cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi| Rasmiy kanal

Канал админи билан боғланиш учун: @Sarvinoz8991 Ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram: https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB Facebook: https://www.facebook.com/SirdaryoviloyatiSes/?ref=pages_you_manage Instagram: https://instagram.ftas1-2.fna.fbcdn.net/v/t51.28

Больше
Рекламные посты
1 478
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
ШАКАР КЎП ИСТЕЪМОЛ ҚИЛИШ ҚАНДАЙ КАСАЛЛИКЛАРНИ КЕЛТИРИБ ЧИҚАРАДИ?
‼️Қандли диабет касаллигини келтириб чиқарувчи асосий омил бу шакар ҳисобланади. Шакарнинг миқдори кўпайганида у ошқозонда ёғга айланади. ❌ Шакарни кўп истеъмол қилиш семизлик, қандли диабет, гипертонияни келтириб чиқаради, бу ўз навбатида, инфаркт ва инсультга олиб келади. ✅ Яна бир жиҳатга эътиборингизни қаратмоқчимиз. Оғир масала шундан иборатки, семизлик онкологик касалликларга мойил қилиб қўяди. 🍭🍨🍰 Бугунги кунда ширин ичимликлар, кондитер маҳсулотлари, музқаймоқларини севиб истеъмол қиламиз. ‼️ ЖССТ 1 кунлик шакар истеъмолини 25-50 грамм деб белгилаган, биз истеъмол қилаётган қанд миқдори эса меъёридан 10 бараваргача ошиб кетяпти. ‼️ Шу ўринда ҳар бир маҳсулотни меъёрдан ортиқ истеъмол қилмаслик муҳимлигини эслатиб ўтамиз.
Саломатлигингизни асраш, соғлом турмуш тарзига риоя қилиш ўз қўлингизда.
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#bilasizmi ❓Tuzdagi yod miqdorining kamligi organizmga qanday ta'sir qiladi? 📌 Yuqoridagi infografika orqali bu haqida bilib olishingiz mumkin. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
#foydali_maslahat #bilasizmi Qrim-Kongo gemorragik isitmasi xavfli kasallik ❓Qrim-kongo gemorragik isitma kasalligi qanday kasallik? ❓Qanday yo‘llar bilan yuqadi? ❓Qaysi kasb egalarida ko‘proq uchraydi va bu kasallikka mavsumiylik xosmi? ❓Kasallikning qanday belgilari kuzatiladi? ❓Ushbu kasallikni oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 📰Sanepidqo'mita Yangiyer shahar bo'limi Axborot xizmati Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: 🔽🔽🔽 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
#Tabriklaymiz 🔰Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida ko'p yillar samarali mehnati, sohaga boʻlgan jonkuyarligi orqali jamoa orasida o'z o'rniga ega bo'lgan Xaliqulova Zamira O'ktamovna 1973-yil hamda Mo'minova Mavjuda Mamayusupovna 1969-yil 27-mayda tavallud topgan. Hurmatli Zamira O'ktamovna hamda Mavjuda Mamayusupovna ! Sizlani tavallud ayyomingiz bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizlarga mustahkam sogʻlik, faoliyatingiz davomida ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz... Yaxshi kayfiyat, xushnud onlar sizni aslo tark etmasin.... 💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi Yangiliklarni kuzatib boring 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
Показать все...
Shirin shahrida hayvonlardan tan jarohati olish holatlari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. ➡️Sanepidqoʻmitaning Shirin shahar boʻlimi xodimlari tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida, mahallalarda kasallanish holatlari doimiy tahlili olib borilmoqda. ➡️ Farhod mahallasida oʻtkazilgan uchrashuvda hududdagi yuqumli kasalliklar tahlil qilindi. 🔷Uchrashuvda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Jamshid Sultonov ham ishtirok etib - mahallada hayvonlardan tan jarohat olinishi Shirin shahridagi qolgan hududlarga qaraganda yuqori ekanligini alohida taʼkidladi. 🔷Uchrashuvda, mahalla raisi, mahalla profilaktika inspektori, veterinariya hamda tibbiyot xodimlari, mahalla faollari ishtirok etishdi. ✅Jamshid Sultonov tomonidan “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 202-sonli qarori ijrosi yuzasidan masʼul xodimlarga tushunchalar berdi. ➡️Bizni kuzatishda davom eting! 🖥Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlim 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
Показать все...

