cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

GALAKTIKA GOLDEN STAR o'quv markazi

Рекламные посты
389
Подписчики
+224 часа
Нет данных7 дней
-1030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

E‘LON! Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar! Xabaringiz bor, 14-iyuldan boshlab test sinovlariga start berildi. Shu sababli GALAKTIKA o‘quv markazida matematika fanidan darslar muddatdan biroz oldin to‘xtatildi. Chorshanba kuni B guruhga, bugun esa A guruhga oxirgi dars o‘tib berildi. Endi yangi o‘quv yiligacha o‘quvchilar uyda mustaqil shug‘ullanishadi. Matematikadan yangi o‘quv yili uchun darslar avgust oyining oxiridan boshlanadi. E‘tiboringiz uchun rahmat. Hurmat bilan N.Rafiqov
Показать все...
👍 6
AnimatedSticker.tgs0.55 KB
👍 8🔥 2
AnimatedSticker.tgs0.32 KB
👍 6🔥 5
Abituriyentlar diqqatiga! Ertaga, 12-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar va 14:00 dan 15:00 ga qadar abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | YouTube
Показать все...
02:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 📌 Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (o‘zbek tilida) Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
test sinovi_uzb+surdo~1.mp419.70 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/24239 Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/19940 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
👍 3
01:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
22.54 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Ertaga test o’tkaziladigan binoni ko’rib kelsangiz bo’ladi #abituriyent Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. Buning foyda tomoni, test kuni binoga qaysi yo’l bilan borish kerak, qaysi darvoza yoki eshikdan kirish kerak kabi savollarga javob olish mumkin. Test kuni shoshib, adashib, kechikib qolinmaydi. Eslatib o’tamiz, joriy yilda test sinovlari 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli binoda o’tkaziladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi #abituriyent Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan). ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️Абитуриентлар диққатига! Эртага, 11-июль куни соат 11:00 дан 13:00 га қадар ёки 14:00 дан 15:00 га қадар барча абитуриентлар рухсатномаларида кўрсатилган манзилдаги ўзлари тест синовида иштирок этадиган бинога келиб, тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин. 👉 @SHOPIRLAR канали
Показать все...
👍 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.