RoboContest.UZ
Открыть в Telegram
RoboContest.uz saytining rasmiy telegram kanali. Guruh: @Robocontest_chat Olimpiadalar va masalalar bo’ycha murojaat: @devasadbek, @rshohruh Tizim va hamkorlik bo’yicha murojaat: @adizbek
Больше4 156
Подписчики
+324 часа
+27 дней
-12130 дней
Архив постов
4 154
+2
Dasturlash asoslari bo'yicha dars rejasi
https://robocontest.uz/study-plans/dasturlash-asoslari
Saytda Otabek Aralov Abduxamitovich tomonidan tayyorlangan masalalar to'plami Dars rejasi ko'rinishida tayyorlandi.
Gym contestlar birozdan keyin yakunlanadi.
@robocontest
4 154
Arxivdagi masalalarni yechish paytida sizga endi 🤖 RoboAI maslahat beradi. Sinab ko'ring.
Barcha uchun kuniga 5 ta so'rov bepul.
4 154
E-mail xizmatimiz sozlandi.
E-pochta yuborish bilan bog’liq muammo to’g’rilandi.
Agar xabar asosiy xabarlar ro’yxatida bo’lmasa, SPAM dan qidirib ko’ring va SPAM emas deb belinglang
@robocontest
4 154
Repost from Zarif Qodirov
Umumiy sovrin jamg‘armasi 64 000 000 so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi e’lon qilindi!
Sizda muhandislik g‘oyasi, innovatsion ishlanma yoki kelajak texnologiyalariga oid tayyor loyiha bormi? Unday bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun!
«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy forum doirasida eng iqtidorli va izlanuvchan yoshlar hamda muhandislar o‘rtasida amaliy loyihalar tanlovi start oldi.
🎯 Tanlov yo‘nalishlari:
Dron va FPV texnologiyalari
Antidron texnologiyalari
Radioelektron boshqaruv, aloqa va telemetriya
Avtonom navigatsiya, Sun’iy intellekt va Computer Vision
Payload (foydali yuk) texnologiyalari
Aviamodel, aeromodellashtirish va Aerodinamika
Kosmik va raketa texnologiyalari
Elektr dvigatel va energetika
Agro va sanoat dronlari
Aerospace Robotics
Boshqa innovatsion yo‘nalishlar
🏆 G‘oliblarni munosib mukofotlar kutmoqda:
🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🏅 4–10-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan
🗓 Muhim sanalar:
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni: 1-oktabr (shu kuni ham qabul qilinadi).
📋 Top-10 loyihalar e’loni: 4-oktabr (Final bosqichiga yo‘llanma).
🎤 Final : 9-oktabr.
Ishtirokchilar yosh chegarasi : 20-30 yosh.
🔥 Ikkilanmang! O‘z iqtidoringizni namoyon eting va texnologik inqilobning bir qismiga aylaning.
🔗 Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: hackathon.uz
Telegram guruhga a'zo bo'ling
4 154
Repost from Zarif Qodirov
Umumiy sovrin jamg‘armasi 84 000 000 so‘m bo‘lgan sport dasturlash musobaqasi e’lon qilindi!
«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida ilmiy-amaliy forum doirasida dasturlash musobaqasi tashkil etiladi.
🏆 Sovrinlar
🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🏅 4–20-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan
📅 Musobaqa bosqichlari
🔹 Saralash bosqichi — Online
3-oktabr kuni RoboContest.uz platformasida online formatda o‘tkaziladi.
Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 nafar ishtirokchi final bosqichida ishtirok etish uchun taklif etiladi.
🔹 Final bosqichi — Offline
10-oktabr kuni Toshkent shahridagi INHA Universityda offline formatda o‘tkaziladi.
Final bosqichiga saralash natijalariga ko‘ra TOP-20 ishtirokchi taklif etiladi.
⚠️ Final bosqichida ishtirok etish uchun ishtirokchi 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan offline finalda shaxsan qatnasha olishi kerak.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi ikki bosqichni bajarish shart:
1. Ushbu RoboContest contestiga ro‘yxatdan o‘tish.
2. Tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan Google Formani to‘ldirish:
🔗 https://forms.gle/HWgtEADqCtYjhrgx8
💻 Musobaqa formati
ACM ICPC formatida;
Yakka ishtirokchi;
Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish taqiqlanadi;
Tashqi internet resurslaridan foydalanish taqiqlanadi.
Telegram guruhga qo'shiling.
4 154
Masaladagi xatoni ko'rdingizmi, endi bitta tugma bilan masala muallifiga xabar berish mumkin.
4 154
Masalalar tahlili, editorial
boshlanishiga 3 soat qoldi
📚 Jonli dars
Bugun 20:00 da back to school contest masalalarini tahlil qilamiz. Editorialdan so'ng top o'rinlar va sovrinlar e'lon qilinadi.
⚡️ Jonli tahlilda qatnashgan maktab o‘quvchilari orasidan tasodifiy tanlangan 3 nafar ishtirokchiga Ichki Klub uchun 1 oylik a’zolik sovg‘a qilinadi.
