Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!
前往频道在 Telegram
🇰🇷🌐Koreya va boshqa davlatlarda grantga o'qish, talabalar uchun qo'shimcha stipendiyalar, TOPIK imtixoni darslari va bosh.
显示更多5 763
订阅者
-224 小时
-87 天
-2230 天
帖子存档
🇰🇷Talktalk Korea 2026
Bu tanlovda barcha chet elliklar (Koreyadan tashqarida bo'lganlar) qatnashishlari mumkin!
Tanlov 4 ta yo'nalishga ega:
1 - Video olish;
2 - Yozma ish (Writing);
3 - Fotosuratlar to'plami;
4 - Rasm chizish.
Tanlov mavzusi: Mening birinchi Koreya bilan bog'liq tajribam.
Tanlov tili: Ingliz tili yoki Koreys (Agar videoda O'zbek yoki Rus tilida gapirsangiz Ingliz tilida subtitr bo'lishi kerak)
Shu yo'nalishlardan birini tanlab ishtirok etishingiz mumkin! Ikkita yo'nalishda ham qatnashsa bo'ladi:)
Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi o'rin sohibiga:
9 kunlik Koreyaga bepul sayohat uchun 2 000 $ pulga teng yordam beriladi beriladi.
Har bir yo'nalishda 100 gacha qatnashchi taqdirlanadi!
Tanlov muddati: 28-Sentabrgacha.
Tanlov haqida to'liq ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://www.talktalkkorea.or.kr/
P.s. Bu tanlov haqida oldinroq e'lon bera olmaganim uchun o'zimni aybdor his qilyabman... Lekin vaqtila hali bor! Harakatda barakat deganlaridek:)
@allimtv
🇺🇿🇰🇷Sejong maktabi qo'llovchilari
O'zbekistonda Sejong maktablari ko'payib bormoqda. Koreys tili va madaniyatini o'rgatuvchi maskanlarda o'quvchilarni qo'llovchilar (supporters) qidirilmoqda:)
Bu programaga O'zbekistondan turib ham qatnashish mumkin!
Talablar: 1) Sejong maktabi bitiruvchisi yoki o'quvchisi bo'lish
2) Kontentlar yaratib, programada qatnasha oladiganlar.
Programa foydalari:
1) Sertifikat beriladi.
2) Supporters uchun oylik moliyaviy ko'mak.
3) Sejong maktabi tadbirlarida qatnashish.
Ro'yxatdan o'tish muddati: 27-Sentabrgacha
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe_UJpbNjPT0OD5DP7ljixKhYwvJzTgMona9W_i5qjopgUEFQ/viewform
P.s. Sejong maktabida ham bir nimala ko'payib ketvotti😁
@allimtv
🇰🇷2026-yilgi Ish yarmarkasi (Global talent job fair)
Kimlar uchun: Koreya universitetlarida o'quvchi chet elliklar uchun
KOTRA tashkiloti Koreyaning mahsulotlarini chet elga eksport qiladigan kompaniyalar bilan birga yosh, iqtidorli chet elliklarni qidirmoqda.
Yarmarka kuni: 17-Noyabr, 10:00 - 17:00
Manzil: Seul, Jamshil Lotte mexmonxonasi (Emerald zali, 3-qavat)
Yarmarka ishtirokchilari: Koreyaning 20 ta kompaniyasi
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://answer.moaform.com/answers/Wp2Ybk
Oldindan ro'yxatdan o'tish nega kerak?
Bu sizga kompaniyalar CV laringizni oldidan
ko'rib chiqishi va suhbat qilishga imkoniyat berishi uchun kerak.
P.s. Bunday yarmarkalar orqali ishga kirishda suhbatdan qanday o'tish va boshqa masalalarda o'zini qanday tutishni o'rganish mumkin.
#yarmarka #koreya #ish
@allimtv
Admissions Guide for 2027 admission.pdf4.83 MB
🇺🇿2027-yilgi KAIST bakalavr granti
Koreyada eng yuqori o'rinlardan biri va dunyo bo'yicha 53-o'rinda turadigan KAIST universitetiga bakalavr yo'nalishi uchun qabul davom etadi.
