ru
Feedback

НС ΠΏΠΎΠΏΠ°Π΄ΠΈΡ‚Π΅ΡΡŒ Π½Π° ΠΊΠ°Π½Π°Π» Π±ΠΎΡ‚Π°Π²ΠΎΠ΄Π°! Telemetrio Π½Π°Ρ…ΠΎΠ΄ΠΈΡ‚ ΠΈ ΠΏΠΎΠΌΠ΅Ρ‡Π°Π΅Ρ‚ Ρ‚Π°ΠΊΠΈΠ΅ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ πŸ‘‰ Π₯ΠΎΡ‚ΠΈΡ‚Π΅ Π²ΠΈΠ΄Π΅Ρ‚ΡŒ ΠΌΠ΅Ρ‚ΠΊΡƒ β€” ΠΎΡ„ΠΎΡ€ΠΌΠΈΡ‚Π΅ подписку

Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oβ€˜zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oβ€˜rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov

Π‘ΠΎΠ»ΡŒΡˆΠ΅

πŸ“ˆ АналитичСский ΠΎΠ±Π·ΠΎΡ€ Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π° Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

Канал Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov πŸ‡ΊπŸ‡Ώ (@eo_turdimov) языкового сСгмСнта УзбСкский являСтся Π°ΠΊΡ‚ΠΈΠ²Π½Ρ‹ΠΌ участником. БСйчас сообщСство ΠΎΠ±ΡŠΠ΅Π΄ΠΈΠ½ΡΠ΅Ρ‚ 19 207 подписчиков, занимая 2 963 мСсто Π² ΠΊΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΠΈ ΠŸΠΎΠ»ΠΈΡ‚ΠΈΠΊΠ° ΠΈ 4 193 мСсто Π² Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π΅ УзбСкистан.

πŸ“Š ΠŸΠΎΠΊΠ°Π·Π°Ρ‚Π΅Π»ΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ ΠΈ Π΄ΠΈΠ½Π°ΠΌΠΈΠΊΠ°

Π‘ ΠΌΠΎΠΌΠ΅Π½Ρ‚Π° создания Π½Π΅Π²Ρ–Π΄ΠΎΠΌΠΎ ΠΏΡ€ΠΎΠ΅ΠΊΡ‚ дСмонстрируСт ΡΡ‚Ρ€Π΅ΠΌΠΈΡ‚Π΅Π»ΡŒΠ½Ρ‹ΠΉ рост, собрав Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΡŽ ΠΈΠ· 19 207 подписчиков.

Богласно послСдним Π΄Π°Π½Π½Ρ‹ΠΌ ΠΎΡ‚ 07 ноября, 2026, ΠΊΠ°Π½Π°Π» ΠΏΠΎΠΊΠ°Π·Ρ‹Π²Π°Π΅Ρ‚ ΡΡ‚Π°Π±ΠΈΠ»ΡŒΠ½ΡƒΡŽ Π°ΠΊΡ‚ΠΈΠ²Π½ΠΎΡΡ‚ΡŒ. Π—Π° послСдниС 30 Π΄Π½Π΅ΠΉ ΠΈΠ·ΠΌΠ΅Π½Π΅Π½ΠΈΠ΅ числа участников составило 4 814, Π° Π·Π° послСдниС 24 часа β€” 29, ΠΏΡ€ΠΈ этом ΠΎΠ±Ρ‰ΠΈΠΉ ΠΎΡ…Π²Π°Ρ‚ остаётся высоким.

  • Бтатус Π²Π΅Ρ€ΠΈΡ„ΠΈΠΊΠ°Ρ†ΠΈΠΈ: НС Π²Π΅Ρ€ΠΈΡ„ΠΈΡ†ΠΈΡ€ΠΎΠ²Π°Π½
  • Π£Ρ€ΠΎΠ²Π΅Π½ΡŒ вовлСчённости (ER): Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ ΠΏΠΎΠΊΠ°Π·Π°Ρ‚Π΅Π»ΡŒ вовлСчённости Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ составляСт 36.66%. Π’ ΠΏΠ΅Ρ€Π²Ρ‹Π΅ 24 часа послС ΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΠΊΠ°Ρ†ΠΈΠΈ ΠΊΠΎΠ½Ρ‚Π΅Π½Ρ‚ ΠΎΠ±Ρ‹Ρ‡Π½ΠΎ Π½Π°Π±ΠΈΡ€Π°Π΅Ρ‚ 16.10% Ρ€Π΅Π°ΠΊΡ†ΠΈΠΉ ΠΎΡ‚ ΠΎΠ±Ρ‰Π΅Π³ΠΎ числа подписчиков.
  • ΠžΡ…Π²Π°Ρ‚ ΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΠΊΠ°Ρ†ΠΈΠΉ: Π’ срСднСм ΠΊΠ°ΠΆΠ΄Ρ‹ΠΉ пост ΠΏΠΎΠ»ΡƒΡ‡Π°Π΅Ρ‚ 7 041 просмотров. Π’ Ρ‚Π΅Ρ‡Π΅Π½ΠΈΠ΅ ΠΏΠ΅Ρ€Π²Ρ‹Ρ… суток публикация Π½Π°Π±ΠΈΡ€Π°Π΅Ρ‚ 3 091 просмотров.
  • Π Π΅Π°ΠΊΡ†ΠΈΠΈ ΠΈ взаимодСйствия: Аудитория Π°ΠΊΡ‚ΠΈΠ²Π½ΠΎ ΠΏΠΎΠ΄Π΄Π΅Ρ€ΠΆΠΈΠ²Π°Π΅Ρ‚ ΠΊΠΎΠ½Ρ‚Π΅Π½Ρ‚: срСднСС количСство Ρ€Π΅Π°ΠΊΡ†ΠΈΠΉ Π½Π° ΠΎΠ΄ΠΈΠ½ пост β€” 36.

