ar
Feedback
RoboContest.UZ

RoboContest.UZ

الذهاب إلى القناة على Telegram

RoboContest.uz saytining rasmiy telegram kanali. Guruh: @Robocontest_chat Olimpiadalar va masalalar bo’ycha murojaat: @devasadbek, @rshohruh Tizim va hamkorlik bo’yicha murojaat: @adizbek

إظهار المزيد
4 156
المشتركون
+324 ساعات
+27 أيام
-12130 أيام
أرشيف المشاركات
Dasturlash asoslari bo'yicha dars rejasi https://robocontest.uz/study-plans/dasturlash-asoslari Saytda Otabek Aralov Abduxami
+2
Dasturlash asoslari bo'yicha dars rejasi https://robocontest.uz/study-plans/dasturlash-asoslari Saytda Otabek Aralov Abduxamitovich tomonidan tayyorlangan masalalar to'plami Dars rejasi ko'rinishida tayyorlandi. Gym contestlar birozdan keyin yakunlanadi. @robocontest

Arxivdagi masalalarni yechish paytida sizga endi 🤖 RoboAI maslahat beradi. Sinab ko'ring. Barcha uchun kuniga 5 ta so'rov be
Arxivdagi masalalarni yechish paytida sizga endi 🤖 RoboAI maslahat beradi. Sinab ko'ring. Barcha uchun kuniga 5 ta so'rov bepul.

E-mail xizmatimiz sozlandi. E-pochta yuborish bilan bog’liq muammo to’g’rilandi. Agar xabar asosiy xabarlar ro’yxatida bo’lmasa, SPAM dan qidirib ko’ring va SPAM emas deb belinglang @robocontest

Repost from Zarif Qodirov
Umumiy sovrin jamg‘armasi 64 000 000 so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi e’lon qilindi! Sizda muhandislik g‘oyasi, innovatsion ish
Umumiy sovrin jamg‘armasi 64 000 000 so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi e’lon qilindi! Sizda muhandislik g‘oyasi, innovatsion ishlanma yoki kelajak texnologiyalariga oid tayyor loyiha bormi? Unday bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun! «Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy forum doirasida eng iqtidorli va izlanuvchan yoshlar hamda muhandislar o‘rtasida amaliy loyihalar tanlovi start oldi. 🎯 Tanlov yo‘nalishlari: Dron va FPV texnologiyalari Antidron texnologiyalari Radioelektron boshqaruv, aloqa va telemetriya Avtonom navigatsiya, Sun’iy intellekt va Computer Vision Payload (foydali yuk) texnologiyalari Aviamodel, aeromodellashtirish va Aerodinamika Kosmik va raketa texnologiyalari Elektr dvigatel va energetika Agro va sanoat dronlari Aerospace Robotics Boshqa innovatsion yo‘nalishlar 🏆 G‘oliblarni munosib mukofotlar kutmoqda: 🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m 🏅 4–10-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan 🗓 Muhim sanalar: ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni: 1-oktabr (shu kuni ham qabul qilinadi). 📋 Top-10 loyihalar e’loni: 4-oktabr (Final bosqichiga yo‘llanma). 🎤 Final : 9-oktabr. Ishtirokchilar yosh chegarasi : 20-30 yosh. 🔥 Ikkilanmang! O‘z iqtidoringizni namoyon eting va texnologik inqilobning bir qismiga aylaning. 🔗 Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: hackathon.uz Telegram guruhga a'zo bo'ling