Onlayn ro'yxatdan o'tish sanasi: 2027-yil Bahorgi semestr uchun 22-Oktabrgacha
2027-yil Kuzgi semestr uchun: 14-Yanvargacha
Bu universitetga kirgan talabalar uchun:
- O'qish puli qoplab beriladi;
- Oyiga 200$ stipendiya beriladi;
- Tibbiy sug'urta harajatlari qoplab beriladi.
Hujjat topshirish uchun to'lov ham bor:
80 USD (bu onlayn ro'yxatdan o'tish uchun, lekin to'lamaslik yo'li ham bor:)
Umumiy ma'lumot va hujjat topshirish pulini qanday qilib to'lamaslik mumkinligi haqida ma'lumotlar:
https://admission.kaist.ac.kr/intl-undergraduate/notice/notice
Agar bu universitetga kirishga muvaffaq bo'lsangiz KDB bank hisob raqami haqida o'ylamasangiz ham bo'ladi. Chunki elchixona odatda 100% grantga o'qishga kirganlardan bu hujjatni talab qilmaydi!
Bu yerga chet ellik talaba sifatida kirish uchun Ingliz tilini bilish sertifikatini topshirish majburiy.
Afsuski bu o'qishga TOPIK sertifikati bilan hujjat topshirib bo'lmaydi...
Faqatgina IELTS 6.5 yoki undan uyuqori sertifikat kerak.
To'liq ma'lumot uchun:
https://admission.kaist.ac.kr/intl-undergraduate/application/ApplicationGuide/guide
#kaist #bakalavr #koreya #grant
P.s. Faqat GKS mas shunaqa grantlaga ham hujjat topshirila. To'g'ri bu yerda stipendiya kamroq lekin universitet nufuzi juda baland!
@allimtv
🇺🇿🇰🇷2027 GKS-U Embassy track haqida qayta e'lon!
Koreys tili markazi 2027 GKS-U granti Embassy trackga qabul boshlanganini qayta e'lon qildi!
Bu yil vanihoyat GKS-U bakalavr uchun ham onlayn registratsiya qilish bo'ladi. Lekin qog'oz hujjatlarni ham markazga topshirish kerak.
Hujjat topshirish joyi: Toshkentdagi Koreya Respublikasi ta'lim markazi
Hujjat topshirish muddati:
15-Sentabrdan 30-Sentabrgacha
Embassy track uchun grant soni - 3 ta
Generalga - 1 ta o'rin
R-GKS ga - 1 ta o'rin
Etnik Koreyslarga - 1 ta o'rin
Hujjatlarni ko'rib chiqish: 7-Oktabrgacha
Suhbat sanasi: 12-Oktabrda
Yakuniy natija: 16-Oktabrda chiqadi
To'liq ma'lumot uchun link:
https://tashkec.uz/kr/news/center-events/33312
Rasm manbasi: Markaz telegram kanali
Ps. Bu yil ham Embassy track granti uchun o'rin o'tgan yil bilan bir xil. Hech bo'masa R-GKS ga o'rinni ko'paytirishsa bo'lardi:(
@allimtv
🇺🇿Offlayn seminar qoldirildi:(
Qatnashchilar juda kamligi uchun offlayn seminarni qoldirishga majburman.
Nasib bo'sa onlayn Zoom orqali yoki biron yo'lini qilib seminar tashkil qilaman.
Hammaga rahmat!
@allimtv
🇺🇿2027-yilgi GKS bakalavr offlayn seminari
Viloyatdagilar uchun Zoom orqali - onlayn seminarga qo'shilish imkoniyati bo'ladi. Zoom linkini ochiladigan telegram guruhga tashlab qo'yaman.
@allimtv
🇺🇿2027-yilgi GKS bakalavr offlayn seminari
Offlayn seminarga nima deysizlar?
Sanasi: 13-Sentabr soat 10:00 dan 12:00 gacha
Joyi: Toshkent markazi, Westminister universiteti orqa tomonidagi binoda
Kimlar uchun: GKS bakalavrga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar, Koreyada bakalavr yo'nalishida o'qimoqchi bo'lganlar.
