cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Hasanov kundaligi 📘

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉https://taplink.cc/hasanov_farrux

Больше
Рекламные посты
1 056
Подписчики
-224 часа
-87 дней
+330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar. Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar. Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
Показать все...
🔥 23
Repost from Marketing Club
00:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Kreativ reklama o'gitlari" haqida gaplashamiz. Sintez reklama agentligi kreativ direktori Farrux Sharif kreativ g'oyalar qanday yaratilishi va ularni biznesga qanday tadbiq qilish mavzusida real keyslar asosida Master class o'tib beradilar. Manzil: IT park binosi. Sana: 25-may, 14:00 Qatnashish narxi: 109.000 so’m. 👉 Ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/bmeiWZsnZ1SRYKd97 @marketingclub_event
Показать все...
👍 6
Yaratuvchanlik bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir. ©️Albert Eynshteyn 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
🔥 7👍 3
ISHONMA! Ba'zilar seni faqirlik ayb emasligiga, Alloh taolo faqirlarni ko‘proq yaxshi ko‘rishiga, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning faqir bo‘lganliklariga, qanoat tugamaydigan xazina ekaniga, zohidlik fazilat ekanligiga, ta'ma razolat ekaniga, faqirning sarmoyasi halollik ekaniga, boylarning qonso‘rar mahluq va afyun ekaniga ishontirmoqchi bo‘lishadi. Natijada sen faqirligingga qanoat qilib qolasan, ehtiyojmandligingdan lazzatlanadigan bo‘lib qolasan, zaif va chorasizligingga rozi bo‘lib qolasan. Ular senga Usmon roziyollohu anhu va “mashaqqat qo‘shini” haqida, Talha roziyollohu anhu va uning sahiyligi haqida, Zubayr roziyollohu anhu va uning yerlari haqida, Abdurahmon ibn Avf roziyollohu anhu va uning tijorati haqida, Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyollohu anhu va uning sadaqalari haqida aytishmaydi. Ular senga Nabiy sollallohu alayhi va sallamning kufr va faqirlikdan Allohdan panoh so‘raganlari, yuqoridagi qo‘l pastdagi qo‘ldan afzalligi, kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan afzal ekani haqida aytishmaydi. Ular senga faqirlik, muhtojlik va zaiflikning zarari yo‘qligi haqida gapirishadi. Chunki ana shunda sen ulardan bir kunlik taomingdan ortig‘ini so‘ramaysan, zulm haqida so‘raydigan darajaga ko‘tarila olmaysan, yarangdan va zaifligindan so‘ramaysan. Muhammad G‘azzoliy 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
👍 14🔥 3
Hammasi juda oddiy. Odamlar nimanidir imkonsiz deb hisoblaydilar. Lekin bir dovyurak odam chiqadi-da, bunga ko‘nmaydi... ©️Albert Eynshteyn 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
🔥 7👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Uch narsa haqida kam gapir: Zihobing, zahabing va mazhabing. ©Jaloliddin Rumiy Zihob - ketish, zahab - tilla, mazhab - tutgan yo‘l, prinsip. 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
🔥 5
Baxt va sog‘lik o‘xshash tushunchalar. Ikkisini ham borligida payqamaysiz! #arxivdan 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
👍 6🔥 5
Yaxshilik qilganlarning hammasi ham savobga yetavermaydi... Qiynalgan vaqtida yaxshi niyat qilib, yordam bergandim. Ishim tushganida esa, hatto sms'imni o‘qib, javob bermadi. Ex, qilgan yaxshiligimni bilmadi... Yordam kerak bo‘lganda har-har zamonda yo‘qlab turardi. "Eng yaqin do‘stimsan", derdi. Ishlari bitgach, xabarlarimga erinibgina javob beradigan, hatto o‘qimaydigan bo‘lib qoldi. Ichim yondi, yordam berganim, unga sarflaganlarim uchun pushaymon bo‘ldim... Muammo u insonlardami?! Yo‘q! Muammo men ularga yaxshilikni xolis qilmaganimda! Siz kimgadir "Alloh uchun", deb yaxshilik qilar ekansiz, bu amal rostdan ham Alloh uchunmi yoki yo'q, bundan, albatta, sinalasiz! Yordamim tegdi, yaxshi muomala qilishi kerak. Yordamim tegdi, hurmat qilishi kerak va yoki menga vaqt ajratishi kerak... Kimgadir "savob umidida" yaxshilik qilib, lekin undan nimadir kutish bu ta'magirlikdir. Alloh uchun yaxshilik qildingizmi, savobidan umidvor bo‘lsangiz, bergan yordamingizni unutish kerak ekan! Tildan chiqqan bir-ikki og‘iz so‘z o‘sha savobli amallarni xabata qilishi mumkin! 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
👍 14🔥 8👎 1🤯 1
Do'stlar, akalar, ustozlar ushbu xabarga diqqat qiling. Har birimiz hayotimizning turli vaqtlarida(ishga kirishda, ota-onamiz yoki do'stlarimiz bilan muloqotda, hamkasblarimizdan yordam so'rashda hattoki taksi gaplashayotganimizda) muzokaralar qilishimizga to'g'ri keladi. Ogohlantirib qo’yay! Hozir ikkalamizgayam foydali kelishuv taklif qilaman. Siz Muzokara sohasidagi bilimlaringizni sinab ko'rish orqali muzokara qoidalari jamlangan check-listlarni qo'lga kiritishingiz mumkin. Men esa ushbu sohada ommaning bilim darajasini aniqlab ular uchun foydali dastur ishlab chiqa olaman. Birlashish vaqti keldi !!! Quyidagi link orqali google formani to'ldirsangiz. Forma so'ngida qo'llanmalarni qo'lga kiritishingiz mumkin. Ikkimizga ham foydali ishni bajarishga tayyor bo'lsangiz QANI KETTIK !.. https://forms.gle/gLDerK3wyojvLpMq9
Показать все...
Biznesmen va Top menejerlar uchun so’rovnoma

