cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

Больше
Рекламные сообщения
3 015Подписчики
-124 часа
-267 дней
-630 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотрыПоделилисьДинамика просмотров
01
#Sayyor_qabul "Kiyikchi" mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o'tkazildi. 🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Kiyikchi" mahallasida fuqarolar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli tashkil etildi. 🔸 Qabulda jami 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning 13 nafaridan kommunal soha, moddiy yordam va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 16 ta murojaatlar kelib tushdi. 🔹 Hokim qabulida yo'llangan murojaatlarning ayrimlariga joyida tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar, shuningdek tuman hokimi topshirig'iga asosan har bir mahallalarda "mahalla yettiligi" tomonidan o'tkazilgan qabullarda kelib tushgan murojaatlar ro'yxati shakllantirilib, nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga qaratildi. Eslatib o'tamiz, har haftaning shanba kunlari tuman hokimining sayyor qabuli grafikka asosan bitta mahalla hududida, shuningdek "mahalla yettiligi" tomonidan har bir mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilishi belgilangan. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
5430Loading...
02
#agrar_soha Fermerlar kuni: Amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. 🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi. Jumladan, 🔸 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlarini yakunlash hamda g'o'za qator oralariga birinchi ishlov berish (kultivatsiya) ishlarining borishi; 🔸 2024-yil g'alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, begona o’tlardan tozalash hamda g'alla o'rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash; 🔸 Suv tejovchi, jumladan tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarini joriy qilish holati; 🔸 2024-yil pilla boqish mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 🔹 Barcha fermer xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini undirish, ayniqsa sabzavotchilik, bog’dorchilik, baliqchilik, chorvachilik fermer xo’jaliklarida yerdan samarasiz foydalanish holatlariga qarshi keskin choralar ko’rish, soliq, bandlik va statistik ko’rsatkichlarni joyiga qo’ymagan xo’jaliklar rahbarlari qat’iy ogohlantirildi. 🔹 Yig’ilish yakunida sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq tahlillar asosida tushuntirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
10Loading...
03
#jarayon 🔹 Joylarda paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish ishlari olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
4910Loading...
04
#fvb Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. 🔻 Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 20-21-31-maktablarning 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish, internet tarmog‘i orqali turli yolg‘on kuchlarga aldanib qolmasliklari bo‘yicha tushunchalar berildi. 🔸 Ushbu maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga hamda 11-sinf bitiruvchilarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o‘qish istagi bo‘lgan o‘quvchilarga sharoitlar yaratilganligi haqida tushunchalar berilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
2071Loading...
05
#Jarayon 🔥 Bo’ka tuman Gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan hududlarda gaz ta’minotini yaxshilash va yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🔺 Shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish va bo’shagan gaz ballonlarini yig’ib olish ishlari reja-grafikka asosan bosqichma-bosqich olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
5270Loading...
06
#adliya Joylarda adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. 🔺 Bo'ka tuman adliya bo'limi tomonidan "Toshloq" mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari, Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari ishtirokida Vazirlar mahkamasining 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
4260Loading...
07
#byudjet_tushumlari Byudjet tushumlari va bandlik dasturi rejasining bajarilish holati muhokama qilindi 🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar mas'ullari ishtirokida byudjet tushumlari, bandlik dasturi rejasining bajarilishi va hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. 🔺 Yig’ilishda byudjet tushumlarining aprel oyi yakunlari bo'yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bajarilish holati, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi orasida soliq to’lovi madaniyatini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish va norasmiy band bo'lgan fuqarolarni bandligini rasmiylashtirish, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va har bir mahallalarda obodonlashtirish, daraxt va gul ko’chatlarini parvarishlash borasida olib borilayotgan ishlar ko’rib chiqildi. 🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan har bir mas'ulga aniq vazifalar belgilab berildi, ishlarni hamkorlikda tashkil qilish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
6911Loading...
08
#investitsiya Xorijiy mutaxassislar bilan quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari yuzasidan suhbatlashildi. 🔺 Bugun tuman hokimligi binosida tuman hokimining o'tinbosari X.Ashurov va Xitoy Xalq respublikasining "China Datang Overseas Investment" korxonasi vakillari bilan suhbat o'tkazildi. 🔺 Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi 459-sonli qarorlariga asosan Bo'ka tumanida qurilishi belgilangan 300 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurilish ishlari yuzasidan ma'lumot berildi. 🔹 Joriy yilning iyun-iyul oylarida qurilish ishlari boshlanishi va yil yakuniga qadar 100-150 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, qarorga asosan avvalambor poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etilishi, jumladan: Birinchisi - Qibrayda 400 megavattli, Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalarini amalga oshirish belgilangan. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
8530Loading...