πŸ“ ОписаниС ΠΈ контСнтная ΠΏΠΎΠ»ΠΈΡ‚ΠΈΠΊΠ°

Автор описываСт рСсурс ΠΊΠ°ΠΊ ΠΏΠ»ΠΎΡ‰Π°Π΄ΠΊΡƒ для выраТСния ΡΡƒΠ±ΡŠΠ΅ΠΊΡ‚ΠΈΠ²Π½ΠΎΠ³ΠΎ мнСния:
β€œOβ€˜zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oβ€˜rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov”

Благодаря высокой частотС ΠΎΠ±Π½ΠΎΠ²Π»Π΅Π½ΠΈΠΉ (послСдниС Π΄Π°Π½Π½Ρ‹Π΅ ΠΏΠΎΠ»ΡƒΡ‡Π΅Π½Ρ‹ 08 ноября, 2026) ΠΊΠ°Π½Π°Π» ΠΏΠΎΠ΄Π΄Π΅Ρ€ΠΆΠΈΠ²Π°Π΅Ρ‚ Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½ΠΎΡΡ‚ΡŒ ΠΈ высокий ΡƒΡ€ΠΎΠ²Π΅Π½ΡŒ ΠΎΡ…Π²Π°Ρ‚Π° ΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΠΊΠ°Ρ†ΠΈΠΉ. Аналитика ΠΏΠΎΠΊΠ°Π·Ρ‹Π²Π°Π΅Ρ‚, Ρ‡Ρ‚ΠΎ аудитория Π°ΠΊΡ‚ΠΈΠ²Π½ΠΎ взаимодСйствуСт с ΠΊΠΎΠ½Ρ‚Π΅Π½Ρ‚ΠΎΠΌ, Ρ‡Ρ‚ΠΎ Π΄Π΅Π»Π°Π΅Ρ‚ Π΅Π³ΠΎ Π²Π°ΠΆΠ½ΠΎΠΉ Ρ‚ΠΎΡ‡ΠΊΠΎΠΉ влияния Π² ΠΊΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΠΈ ΠŸΠΎΠ»ΠΈΡ‚ΠΈΠΊΠ°.

19 207
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
+2924 часа
+467 Π΄Π½Π΅ΠΉ
+4 81430 Π΄Π½Π΅ΠΉ
Архив постов
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigΚ»ilish oΚ»tkazdi. Shu
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigΚ»ilish oΚ»tkazdi. Shuning bilan Prezidentimiz hududga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. β€” ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚ Π¨Π°Π²ΠΊΠ°Ρ‚ ΠœΠΈΡ€Π·ΠΈΡ‘Π΅Π² ΠΏΡ€ΠΎΠ²Π΅Π» совСщаниС ΠΏΠΎ вопросам ΡΠΎΡ†ΠΈΠ°Π»ΡŒΠ½ΠΎ-экономичСского развития Бухарской области. На этом ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚ нашСй страны Π·Π°Π²Π΅Ρ€ΡˆΠΈΠ» ΠΏΠΎΠ΅Π·Π΄ΠΊΡƒ Π² Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½ ΠΈ вСрнулся Π² Π’Π°ΡˆΠΊΠ΅Π½Ρ‚. #Mirziyoyev #safar #Buxoro #yigilish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi hamda xorijda ishlash istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli oβ€˜qitish
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi hamda xorijda ishlash istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli oβ€˜qitish masalalariga bagΚ»ishlangan yigΚ»ilish oΚ»tkazdi. β€” ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚ Π¨Π°Π²ΠΊΠ°Ρ‚ ΠœΠΈΡ€Π·ΠΈΡ‘Π΅Π² ΠΏΡ€ΠΎΠ²Π΅Π» совСщаниС ΠΏΠΎ вопросам Ρ‚Ρ€ΡƒΠ΄ΠΎΠ²ΠΎΠΉ ΠΌΠΈΠ³Ρ€Π°Ρ†ΠΈΠΈ ΠΈ Ρ†Π΅Π»Π΅Π²ΠΎΠΉ языковой ΠΈ ΠΏΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΎΠ½Π°Π»ΡŒΠ½ΠΎΠΉ ΠΏΠΎΠ΄Π³ΠΎΡ‚ΠΎΠ²ΠΊΠΈ Π³Ρ€Π°ΠΆΠ΄Π°Π½, ΠΆΠ΅Π»Π°ΡŽΡ‰ΠΈΡ… Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚Π°Ρ‚ΡŒ Π·Π° Ρ€ΡƒΠ±Π΅ΠΆΠΎΠΌ. #Mirziyoyev #yigilish #migratsiya #kasbiytayyorgarlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oβ€˜zbekiston global mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Iqtisodiyot rivojlanib, turmush darajasi oshib borayotg
Oβ€˜zbekiston global mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Iqtisodiyot rivojlanib, turmush darajasi oshib borayotgani sababli mamlakatimiz xorijlik fuqarolar uchun ham jozibador boβ€˜lmoqda. Bugun yurtimizda uzoq muddat yashayotgan chet elliklar soni 250 mingga yaqinlashdi.
– Biz bu yoβ€˜nalishda ham ochiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda ushbu masalada tartib-intizom boβ€˜lishi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Uzoq muddat yashayotgan xorijlik fuqarolardan 36 ming nafari ishlashga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba. Davlatimiz rahbari qolganlar nima ish bilan shugβ€˜ullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot boβ€˜lishi shartligini ta’kidladi. Ishlashga ruxsat olganlarning 80 foizi qurilish, qurilish materiallari, toβ€˜qimachilik va xizmat koβ€˜rsatish sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan faoliyat bilan shugβ€˜ullanmoqda. Oβ€˜z mehnat bozorini himoya qilish rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Prezidentimiz yangi ish oβ€˜rinlariga birinchi navbatda oβ€˜zimizning fuqarolarni joylashtirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga uzoq muddatga kelgan xorijlik fuqarolarning yashash va ish joyini monitoring qilish platformasini bir oyda ishga tushirish vazifasi qoβ€˜yildi. Yigβ€˜ilish davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga toβ€˜xtaldi. Bugun yur
Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga toβ€˜xtaldi. Bugun yurtdoshlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy ishlab, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham toβ€˜layapti.
– Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga oβ€˜tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur,
– dedi Prezidentimiz. Joriy yil Qirgβ€˜iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish boβ€˜yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz koβ€˜p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqboβ€˜yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi. Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar oβ€˜tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Yigβ€˜ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buy
Yigβ€˜ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon 1 million 116 ming kishi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat koβ€˜rsatish hamda qishloq xoβ€˜jaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida ishlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini oβ€˜zlashtirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib ish taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanishi lozim. Shu maqsadda chet eldan qaytgan fuqarolarning ishlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi. Yil yakunigacha qaytgan 250 ming kishiga mos ish topish, tadbirkorlik qilishni istaganlarga esa yoβ€˜l-yoβ€˜riq koβ€˜rsatib, sharoit yaratish vazifasi qoβ€˜yildi. Facebook|Instagram|X