Seminar 2 qismga bo'linadi.
1-Qismda GKS bakalavr granti haqida ma'lumot, 2027-yilgi qo'llanmasini ko'rib chiqish, personal statement va study plan yozishga kerakli maslahatlar (suhbatga qanday tayyorlanish)
2-Qismda Koreyada grant yutib bakalavr yo'nalishida o'qish haqida ma'lumotlar, Koreya va Koreys madaniyati haqida "Quiz on Korea" (sovrinlar ham bor:), savol-javob.
Offlayn seminarda qatnashish narxi 50 ming so'm.
Seminarda qatnashish uchun @sadulla91 ga ism, familya va telefon raqamingizni yuboring.
P.s. Bugun kechgacha 20 ta odam yig'sam seminar uchun telegram guruh ochib, o'sha yerda qo'shimcha kerakli ma'lumotlarni beraman. Ko'rishib gaplashganga nima yetsina?😉
@allimtv
🇰🇷Global marketing darslari
Seul xalqaro chet ellik talabalarni qo'llab-quvvatlash markazida (Seul, Shinchonda joylashgan), marketing bo'yicha 150 soatlik darslar bo'ladi (darslar offlayn formatda, faqatgina ba'zi darslargina onlayn tarzda bo'ladi)
Darslar bepul!
Dars davomida har xil loyihalarda ham qatnashish mumkin.
Ro'yxatdan o'tish muddati: 16-Sentabrgacha
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://script.google.com/macros/s/AKfycbxn9SLPfbDWOgQ8upP5XYwK6Ctp3zTh2fkRP_pn4Fo5ewA6JDZNwnz9nlh3-ypB5DbYUg/exec
Darslarda qatnashish uchun kamida TOPIK 3-daraja bo'lishi kerak (undan baland daraja bo'sa yaxshi:)
Kurs muddati: 21-Sentabrdan 18-Dekabrgacha
Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 18:00-21:00 da bo'ladi. (Joy Shinchondagi markaz)
P.s. Marketngdan boshqa sohalar uchun ham shunaqa kurslar bormikina?😅
@allimtv
+1
🇰🇷30 kun davomida Seul bo'ylab sayohat va ta'lim
Qanday ta'lim deysizmi? Koreyada ishga joylashish haqida!
Kimlar uchun: Seul shaxridagi universitetda o'quvchi chet ellik talabalar uchun
Seul bo'ylab sayohat va ishga kirish haqida kerakli bilimlarni olishga shoshilib qoling! Bu programaning 5-marta ochilishi. Darslar va madaniy hordiq hammasi bir joyda jamlangan!
Kamiga kompaniyalarga sayohat ham uyushtiriladi.
Ro'yxatdan o'tish sanasi: 21-Sentabrgacha
Ro'yxatdan o'tish uchun onlayn arizani to'ldirish kerak. Agar arizangiz qabul qilinsa, 1 daqiqalik o'zini tanishtiradigan video olib yuborish kerak.
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdToBEYEuBWNsN4w1w6o16AqG3CHLdyeCweUjCfQlWVKIZAqw/viewform
Havola orqali kirsangiz dars va sayohatning to'liq jadvalini ko'rishingiz mumkin!
P.s. Seulliklar uchunmi hamma narsa deydiganlar uchun viloyatda ham o'xshash dastur borligini tekshirib ko'raman😉
@allimtv
2027 GKS-U Application Guidelines (Korean).pdf7.78 KB
🇰🇷🇺🇿Vanihoyat! 2027 GKS-U(bakalavr) qabul boshlandi
2027-yilgi bahorgi semestr (Kuzgisi yo'q)uchun GKS bakalavr talabalarini saralash boshlandi.
Bu yil ham R-GKS Embassy trackga kirdi. Va bu yo'nalishda 2 ta universitet Type B dan tanlash mumkin.
Embassy track uchun bu yil ham O'zbekistonga atigi 2 ta o'rin berilgan - R-GKS bilan birga:(
University track bo'yicha GKS-UIC(aniq fanlar va IT yo'nalishi) va Associate degree uchun o'rinlar o'tgan yil bilan bir xil.
