungacha
Programada qatnashish orqali siz Seulda yashovchi chet elliklarni qiziqtirgan ta'lim, ishga joylashish, madaniyat, Seulda yashash haqida va boshqa yo'nalishlarda tajriba va bilimlaringizni oshirishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish va to'liq ma'lumot uchun havola:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd-Lsp8Kx4WCKlBLeksUpPIw_DLyKmVBdYo6iwcch_lxnq9OQ/viewform
Programa qatnashchilari:
- Xalqaro Seul yordamchilari ID va sertifikat;
- 1365 sayti orqali volontyorik soatlari;
- Hokimiyat tadbirlarida qatnashish va tajriba olish imkoniyati beriladi.
P.s. Supporters deganda endi siz hokimiyat yordamchisi, qo'llovchisi bo'lasiz. Hokimiyatning PR guruhi a'zosi desa ham bo'ladi:) Ham ishlab ham o'rganish uchun yaxshi tajriba. Bizda ham hokimiyatda chet elliklar uchun shunaqa loyiha bormikina? Chet ellik tugul o'zimiznikilarga ham ..... Ha mayli chuqurlashib ketmaylik😉
@allimtv
🇺🇿🇰🇷KOICA WeKO 8-supporterlarini to'plamoqda
Siz Koreyaning KOICA tashkiloti haqida bilasizmi?
Bu tashkilotning supporteri – qo’llovchisi bo’lishni xohlaysizmi?
Unda bu programa aynan siz uchun.
KOICA WeKO 8-supporterlarini butun dunyodan tanlab olmoqda.
1 - Siz KOICA loyihalari haqida bilsangiz; 2 - Har xil tadbirlarda qatnashishni yaxshi ko’rsangiz; 3 - Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lib post qilish, rasm va videolarni montaj qilishni yaxshi ko’rsangiz bu programaga ro'yxatdan o'tishiz mumkin.
Programaga ro'yxatdan o'tish va qatnashish uchun Ingliz tilini bilish talab qilinadi.
Bu programaga Koreya va O’zbekistondagi 16 yoshdan oshgan barcha yurtdoshlarimiz ariza topshirishlari mumkin.
Ijtimoiy tarmoqda faol bo'lish kerak. Instagramda o'z sahifasi bo'lishi shart!
1) Koreyadagi Koreyslar uchun 40 ta o'rin
2) Koreya va Koreyadan tashqarida chet elliklar uchun esa 60 ta o'rin ajratilgan. (Chet eldagi Koreyslar ham ariza topshirishi mumkin)
Umumiy 100 ta o'rin ajratilgan.
Ro'yxatdan o'tish sanasi: 2026-yil 29-Iyungacha
Manba va ariza topshirish uchun sayt linki: https://www.koicaweko.com/
Ro'yxatdan o'tishda bir kichik missiya ham bajarish kerak.
"KOICA va ODA loyihalari maqsadini dunyoni o'zgartiruvchi sehr" mavzusida hammaga tanishtirish haqida o'z g'oyangizni yozib qoldiring.
Chet ellik sifatida bu programaga registratsiya qilish uchun sayt tilini Ingliz tiliga almashtiring.
Bu programada qatnashganlar:
1) Oylik stipendiya(juda ham ko’p emas)
2) KOICAdan sertifikat
3) Eng yaxshi qatnashchilarga qo’shimcha sovg’alar va tadbirlarda qatnashish imkoniyati
4) KOICAning chet eldagi loyihalarida qatnashish imkoniyatlari berilishi mumkin
Eng yaxshi guruh va qatnashchi uchun 1,000,000 won sovg'a ham beriladi (keyingi o'rinlarga ham pul mukofotlari bor)
P.s. Xalqaro aloqalar, yoki kelajakda chet el tashkilotlarida ishlamoqchi bo'lganlar uchun bu yaxshi imkoniyat. Bu yilgi programa mavzusini Garri Poter filmiga moslashibdi:)
#weko #koica
@allimtv
🇺🇿Toshkentda Koreya festivali
13-Iyun kuni Toshkentning Taras Shevchenko ko'chasida siz Koreyaning rang-barang jozibasidan bahramand bo'lib, festivalda qatnashishingiz mumkin.
Festivalda qatnashish bepul, hamma uchun eshiklar ochiq:)
Festival soat 14:00 da K-Beatuy makeup bo'yicha ma'ruza bilan boshlanadi. (Lekin 11:00 dan Koreys taomlari va ichimliklarini sotish boshlanadi)
Ma'ruzadan keyin esa konsert, omadli chipta o'yini ham bo'ladi. Buni hammasi 13-Iyunda.
14-Iyunda esa yana konsert va Koreys filmlari namoyishi bo'ladi.
Ikki kungi festivalda tekinga qatnashishingiz mumkin.