30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda β€œYangi Oβ€˜zbekiston – global imkoniyatlar chorrahasi” forumi oβ€˜tkaziladi. Prezidentim
30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda β€œYangi Oβ€˜zbekiston – global imkoniyatlar chorrahasi” forumi oβ€˜tkaziladi. Prezidentimiz ushbu tadbir tadbirkorlar uchun yangi eksport yoβ€˜nalishlarini ochish, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Yevropa va Koβ€˜rfaz mamlakatlaridagi ish beruvchilar bilan bogβ€˜lashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda. Har bir elchi oβ€˜zi ishlayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb qilishi kerakligi qayd etildi. Forumda xorijlik hamkorlar bilan 2027-yil uchun eksport, turizm va migratsiya yoβ€˜nalishlarida aniq kelishuvlarga erishish vazifasi qoβ€˜yildi. Davlatimiz rahbari ish oβ€˜rni topish bilan vazifa tugamasligini bildirdi. Elchilar hokimlar bilan birga fuqaroning ishga joylashishi va yangi muhitga koβ€˜nikishigacha boβ€˜lgan jarayon uchun mas’ul boβ€˜ladi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida
Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.
– Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz – oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!
– dedi Prezidentimiz. Xorijda muammoga duch kelgan vatandoshlarimiz endi yordam soβ€˜rab, β€œOnlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elchining oβ€˜zi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yechim topish bilan shugβ€˜ullanadi.
– Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz oβ€˜z muammosi bilan yolgβ€˜iz qolmasligi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Hokimlar oldiga xorijda ishlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot kechirishi, farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun sharoit yaratish vazifasi qoβ€˜yildi. Har bir vatandoshimiz qayerda boβ€˜lmasin, ortida uni qoβ€˜llab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yashashi kerakligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Xorijdagi ish oβ€˜rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi kerak. Prezidentimiz har bir buyurtma boβ€˜yicha q
Xorijdagi ish oβ€˜rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi kerak. Prezidentimiz har bir buyurtma boβ€˜yicha qaysi mamlakatda qanday mutaxassisga talab borligi, qayerda oβ€˜qish va qaysi tilni bilish zarurligini aniq koβ€˜rsatib berish vazifasini qoβ€˜ydi. β€œMahalla yettiligi” chet elda ishlash istagidagi fuqarolarga bu imkoniyatlarni tushuntirib, nomzodlarni β€œOnlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul tashkilotlar ularni kasb hamda tilga maqsadli tayyorlash, keyin esa ishga joylashtirish uchun javob beradi. Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari ikki marta migratsiyaga mas’ullar va β€œyettilik” ishtirokida ish natijalarini koβ€˜rib chiqadi. Har bir nomzodning tayyorgarligi va ishga joylashishi boβ€˜yicha talabchan nazorat oβ€˜rnatiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xorijda yuqori daromadli ish oβ€˜rinlarini ochish uchun ish beruvchilar bilan kelishuvning oβ€˜zi kifoya qilmaydi. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib borib, kvotalar, ishchi vizalar va malakani tan olish masalalarini izchil hal qilish kerak. Facebook|Instagram|X

