cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!

Рекламные посты
13 290
Подписчики
-1224 часа
+2617 дней
-2 85330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

❗️Joriy yilning 15-may kuni 📌 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Nurmat Atabekov  ishtirokida Shayxontohur tumanida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o'rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabul o'tkaziladi. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
Bolalarni emlash haqidagi savollaringizga javob beramiz:
Farzandim qachon emlanishi kerakligi haqidagi ma’lumotni qayerdan olishim mumkin? ❗️O’zbekistonning rasmiy profilaktik emlash rejasi bilan www.privivki.uz sayti orqali tanishish mumkin. Shuningdek, ushbu sayt orqali bolalaringizni boshqariluvchi yuqumli kasalliklardan himoyalovchi barcha asosiy vaksinalar haqida batafsil va ishonchli ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Milliy jadvalga kiruvchi vaksinalar bepul ekanligini eslatamiz. ✳️ Shuningdek, zarur emlashlar haqidagi ma’lumotlarni mahalliy poliklinikada uchastka shifokoridan so’rab olishingiz mumkin.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, turar joyingiz bo’yicha poliklinikaga yoki 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling.
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
👍 1🔥 1
‼️
OIV infeksiyasini shifoxona ichi sharoitida tarqalish holatlarini oldini olish borasida o'quv seminari tashkil etildi
📌 "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorga asosan, shuningdek "Davolash profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasini shifoxona ichi sharoitida tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari rejasi"ga muvofiq joylarda o'quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda. 📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Davolash profilaktika muassasalarni nazorat qilish bo'limi xodimi Nodira Sultonmurodova, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi vrach epidemiologi Sh.Karimov va Olmazor tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Olmazor tumanida o'quv-seminari o'tkazildi. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
👍 3🔥 2👏 1
JSSTning bergan ma’lumotlariga ko‘ra har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer yuzida yashovchi bir milliondan ikki milliongacha aholi zararlanadi.
‼️ Leyshmaniozlar – odam va hayvonlar orasida uchraydigan bir guruh protozoy transmissiv kasallik bo‘lib, asosan ichki a’zolarni (vistseral leyshmaniozda) yoki teri va shilliq pardani (teri leyshmaniozida) zararlanishi bilan ta’riflanadi. Kasallik odamga Phelebotomus turiga mansub leyshmanioz bilan zararlangan moskitning chaqishi oqibatida yuqadi. Batafsil Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
👍 3 1🔥 1
Пойтахтимиздаги Алишер Навоий номидаги кино саройида 12 май — Халқаро ҳамширалар кунига бағишланган асосий байрам тадбири ўтказилди. Тадбир аввалида Соғлиқни сақлаш вазири в.б. Асилбек Худаяров юртимиздаги барча ҳамшираларни табриклади. “Кейинги йилларда ҳамширалик фаолияти тиббиётимиз билан бирга, жадал ривожланиб бормоқда. Соҳада янги ихтисосликлар пайдо бўлаяпти. Айниқса, бугунги кунда бирламчи даволаш-профилактика муассасаларида 8500 нафар доя ҳамширасининг фаолият юритаётгани оналар ва болалар саломатлигини асраш йўлидаги муҳим воқеа, соғлом авлодни вояга етказиш йўлида олиб борилаётган чуқур ислоҳотлар натижаси", — деди у ўз табригида. Тантанали маросимда “Йилнинг энг яхши ҳамшираси” кўрик-танлови ғолиблари ҳамда 1️⃣5️⃣ та номинация бўйича “Йилнинг энг яхши ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходими” танлови совриндорлари тақдирланди. Жумладан, XIII. “Йилнинг энг яхши санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати ўрта тиббиёт ходими” номинациясида 1️⃣-ўрин: Жўраева Лобар Туймуратовна — Навоий вилояти Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармаси Овқатланиш гигиенаси бўлими санитария врач ёрдамчисии; 2️⃣-ўрин: Мамадалиева Жанонхон Иқболовна — Андижон вилояти ОИТСга қарши кураш маркази Услубий, профилактик ва эпидемияга қарши тадбирларни ташкил этиш бўлими санитария врач ёрдамчиси; 3️⃣-ўрин: Абдуғаниева Шохиста Атхамовна — Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитасининг Тошкент шаҳар Мирзо Улуғбек тумани бўлими, Эпидемиология ва иммунопрофилактика бўлими эпидемиолог врач ёрдамчиси, ғолиб деб топилди Фурсатдан фойдаланиб, ғолибларни яна бир бора муборакбод этамиз. Шарафли касбларидан ҳамиша эҳтиром ва эътироф кўриб юришларини тилаб қоламиз. Санэпидқўмита Ахборот хизмати Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...

