Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
El canal Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿 (@eo_turdimov) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 19 207 suscriptores, ocupando la posición 2 963 en la categoría Política y el puesto 4 193 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 19 207 suscriptores.
Según los últimos datos del 07 noviembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 4 814, y en las últimas 24 horas de 29, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 36.66%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 16.10% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 7 041 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 091 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 36.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri
Facebook: https://fb.com/turdimov
Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 08 noviembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Política.
– Biz bu yo‘nalishda ham ochiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda ushbu masalada tartib-intizom bo‘lishi kerak,– dedi Prezidentimiz. Uzoq muddat yashayotgan xorijlik fuqarolardan 36 ming nafari ishlashga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba. Davlatimiz rahbari qolganlar nima ish bilan shug‘ullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot bo‘lishi shartligini ta’kidladi. Ishlashga ruxsat olganlarning 80 foizi qurilish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. O‘z mehnat bozorini himoya qilish rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Prezidentimiz yangi ish o‘rinlariga birinchi navbatda o‘zimizning fuqarolarni joylashtirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga uzoq muddatga kelgan xorijlik fuqarolarning yashash va ish joyini monitoring qilish platformasini bir oyda ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilish davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X
– Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga o‘tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur,– dedi Prezidentimiz. Joriy yil Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ko‘p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqbo‘yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi. Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi. Facebook|Instagram|X
– Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz – oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!– dedi Prezidentimiz. Xorijda muammoga duch kelgan vatandoshlarimiz endi yordam so‘rab, “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elchining o‘zi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yechim topish bilan shug‘ullanadi.
– Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak,– dedi Prezidentimiz. Hokimlar oldiga xorijda ishlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot kechirishi, farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Har bir vatandoshimiz qayerda bo‘lmasin, ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yashashi kerakligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
– Shu bois, mazkur tizimni ham o‘zgartiramiz. Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
– Men ishonaman: chempion tadbirkorlarimiz chet elda “o‘zbek mutaxassislari brendi”ni yaratishda ham davlatga ko‘makchi bo‘ladi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
– Yoshlarga ingliz tilini qanday o‘rgatayotgan bo‘lsak, nemis tili bo‘yicha ham shunday yondashuv kerak,– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini kelasi o‘quv yilidan ikki karra oshirish topshirildi. Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari o‘zlariga zarur mutaxassislarni O‘zbekiston texnikumlarida tayyorlashga qiziqish bildirmoqda. Ular o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarini jihozlashga sarmoya kiritishga ham tayyor. Prezidentimiz bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik ish beruvchilar talabi asosida kadr tayyorlashga moslashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X
– Aslida, inson qayerda ishlashi, qancha maosh olishi, huquqini kim himoya qilishini bilib borishi kerak!– dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari xorijdagi mehnat bozorlariga chiqishda elchilar, hokimlar va texnikumlar hamjihat ishlashi zarurligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topib, ularni texnikumlar bilan bog‘lash va yurtdoshlarimizni ishga joylashtirish bo‘yicha ijobiy misollar bor. Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilarimiz bu masalada sust ekani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
– Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin!– dedi Prezidentimiz. So‘nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilgari bu yo‘nalishda 3 ta davlat bilan ish olib borilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik ish beruvchilar qariyb 400 taga ko‘paydi. Chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz soni o‘n yilda ikki baravar kamaygan bo‘lsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablag‘lari to‘rt karra oshdi. Bu, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqaro mehnat bozorida o‘zbek mutaxassislariga munosabat o‘zgarib, odamlarimiz chetga oddiy ishchi emas, malakali kadr sifatida borayotganini ko‘rsatadi. Facebook|Instagram|X
