cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

Больше
Рекламные посты
3 001
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1930 дней
Архив постов
#kichik_sanoat_zonasi Tuman hokimi Kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. 🔸 Bugun tuman hokimi B.Begmatov “Toshloq” va “Achamayli” mahallasi hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida bo’lib, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🔺 Tuman hokimi boshchiligida “Toshloq” mahallasidagi Kichik sanoat zonasida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Fayz-Toshkent-Eksport”, “Prom Diagonal”, plastik va alyumin eshik-romlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi “Carpet Cleaning”, shuningdek, “Achamayli” mahallasida joylashgan Kichik sanoat zonasidagi beton va beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Grand Beton Zavod” korxonalari faoliyati ko’zdan kechirildi. 🟢 Tuman hokimi tomonidan korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchilarning bandligini rasmiylashtirish, loyihada ko’rsatilgan yangi ish o’rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, hududni obodonlashtirish, bo’sh turgan binodan samarali foydalangan holda qo’shimcha ishlab chiqarish liniyalarini tashkil qilish va yangi loyihalarni ilgari surish bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#Sayyor_qabul "Shodlik" mahallasida aholi uchun sayyor qabul tashkil qilindi. 🇺🇿 Bo'ka tuman prokuraturasi va Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida 2-sektor hududidagi "Shodlik" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi. 🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган Туркия Республикаси вице-президенти Жавдат Йилмаз бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Турецкой Республики во главе с вице-президентом Джевдетом Йылмазом, прибывшим в нашу страну для участия в третьем Ташкентском международном инвестиционном форуме. #Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
#Inson_uchun “Inson uchun” - nogironligi bo’lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan Ayni damda «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar zalida tashkil etilayotgan «Inson uchun» -  nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdo ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Mazkur "Inklyuziv jamiyat sari muhim qadam — «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasi"da Bo'ka tumanidan hunarmand Ergashev Doniyor Azimovoch o'zning hunarmandchilik mahsulotlari ko'tgazmasi bilan ishtirok etmoqda.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-8 may kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli 🔹Toshkent viloyati Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining (Chotqol tizmasi togʻlari) togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, qor koʻchish xavfi e’lon qilinаdi. 💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
#Sessiya 📍 Bugun Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VI-chaqiriq 93-sessiyasi bo'lib o'tdi. 🟢 Tuman Kengashi deputatlari va tumandagi barcha korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq 🔸 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Mahallalardagi muammolarni hal erishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining Bo’ka tumanidagi ijrosini ta’minlash; 🔸Bo’ka tumani prokurorining tuman hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar; 🔸Bo’ka tumani Ichki ishlar bo’limi tomonidan 2023-yilning 12 oyi va 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar; 🔸 Tumanda yoshlar bilan mahallabay ishlash bo’yicha joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda may oyiga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi hamda tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi. 🔺 Shuningdek, joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev boshchiligida Bo’ka tumanida qishloq xo’jaligi masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilish bayonnomasida belgilangan topshiriqlarga asosan kun tartibiga masala kiritildi. Bunda, 🔹 2023-yilda belgilangan rejani bajarmagan fermer xo’jaliklarining ishlarini sudga oshirish, davlat resursi qarzdorliklarini so’ndirish; 🔹 barcha sholichilik, sabzavotchilik, chorvachilik, baliqchilik va bog’dorchilik xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini so’ndirmagan hamda belgilangan (yer maydoniga nisbatan) ish o’rinlarini tashkil qilish ishlarini 1 hafta muddatda bajarmagan taqdirda navbatdagi Kengash yig’ilishida yer ijara shartnomasini bekor qilishgacha bo’lgan qat’iy choralar ko’rilishi yuzasidan qaror qabul qilindi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#Ajdodlar_jasorati_mangu_barhayot Faxriy ichki ishlar xodimlari ishtirokida sayohat tashkil qilindi. 🔸 Tuman “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi raisi A.Akmalov boshchiligida tuman Ichki ishlar bo‘limida faoliyat olib borgan faxriy nuroniylar ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ajdodlar jasorati-mangu barhayot”  mavzusida sayohat tashkil qilindi.  🇺🇿 Ichki ishlar tizimida faoliyat olib borib, hozirgi kunda faxriylik gashtini surayotgan nuroniylar bilan Toshkent shahrida joylashgan G‘alaba bog‘i va xotira maydoniga sayohat uyushtirildi. 🔺 Sayohatdan ko‘zlangan maqsad yurtimiz uchun o‘z jonlarini fido qilgan vatandoshlarimiz ota-bobolarimizni ruhlarini shod etish va ular xotirasiga hurmat bajo keltirishdan iborat. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
#Shtab_faoliyati Tuman IIB binosida aholi murojaatlarini qabul qiluvchi profilaktik shtab tashkil etildi. 🔹O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 204-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’ka tumani sektorlariga biriktirilgan mas’ullar tomonidan aholi orasida tushuntirish va targ’ibot ishlari, shuningdek murojaatlarni qabul qilish bo’yicha maxsus shtab faoliyati tashkil etildi. Shtab raqami: 📞 +998705735383 📞 +998705735472 📞 +998705735372 📞 +998705735104 ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#DXX_kubogi #Bo'ka_tumani #d_guruhi 🏆 Futbol bo'yicha DXX kubogi baxslari Bo'ka tumani bosqichi 🔤-guruhida jamoalarning guruhdagi yakuniy ko'rsatkichlari 🔤-guruhidan "Qoraqo'yli" va "Yangixayot" jamoalari keyingi bosqichga yo'l olishdi. ✅ @buka_news https://t.me/joinchat/AAAAAFRQm7aN5zQlvNPSIA 🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#DXX_kubogi #Bo'ka_tumani #c_guruhi 🏆 Futbol bo'yicha DXX kubogi baxslari Bo'ka tumani bosqichi 🔤-guruhida jamoalarning guruhdagi yakuniy ko'rsatkichlari 🔤-guruhidan "O'rtatepa" va "Jo'raobod" jamoalari keyingi bosqichga yo'l olishdi. ✅ @buka_news https://t.me/joinchat/AAAAAFRQm7aN5zQlvNPSIA 🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
Показать все...