Xalqaro mehnat bozorida yirik rekruting kompaniyalari ish beruvchilar bilan malakali mutaxassislar oβ€˜rtasida muhim bogβ€˜lovchi
Xalqaro mehnat bozorida yirik rekruting kompaniyalari ish beruvchilar bilan malakali mutaxassislar oβ€˜rtasida muhim bogβ€˜lovchiga aylangan. Bunday kompaniyalar Oβ€˜zbekistonda ham mutaxassislarni oβ€˜zlari tayyorlab, toβ€˜gβ€˜ridan-toβ€˜gβ€˜ri ishga joylashtirishi uchun sharoit yaratish zarur. Kelasi yil mamlakatimizda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yoβ€˜lga qoβ€˜yish vazifasi belgilandi. Joriy yilda 34 ta davlatda 287 ming kishini ishga joylashtirish imkoniyati bor. Ammo bu imkoniyatlar haqida odamlar yetarlicha xabardor emas, Migratsiya agentligi bilan β€œmahalla yettiligi” oβ€˜rtasidagi aloqa ham samarali yoβ€˜lga qoβ€˜yilmagan.
– Shu bois, mazkur tizimni ham oβ€˜zgartiramiz. Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar koβ€˜paydi. U
Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar koβ€˜paydi. Ushbu agentliklar orqali xorijda ishga joylashganlar esa besh karra ortdi. Prezidentimiz sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari ham boβ€˜lganini aytdi. Muammolarni bartaraf etish uchun alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asos yaratildi. Kelasi yildan fuqarolarni chet elga ishga yuborish vazifasi xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga toβ€˜liq oβ€˜tkaziladi. Yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir kishi uchun agentlikka 1,5 million soβ€˜mdan ragβ€˜bat puli toβ€˜lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Chet eldan jalb qilingan oβ€˜qituvchi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, oβ€˜quv jarayoni uchun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi. Shu bilan birga, xususiy bandlik agentliklari toβ€˜liq shaffof tizimda ishlaydi, ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq ishga joylashishi, huquqlari ta’minlanishi, yuqori daromad olishi va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega boβ€˜lishi asosiy mezon boβ€˜ladi. Prezidentimiz bir oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qaror loyihasini kiritish, ushbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida koβ€˜rib, soliqqa tortishni shunga mos ravishda soddalashtirishga topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X

Qurilish, sanoat va logistikada malakali kadrlarga talab mamlakatimizda ham, chet elda ham ortib bormoqda. Sergelidagi β€œToshk
Qurilish, sanoat va logistikada malakali kadrlarga talab mamlakatimizda ham, chet elda ham ortib bormoqda. Sergelidagi β€œToshkent quvur zavodi” oβ€˜z ustalarini jalb etib, yiliga 2,5 ming payvandchi, elektrik va chilangar tayyorlash tashabbusini bildirgan. Har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga berish, ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar ish joyida darhol faoliyat boshlay oladigan mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar 15 yilga boshqaruvga beriladi, bitiruvchilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etiladi. Tadbirkorlarning kadr tayyorlash va uskuna xarid qilishga sarflagan mablagβ€˜larini toβ€˜langan soliqlardan chegirish, chet elda yaxshi ishga joylashgan har bir bitiruvchi uchun grant ajratish tizimi yoβ€˜lga qoβ€˜yiladi. Texnikumlar xorijlik ish beruvchilar bilan bogβ€˜lanadi.
– Men ishonaman: chempion tadbirkorlarimiz chet elda β€œoβ€˜zbek mutaxassislari brendi”ni yaratishda ham davlatga koβ€˜makchi boβ€˜ladi,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Viloyat hokimlarining birinchi oβ€˜rinbosarlariga β€œIntil” xalqaro oβ€˜quv markazi tajribasini oβ€˜rganib, kelasi yili har bir hudud
Viloyat hokimlarining birinchi oβ€˜rinbosarlariga β€œIntil” xalqaro oβ€˜quv markazi tajribasini oβ€˜rganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini ochish topshirildi. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard soβ€˜mdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kishini kasb va nemis tiliga oβ€˜rgatib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi.
– Yoshlarga ingliz tilini qanday oβ€˜rgatayotgan boβ€˜lsak, nemis tili boβ€˜yicha ham shunday yondashuv kerak,
– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili oβ€˜qituvchilarini tayyorlash boβ€˜yicha davlat buyurtmasini kelasi oβ€˜quv yilidan ikki karra oshirish topshirildi. Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari oβ€˜zlariga zarur mutaxassislarni Oβ€˜zbekiston texnikumlarida tayyorlashga qiziqish bildirmoqda. Ular oβ€˜quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarini jihozlashga sarmoya kiritishga ham tayyor. Prezidentimiz bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik ish beruvchilar talabi asosida kadr tayyorlashga moslashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X

Germaniyadan joriy yilning oβ€˜zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asos
Germaniyadan joriy yilning oβ€˜zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asosiy sabab – nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi. Shu bois, kasbga oβ€˜qitish bilan til tayyorgarligini birga olib borish zarur. Germaniyaning β€œGlobogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilgβ€˜or kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik oβ€˜qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb oβ€˜rgatmoqda. Prezidentimiz xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan bogβ€˜lash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy koβ€˜nikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini ta’kidladi. Andijonda tadbirkor boβ€˜sh turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan oβ€˜qituvchi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezidentimiz bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini oβ€˜rgatish zarurligini ta’kidladi. Germaniyaning β€œTelk” kompaniyasi β€œIntil” xalqaro oβ€˜quv markazida 100 nafar nemis tili oβ€˜qituvchisini tayyorlashni boshladi. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qoβ€˜yildi. Facebook|Instagram|X

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident
Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezidentimiz bu imkoniyatlardan foydalanishda elchi, hokim va texnikumlarning oβ€˜rni sezilmayotganini qayd etdi. Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgacha ushbu mamlakatga asosan qishloq xoβ€˜jaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida ish beruvchilar bilan aniq kelishuvlar yoβ€˜qligi, β€œYoshlar mobilligi” dasturida ishtirok etish masalasi hal etilmagani koβ€˜rsatib oβ€˜tildi. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish boβ€˜yicha kelishuv bor, lekin bu imkoniyat ishga solinmayapti. Prezidentimiz chet tillarini bilish xorijda yuqori daromadli ish topishning asosiy shartlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta oβ€˜rganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yosh bor. Shu bilan birga, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Daniyada ularning ishlashi uchun yoβ€˜l ochish boβ€˜yicha ishlar yetarli emas. Facebook|Instagram|X