(A, B va C masalalar tahlilidan keyin tasodifiy ravishda tanlanadi)
Ichki Klub haqida batafsil
Boshlanish vaqti - 8-sentabr 20:00
Qo'shilish linki: https://t.me/algoritm_akademiyasi?livestream
4 154
Back to School Contest boshlanishiga 1.30 soat qoldi
Bugun, 6-sentabr kuni soat 19:35 da contest boshlanadi.
🔗 Contestga kirish:
https://robocontest.uz/contests/3997
🏆 Maktab o‘quvchilari uchun sovrinlar
🥇 Top 3 — Algorithms II bosqichiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ishtirokchilarga:
• 1-oy uchun to‘liq grant
• keyingi oylar uchun 30% chegirma
🎁 4–10-o‘rinlar — 1-oy uchun 30% chegirma.
Algorithms II grantlari haqida batafsil
📚 Jonli editorial
Contest masalalarining yechimlari 8-sentabr kuni soat 20:00 da Algoritm Akademiyasi kanalida jonli tahlil qilinadi.
⚡️ Jonli tahlilda qatnashgan maktab o‘quvchilari orasidan tasodifiy tanlangan 3 nafar ishtirokchiga Ichki Klub uchun 1 oylik a’zolik sovg‘a qilinadi.
Ichki Klub haqida batafsil
⚠️ Cheating nazorati haqida
Barcha sovrinli natijalar cheating bo‘yicha tekshiriladi.
Agar natija shubhali deb topilsa, ishtirokchi yechimlarni mustaqil yozganini tasdiqlash uchun contest jarayonining to‘liq videoyozuvini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Videoda ham hech qanday shubhali holat bo‘lmasligi lozim.
Bu faqat sovg‘alar uchun emas — RoboContest reytingiga ta’sir qiluvchi natijalar ham shu tartibda tekshiriladi.
Boshlanish vaqti — 19:35.
4 154
🤖 ROBOCONTEST’da yangi algoritmik qo‘llanmalar
ROBOCONTEST platformasida foydalanuvchilar uchun algoritmlar va Competitive Programming bo‘yicha o‘quv materiallarini yanada qulay taqdim etish maqsadida cp.uz jamoasi tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi maqolalarni platformaga integratsiya qilishni boshladik.
robocontest.uz/algo
Maqolalar asl manbasi cp.uz ga havola bilan taqdim etiladi. Shu orqali foydalanuvchilar maqolalardan ROBOCONTEST ichida foydalanish bilan birga, original manbaga ham murojaat qilishlari mumkin.
Ushbu imkoniyatdan foydalanishga ruxsat bergani va o‘zbek tilidagi Competitive Programming kontentini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun cp.uz jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Biz uchun o‘zbek tilida sifatli algoritmik ta’lim resurslarini ko‘paytirish va ularni bir joyda jamlash muhim.
https://t.me/cp_uz/242
@robocontest
4 154
Back to school contest
© Algoritm Akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan contest.
📆 Ushbu musobaqa 6-sentabr kuni 19:35 da boshlanadi.
🏆 Contestda maktab o'quvchilari orasidan Algorithms II darajasi uchun qo'shilmoqchi bo'lgan top 3 ishtirokchilarga 1-oy uchun to'liq grant va keyingi oylar uchun 30% chegirma taklif qilinadi. (Batafsil ma'lumot)
Contestda maktab o'quvchilari orasidan Algorithms II darajasi uchun qo'shilmoqchi bo'lgan 4-10-o'rindagi ishtirokchilarga 1-oy uchun 30% chegirma taklif qilinadi.
📚Bu musobaqaning editoriali(yechimlar tahlili) jonli tarzda 8-sentabr kuni 20:00 da https://t.me/algoritm_akademiyasi kanalida bo'lib o'tadi.Jonli darsda qatnashayotgan maktab o'quvchilari ichidan 3 ta tasodifiy(random) ishtirokchiga Algoritm Akademiyasiga Ichki Klubi uchun 1 oylik a'zolik sovg'aga beriladi. (Batafsil ma'lumot) Contest linki: https://robocontest.uz/contests/3997
4 154
Repost from N/a
NeuronAI (@neuronaiuz) × Robocontest (@robocontest)
NeuronAI Robocontest bilan hamkorlik doirasida platformaga $10,000 miqdorida API tokenlari va AI compute resurslari taqdim etdi.
Bu resurslar orqali Robocontest:
- Platformada AI imkoniyatlarini kengaytiradi
- AI yordamida anti cheat ishlab chiqish
- Masalalarni ko'plab tillarga tajima qilish
- AI yordamida kontent moderatsiyasini joriy qilish imkonini beradi
Birgalikda O‘zbekistonning AI va dasturlash ekotizimini rivojlantiramiz.
https://nai.uz
@neuronaiuz
4 154
Binary searchni o'rganing
Agar python yoki C++ dasturlash tilini bilsangiz va informatika olimpiadasiga jiddiy tayyorlanmoqchi bo'lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyat.
Bu videoda Binary Search algoritmini o'rganishingiz mumkin.
Binary search algoritmi olimpiadalarda eng ko'p ishlatiladigan algoritmlardan biri.
To'liq videoni ushbu havola orqali olishingiz mumkin: @informatika_dars_bot