Repost from Zarif Qodirov
Umumiy sovrin jamg‘armasi 84 000 000 so‘m bo‘lgan sport dasturlash musobaqasi e’lon qilindi! «Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida ilmiy-amaliy forum doirasida dasturlash musobaqasi tashkil etiladi. 🏆 Sovrinlar 🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m 🏅 4–20-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan 📅 Musobaqa bosqichlari 🔹 Saralash bosqichi — Online 3-oktabr kuni RoboContest.uz platformasida online formatda o‘tkaziladi. Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 nafar ishtirokchi final bosqichida ishtirok etish uchun taklif etiladi. 🔹 Final bosqichi — Offline 10-oktabr kuni Toshkent shahridagi INHA Universityda offline formatda o‘tkaziladi. Final bosqichiga saralash natijalariga ko‘ra TOP-20 ishtirokchi taklif etiladi. ⚠️ Final bosqichida ishtirok etish uchun ishtirokchi 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan offline finalda shaxsan qatnasha olishi kerak. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi ikki bosqichni bajarish shart: 1. Ushbu RoboContest contestiga ro‘yxatdan o‘tish. 2. Tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan Google Formani to‘ldirish: 🔗 https://forms.gle/HWgtEADqCtYjhrgx8 💻 Musobaqa formati ACM ICPC formatida; Yakka ishtirokchi; Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish taqiqlanadi; Tashqi internet resurslaridan foydalanish taqiqlanadi. Telegram guruhga qo'shiling.

Masaladagi xatoni ko'rdingizmi, endi bitta tugma bilan masala muallifiga xabar berish mumkin.
Masaladagi xatoni ko'rdingizmi, endi bitta tugma bilan masala muallifiga xabar berish mumkin.

Masalalar tahlili, editorial boshlanishiga 3 soat qoldi 📚 Jonli dars Bugun 20:00 da back to school contest masalalarini tahl
Masalalar tahlili, editorial boshlanishiga 3 soat qoldi 📚 Jonli dars Bugun 20:00 da back to school contest masalalarini tahlil qilamiz. Editorialdan so'ng top o'rinlar va sovrinlar e'lon qilinadi. ⚡️ Jonli tahlilda qatnashgan maktab o‘quvchilari orasidan tasodifiy tanlangan 3 nafar ishtirokchiga Ichki Klub uchun 1 oylik a’zolik sovg‘a qilinadi. (A, B va C masalalar tahlilidan keyin tasodifiy ravishda tanlanadi) Ichki Klub haqida batafsil Boshlanish vaqti - 8-sentabr 20:00 Qo'shilish linki: https://t.me/algoritm_akademiyasi?livestream

Back to School Contest boshlanishiga 1.30 soat qoldi Bugun, 6-sentabr kuni soat 19:35 da contest boshlanadi. 🔗 Contestga kir
Back to School Contest boshlanishiga 1.30 soat qoldi Bugun, 6-sentabr kuni soat 19:35 da contest boshlanadi. 🔗 Contestga kirish: https://robocontest.uz/contests/3997 🏆 Maktab o‘quvchilari uchun sovrinlar 🥇 Top 3 — Algorithms II bosqichiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ishtirokchilarga: • 1-oy uchun to‘liq grant • keyingi oylar uchun 30% chegirma 🎁 4–10-o‘rinlar — 1-oy uchun 30% chegirma. Algorithms II grantlari haqida batafsil 📚 Jonli editorial Contest masalalarining yechimlari 8-sentabr kuni soat 20:00 da Algoritm Akademiyasi kanalida jonli tahlil qilinadi. ⚡️ Jonli tahlilda qatnashgan maktab o‘quvchilari orasidan tasodifiy tanlangan 3 nafar ishtirokchiga Ichki Klub uchun 1 oylik a’zolik sovg‘a qilinadi. Ichki Klub haqida batafsil ⚠️ Cheating nazorati haqida Barcha sovrinli natijalar cheating bo‘yicha tekshiriladi. Agar natija shubhali deb topilsa, ishtirokchi yechimlarni mustaqil yozganini tasdiqlash uchun contest jarayonining to‘liq videoyozuvini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Videoda ham hech qanday shubhali holat bo‘lmasligi lozim. Bu faqat sovg‘alar uchun emas — RoboContest reytingiga ta’sir qiluvchi natijalar ham shu tartibda tekshiriladi. Boshlanish vaqti — 19:35.

