Mirzo Ulug'bek maktabi
Открыть в Telegram
Official website: muimi.uz Murojaatlar uchun: @Muimiuz_bot Facebook: https://www.facebook.com/muimi.mirzoulugbek?mibextid=ZbWKwL Instagram https://instagram.com/mirzo_ulugbek_maktabi?igshid=NGExMmI2YTkyZg== You Tube https://youtube.com/@MirzoUlugbekMaktab
Больше2 713
Подписчики
-724 часа
+27 дней
+23030 день
Архив постов
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#ISPhO_2026
#Gʻoliblar
ISPhO 2026: GʻOLIBLAR ANIQLANDI!
🔬 Xalqaro Ilmiy fizika olimpiadasining rasman yakuniy natijalari e’lon qilindi.
➡️Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar 3 ta kumush🥈, 2 ta bronza🥉medallarni qoʻlga kiritib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
➡️Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - KUMUSH MEDAL;
➡️Asilbek Jumanazarov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - KUMUSH MEDAL;
➡️Muhammad Abdumalikov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - KUMUSH MEDAL;
➡️Javohir Aknazarov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - BRONZA MEDAL;
➡️Xasan Kamolov - Qo‘qon shahar 1-sonli IM - BRONZA MEDAL;
⚡️Shu bilan birga Terma jamoamiz a’zolari olimpiadaning Milliy olmos nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.
⭐️Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yosh fiziklarni tabriklaymiz!
Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
#qabul_2026
#diqqat_eʼlon
🔴 DIQQAT, E’LON!
RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI DAVOM ETMOQDA!
🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari!
Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz?🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar va pedagog xodimlar tanlovi davom etmoqda! ✅ Tez kunlarda yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli bo‘yicha 1-bosqich saralash jarayoni yakunlanadi. ✅ Saralash natijalariga ko‘ra, munosib nomzodlar: 🖱️ o‘qituvchilar — 2-bosqich (test sinovlari); 🖱️ rahbar xodimlar — 2-bosqich (suhbat jarayonlari)da ishtirok etadilar. Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! ✅ Rahbar xodimlar tanlovi 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Suhbat bosqichi
Suhbatlar an’anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkinNomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi: 🖱️ Kasbiy va rahbarlik salohiyati 🖱️ Tashkiliy va moliyaviy bilimlar 🖱️ Ta’lim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalar Suhbat davomida sizning: 🖱️ Strategik fikrlashingiz 🖱️ Innovatsion yondashuvingiz 🖱️ Amaliy ko‘nikmalaringiz va liderlik salohiyatingiz sinovdan o‘tadi.
Har bir nomzod uchun 3 savoldan iborat bilet taqdim etiladi.🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!💼 Agar siz: 🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali davom etmoqda. Barcha nomzodlardan rasmiy e’lonlar va keyingi bosqichlarga oid ma’lumotlarni kuzatib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#diqqat_eʼlon
🔴 DIQQAT, E’LON!
RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI — YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA!
🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari!
Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz?🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari tanlovi boshlanadi! ✅ 2026-yil 3-iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli (1-bosqich saralash) start oladi! 🖱️ Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! 🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣Saralash bosqichi 2️⃣Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi 4️⃣Dars o'tish bosqichi
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!💼 Agar siz: 🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz ✅ Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali 2026-yil 3-iyuldan boshlab
Orzularingiz sari dadil qadam tashlang — ta’limdagi yangi muvaffaqiyatlar sizni kutmoqda!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
🖱️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 7-, 8-, 10-sinflar;
🖱️ Muhandislik maktablari, 7-, 8-, 9-, 10-sinflarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Muhandislik maktablariga hujjat topshirgan talablardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so'raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from N/a
#qabul_2026
#matbuot_anjumani
Ixtisoslashtirilgan maktablar 21 taga ko‘paydi
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi ma'lumotlar berildi:
✅ 2025/2026 o‘quv yilida Agentlik tizimida 228 ta maktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2026/2027 o‘quv yilidan ularning soni 249 taga yetkaziladi. Natijada qo‘shimcha 21 ta maktabda 5 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratiladi.
✨ Rasmiy sahifalar
#qabul_2026
DIQQAT, E’LON!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI.
✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!
Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Imtihon topshiriladigan maktab turi;
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli bo‘lgan muhim ma’lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🏫🏫🏫🏫Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro ixtisoslashtirilgan maktabi
#Bizning_faxrimiz
🎓 Maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Narboyev Sanjar o‘zining bilim va intilishi, tinimsiz mehnati hamda qat’iyati natijasida O‘zbek tili va adabiyoti fanidan Milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.
📚 Ushbu yutuq o‘quvchimizning fanlarga bo‘lgan qiziqishi, izlanishi va yuqori salohiyatining yorqin ifodasidir.
👏 Maktabimiz sharafini yuksaltirayotgan yoshlarimiz safi yanada kengaysin!
