cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QDPI rasmiy sahifasi

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali. Matbuot kotibi bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001

Больше
Рекламные посты
4 482
Подписчики
+224 часа
-57 дней
+9230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Edu.uz
02:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
21.95 MB
06:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
#muzey Yan Amos Kamenskiy nomidagi Pedagogika muzeyidan QDPI talabalari uchun sarhsiz lavha Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
73.43 MB
👍 14🔥 2
🇺🇿 🇰🇿 Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida malaka oshirish kurslarini yakunlayotgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari universitet prorektori Erkin Duysenov bilan uchrashdilar. Samimiy va koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Erkin Duysenov tomonidan vakillarimizga esdalik sovgʻasi sifatida qimmatbaho surat va sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, universitet rasmiy saytida Fizika-matematika fakultetida oʻtkazilgan uchrashuv haqida xabar eʼlon qilindi. 👉https://farabi.university/news/89302 Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 8
#sport O‘zbekiston birinchiligi Farg‘ona viloyati ikkinchi liga musobaqasining 5-tur o‘yinlar jadvali. Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 4👏 1
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik 🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 865 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar). 👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi. ✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan. 🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi. 🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarini 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi. 🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. ☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda. ✅ Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 2🔥 2🤩 1
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
👍 1
Repost from Edu.uz
08:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
#brifing ❕2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar 00:18 Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi? 01:03 Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi? 01:45 Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi? 02:36 Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi? 02:59 Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi? 03:28 5 tagacha yo‘nalishni tanlash saqlab qolinganmi? 03:58 Magistraturaga talabalar qay tartibda qabul qilinadi? 04:25 Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi to‘g‘risidagi natija qachon e’lon qilinadi? 04:54 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh. 👉 Matnli shaklda o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
SnapSave_App_2213612482333247_720p.mp432.38 MB
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qabul_2024 ⚡️ ABITURIENTLAR DIQQATIGA! KASBIY (IJODIY) IMTIXONLAR SANASI ANIQ BOʻLDI Qoʻqon davlat pedagogika institutining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish muddati tasdiqlandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 10 iyuldan 16 iyil kuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
🎉 2
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#brifing Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi. Unda 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan tushgan savollarga javob beriladi. 🎥 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
🇺🇿 🇨🇿 Ayni paytda Chexiyada boʻlib turgan Qo‘qon davlat pedagogika institutining bo‘lim boshliqlari, doktorant va tadqiqotchilari Praga shahrida joylashgan jamoat arbobi va ilmiy pedagogika asoschisi Yan Amos Kamenskiy nomidagi Pedagogika muzeyida boʻlishdi. Vakillarimiz muzey maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekistondan tashrif buyurgan ilk pedagoglar sifatida tantanali kutib olindi va faxriy mehmonlar kitobiga oʻz dastxatlari va tilaklarini yozib qoldirishdi. Bundan tashqari istisno tarzida Qoʻqon davlat pedagogika institutida darslarda foydalanish uchun muzeydan videomateriallar tayyorlashga ruhsat berildi. Maʼlumot oʻrnida, 1892-yilda tashkil etilgan ushbu muzey tashrif buyuruvchilarga IX asrdan hozirgi kunga qadar taʼlim tizimlarining shakllanishiga tubdan taʼsir koʻrsatgan eng muhim voqealar va hodisalar haqida hikoya qiladi. Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
🔥 5👍 2👏 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.