Ayni paytda hududlar oβ€˜rtasida farq katta. Xorijda ishlayotgan bir kishiga toβ€˜gβ€˜ri keladigan oβ€˜rtacha oylik pul oβ€˜tkazmasi Fa
Ayni paytda hududlar oβ€˜rtasida farq katta. Xorijda ishlayotgan bir kishiga toβ€˜gβ€˜ri keladigan oβ€˜rtacha oylik pul oβ€˜tkazmasi Fargβ€˜onada 1 850 dollar boβ€˜lsa, Qoraqalpogβ€˜iston va Toshkent viloyatida 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda 700 dollarga ham yetmayapti. Hokimlar, elchilar va texnikum rahbarlari odamlarni yuqori daromadli ishlarga tayyorlash boβ€˜yicha oβ€˜z ishini qayta koβ€˜rib chiqishi zarurligi koβ€˜rsatib oβ€˜tildi.
– Aslida, inson qayerda ishlashi, qancha maosh olishi, huquqini kim himoya qilishini bilib borishi kerak!
– dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari xorijdagi mehnat bozorlariga chiqishda elchilar, hokimlar va texnikumlar hamjihat ishlashi zarurligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topib, ularni texnikumlar bilan bogβ€˜lash va yurtdoshlarimizni ishga joylashtirish boβ€˜yicha ijobiy misollar bor. Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilarimiz bu masalada sust ekani koβ€˜rsatib oβ€˜tildi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bagβ€˜ishlangan yigβ€˜ilish oβ€˜tkazmoqda. Davlatimiz rahbari jahon m
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bagβ€˜ishlangan yigβ€˜ilish oβ€˜tkazmoqda. Davlatimiz rahbari jahon mehnat bozori oβ€˜zgarayotganiga e’tibor qaratdi. Bugun dunyoda 168 million kishi xorijiy migratsiyada. Mamlakatimizda ham chet elda ishlash istagidagi fuqarolar bor, boshqa davlatlarda esa ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori. Ushbu ikki imkoniyatni oβ€˜zaro bogβ€˜lash soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldida turgan asosiy vazifa ekani qayd etildi.
– Inson oβ€˜z kasbini puxta egallasin, oβ€˜z qadrini bilsin, oβ€˜z yurtiga tayana olsin!
– dedi Prezidentimiz. Soβ€˜nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan oβ€˜zgardi. Ilgari bu yoβ€˜nalishda 3 ta davlat bilan ish olib borilgan boβ€˜lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik ish beruvchilar qariyb 400 taga koβ€˜paydi. Chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz soni oβ€˜n yilda ikki baravar kamaygan boβ€˜lsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablagβ€˜lari toβ€˜rt karra oshdi. Bu, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqaro mehnat bozorida oβ€˜zbek mutaxassislariga munosabat oβ€˜zgarib, odamlarimiz chetga oddiy ishchi emas, malakali kadr sifatida borayotganini koβ€˜rsatadi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning oktabr oyida oβ€˜tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Inst