🤖 ROBOCONTEST’da yangi algoritmik qo‘llanmalar ROBOCONTEST platformasida foydalanuvchilar uchun algoritmlar va Competitive Programming bo‘yicha o‘quv materiallarini yanada qulay taqdim etish maqsadida cp.uz jamoasi tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi maqolalarni platformaga integratsiya qilishni boshladik. robocontest.uz/algo Maqolalar asl manbasi cp.uz ga havola bilan taqdim etiladi. Shu orqali foydalanuvchilar maqolalardan ROBOCONTEST ichida foydalanish bilan birga, original manbaga ham murojaat qilishlari mumkin. Ushbu imkoniyatdan foydalanishga ruxsat bergani va o‘zbek tilidagi Competitive Programming kontentini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun cp.uz jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz. Biz uchun o‘zbek tilida sifatli algoritmik ta’lim resurslarini ko‘paytirish va ularni bir joyda jamlash muhim. https://t.me/cp_uz/242 @robocontest

Back to school contest © Algoritm Akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan contest. 📆 Ushbu musobaqa 6-sentabr kuni 19:35 d
Back to school contest © Algoritm Akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan contest. 📆 Ushbu musobaqa 6-sentabr kuni 19:35 da boshlanadi. 🏆 Contestda maktab o'quvchilari orasidan Algorithms II darajasi uchun qo'shilmoqchi bo'lgan top 3 ishtirokchilarga 1-oy uchun to'liq grant va keyingi oylar uchun 30% chegirma taklif qilinadi. (Batafsil ma'lumot) Contestda maktab o'quvchilari orasidan Algorithms II darajasi uchun qo'shilmoqchi bo'lgan 4-10-o'rindagi ishtirokchilarga 1-oy uchun 30% chegirma taklif qilinadi.
📚Bu musobaqaning editoriali(yechimlar tahlili) jonli tarzda 8-sentabr kuni 20:00 da https://t.me/algoritm_akademiyasi kanalida bo'lib o'tadi.
Jonli darsda qatnashayotgan maktab o'quvchilari ichidan 3 ta tasodifiy(random) ishtirokchiga Algoritm Akademiyasiga Ichki Klubi uchun 1 oylik a'zolik sovg'aga beriladi. (Batafsil ma'lumot) Contest linki: https://robocontest.uz/contests/3997

Robocontest.mp32.62 MB

Repost from N/a
NeuronAI (@neuronaiuz) × Robocontest (@robocontest) NeuronAI Robocontest bilan hamkorlik doirasida platformaga $10,000 miqdor
NeuronAI (@neuronaiuz) × Robocontest (@robocontest) NeuronAI Robocontest bilan hamkorlik doirasida platformaga $10,000 miqdorida API tokenlari va AI compute resurslari taqdim etdi. Bu resurslar orqali Robocontest: - Platformada AI imkoniyatlarini kengaytiradi - AI yordamida anti cheat ishlab chiqish - Masalalarni ko'plab tillarga tajima qilish - AI yordamida kontent moderatsiyasini joriy qilish imkonini beradi Birgalikda O‘zbekistonning AI va dasturlash ekotizimini rivojlantiramiz. https://nai.uz @neuronaiuz

1️⃣ O’rgan 2️⃣ Kod yoz 3️⃣ Reytingda ko’taril 4️⃣ Yut 5️⃣ Sovringa ega bo’l

sticker.webp0.26 KB

sticker.webp0.24 KB

sticker.webp0.24 KB

sticker.webp0.30 KB

sticker.webp0.27 KB

Binary searchni o'rganing Agar python yoki C++ dasturlash tilini bilsangiz va informatika olimpiadasiga jiddiy tayyorlanmoqch
Binary searchni o'rganing Agar python yoki C++ dasturlash tilini bilsangiz va informatika olimpiadasiga jiddiy tayyorlanmoqchi bo'lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyat. Bu videoda Binary Search algoritmini o'rganishingiz mumkin. Binary search algoritmi olimpiadalarda eng ko'p ishlatiladigan algoritmlardan biri. To'liq videoni ushbu havola orqali olishingiz mumkin: @informatika_dars_bot