👍 1
#bilasizmi #foydali_maslahat ❓Qaysi qo'ziqorinlar iste’molga yaroqli ? ❓Qanday qo'ziqorinlar inson salomatligi uchun xavfli? ❓Zaharlanish asoratlari qanday kechadi? ❓Noxush holatlar kuzatilmasligi uchun nima qilish kerak? 🔹Ushbu savollarga yuqoridagi infografika orqali ma'lumot olishingiz mumkin. ➡️Bizni kuzatishda davom eting! 🖥Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlim 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
Показать все...
Халқимизда ун маҳсулотларидан тайёрланадиган егуликлар энг кўп истеъмол қилинадиган маҳсулотлар сирасига киради.
‼️ Унга ишлов бериш чоғида таркибидаги озуқавий моддаларнинг аксарият қисми йўқолиб кетади. Шунинг учун барча керакли моддаларни яна унга қайтариш лозим.
Қандай қилиб дейсизми?
✅ Бунга фақат унни бойитиш билан эришиш мумкин. Аниқроқ қилиб айтадиган бўлсак, тегирмонларда ун ишлаб чиқарилаётганда ун витаминлар, фолий кислотаси ва темир моддаси билан тўйинтирилади. Бу моддаларга ишлов бериш жараёнида қийматини йўқотмаслиги учун якуний босқичда қўшилади. 📌 Микронутриентлар инсон организмига кам миқдорда (одатда кунига 100 мг дан кам) зарур бўлган элементлар ҳисобланади. ✔️ Микронутриентлар таркибига инсон танаси ўз-ўзидан ҳосил қила олмайдиган микроминераллар ва витаминлар киради. Улар метаболизм, инсон мияси ва асаб тизимининг ишлаши, қон ивишининг олдини олиш ва иммун тизимининг ривожланишида муҳим роль ўйнайди. ✔️ Микроэлементларнинг овқатланиш рационига мунтазам равишда қўшилиши саломатликни сақлаш ва мустаҳкамлашнинг оддий ва жуда самарали усули ҳисобланади. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
Bolalarni emlash haqidagi savollaringizga javob beramiz:
❓Qizamiq bilan suvchechak nimasi bilan farqlanadi? ‼️ Qizamiq ham, suvchechak ham – havo-tomchi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Har ikkala holatda ham tanada toshma toshadi va harorat ko’tariladi. Ularni teridagi toshmalar xarakteriga ko’ra farqlash mumkin. ‼️ Qizamiqqa teridan ko’tarilib turgan, qizil dog’lar bilan o’ralgan shishlar xos. Toshmalar bosqichma-bosqich paydo bo’ladi: avvaliga yuzda va bo’yinda, so’ngra – ko’krak qafasda, qo’l va oyoqlarda. ✅ Suvchechakda esa atrofi qizargan, ichida suyuqligi bor shishlar paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan ular yaraga aylanadi va usti qotadi. Ko’rinib turgan shilliq qavatlarga (og’iz bo’shlig’iga) toshmalar toshishi xos. ❇️ Qizamiq, ayniqsa, 5 yoshdan kichik bolalarda nihoyatda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng jiddiy asoratlarga ko’rlik, entsefalit, og’ir diareya va unga bog’liq ravishda degidratatsiya, otit va pnevmoniyaga sabab bo’lish mumkin. Butun dunyoda qizamiq bolalar o’limining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi.
Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytiga kiring.
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#bilasizmi #foydali_maslahat ❓Quturish kasalligi qay tarzda nomoyon bo‘ladi? 📌 Yuqorida tayyorlangan  infografika orqali shu haqida bilib olishingiz mumkin. ➡️Bizni kuzatishda davom eting! 🖥Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlim 🔽🔽🔽 |Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
Показать все...