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning oktabr oyida oβ€˜tgan asosiy tadbir va voqealar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Π“Π»Π°Π²Π½ΠΎΠ΅ ΠΈΠ· выступлСния ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚Π° Π¨Π°Π²ΠΊΠ°Ρ‚Π° ΠœΠΈΡ€Π·ΠΈΡ‘Π΅Π²Π° Π½Π° саммитС ΠžΡ€Π³Π°Π½ΠΈΠ·Π°Ρ†ΠΈΠΈ Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΡ… государств Π² АнкарС: πŸ“ŒΠ£Π·Π±Π΅ΠΊΠΈΡΡ‚Π°Π½ рассмат
Π“Π»Π°Π²Π½ΠΎΠ΅ ΠΈΠ· выступлСния ΠŸΡ€Π΅Π·ΠΈΠ΄Π΅Π½Ρ‚Π° Π¨Π°Π²ΠΊΠ°Ρ‚Π° ΠœΠΈΡ€Π·ΠΈΡ‘Π΅Π²Π° Π½Π° саммитС ΠžΡ€Π³Π°Π½ΠΈΠ·Π°Ρ†ΠΈΠΈ Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΡ… государств Π² АнкарС:   πŸ“ŒΠ£Π·Π±Π΅ΠΊΠΈΡΡ‚Π°Π½ рассматриваСт ΠžΠ’Π“, которая прСвращаСтся Π²ΠΎ Π²Π»ΠΈΡΡ‚Π΅Π»ΡŒΠ½Ρ‹ΠΉ Ρ†Π΅Π½Ρ‚Ρ€ глобального развития, ΠΊΠ°ΠΊ ΠΏΠ»ΠΎΡ‰Π°Π΄ΠΊΡƒ Π²Π·Π°ΠΈΠΌΠ½ΠΎΠ³ΠΎ довСрия ΠΈ практичСского партнСрства;   πŸ“ŒΠΠ΅ΠΎΠ±Ρ…ΠΎΠ΄ΠΈΠΌΠΎ Π΅Ρ‰Π΅ тСснСС ΡΠΏΠ»ΠΎΡ‚ΠΈΡ‚ΡŒΡΡ Π²ΠΎΠΊΡ€ΡƒΠ³ стратСгичСских Ρ†Π΅Π»Π΅ΠΉ ΠΈ совмСстно ΠΏΡ€ΠΎΠ΄Π²ΠΈΠ³Π°Ρ‚ΡŒ ΠΎΠ±Ρ‰ΠΈΠ΅ интСрСсы Π½Π° ΠΌΠ΅ΠΆΠ΄ΡƒΠ½Π°Ρ€ΠΎΠ΄Π½ΠΎΠΉ Π°Ρ€Π΅Π½Π΅. Π‘Ρ‚Ρ€Π°Π½Ρ‹ ΠžΠ’Π“ Π΅Π΄ΠΈΠ½Ρ‹ Π½Π° этом Π±Π»Π°Π³ΠΎΡ€ΠΎΠ΄Π½ΠΎΠΌ ΠΏΡƒΡ‚ΠΈ ΠΈ Π³ΠΎΡ‚ΠΎΠ²Ρ‹ ΠΌΠΎΠ±ΠΈΠ»ΠΈΠ·ΠΎΠ²Π°Ρ‚ΡŒ силы Π²ΠΎ имя Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΎΠΉ солидарности;   πŸ“ŒΠ’Π°ΠΆΠ½ΠΎ ΠΏΡ€ΠΎΠ²ΠΎΠ΄ΠΈΡ‚ΡŒ рСгулярныС политичСскиС ΠΊΠΎΠ½ΡΡƒΠ»ΡŒΡ‚Π°Ρ†ΠΈΠΈ ΠΏΠΎ Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹ΠΌ ΠΌΠ΅ΠΆΠ΄ΡƒΠ½Π°Ρ€ΠΎΠ΄Π½Ρ‹ΠΌ ΠΈ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°Π»ΡŒΠ½Ρ‹ΠΌ вопросам Π² Ρ€Π°ΠΌΠΊΠ°Ρ… ΠžΠ’Π“, Π° Ρ‚Π°ΠΊΠΆΠ΅ ΠΊΠΎΠΎΡ€Π΄ΠΈΠ½ΠΈΡ€ΠΎΠ²Π°Ρ‚ΡŒ ΠΏΠΎΠ΄Ρ…ΠΎΠ΄Ρ‹ ΠΈ усилия;   πŸ“ŒΠŸΡ€Π΅Π΄Π»ΠΎΠΆΠ΅Π½ΠΎ Π½Π°Ρ‡Π°Ρ‚ΡŒ сотрудничСство с Ρ‚Ρ€Π΅Ρ‚ΡŒΠΈΠΌΠΈ странами Π² Ρ„ΠΎΡ€ΠΌΠ°Ρ‚Π΅ Β«ΠžΡ€Π³Π°Π½ΠΈΠ·Π°Ρ†ΠΈΡ Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΡ… государств плюс» со встрСч отраслСвых министров;   πŸ“ŒΠΠ΅ΠΎΠ±Ρ…ΠΎΠ΄ΠΈΠΌΠΎ ΡƒΠ³Π»ΡƒΠ±Π»ΡΡ‚ΡŒ тСхнологичСскоС сотрудничСство ΠΈ Ρ€Π°Π·Π²ΠΈΠ²Π°Ρ‚ΡŒ ΠΏΡ€ΠΎΠΌΡ‹ΡˆΠ»Π΅Π½Π½ΡƒΡŽ ΠΊΠΎΠΎΠΏΠ΅Ρ€Π°Ρ†ΠΈΡŽ, ΠΏΠΎΠ·Π²ΠΎΠ»ΡΡŽΡ‰ΡƒΡŽ совмСстно Π²Ρ‹Ρ…ΠΎΠ΄ΠΈΡ‚ΡŒ Π½Π° ΠΌΠΈΡ€ΠΎΠ²ΠΎΠΉ Ρ€Ρ‹Π½ΠΎΠΊ;   πŸ“ŒΠŸΡ€Π΅Π΄Π»ΠΎΠΆΠ΅Π½ΠΎ ΠΏΡ€ΠΈΠ½ΡΡ‚ΡŒ ΠŸΡ€ΠΎΠ³Ρ€Π°ΠΌΠΌΡƒ Β«Π’ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΠΉ ΠΌΠΈΡ€ – 100Β», ΠΎΡ…Π²Π°Ρ‚Ρ‹Π²Π°ΡŽΡ‰ΡƒΡŽ сто стратСгичСских совмСстных инвСстиционных ΠΈ ΠΏΡ€ΠΎΠΌΡ‹ΡˆΠ»Π΅Π½Π½Ρ‹Ρ… ΠΏΡ€ΠΎΠ΅ΠΊΡ‚ΠΎΠ²;   πŸ“ŒΠ¦Π΅Π»Π΅ΡΠΎΠΎΠ±Ρ€Π°Π·Π½ΠΎ ΡƒΠ΄Π΅Π»ΠΈΡ‚ΡŒ ΠΏΡ€ΠΈΠΎΡ€ΠΈΡ‚Π΅Ρ‚Π½ΠΎΠ΅ Π²Π½ΠΈΠΌΠ°Π½ΠΈΠ΅ ΠΏΠΎΠ»Π½ΠΎΠΉ ΠΏΠ΅Ρ€Π΅Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚ΠΊΠ΅ Ρ€Π΅Π΄ΠΊΠΈΡ… ΠΈ стратСгичСских ΠΌΠΈΠ½Π΅Ρ€Π°Π»ΠΎΠ², Π»ΠΎΠΊΠ°Π»ΠΈΠ·Π°Ρ†ΠΈΠΈ производства оборудования для Β«Π·Π΅Π»Ρ‘Π½ΠΎΠΉΒ» энСргСтики ΠΈ выпуску высокодоходной ΠΏΡ€ΠΎΠ΄ΡƒΠΊΡ†ΠΈΠΈ;   πŸ“ŒΠΠ΅ΠΎΠ±Ρ…ΠΎΠ΄ΠΈΠΌΠΎ Ρ€Π°Π·Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚Π°Ρ‚ΡŒ многосторонний Π”ΠΎΠ³ΠΎΠ²ΠΎΡ€ «О Π²Π·Π°ΠΈΠΌΠ½ΠΎΠΉ ΠΏΡ€Π°Π²ΠΎΠ²ΠΎΠΉ ΠΏΠΎΠΌΠΎΡ‰ΠΈ ΠΏΠΎ коммСрчСским Π΄Π΅Π»Π°ΠΌΒ»;   πŸ“ŒΠŸΡ€Π΅Π΄Π»ΠΎΠΆΠ΅Π½ΠΎ ΡΠΎΠ·Π΄Π°Ρ‚ΡŒ ΡΠ΅Ρ‚ΡŒ логистичСских комплСксов Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΡ… государств ΠΈ ΠΎΠ±Π΅ΡΠΏΠ΅Ρ‡ΠΈΡ‚ΡŒ совмСстноС ΡƒΠΏΡ€Π°Π²Π»Π΅Π½ΠΈΠ΅ Сю;   πŸ“ŒΠžΠ·Π²ΡƒΡ‡Π΅Π½Π° ΠΈΠ½ΠΈΡ†ΠΈΠ°Ρ‚ΠΈΠ²Π° ΠΎ создании Β«Π’ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΎΠ³ΠΎ туристичСского альянса», Ρ‡Ρ‚ΠΎΠ±Ρ‹ совмСстно ΠΏΡ€Π΅Π΄ΡΡ‚Π°Π²Π»ΡΡ‚ΡŒ ΠΌΠΈΡ€Ρƒ историчСскиС Π³ΠΎΡ€ΠΎΠ΄Π°, ΡƒΠ½ΠΈΠΊΠ°Π»ΡŒΠ½ΡƒΡŽ ΠΏΡ€ΠΈΡ€ΠΎΠ΄Ρƒ, Π±ΠΎΠ³Π°Ρ‚ΡƒΡŽ ΠΊΡƒΠ»ΡŒΡ‚ΡƒΡ€Ρƒ ΠΈ Ρ‚Ρ€Π°Π΄ΠΈΡ†ΠΈΠΈ гостСприимства Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΡ… Π½Π°Ρ€ΠΎΠ΄ΠΎΠ²;   πŸ“ŒΠŸΡ€Π΅Π΄Π»ΠΎΠΆΠ΅Π½ΠΎ Ρ€Π°Π·Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚Π°Ρ‚ΡŒ многостороннСС БоглашСниС ΠΎ Π²Π·Π°ΠΈΠΌΠ½Ρ‹Ρ… ΠΏΠΎΠ΅Π·Π΄ΠΊΠ°Ρ… Π³Ρ€Π°ΠΆΠ΄Π°Π½, Π² ΠΊΠΎΡ‚ΠΎΡ€ΠΎΠΌ Π΄ΠΎΠ»ΠΆΠ½Ρ‹ Π±Ρ‹Ρ‚ΡŒ ΠΎΡ‚Ρ€Π°ΠΆΠ΅Π½Ρ‹ вопросы Ρ€Π°ΡΡˆΠΈΡ€Π΅Π½ΠΈΡ возмоТностСй ΠΏΠΎΠ΅Π·Π΄ΠΎΠΊ ΠΏΠΎ ID-ΠΊΠ°Ρ€Ρ‚Π°ΠΌ, упрощСния порядка пСрСсСчСния Π³Ρ€Π°Π½ΠΈΡ† ΠΈ прСбывания Π½Π° Ρ‚Π΅Ρ€Ρ€ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ ΠΏΡ€ΠΈΠ½ΠΈΠΌΠ°ΡŽΡ‰Π΅Π³ΠΎ государства;   πŸ“ŒΠ£Π·Π±Π΅ΠΊΠΈΡΡ‚Π°Π½ Π³ΠΎΡ‚ΠΎΠ² Π΅ΠΆΠ΅Π³ΠΎΠ΄Π½ΠΎ Π²Ρ‹Π΄Π΅Π»ΡΡ‚ΡŒ 200 ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Ρ‚Π΅Π»ΡŒΠ½Ρ‹Ρ… Π³Ρ€Π°Π½Ρ‚ΠΎΠ² прСдставитСлям Ρ‚ΡŽΡ€ΠΊΡΠΊΠΈΡ… государств Π² Ρ€Π°ΠΌΠΊΠ°Ρ… ΡƒΡ‡Ρ€Π΅ΠΆΠ΄Π΅Π½Π½ΠΎΠΉ ΠΏΡ€ΠΎΠ³Ρ€Π°ΠΌΠΌΡ‹ стипСндий Β«Π―Π½Π³ΠΈ ΠŽΠ·Π±Π΅ΠΊΠΈΡΡ‚ΠΎΠ½Β»;   πŸ“ŒΠ’Ρ‹Ρ€Π°ΠΆΠ΅Π½Π° Π±Π»Π°Π³ΠΎΠ΄Π°Ρ€Π½ΠΎΡΡ‚ΡŒ Π·Π° ΠΏΠΎΠ΄Π΄Π΅Ρ€ΠΆΠΊΡƒ ΠΈΠ½ΠΈΡ†ΠΈΠ°Ρ‚ΠΈΠ²Ρ‹ УзбСкистана ΠΎΠ± объявлСнии Π² Ρ€Π°ΠΌΠΊΠ°Ρ… ΠžΡ€Π³Π°Π½ΠΈΠ·Π°Ρ†ΠΈΠΈ 2027 Π³ΠΎΠ΄Π° – Π“ΠΎΠ΄ΠΎΠΌ ΠΎΡ…Ρ€Π°Π½Ρ‹ ΠΏΡ€ΠΈΡ€ΠΎΠ΄Ρ‹, Π° Ρ‚Π°ΠΊΠΆΠ΅ ΠΊΠ°Π½Π΄ΠΈΠ΄Π°Ρ‚ΡƒΡ€Ρ‹ прСдставитСля УзбСкистана Π½Π° Π΄ΠΎΠ»ΠΆΠ½ΠΎΡΡ‚ΡŒ Π“Π΅Π½Π΅Ρ€Π°Π»ΡŒΠ½ΠΎΠ³ΠΎ сСкрСтаря;   πŸ“ŒΒ«ΠΠ½ΠΊΠ°Ρ€ΡΠΊΠΈΠΉ саммит станСт Π²Π°ΠΆΠ½Ρ‹ΠΌ шагом ΠΊ Π΄ΠΎΡΡ‚ΠΈΠΆΠ΅Π½ΠΈΡŽ нашСй Π±Π»Π°Π³ΠΎΡ€ΠΎΠ΄Π½ΠΎΠΉ Ρ†Π΅Π»ΠΈ, Π²ΠΎΠΏΠ»ΠΎΡ‰Π΅Π½ΠΈΡŽ ΠΈΠ΄Π΅ΠΈ солидарности ΠΈ Ρ€Π΅Π°Π»ΠΈΠ·Π°Ρ†ΠΈΠΈ ΠΌΠ°ΡΡˆΡ‚Π°Π±Π½Ρ‹Ρ… ΠΏΠ»Π°Π½ΠΎΠ²Β»;   πŸ“ŒΒ«Π£ нас схоТиС ΠΌΠ΅Ρ‡Ρ‚Ρ‹, Π½Π°Π΄Π΅ΠΆΠ΄Ρ‹ ΠΈ устрСмлСния. Когда ΠΌΡ‹ Π΅Π΄ΠΈΠ½Ρ‹ – становимся Π΅Ρ‰Ρ‘ сильнСС. Если Π±ΡƒΠ΄Π΅ΠΌ сплочёнными – ΠΎΠ±ΡΠ·Π°Ρ‚Π΅Π»ΡŒΠ½ΠΎ достигнСм самых высоких Ρ€ΡƒΠ±Π΅ΠΆΠ΅ΠΉΒ». Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: πŸ“ŒOβ€˜zbekiston ta