+9
🏅 Maktabimiz sharafini yuksaltirgan oltin medal sohiblari
🏫🏫🏫🏫Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro ixtisoslashtirilgan maktabning 2025–2026 o‘quv yili 11-sinf bitiruvchilari ta’lim muassasasini a’lo baholar bilan tamomlab, davlat namunasidagi oltin medal sohibi bo‘ldilar.
💫 Ushbu yuksak natija o‘quvchilarimizning yillar davomidagi tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi va intilishlarining munosib samarasidir. Shu bilan birga, ularning muvaffaqiyatida ustozlarimiz mehnati va ota-onalarning beqiyos qo‘llab-quvvatlashi ham muhim o‘rin tutadi.
🎓 Bitiruvchilarimizni ushbu sharafli yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham ularning ilm-fan, ta’lim va kasbiy faoliyatda yangi zafarlarni qo‘lga kiritishlariga tilakdoshmiz.
⭐️ Mirzo Ulug‘bek vorislari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!
muss.uz
+9
#sayyor_qabul
#Toshkent_shahar
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.
🟢 Unda 50 dan ortiq fuqaro va ota-onalarning murojaatlari tinglanib, ta’lim jarayoni, yangi tashkil etilayotgan 21 ta ixtisoslashtirilgan va muhandislik maktablari hamda o‘quvchilarni ko‘chirish masalalari yuzidan fikr almashildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢 Shuningdek, Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, murojaatlar bilan ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from N/a
#matbuot_anjumani
🎓 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari hamda joriy yilda faoliyat boshlaydigan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdik.
✨ Anjuman davomida hamkasblarim — Agentlik direktorining o‘rinbosari Hasan Shakirov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda mas’ul mutaxassislar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdik. Biz uchun har bir ota-ona va o‘quvchining fikri, savoli hamda ishonchi juda muhim.
▶️ Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi, qabul natijalari, kirish imtihonlari jadvali, yangi maktablar faoliyati hamda savol-javoblar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
✨ Rasmiy sahifalar
+4
#qabul_2026
#matbuot_anjumani
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi ma'lumotlar berildi:
📢 Matbuot anjumanida kirish imtihonlari sanalari ham e’lon qilindi.
Jumladan:
🇺🇿 Prezident maktablariga saralash bosqichi 25-iyun, ikkinchi bosqich esa 17-iyul, 🖌 Ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonlar 27–30-iyun, 🖌 "Yangi O‘zbekiston" universitetiga 27-iyun, 🖌 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga 1-iyul va 23-iyul kunlari, 🖌 Ijod maktablariga 2-iyul kuni, Muhammad al-Xorazmiy hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning hududlardagi filiallariga 3-iyul kuni, 🖌 Sport maktablariga amaliy va nazariy imtihonlar 1-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.✅ Qayd etilishicha, Prezident maktablari imtihonlari Cambridge, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari esa Marshall Cavendish xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Barcha imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, jarayonlarni test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkaziladi?
✅ JAVOB: Imtihon bir bosqichda matematika va ingliz tili fanlaridan davlat tilida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek yoki qoraqalpoq tilida) oʻtkaziladi.
Imtihon har bir fandan 40 tadan test topshirigʻini oʻz ichiga olgan holda oʻtkaziladi.
✅ Har bir fan boʻyicha topshiriqlar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga boʻlinadi:
🎤 8 ta yengil darajadagi topshiriqlar – A toifa;
🎤 24 ta oʻrtacha darajadagi topshiriqlar – B toifa;
🎤 8 ta murakkab darajadagi topshiriqlar – C toifa.
Bunda barcha topshiriqlarni yechish uchun 130 daqiqa vaqt ajratiladi.
Imtihon natijalari 80 ballik shkalada baholanadi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#diqqat_eʼlon
#matbuot_anjumani
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulining yakuniy natijalari, kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi hamda muddatlari, shuningdek, joriy yildan faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🚨 Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, direktor o‘rinbosari va Agentlikning mas’ul xodimlari ishtirok etishadi.
📌 Mazkur anjuman 2026-yil 19-iyun kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkaziladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: MUHANDISLIK MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Muhandislik maktablariga kirish imtihonlari bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha:
➡️ 7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
➡️ 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+3
🏫🏫🏫🏫 Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro ixtisoslashtirilgan maktabi
🌟 Yana bir ulkan yutuq!
Maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi G‘aniyev Ulug‘bek Baxtiyor o‘g‘li xalqaro SAT imtihonida mislsiz natija qayd etib, 1590/1600 ballni qo‘lga kiritdi. Jumladan, matematika bo‘limidan maksimal — 800 ball natijani qayd etdi.
🎓 Ushbu yuksak natija hamda bilim va salohiyati evaziga Ulug‘bek “Yangi O‘zbekiston” universitetining "Amaliy matematika" yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik davlat granti sohibiga aylandi.
📚 Bu muvaffaqiyat o‘quvchimizning tirishqoqligi, ustozlarimizning fidokorona mehnati va ota-onalarining doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.
👏 Maktabimiz jamoasi nomidan Ulug‘bekni ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi ta’lim va faoliyatida yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!
✨ Bilim, mehnat va qat’iyat muvaffaqiyat kalitidir!
