cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

PAYARIQ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI

Рекламные посты
387
Подписчики
-124 часа
-37 дней
-630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

01:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Tanlov 🎤O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida 📃"Vatanim-bu muqaddas maskan" deb nomlangan she'rlar, kichik hikoyalar tanlovini e’lon qiladi. 📃Tanlovda qatnashish shartlari oddiy bo'lib, vatanimizni madh etuvchi shoirlarning yoki o'z qalamingizga tegishli she'rni yoddan o'qib video yoki audio shaklda yuborishingiz yoki o'z ijodingiz mahsuli bo'lgan vatan haqida kichik hikoyani quyidagi telegram @library_sam akkauntiga o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bilan yuborishingiz kerak! 📌Tanlov joriy yilning 10-iyuldan 20-avgustga qadar davom etadi. 📜Yuborilgan materilllar kutubxonaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e'lon qilinib, hakamlar hayati hamda kanal obunachilar tomonidan eng ko'p ovoz to'plagan video, audio hamda hikoya egasi kutubxonaning maxsus sovg'asi bilan taqdirlanadi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Показать все...
dlya tg.mp481.72 MB
00:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
#faxr 🔹Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Anorov Bahodir Qobiljon o'g'li «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. 🔸Ustozni mukofot bilan tabriklaymiz! 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Показать все...
14.35 MB
Repost from Rustam Karimjonov
Фото недоступноПоказать в Telegram
Бугунги кунда IT соҳасида ўзини ўзи банд қилган ёшлар – фрилансерлар 50 мингдан ошди. Бундай ёшларимиз йилига эллик, юз, ҳатто икки юз минг долларгача экспорт қилмоқда. Лекин, бизда уларни бошини қовуштирадиган, муаммоларини эшитиб, ҳуқуқларини ҳимоя қиладиган тизим йўқлиги кўрсатиб ўтилди. Қўшилган қиймат яратиб, уни экспорт қилаётган минглаб ёшлар учун ҳам катта имкониятлар яратилади:
- IT соҳасида ўзини ўзи банд қилган ёшларга IT парк резиденти мақоми берилади; - улар уч йил муддатга барча солиқлардан озод қилинади; - IT парк томонидан IT компаниялардаги каби тиббиёт, спорт ва офисдан фойдаланиши учун уларга “ижтимоий карта” берилади; - ёшларни ушбу соҳага жалб қилиш бўйича алоҳида дастур амалга оширилади.
Показать все...
Давлат мактабгача таълим ташкилотларида фаолият юритаётган юқори малакали методист ва тарбиячиларини аниқлаш ҳамда рағбатлантириш, илғор тажрибаларни кенг оммалаштириш, педагогик фаолиятнинг нуфузини янада ошириш, касбий фаолиятида ижодкорлик ва соғлом рақобат муҳитини яратиш мақсадида 2024-йил 28-июн куни Пайариқ туманидаги 20-сон ДМТТ да "Йилнинг энг яхши тарбиячиси-2024" касбий кўрик-танловининг туман босқичи бўлиб ўтди. Туман босқичида 1-ўринни эгаллаган 41-сон ДМТТ тарбиячиси Мардонова Дилшода "Янги Ўзбекистонда янги авлод болаларини маънавий камолотга етакловчи энг яхши тарбиячи", 24-ДМТТ тарбиячиси Нормаматова Гулмира "Энг яхши ижодкор-ихтирочи тарбиячи", 45-ДМТТ тарбиячиси Эшниёзова Хумора " Инновация ва ахборот технологиялари қўллайдиган энг яхши тарбиячи" , 41-ДМТТ тарбиячиси Қурбонова Динаралар " Энг яхши эко-тарғиботчи тарбиячи" номинациялари бўйича ғолиб бўлиб вилоят босқичига қатнашиш хуқуқини қўлга киритишдилар. Каналга қўшилинг: 👇 ✅ t.me/payariq_tuman_xtb
Показать все...
Repost from Digital.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔵 Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz? 🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi. ⏺ Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi. 💬 IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/share/p/5m1sWr91dqDSM3re/ Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin. 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Показать все...
