cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi

Ushbu kanal Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi haqida barcha yangiliklar va ma'lumotlar berib boriladigan rasmiy kanal hisoblanadi.

Больше
Рекламные посты
560
Подписчики
-124 часа
-417 дней
-17230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

14:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmoniga sharh #24may #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Показать все...
🔥 2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi
🔰 Farmonga ko'ra, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida: 🔘fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o'quv kurslari tashkil etiladi; 🔘maktablarda 2024/2025 o'quv yilidan: 🔸Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o'qituvchilarining kasbiy bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta'minlash tizimi yo'lga qo'yiladi; 🔸o'quvchilar o'rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o'qituvchilari o'rtasida “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” ko'rik-tanlovi o'tkazib boriladi; 🔸maktab o'quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o'zlashtirishiga qaratilgan ko'rgazmali o'quv qo'llanmalari, videoroliklar, kompyuter o'yinlari va mobil ilovalar yaratiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi
🔰Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi: 🔹Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi; 🔹huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo'ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Tuman (shahar) adliya bo'limlariga qo'shimcha vazifalar yuklatildi
Farmonga ko'ra, Adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo'limlariga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi: ➖joylarda aholi tomonidan ko'tarilayotgan dolzarb muammolarni ko'rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o'tkazish. ❕Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatib borish;uyma-uy yurish va “Huquqiy ko'mak” aksiyalarini o'tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash; ➖“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish; ➖aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlash; ➖yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish; ➖davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo'linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko'rsatib borish. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi
“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi 🔰Farmonga ko'ra, quyidagilar adliya organlarining qo'shimcha faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi: 🔹aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo'yicha amaliy choralar ko'rib borish; 🔹joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; 🔹fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish va muvofiqlashtirib borish; 🔹davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko'rsatib borish. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показать все...
Аҳолининг кундалик ҳаётида учрайдиган ҳуқуқий муаммолари аниқланади, таҳлил қилинади ва бартараф этилади

20:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Адлия_эксклюзив "Билимлилар ютади, қолганларга қийин бўлиши мумкин": адлия вазиридан эксклюзив интервью Болалик хотиралари, мактаб йиллари, синфдошлар ва талабалик... Адлия вазири Акбар Тошқулов ҳаётининг унутилмас лаҳзалари ҳақида гапирар экан, катта ҳаёт остонасида турган ёшларга муҳим тавсияларини ва маслаҳатларини ҳам берди.
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Adliya_tayinlov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Djaxongir Erkinovich Zoxidov tayinlandi. Djaxongir Zoxidov 1987-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Adliya vazirligi jamoasi Djaxongir Erkinovich Zoxidovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi! @adliyangiliklari
Показать все...
👍 3
01:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Chorlov Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi pedagoglari va xodimlari tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilarini 2024/2025 o'quv yilida Yuridik texnikumga o'qishga jalb etish yuzasidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda. Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Websayt | 📺Youtube
Показать все...
🔥 13👍 1 1
09:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Brifing Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining o'quv ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari S.Amanyo'lov Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi faoliyatida o'tayotgan o'quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifingda ishtirok etdi. Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Websayt | 📺Youtube
Показать все...
👍 8🔥 2 1