cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ТерАИРИ, А.Жўраев

Tермиз агротехнологиялар ва инновацион ривожланиш институти ректори, профессор Жўраев Абдуғаффор Сафаровичнинг расмий телеграм канали.

Больше
Рекламные посты
1 115
Подписчики
-124 часа
-117 дней
+18530 дней
Архив постов
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
💼 Tayinlov Urunov Bahodir Ibatovich – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. B. Urunov 1974-yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – kimyo. Mehnat faoliyati davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda Tabiat resurslari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Показать все...
“Surxondaryo” radiokanalining “Ochiq mikrafon” dasturida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professori Saydullaxon Boltayev mehmon bo'ldi...
Показать все...
OCHIQ MIKRAFON .mp318.19 MB
Repost from Edu.uz
02:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
#cybermonth Onlayn firibgarlardan ehtiyot bo‘ling! Ushbu videolavha orqali palstik kartangiz va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash bo‘yicha layfhaklar bilan tanishing! Hurmatli fuqarolar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling! #stop_feyk_kiberjinoyatlar 〰️〰️〰️ "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Muzrabot tumanida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Onlayn firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Показать все...
video_2024-07-08_10-05-22.mp420.66 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🥩 Қизил гўштни кўп истеъмол қилиш инсонни тезроқ қаритади — олимлар ❗️Кўп миқдорда қизил гўшт истеъмол қилиш биологик қаришни тезлаштириши мумкин. Германия ва Шотландия олимлари шундай хулосага келишди. 🌽 Тадқиқот шуни кўрсатдики, рациондаги ортиқча гўшт танадаги Н-триметиламин оксиди даражасини оширади. Ушбу модда қариш жараёнини бошлайди. Шунинг учун мутахассислар имкон қадар қизил гўштни дуккаклилар билан алмаштиришни маслаҳат беришди. 🔎 Илмий тадқиқотда олимлар нима учун одамлар ҳар хил даражаларда қариши мумкинлигини аниқлаш учун бир миллион одамнинг маълумотларини таҳлил қилишди. Натижаларга кўра, темирнинг ҳаддан ташқари юқори даражаси Паркинсон касаллиги, жигар касаллиги ва иммунитетнинг пасайиши каби ёшга боғлиқ касалликлар билан боғлиқ. 📌 Муаллифлар ўзларининг топилмалари «қонда темирнинг юқори даражаси бизнинг соғлом умримизни қисқартиришини қатъий кўрсатмоқда» деган хулосага келишди. Темир алмашинувини тартибга солувчи препаратни ишлаб чиқиш қаришнинг баъзи оқибатларини енгишга ёрдам беради.
Показать все...
Repost from Edu.uz
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
#vazir #suhbat Bugun, soat 12:00 da “Lolazor” podkastida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin. Unda qabul jarayonlari, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat grantining yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi kabi mavzularda suhbat qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
IMG_7543.MP44.77 MB
Repost from Edu.uz
02:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
21.95 MB
Repost from Edu.uz
#vazir #tizim_tashkiloti 5-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati va u yerda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Q. Sharipov institutning navbatdagi Ilmiy-metodik kengashida ishtirok etib, tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi pedagog-kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq hamda mintaqaviy markaz direktorlarining 2023/2024 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar taqdimotlari bilan tanishdi. Shuningdek, vazir institut va markazlar oldida turgan ustuvor vazifalar, jumladan, malaka oshirish yo‘nalishlarini optimallashtirish, xorijiy tajribalarni malaka oshirish tizimiga joriy etish hamda tizimni raqamlashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
РАСМИЙ МАЪЛУМОТ Интернет тармоқлари орқали Қирғизистон Республикасида Афғонистон Республикасида ишлаб чиқарилган "Анор" таъмли ичимлик таркибида захарли моддалар аниқланганлиги тўғрисида хабарлар тарқалди.  Ушбу маҳсулот Ўзбекистон Республикасига ҳам олиб кирилган. Ҳар бир партиялар тегишли лаборатория текширувларидан ўтказилиб келтирилган маҳсулот партиясига санитария-эпидемиологик хулосалар берилган. Келтирилган маҳсулотлар таркибида захарли ёки инсон саломатлигига зарар келтирувчи моддалар аниқланмаган.  Ҳозирда Афғонистон республикасида ишлаб чиқарилган "Анор" таъмли махсулотлардан қайта намуналар олиниб, назорат тартибида лаборатория текширувлари олиб борилмоқда. Бугунги кунга қадар аҳоли томонидан айнан ушбу маҳсулотнинг сифатсизлиги ва истеъмол қилиш оқибатида захарланганлиги тўғрисида мурожаат келиб тушмаган. Санэпидқўмита Ахборот хизмати Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Показать все...