O'rinlar taqsimi:
1) Embassy track uchun - 156 ta o'rin(etnik Koreyslar va R-GKS bilan birga)
2) University track uchun - 100 ta o'rin(GKS-UIC)
3) Associate degree - 30 ta o'rin
GKS-UIC bu ham bakalavr uchun GKS grantidir. Bu yo'nalishda kvotalar davlatlarga qarab bo'lib berilmagan. Har bir o'qish uchun kvota ajratilgan.
Umumiy o'rin 100 ta.
Endi hujjatlar onlayn topshirilar ekan. (MUHIM: Faqatgina Embassy track uchun onlayn! University track uchun esa offlayn, ya'ni pochta orqali Koreyaga yuborish kerak)
Hujjat topshirish sayti studyinkorea.go.kr
2027-GKSbakalavr guideline ni yaxshilab o'qib chiqishni maslahat beraman! U yerda hamma kerakli ma'lumotlar yozilgan;)
Ps. O'rinlar bu yil katta o'zgarish yo'q, afsuski ko'proq o'rin ajratish bo'magan. O'tgan yil bilan deyarli bir xil:(
#gks #grant #bakalavr
@allimtv
🇺🇿Koreyaga bilet yutish lotoreyasi
Shunaqasi ham bo'ladi deysizmi? Ha shunaqasi ham bo'ladi:)
Koreyaga tashrif (visit KOREA) tashkiloti chet elliklar uchun ajoyib lotoreya e'lon qildi.
Bu lotoreyada qatnashish juda oson.
1) Birinchi bo'lib "Begin to Hear Korea" qisqa filmini tomosha qilish kerak (Film linki :https://www.youtube.com/watch?v=GApF74TayJM)
2) Shu videoda qisqa izoh qoldirin. Film sizga yoqdimi yo'qmi shu haqida.
3) @VISITKOREA Youtube kanali va Instagram kanalini follow qilin
4) Shu sahifalarni follow qilganingizni ekranga muxrlab onlayn ro'yxatdan o'ting.
Onlayn ro'yxatdan o'tish havolasi: https://shorturl.at/4kfRx
Shu ishni qilsangiz siz lotoreya ishtirokchisi bo'lasi.
Lotoreyada birinchi o'rinni olgan ikkita ishtirokchiga Koreyaga borish samalyot bileti taqdim etiladi.
Ikkinchi o'rinni olgan 10 ta odamga esa 50 USD lik Visa kartasi sovg'a qilinadi.
Tanlov muddati 5-Oktabrgacha.
Omadingizni sinab ko'ring:)
P.s. Lotoreyada O'zbekistondagi barcha qatnashishi mumkin!
@allimtv
🇰🇷🇺🇿Yashil iqlim fondida malaka oshirish
Kimlar uchun: Magistrni yaqinda tamomlaganlar yoki o'qishni davom ettirayotganlar
Soha: Biznes, boshqaruv, IT, kompyuter injinerligi.
Shu sohalarga taluqli loyihada ishlash kerak bo'ladi.
Chet tili talabi: Ingliz tilini mukammal bilish kerak.
Malaka oshirish joyi: Janubiy Korea, Incheon shaxri Songdo xalqaro shaxri
Malaka oshirish muddati: Noyabrdan boshlab 6 oy
Ro'yxatdan o'tish muddati: 17-Sentabrgacha
Bu malaka oshirish hamma uchun ochiq!
Ro'yxatdan o'tish va to'liq ma'lumot uchun: https://jobs.greenclimate.fund/en/sites/CX_1001/job/3340?_gl=1*mgij3b*_ga*NDg3MTk4MDExLjE3ODg2OTE5NTM.*_ga_1G93H3NSBL*czE3ODg2OTE5NTIkbzEkZzEkdDE3ODg2OTE5NjAkajUyJGwwJGgw*_ga_R4E8SRK8JR*czE3ODg2OTE5NTIkbzEkZzEkdDE3ODg2OTE5NjAkajUyJGwwJGgw&keyword=INTERNSHIP&mode=location
P.s. Songdo Koreyaning yangi asr shaxri, juda zo'r joy deyishadi:)
@allimtv
2_한국학중앙연구원_협조문_붙임2_Application_Guidelines_2027_Spring.pdf6.52 KB
🇰🇷🇺🇿Koreyaga magistratura va Phdga grant
Chet elliklar Koreyashunoslik akademiyasida bepul o’qishlari mumkin. Academy of Korean studies (AKS) akademiyasi 2027-yil Bahorgi semester uchun ro'yxatdan o'tish talablarini e’lon qildi.