#Sayyor_qabul "Kiyikchi" mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o'tkazildi. 🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Kiyikchi" mahallasida fuqarolar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli tashkil etildi. 🔸 Qabulda jami 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning 13 nafaridan kommunal soha, moddiy yordam va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 16 ta murojaatlar kelib tushdi. 🔹 Hokim qabulida yo'llangan murojaatlarning ayrimlariga joyida tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar, shuningdek tuman hokimi topshirig'iga asosan har bir mahallalarda "mahalla yettiligi" tomonidan o'tkazilgan qabullarda kelib tushgan murojaatlar ro'yxati shakllantirilib, nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga qaratildi.
Eslatib o'tamiz, har haftaning shanba kunlari tuman hokimining sayyor qabuli grafikka asosan bitta mahalla hududida, shuningdek "mahalla yettiligi" tomonidan har bir mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilishi belgilangan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#agrar_soha Fermerlar kuni: Amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. 🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi. Jumladan, 🔸 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlarini yakunlash hamda g'o'za qator oralariga birinchi ishlov berish (kultivatsiya) ishlarining borishi; 🔸 2024-yil g'alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, begona o’tlardan tozalash hamda g'alla o'rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash; 🔸 Suv tejovchi, jumladan tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarini joriy qilish holati; 🔸 2024-yil pilla boqish mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 🔹 Barcha fermer xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini undirish, ayniqsa sabzavotchilik, bog’dorchilik, baliqchilik, chorvachilik fermer xo’jaliklarida yerdan samarasiz foydalanish holatlariga qarshi keskin choralar ko’rish, soliq, bandlik va statistik ko’rsatkichlarni joyiga qo’ymagan xo’jaliklar rahbarlari qat’iy ogohlantirildi. 🔹 Yig’ilish yakunida sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq tahlillar asosida tushuntirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#jarayon 🔹 Joylarda paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish ishlari olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#fvb Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. 🔻 Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 20-21-31-maktablarning 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish, internet tarmog‘i orqali turli yolg‘on kuchlarga aldanib qolmasliklari bo‘yicha tushunchalar berildi. 🔸 Ushbu maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga hamda 11-sinf bitiruvchilarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o‘qish istagi bo‘lgan o‘quvchilarga sharoitlar yaratilganligi haqida tushunchalar berilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#Jarayon 🔥 Bo’ka tuman Gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan hududlarda gaz ta’minotini yaxshilash va yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🔺 Shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish va bo’shagan gaz ballonlarini yig’ib olish ishlari reja-grafikka asosan bosqichma-bosqich olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#adliya Joylarda adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. 🔺 Bo'ka tuman adliya bo'limi tomonidan "Toshloq" mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari, Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari ishtirokida Vazirlar mahkamasining 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#byudjet_tushumlari Byudjet tushumlari va bandlik dasturi rejasining bajarilish holati muhokama qilindi 🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar mas'ullari ishtirokida byudjet tushumlari, bandlik dasturi rejasining bajarilishi va hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. 🔺 Yig’ilishda byudjet tushumlarining aprel oyi yakunlari bo'yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bajarilish holati, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi orasida soliq to’lovi madaniyatini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish va norasmiy band bo'lgan fuqarolarni bandligini rasmiylashtirish, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va har bir mahallalarda obodonlashtirish, daraxt va gul ko’chatlarini parvarishlash borasida olib borilayotgan ishlar ko’rib chiqildi. 🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan har bir mas'ulga aniq vazifalar belgilab berildi, ishlarni hamkorlikda tashkil qilish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#investitsiya Xorijiy mutaxassislar bilan quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari yuzasidan suhbatlashildi. 🔺 Bugun tuman hokimligi binosida tuman hokimining o'tinbosari X.Ashurov va Xitoy Xalq respublikasining "China Datang Overseas Investment" korxonasi vakillari bilan suhbat o'tkazildi. 🔺 Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi 459-sonli qarorlariga asosan Bo'ka tumanida qurilishi belgilangan 300 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurilish ishlari yuzasidan ma'lumot berildi. 🔹 Joriy yilning iyun-iyul oylarida qurilish ishlari boshlanishi va yil yakuniga qadar 100-150 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, qarorga asosan avvalambor poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etilishi, jumladan: Birinchisi - Qibrayda 400 megavattli, Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
Перейти в архив постов