ISTALGAN MUZOKARALARNI FOYDANGIZGA HAL QILISH, HODIMLAR O'RTASIDAGI BIRDAMLIKNI TA'MINLASH VA OG'IR MUZOKARALARDA YUTIB CHIQISH uchun ishlaydigan texnikalar haqida bepul check-listni qo'lga kiritish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldiring ! Darsni olish uchun so'rovnoma oxiridagi linkni ustiga bosing !

👍 4🔥 4
Yo‘qotish juda oson! Orada blogimga post yoza olmadim, unga e'tiborim susaydi. Kundalik yozish uchun ham deyarli vaqt ajratmay qo‘ydim. Endi esa matn yozishga biroz qiynalyapman. Tushunishingiz uchun aytaman: 2016-yildan buyon matn yozaman. Boshida shunchaki qiziqish edi, 2019-yildan uning orqasidan yaxshi pul ishlay boshladim. Hozir siz o‘qiyotgan ushbu matn blogimda tartib bo‘yicha 3382-post. Undan tashqari onlayn kurslar sotganimizda, SMM da ishlagan vaqtimda bir necha minglab matnlar yozganman. Endi mana shu 6 yilcha vaqt sarflab, erishgan ko‘nikmamni bir necha oyda boy berishim mumkinligini his qildim. O‘ylab qarasam, deyarli barcha narsada shunday ekan. Yillar davomida shakllangan jismoniy formangiz, vaqtlar mobaynida yig‘ilgan obro‘, ancha muddat, katta kuch, mehnat sarflab yig‘ilgan boylik qisqa muddatda yo‘qotilishi mumkin. Shakllantirish, yig‘ish, topish qiyin! Lekin yo‘qotish juda oson! 📌 telegram.me/hasanovblog
Показать все...
🔥 24👍 2😁 1🤔 1