Пайариқ тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли умумтаълим мактаб ва давлат мактабгача таълим ташкилотлари директорларига, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг коррупцияга қарши курашиш бўйича мутахассиси О.Ғаниев, Мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг Инсон ресурсларини бошқариш ва ривожлантириш бўлими бошлиғи С.Мирзаев ва Соғлом овқатлантиришни ташкил этиш ва тиббий хизмат кўрсатишни мувофиқлаштириш шўъбаси мудири С.Номировлар иштирокида "Коррупцияга қарши курашиш, буюджет маблағларидан мақсадли ва самарали фойдаланиш, мактабгача ва мактаб таълми соҳасида давлат хизматларини кўрсатиш, "Педагогнинг мақоми тўғрисида"ги Қонуннинг мазмун-моҳияти ва уни ҳаётга татбиқ қилиш масалалари" мавзусида йиғилиш ўтказилди.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Payariq kuchlilar qatorida Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi 10-11- sinf o'quvchilari o'rtasida "Viloyat hokimi olimpiadasi" da Payariq tumani o‘quvchilari munosib ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. ✅ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan, 6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Bayzoqov Baxtiyor 🥇1-o‘rin. ✅ Rus tili va adabiyoti fanidan,  6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Vaydullayeva Rayxona🥇1-o‘rin. ✅ Kimyo fanidan, 14-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abduraimov Oloviddin🥇1-o‘rin. ✅ Geografiya fanidan, 83-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Kenjayev Javoxir 🥇1-o‘rin. ✅ Nemis tili fanidan, 9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi O‘rolova Farangiz 🥈2-o‘rin. ✅ Rus tili va adabiyoti fanidan,  6-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Isobekova Femida 🥉3-o‘rin. ✅ Tarix fanidan, 94-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shonazarova Sabina 🥉3-o‘rinlarni qo‘lga kiritib DIPLOM va qimmat baho sovg‘alar bilan qaytishdilar. Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 t.me/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI 🌍 sampayarik.uz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
74-umumtaʼlim maktabi Rasm va chizmachilik fani oʻqituvchisi Burxonova Sanobar Abdunabiyevnaning  "Amaliy bezak sanʼati" nomli uslubiy qoʻllanmasi nashrdan chiqdi.       S.Burxonova fidoiy, bilimli, ijodkor  va intiluvchan oʻqituvchi. Oʻquvchilari tuman va viloyatda oʻtkazilgan tanlovlarda oʻz yoʻnalishi boʻyicha  sovrinli oʻrinlarini olib kelmoqda.  Bir necha shogirdlari nufuzli Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda.     S. Burxonovadan bundanda yaxshi natijalarni kutib qolamiz va ijodiy, kasbiy faoliyatiga omad tilaymiz!
Показать все...
#Bugun 🔹Samarqand shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida 10-11- sinf o'quvchilari o'rtasida " Viloyat hokimi fan olimpiadasi" da Payariq tumani o‘quvchilari ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. ✅ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan, 6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Bayzoqov Baxtiyor 1-o‘rin. ✅ Rus tili va adabiyoti fanidan,  6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Vaydullayeva Rayxona 1-o‘rin. ✅ Rus tili va adabiyoti fanidan,  6-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Isobekova Femida 3-o‘rin. ✅ Nemis tili fanidan, 9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi O‘rolova Farangiz 2-o‘rin. ✅ Kimyo fanidan, 14-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abduraimov Oloviddin 1-o‘rin. ✅ Tarix fanidan, 94-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shonazarova Sabina 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritib DIPLOM va qimmat baho sovg‘alar bilan qaytishdilar. Kanalga qo‘shiling: 👇 ✅t.me/payariq_tuman_xtb
Показать все...
Ta'limga e'tibor - kelajakga e'tibor Ma'lumki tumanimizda kun sayin maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni ortib bormoqda. Xususan, bog'chalar uchun yangi va zamonaviy binolar qurilyapti, ta'mirtalab bo'lib qolganlari ta'mirlanayapti. Xullas, sohada ko'z ko'rib, quloq eshitmagan o'zgarishlar bo'lmoqda. Bugun tuman hokimi o'rinbosari Komil Hamidov qurilish ishlari bilan tanishgan Mirzo Ulug'bek mahallasi hududidagi 27-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti ham ana shunday maskanlardan biri. Ushbu tashkilotni qurish va ishga tushirish orqali yana yuzlab bolajonlar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi. Tuman hokimi o'rinbosari muassasaning qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida, mas'ullarga ishlarni tez va sifatli bajarish bo'yicha topshiriqlar berdi. Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 t.me/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI 🌍 sampayarik.uz
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.