Manba:Koreya elchixonasi telegram kanali
P.s. Mana O'zbekistonda ham tadbir bo'ladimi deganlar uchun:) Aytgancha bu tadbirda GKS granti haqida ma'lumot beradigan joy ham bo'ladi va GKS yutib Koreyada o'qib keganlar qimmatli ma'lumotlar berishadi😁
@allimtv
Ariza_2_제7회_대전TV_유튜브_영상_공모전_참가신청서_등서식.hwp2.03 KB
🇰🇷Daejon haqida video olamiz
Koreyada yashayotganlar uchun yana bir tanlov!
Siz Koreyaning Daejon shaxrida bo'lganmisiz? Shaharni nimasi sizga ko'proq yoqqan?
"Daejonning o'zgarishi, kundalik hayotda" mavzusida 3 daqiqadan 5 daqiqagacha video olib shu tanlovda qatnashishingiz mumkin.
Tanlovda yakka tartibda yoki guruh bo'lib (jamoda ko'pi bilan 5 ta ishtirokchi) qatnasha olasiz.
Tanlov g'oliblariga:
1-o'rin uchun 3 000 000 won
2-o'rin uchun 1 000 000 won
3-o'rin uchun 500 000 won va boshqa sovg'alar beriladi.
Tanlovda qatnashish muddati: 21-Iyungacha
To'liq ma'lumot va manba havolasi:
https://www.daejeon.go.kr/drh/drhGosiView.do?gosigbn=A&sno=55399&menuSeq=1908&pageIndex=1&conifmstdt=2026-01-01&conifmenddt=2026-12-31&title
P.s. Video oladiganlar uchun shunaqa tanlovlar ko'pda:) Afsus Koreyada yashagan paytimda bunaqa qobiliyatim bo'magan, bo'masa rosa video ogan bo'larmidim😁
@allimtv
🇰🇷Samsung stipendiyasi – 2026-yil 2-semestr Samsung Global Hope scholarship.
(Bu safar faqat bitta universitet)
Bu Samsung kompaniyasidan chet ellik talabalar uchun ajratilgan stipendiya. Stipendiyani bir marta olgan o'quvchi, o'qishni tugatgunicha olishi mumkin. Agar baholari yaxshi bo'sa:)
O'tgan safar SNU, Yonsei, Dongguk va boshqa universitet edi.
Bu safar faqatgina Kyung Hee universiteti talabalari uchun!
Grantga hujjat topshirish talablari:
1) Iqtisodiy tomondan qiyinchilik ko'rayotgan talaba
2) GPA 3.0(Maksimum 4.5da) dan baland bo'lgan talaba
3) TOPIK 2-daraja yoki bundan yuqori darajasi, IELTS sertifikati borlar
4) Volontyorlik qilishga tayyor talaba
5) O'qishni bitirib, o'z yurtini rivojlantirish uchun qaytib ketmoqchi bo'lgan talaba
Samsung kompaniyasi bu stipendiyani Koreyada o’qiyotgan chet elliklarga yordam berish uchun tashkil qilgan.
Stipendiya miqdori: O'qish puli to'lab beriladi. 1 semestrga
- Bakalavr uchun 4 800 000 won (deyarli 3,400$) stipendiya beriladi va boshqa harajatlar qoplab beriladi.
Hujjat topshirish muddati:
12-Iyungacha
Bu stipendiyani qo’lga kiritib, semesterni yuqori GPA bilan yakunlasangiz, keyingi semester ham stipendiya olishingiz mumkin. Shu tarzda yuqori GPA ni saqlab qolsangiz o’qishni bitirguncha, har semestr bu stipendiyani olishingiz mumkin.
To'liq ma'lumot uchun:
Kyung Hee universiteti talabalari uchun batafsil ma'lumot havolasi:
https://isss.khu.ac.kr/globalcenter/user/bbs/BMSR00040/view.do
P.s. O'z o'qishingiz Global centerini tekshirib ko'ring, balki sizni o'qishda ham bu stipendidya haqida e'lon bordir. Bu GKS dan keyingi eng yaxshi stipendiya adashmasam:)
@allimtv
🇺🇿Koreys tili o'qituvchilarini qayta tayyorlash kurslari (qo'shimcha)
Kurslar mutlaqo bepul bo'lib, sohasi to'g'ri keladigan barcha qatnashishi mumkin!
Lekin afsuski hali diplomini olmagan bitiruvchilar qatnasha olishmaydi.
Diplom ogandan keyin yana shunaqa qayta tayyorlov kurslari bo'sa qatnasharsila.
Yana bir qo'shimcha!
Qayta tayyorlov kurslarida faol ishtirok erganlarga bepul Koreyada malaka oshirish imkoniyati ham berilishi mumkin. Buni kurslar boshlanganda alohida e'lon qilishsa kerak:) Kursga qabul qilinganlar keyinroq bir so'rab ko'rarsizlar! (Koreya Respublikasi ta'lim markazi telegram kanalida berilgan Koreys tilidagi e'londa shunaqa qismi ham bor!)