🇺🇿🇧🇾Belarus Respublikasidan gapiramiz... Ayni kunlarda Belarus Respublikasida bo'lib turgan talabalarimiz bugun Belarus  qishloq xo'jaligi akademiyasi Agrobiznes, oziq ovqat sanoati va issiqxona yo'nalishida dars jarayonlarida ishtirok etishmoqda....
Показать все...
Repost from Edu.uz
01:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
#100savolga_100javob 22-savol: Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi? ➡️ Javob bilan matnli shaklda tanishing
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
SnapSave_App_2213612482333247_720p_1888.mp410.40 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#фаросат Телефонда сўзлашиш одоблари 📱Гапираётган одамнинг фикрини бўлманг. Гапини тугатишига имкон беринг. 📞 Гўшакни кўтариб, қўйиб қўйманг. ☑️  Этикет қоидалари бўйича, аввал телефон қилган одам суҳбатни тугатади. ⏳ Телефонда узоқ сўрашиш маъқул эмас. ❗️Қариндош, дўстлар, яқин танишларингиз бошига бирор кулфат тушса, телефон орқали сўраш тўғри келмайди, албатта, масофа кўп кунни талаб қилмаса, уларнинг олдига: “Қандай ёрдам керак?” деб кўнгил сўраб бориш зарур. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Хайрли тонг, азизлар! Бой ким? Қашшоқ-чи? Гуноҳ йўли билан бойлик орттириб, бунга қувонган кишининг қувончи – бахтсизликдан ҳам ёмон. Очкўз киши билан бирга бўлма ва унга ҳукмронликни ишонма. Ўз бойликларидан қониқмасдан фақат уни кўпайтириш тўғрисида ўйлайдиган бой қашшоқдир. Ўзида борига қувониб, уни кўпайтириш тўғрисида ўйламаган қашшоқ бойдир. Очкўзлик – бу заруридан ортиғига эга бўлиш истагидир. 📖 “АВЕСТО”дан. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Показать все...
Repost from Edu.uz
08:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
#brifing ❕2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar 00:18 Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi? 01:03 Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi? 01:45 Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi? 02:36 Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi? 02:59 Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi? 03:28 5 tagacha yo‘nalishni tanlash saqlab qolinganmi? 03:58 Magistraturaga talabalar qay tartibda qabul qilinadi? 04:25 Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi to‘g‘risidagi natija qachon e’lon qilinadi? 04:54 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh. 👉 Matnli shaklda o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
SnapSave_App_2213612482333247_720p.mp432.38 MB
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan yoshlarga o'quv kurslari tashkil etildi... Bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodning qiziqishlari va intilishlarini rag'batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Yoshlarning ma'lum bir kasbni egallashda Oliy ta'lim muassasalari ham muhim o'rin tutadi. Oliy ta'limda o'qiyman degan yoshlarning orzusini ro'yobga chiqarishga ozgina bo'lsa ham ko'mak berish maqsadida Termiz tumanida yashovchi 20 nafar kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga o'quv kurslari tashkil etildi. O'quv kurslari bo'yicha aniq dars jadvallari tasdiqlanib, o'quv jarayonlari davom etmoqda. Bugun Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga yaratilgan sharoitlar, o'quv jarayonlarining borishi bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi o'rinbosari I.Safarov tashrif buyurdi.
Показать все...
Navbatdagi Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi... Kengash yig'ilishida kuni kecha bo'lib o'tgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov rahbarligidagi Oliy ta’lim sifati, ilmiy va innovatsion faoliyat hamda tizimga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, Respublika oliygohlariga qabul jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish masalalari keng muhokama qilindi. Ilmiy Kengashda Surxondaryo viloyat hokimining o'rinbosari I.Safarov ham ishtirok etib, Bosh Vazir A.N.Aripov raisligida o'tkazilgan yig'ilishida Oliy ta'lim tizimidagi muammolar va hal qilinishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bayon etdi. 📌Kengashda shuningdek quyidagi masalalar ham ko'rib chiqildi. 🟢2024 yil 20-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari; 🟢Institutda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari ijrosi holati, shuningdek, 2024-yilning iyun oyi davrida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar; 🟢2024/2025 o‘quv yili qabul jarayonlarini borishi; 🟢2023/2024 o‘quv yili bahorgi semestri fanlaridan o‘tkazilgan yakuniy baholashlar (kurs ishi, amaliyot)ning natijalari hamda malakaviy amaliyotlarning borishi; 🟢Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha Tartibni tasdiqlash; 🟢Institut talabalari o‘rtasida “Besh muhim tashabbus” onlayn festivalini tashkil etish to'g'risida mas'ullrning hisobotlari tanqidiy-tahliliy eshitildi.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.