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: πŸ“ŒOβ€˜zbekiston ta’sirchan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar tashkilotini oβ€˜zaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida koβ€˜radi; πŸ“ŒStrategik maqsadlar atrofida yanada jipslashib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari surish lozim. TDT mamlakatlari ushbu ezgu yoβ€˜lda yakdil va kuch-gβ€˜ayratini turkiy birdamlik uchun safarbar etishga tayyor; πŸ“ŒTashkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar oβ€˜tkazish, yondashuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim; πŸ“ŒUchinchi mamlakatlar bilan β€œTurkiy davlatlar tashkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uchrashuvlaridan boshlash taklif etildi; πŸ“ŒTexnologik hamkorlikni chuqurlashtirish, jahon bozoriga birgalikda chiqish imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish zarur; πŸ“Œβ€œTurkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qoβ€˜shma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qilish taklif etildi; πŸ“ŒNodir va strategik minerallarni toβ€˜liq qayta ishlash, β€œyashil” energetika uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq; πŸ“Œβ€œTijorat ishlari boβ€˜yicha oβ€˜zaro huquqiy yordam koβ€˜rsatish toβ€˜gβ€˜risida”gi koβ€˜p tomonlama shartnomani ishlab chiqish lozim; πŸ“Œβ€œTurkiy davlatlar logistika komplekslari tarmogβ€˜i”ni tashkil etish va uni birgalikda boshqarish taklifi bildirildi; πŸ“ŒTurkiy xalqlarning tarixiy shaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondoβ€˜stlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etish maqsadida β€œTurkiy turizm alyansi”ni tashkil qilish tashabbusi ilgari surildi; πŸ“ŒFuqarolarning oβ€˜zaro safarlari toβ€˜gβ€˜risida koβ€˜p tomonlama bitimni ishlab chiqish taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, chegaradan oβ€˜tish va mezbon davlat hududida boβ€˜lish tartibini soddalashtirish masalalari aks etishi lozim; πŸ“ŒMamlakatimiz β€œYangi Oβ€˜zbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratishga tayyor; πŸ“Œ2027-yilni tashkilot doirasida β€œTabiatni asrash yili” deb e’lon qilish boβ€˜yicha tashabbus hamda Oβ€˜zbekiston vakilining nomzodi Bosh kotib lavozimiga qoβ€˜llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi; πŸ“Œ"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik gβ€˜oyamiz va ulugβ€˜vor rejalarimizga erishish yoβ€˜lida muhim qadam boβ€˜ladi"; πŸ“Œβ€œBarchamizning orzu-istaklarimiz va intilishlarimiz mushtarak. Biz bir boβ€˜lsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat boβ€˜lsak, yanada yuksak marralarga albatta erishamiz”. Facebook|Instagram|X