👏 6👍 1
‼️
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Tuproqqa’la va Gurlan tuman bo‘limlarida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishida yo‘l qo‘yilayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish”, “Poliomiyelit, qizamiq, qizilcha hamda yuqumli kasalliklarini chetdan kirib kelishining oldini olishda epidemiologik nazoratni takomillashtirish” mavzularida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
✅ Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tuman bo‘limlari mas’ul xodimlari hamda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bo‘lim mudirlari, KTMP, OP va OShP mudirlari ishtirok etdi. 📌 Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Otajonov maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishida yo‘l qo‘yilayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan hamda bolalarni qizamiq, qizilcha hamda yuqumli kasalliklarini oldini bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga tavsiyalar berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
👍 4👏 1
⚡️Yakunlangan hafta davomida kanalimizda e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti: - Bachadon bo’yni saratonidan yuqori darajali himoyani ta’minlash uchun qizim VPCHga qarshi vaksinaning nechta dozasini qabul qilishi kerak? - Go'zallik salonlarida sanitariya talablari buzilmoqda(mi?) - Respublikamizda infektologiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan professor Shabat Xodjayevich Xodjayevning 100 yillik xotirasiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. - Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash - muhim masala. - Toshkentda "Inson uchun" savdo ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. - OIV infeksiyasini shifoxona ichi sharoitida tarqalish holatlarini oldini olish borasida o'quv seminari tashkil etildi. - Qizamiqqa emlangan bolalar kasal bo’ladimi yoki yo’qmi? Baribir bola qizamiq bilan kasallanadigan bo’lsa, emlashning qanday ahamiyati bor? - Zamonaviy qiyofadagi yangi laboratoriya foydalanishga topshirildi. - Ko'kyo'tal qanday kasallik? U yuqumlimi? Kasallikning oldini olish uchun nima qilish kerak? - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Hay’at yig‘ilishi bo'lib o'tdi. - Yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mosligi bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qilish to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi. - Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha respublikada epidemik vaziyat, kasallikni tashxislash, davolash va oldini olishda kuzatilayotga muammolar hamda 2024-yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida ma`ruzasi tinglandi. - Yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik samarali vosita bu albatta emlashdir. Yurtimizda ham immunizatsiya tadbirlarini dunyo bilan hamjihat va hamohang ravishda o‘tkazishga alohida e’tibor berib kelinadi. - 12-may - Xalqaro hamshiralar kuni! Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...

