cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O'zDSMI Fmfiliali rasmiy kanali

O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Больше
Рекламные посты
1 296
Подписчики
Нет данных24 часа
-107 дней
+10430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

02:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
Тўлов-контракт пулини тўлай олмаётган талабалар диққатига! Эндиликда сиз 2024/2025 ўқув йили бошлангунига қадар ЙИДХП (my.gov.uz) орқали таълим кредити олиш учун ариза топширишингиз мумкин. 👉 https://ict.xabar.uz/ag4 📲Каналга қўшилинг: https://t.me/xabaruzofficial
Показать все...
videoplayback.mp47.19 MB
Repost from Edu.uz
Vazir: Har bir yoshning kelajagi ta’lim bilan chambarchas bog‘liq
2-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida vazirlikning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar boʻyicha fikr almashildi. Bunda OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish va dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida urgʻu berildi. Yigʻilish kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan biri — oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun imtihonlar topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish boʻlib, abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun yetarli sharoitlarni yaratishga qaratilgan tashkiliy ishlarning holati boʻyicha axborot berildi. Oliygohlar rahbarlariga yangi oʻquv yilidan boshlab talabalarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi “Registrator ofislari” faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari lozimligi qayd etildi. Yigʻilishda rektorlarning amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda fikr va mulohazalari tinglandi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul2024 #akademik_litsey #infografika
Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi
2-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 186 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. ☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. 💻Qabul bo‘yicha videoyo‘riqnoma BU YERDA. Batafsil infografikada👆 Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
🔷 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Talaba-yoshlar ijodiyoti" festivalining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🔷 Festivalda yilning eng faol magistrantlari va talabalari madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda institut rektori Nodirbek Sayfullayevlar tomonidan munosib taqdirlandi. 🔷 Bugungi festivalda "Yilining eng faol magistranti" nominatsiyasi bo‘yicha O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali Vokal san'ati: "An'anaviy xonandalik" magistratura yo'nalishi magistranti Ulug'bek Burhonov hamda "Yilining eng faol talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha "Qo'g'irchoq teatri aktyorligi" ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Durdona Mirsoliyevalar ham ishtirok etishib "DIPLOM" hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ✍ Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Ravshanbek O'taganov.
Показать все...
#Maqom_2024 #Zomin #Buxoro_paviloni 🎼 Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazildi. Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida  nutq so'zladi. Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi. Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda maqom san'atining Buxoro yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq artisti,  Munojot Yo'lchiyeva "Soqiynomai savti kalon"( Bobur g'azali, "Rost" maqomidan) va buxorolik taniqli xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ilyos Arabov "Bozurgoniy" (Fazliy g‘azaliga "Vola" muxammasi)  bilan anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi. Qayd etish lozimki, festivalda Buxoro viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi. Buxoro pavilonida "Ark" qo'rg'oni, "Minorai Kalon", "Chor minor" va qadimiy "Varaxsha" davlatchiligi tarixidan so'zlovchi "Bukhara decert oazis" turistik klasteri dekoratsiyalari o'rnatildi. Shu bilan birga, Buxoro pavilonidan o'rin olgan maqom san'atining rivojiga katta hissa qo'shgan tarixiy shaxslar Domla Halim Ibodov, Abdurauf Fitrat, Levi Boboxonov, Ota G'iyos Abdug'ani o'g'li, Ota Jalol Nosirov hamda Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijodlarini namoyish etuvchi ko'rgazma, musiqa va cholg'u asboblari stendi, zardo'zlik, zargarlik, kashtachilik kabi noyob hunarmandchilik rastalari hamda meva-sabzavot va poliz mahsulotlaridan san'at asari ko'rinishida tayyorlangan burchak mahalliy va xorijiy ishtirokchilarda katta taassurot uyg'otdi. Tadbir davomida Buxoro paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Показать все...
Repost from Huquqiy axborot
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Биласизми
❗️2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун
🔰 Қонунга мувофиқ, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир. 📌 Ўзбекистонда истиқомат қиладиган барча шахс давлатимиз гербини ҳурмат қилишлари шарт. ▶️ Жиноят кодексига асосан, Давлат гербига ҳурматсизлик қилиш БҲМнинг 25 бараваригача (8 млн 500 минг сўм) миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Показать все...
Repost from Manaviyat.edu.uz
Bugun 2-iyul haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Xalqaro sport jurnalistlari kuni. 🇺🇿 O‘zbekiston – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🇸🇬 Singapur – Yoshlar kuni. 🇮🇳 Hindiston – Daraxt ekish milliy bayrami. #voqealar 🔸Zolotoy Rog sohilida Aleksey Shefner Vladivostok shahriga asos soldi (1860). 🔸Parijda 2-Olimpiya o‘yinlari ochildi (1900). 🔸Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi (1924). 🔸Amelia Earhart Tinch okeanida g’oyib bo‘ldi (1937). 🔸O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi (1992). 🔸Osiyo moliyaviy inqirozining boshlanishi (1997). #tavalludlar 🔹1904-yil: Rene Lakoste (1996) – fransuz tennischisi, “Katta dubulg’a”ning ko'p karra g’olibi, “Lacoste” moda yo'nalishining asoschisi. 🔹 1946-yil: Gulchehra Jamilova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1992). 🔹1961-yil: Sami Naseri – mashhur fransuz aktyori, “Taksi” filmi seriallarida bosh rol ijrochisi. 🔹1978-yil: Diana Gurtskaya – estrada qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist. 🔹 1992-yil: Madison Chok – amerikalik figurali uchish ustasi, to‘rt qit’a chempioni (2019, 2020). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi #31_yil Bugun 2-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 32-yil to'ldi.
Показать все...
E'TIROF 🏛 Bugun O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich 2023/2024 o'quv yilining "Eng namunali kafedra" tanlovida I-II-o'rinni egallagan kafedralarga hamda 2023/2024-o'quv yilida alohida o'rnak ko‘rsatgan professor-o'qituvchilarga "TASHAKKURNOMA" larni tantanali ravishda topshirdi.
Показать все...
FILIAL KENGASHINING NAVBATDAGI  YIG'ILISHI 🏛  O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kengashining 2023/2024-o'quv yili bo‘yicha 11-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi. 🔷 Filial direktori Gapurov Mirmuxsin Kamoldinovich raisligida o'tkazilgan "Kengash" davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Madaniyat vazirliklari buyruqlari ijrosi to‘g‘risida, 2023-2024 o‘quv yili yakunlari to‘g‘risida (ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv, ilmiy) hisobot, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomdor stependiyalari tanlovining I-bosqich yakunlari va II-bosqichiga tavsiya etish to‘g‘risida, “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovi natijalari xususida, “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini 2023/2030-yillarda rivojlantirish dasturi” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisobati haqida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida tashkil etilgan “Eng namunali kafedra” tanlovi natijalari to‘g‘risida, mualliflik huquqi guvohnomasini olgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish tо‘g‘risida hisobotlar tinglanib tahlil etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.