cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Больше
Рекламные посты
970
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-1630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#konferensiya ✍️ O’zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari Turkiya jumhuriyati Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etishmoqda. 🔗 Batafsil 👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ X
Показать все...
👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari, filologiya fanlari doktori, dotsent Ilhom Sayitqulov tomonidan "Xalq ijodiyoti namunalari" nomli to'plamlaridan 10 dona universitet Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi. ✨Axborot-resurs markazi ustozga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.
Показать все...
🔥 9👍 2👏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#oavda_biz 📑 "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 3-iyuldagi 131-sonida universitetimiz rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovning
"Adolat va raqobat ta’lim rivojining kafolati"
sarlavhali maqolasi chop etildi. Ushbu maqolani albatta o‘qing! 📰Maqolani o'qish Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ X
Показать все...
👍 2
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗓 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun! Bugun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi Davlat gerbi tasdiqlanganligiga 32 yil toʻldi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
👏 4
🗓️2024-yil 30-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan Talabalar turar joyida “Zakovat” intelektuall oʻyini tashkil etildi. ✅Ushbu musobaqa fakultet dekan oʻrinbosari A.Qurbonov, tyutorlar A.Ikromov,Oʻ.Qahhorovlar boshchiligida oʻtkazildi. Gʻoliblar fakultet rahbariyati tomonidan kitob sovgʻalari bilan taqdirlandi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показать все...
👍 3 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Aziz yoshlar! Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz. 2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman. Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang! Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov
Показать все...
🔥 11👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti yoshlari!!! Sizlarni 30-iyum Yoshlar kuni munosabati bilan fakultet ma'muriyati samimiy qutlaydi. Ertangi kunimiz ishonchi bo'lgan sizdek yoshlarimizga ushbu kun muborak bo'lsin. G'ayratingiz aslo so'nmasin. Yuksak marralarni ko'zlab harakat qilishdan to'xtamang. Sizlarga hamisha zafarlar tilab qolamiz. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показать все...
👍 6👏 3🔥 2
🗓️2024-yilning 29-iyun kuni “Yangi O'zbekiston" bog'ida 3000 metrga yugurish bo'yicha marofon bo'lib o'tdi. ✅Ushbu marafonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining sportchi talabalari va tyutorlari S.Bekchanov,I.Bobomurodov va M.Baxtiyorovlar faol ishtirok etishdi.
Показать все...
🔥 8👍 2👏 2
🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti kengashi qoshida navbatdagi xalqaro nazariy-metadologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zilola Shukurorova va "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovalarning ma'ruzalari tinglandi. ✅Seminarda bayozlarning ilk namunalari haqida yangi ma'lumotlar olindi. Yosh tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Ozarbayjon bolalar adabiyotiga oid antologiya tuzish an'analarining milliy adabiyotimizga tadbiq qilish mumkin bo‘lgan jihatlari haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berdi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показать все...
👍 5
🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining O’N BIRINCHI sonli MAJLISI bo‘lib o‘tdi. 📌Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlarining bajarilishi, ta’lim sifati. Fakultetda o‘quv yilining yakunlanishi, Hemis dasturiga talabalar davomati  va mavzularning vaqtida kiritib borilishi, shuningdek, ON va YN  natijalarining qayd etilishi xususida. Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijasi. 1-2-kurslarda folklor va dialektologik amaliyotlarning olib borilishi,3-kurslarda malakaviy amaliyotni tashkil etish. Fakultetda hamda kafedralarda O‘QUV, ILMIY, MA’NAVIYAT VA XOTIN-QILAR masalalari bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti kabi masalalar koʻrib chiqildi. ✅Majlisda barcha professor-o‘qituvchilar,doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показать все...
👍 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.