👍 4
12-may - Xalqaro hamshiralar kuni!
Bu kun munosabati bilan Maxsus yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamshiralariga bir savol bilan yuzlandik.
- Siz uchun eng og'ir vaziyat qaysi?
Ularning javobi bizni hayratga soldi. Ko'zlarida yosh bilan aytilgan samimiy so'zlari sizni ham hayratga, ham ularga nisbatan tahsin aytishga undashi aniq.
Bayramingiz muborak bo'lsin oq libosli fidoyi hamshiralar!
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
🔥 1👏 1
Тарихда бу кун 12 МАЙ – ХАЛҚАРО ҲАМШИРАЛАР КУНИ 👩‍🔬Дунё ҳамширалари ўз касб байрами – Бутунжаҳон ҳамширалар кунини 1️⃣2️⃣ май – ҳамширалик иши асосчиси Флоренс Найтингейл (1820-1910) туғилган кунда нишонлашади. Қрим уруши пайтида (1853-1856) Найтингейл бир гуруҳ роҳибалар ва меҳрибон опа-сингиллар билан Скутари (ҳозирги Ускудар, Истанбул)даги инглиз касалхонасида ҳамда Балаклава (ҳозирги Севастополь жанубидаги туман) дала касалхонасида фаолият кўрсатиб, санитария ва ярадорларга ғамхўрлик қилиш тамойилларини изчил амалга оширган. Натижада олти ойдан камроқ вақт ичида касалхоналарда ўлим даражаси 42 фоиздан 2,2 фоизгача камайган. Найтингейл хоним Англияга қайтганидан кейин ўзининг илк ихтисослаштирилган ҳамширалик мактабини очди. ✳️ Халқаро ҳамширалар кунини ташкил этиш тўғрисидаги қарор 1899 йилда тузилган Халқаро кенгашга тегишли. Бу Австралия, Канада, Дания, Буюк Британия, АҚШ ва бошқа мамлакатларда ҳамширалар ишни қадрлаган дунёдаги биринчи профессионал аёллар ташкилоти бўлди. ✳️1912 йилда Халқаро Қизил Хоч қўмитаси ҳамширалар тақдирланадиган дунёдаги энг фахрли Флоренс Найтингейл номидаги медални таъсис этган. Ушбу мукофот ҳамширалар ва кўнгилли тиббий хизматчиларга уруш вақтида ҳам, тинчлик пайтида ҳам кўрсатган жасорати ва фидойилиги учун берилади. Кенгаш ҳар йили Халқаро ҳамширалар куни шиорини белгилайди. Ушбу шиор остида кўплаб мамлакатларда конференция, семинар ва давра суҳбатлари ўтказилади. ‼️ 2024 йилги байрам “Бизнинг ҳамшираларимиз. Бизнинг келажагимиз. Соғлиқни сақлашнинг иқтисодий кучи" шиори остида ўтмоқда. Мазкур кампания соғлиқни сақлаш соҳасида муаммоларни ҳал қилиш учун ҳамширалик ишларини ривожлантириш ҳамда глобал миқёсда фуқаролар соғлиғини яхшилашга бағишланади. 📌 Жаҳонда ҳар йилнинг 12 май — Халқаро ҳамширалар куни сифатида кенг нишонланади. Мамлакатимизда ҳам профессионал ҳамширалар фаолиятининг асосчиси Флоренс Найтингейлнинг таваллуд куни шарафига белгиланган бу санада ўрта тиббиёт ходимларининг заҳматли меҳнати эътироф этилади. Уларга эъзозу эҳтиром кўрсатилади. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...

👍 8👏 1
💉 Yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik samarali vosita bu albatta emlashdir. Yurtimizda ham immunizatsiya tadbirlarini dunyo bilan hamjihat va hamohang ravishda o‘tkazishga alohida e’tibor berib kelinadi. 🔷 Respublikada oxirgi besh yillik davrda aholining epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida o‘tkazilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi maqsadli emlash tadbirlari natijasida ayrim kasalliklar tugatildi, ko‘plab kasalliklar dinamikasida keskin pasayish kuzatildi. 🔷 Yurtimizda milliy emlash kalendari asosida 13 (o‘n uch) turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi har yili tug‘ilgan bolalarni 95 foizdan yuqori ko‘rsatkichlarda emlash qamrovi samarasida epidemiologik vaziyatni barqaror bo‘lishiga erishildi. ☎️ Sanepidqo‘mitada aholi o‘rtasida vaksinatsiya bilan bog‘liq savollarga tezkorlik bilan javob qaytarishga mo‘ljallangan Call-markazi tashkil etilgan bo‘lib, vaksinatsiya bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa Call-markazining 1327 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Показать все...
👍 1