@allimtv
2026-handwriting-global-enter-form-eng.pdf0.31 KB
🇰🇷🇺🇿2026-yilgi KYOBO husnixat tanlovi
Kimlar uchun: Koreyadagi chet elliklar
Siz Koreys tilida chiroyli yozasizmi? Koreys tili xattotlik san'atidan habaringiz bormi?
Unda bu tanlov siz uchun. Kyobo kompaniyasi Koreys tilida chiroyli yozish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
Tanlov muddati: 17-Iyungacha
Tanlov mavzusi: 1) Biron Koreys tilida yozilgan kitobdagi sizga yoqadigan gapni (kamida 50 ta bo'gin qo'lda) yozib topshirsangiz bo'ldi.
Arizani Kyobo Mungo do'konining sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi linkga kiring!
G'oliblarga:
Oliy o'rin uchun - 1 000 000 wonlik Kyobo kuponi va sovg'a
Ikkinchi o'rin sohibiga - 200 000 Kyobo kuponi va sovg'alar beriladi.
Batafsil ma'lumotlar va onlayn ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://store.kyobobook.co.kr/handwriting/contest
Arizalarni quyida saqlab olishingiz mumkin.
Chiroyli yozuvni albatta Koreys tilida yozish kerak. (Arizani Ingliz tilida to'ldirsangiz ham:)
P.s. Chiroyli yozishga ustasi faranglar uchun ajoyib tanlov. Menda shunaqa chiroyli "yozvorish" san'atim yo'q, lekin Koreyada bo'sam harakat qilib ko'rardim?😁
@allimtv
🇰🇷14-Pusan xalqaro filmlar festivaliga volontyorlar qidirilmoqda
14-Pusan xalqaro komediya filmlar festivaliga volontyorlar qidirilmoqda.
Festival muddati: 21-Avgustdan 30-Avgustgacha
Festivaldan oldin o'quv-mashg'ulotlari ham o'tkaziladi. Bu festivalda volontyor bo'lmoqchi bo'lganlar hamma tadbirlarda qatnashishlari kerak.
Yana qanday talab bor deysizmi?
1) 18-Yoshdan oshgan Koreyada yashovchilar bu festivalda volontyor bo'lishlari mumkin.
+ Koreys tilini ham bilish shart!
Festivalda qatnashganlarga foydali tomonlari:
- Xalqaro festivalda qatnashganlik sertifikati va sovg'a;
- Volontyor formasi;
- Ozgina moliyaviy ko'mak;
- 1365 volontyorlik sayti orqali sertifikat;
- Eng yaxshi volontyorlarga qo'shimcha rag'batlantirish.
Festival haqida to'liq ma'lumot va onlayn ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfN5NI3YtognrZVdErL3bxTtTz8z-mCeMVHzkqGBJT5YDk5sg/viewform?fbzx=-2398829313885239251
P.s. Koreyada san'at sohasida o'qib, ishlayotganlar uchun yaxshi imkoniyat nima deysizlar:)
@allimtv
+1
🇺🇿Koreys tili o'qituvchilarini qayta tayyorlash kurslari
Koreya Respublikasi ta'lim markazi va Maktabgacha va Maktab ta'limi vazirligi birgalikda "Koreys tili o'qituvchilarini qayta tayyorlash kurslari"ni tashkil qildi.
Kusrlarga qabul 1-Iyundan 1-Iyulgacha bo'lib o'tadi.
Bu qayta tayyorlov kurslarida kimlar qatnashishi mumkin?
- Tilshunoslik (Ona tili, Rus tili, Chet tili), adabiyot yo'nalishlari bo'yicha bakalavrdan kam bo'lmagan diplomi borlar
- Koreys tili yo'nalishini bitirib (bakalavr), ayni paytda sohasi bo'yicha ishlamayotgan ustozlar
Kurs davomiyligi:
1) 10-Iyuldan 15-Avgustgacha offlayn o'qish (o'qish joyi Toshkent, viloyatdan keladiganlar uchun bepul yotoqxona qilib beriladi)
2) 15-Avgustdan 10-Yanvargacha onlayn o'qish
Qanday hujjatlat kerak:
1) Nomzod ma'lumotnomasi (shakl quyida berilgan)
2) Soha bo'yicha diplom (kamida bakalavr)
3) Pasport nusxasi
4) Maktabdan yo'llanma (ish joyi bo'lmasa kerak emas)
5) TOPIK yoki milliy sertifikat (Koreys tili bo'yicha)
Hujjatlarni email orqali khonzoda43@gmail.com ga yuborishingiz mumkin. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqami +99871-291-81-82 (3) . Ichki raqam 108 yoki 109.
Manba: Koreya Respublikasi ta'lim markazi telegram kanali
P.s. Koreys tili ustozlariga talab ancha yuqori. Koreys tilini o'qitadigan maktablar ham ko'paymoqda. Shunga filologiya sohasida o'qiganlarni qayta tayyorlab Koreys tili ustozi qilishmoqchiga o'xshidi. Qiziqadiganlar bormi?
@allimtv
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