Bu akademiyaning yaxshi tomoni:
1) Chet elliklar uchun o’qish bepul
2) Shu bilan birga oyiga 800 000 won (650$) stipendiya va boshqa stipendiyalarni ham olishlari mumkin.
3) Arzon yotoqxona puli va bepul Koreys tili darslari
Bu o’qishda o’qiydigan chet ellik talabalarning 76.5% i stipendiyalar olayotgani ham quvonarli.
Bu o’qishga 2027-yil Bahorgi semestr uchun online ro’yxatdan o’tish shu yilning 18-Sentabrgacha davom etadi.
Ro’yxatdan o’tish sayti: www.studyinkorea.go.kr
Siz ham bu akademiyaga o’qishga topshirib bepul o’qish imkoniyati va yuqoridagi stipendiyalarni olishingiz mumkin.
Eng asosiy talab sizda bakalavr diplomi va TOPIK(kamida 4-daraja) yoki IELTS sertifikati bo'lishi kerak.
Bu akademiyada:
1) Gumanitar yo’nalish – Koreya tarixi, Eski qo’lyozmalarni saqlash, Filasofiya va Koreys tili va madaniyati fakultetlari;
2) San’at yo’nalishi – Folklorshunoslik, Din asoslari, Musiqashunoslik, San’atshunoslik, Adabiyotshunoslik fakultetlari;
3) Jamiyatshunoslik yo’nalishi – Siyosatshunoslik, Jamiyatshunoslik, Ta’lim fakultetlari bor.
4) Xalqaro Koreyashunoslik
Agar sizda muddati o’tmagan TOPIK yoki IELTS sertifikati bo’lmasa, o'qishga hujjat topshira olmaysiz:(
Faqatgina Xalqaro Koreyashunoslik fakultetiga IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 bilan hujjat topshirish mumkin!
Keyin TOPIK 4-darajadan past bo’lgan(3 yoki 2-daraja) sertifikat bilan bu o’qishga hujjat topshirish mumkin emas.
Sizga kerakli boshqa ma’lumotlar quyidagi fayllarda.
P.s. GKS GKS dib etvurasila mana silaga Koreyaga magistratura va PhD uchun grant:)
#aks #grant
@allimtv
🇺🇿Koreys tilida insho yozish tanlovi (kechagi tanlov emas:)
Tashkent 1 Sejong Hakdang "Koreys tili kunini bayram qilish boshlanganiga 100 yil to'lgani munosabati bilan" Koreys tilidan insho yozish tanlovini e'lon qildi.
Tanlov kuni: 8-Oktabr
Kimlar uchun: 1) 14-yoshdan 25-yoshgacha bo'lganlar;
2) TOPIK 3-daraja yoki SKA dan 450 baldan yuqori balli sertifikati (bu sertifikatni onlayn ro'yxatdan o'tganda emailga yuborish kerak) borlar.
Ro'yxatdan o'tish muddati: 25-Sentabrgacha
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdW0KQVqFrv9XBjcvAblZrOAffKN_78dF0_59CZ_skyEBfAGQ/viewform
Insho mavzusi - tanlov kuni e'lon qilinadi.
Manzil : Tashkent 1 Sejong Hakdang
Tanlov g'oliblariga:
1 va 2-o'rin sohiblari Koreyaga safar qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
3 - o'rin uchun 200$ beriladi.
Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan (atigi 50 ta joy)
Manba: Tashkent 1 Sejong Hakdang telegram kanali.
P.s. Bizga o'xshagan qariyalarga bu tanlovda ham qatnashishga joy yo'q😅
@allimtv
