ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

JDPU | Rasmiy kanal

JDPU | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

Jizzax davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifasi 🌐 Rasmiy sayt: jdpu.uz 📞 Ishonch telefoni: 72-226-68-10 📞 Call-center: 72-221-55-16 👩🏻‍💻 Aloqa: @jdpu_axborot_bot 🔹facebook.com/jdpuuz 🔹instagram.com/jdpuuz 🔹youtube.com/jdpuuz 🔹x.com/jdpuuz

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала JDPU | Rasmiy kanal

Канал JDPU | Rasmiy kanal (@jdpuuz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 10 181 подписчиков, занимая 19 618 место в категории Образование и 7 681 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 10 181 подписчиков.

Согласно последним данным от 17 октября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -218, а за последние 24 часа — 6, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 22.94%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.90% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 338 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 926 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 10.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Jizzax davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifasi 🌐 Rasmiy sayt: jdpu.uz 📞 Ishonch telefoni: 72-226-68-10 📞 Call-center: 72-221-55-16 👩🏻‍💻 Aloqa: @jdpu_axborot_bot 🔹facebook.com/jdpuuz 🔹instagram.com/jdpuuz 🔹youtube.com/jdpuuz 🔹x.com/...”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 18 октября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.

10 181
Подписчики
+624 часа
-777 дней
-21830 дней
Архив постов
+8
StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh faoliyati bilan tanishdi. Shundan so‘ng startap loyihalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Talabalar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, ularni rivojlantirish va xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha tavsiyalar oldilar. Rektor Maksudjan Yuldashev bilan uchrashuvda startaplarni qo‘llab-quvvatlash va Jizzax viloyatining xalqaro startaplar reytingidagi ishtiroki muhokama qilindi. Yakunda JDPU va StartupBlink o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tashrif doirasida Eli David Rokah Jizzax Yoshlar texnoparki faoliyati bilan ham tanishdi. #JDPU #StartupBlink #Startup #Innovatsiya #XalqaroHamkorlik Batafsil 👉На Русском 👉 In English

photo content
+1

#StartupBlink #Startup #Innovatsiya #XalqaroHamkorlik JDPU va StartupBlink o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Jizzax d
+4
#StartupBlink #Startup #Innovatsiya #XalqaroHamkorlik JDPU va StartupBlink o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Jizzax davlat pedagogika universitetida StartupBlink asoschisi Eli David Rokah va universitet rektori M. Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, ularni xalqaro bozorga olib chiqish hamda yoshlarning global startap ekotizimiga integratsiyalashuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Jizzax viloyatining xalqaro startaplar reytingidagi ishtirokini ta’minlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti va StartupBlink tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 🔹JDPU axborot xizmati

#YoshlarTexnoparki #StartupBlink #Startup Universitet, Yoshlar texnoparki va StartupBlink: startaplar rivoji yo‘lida hamkorli
+4
#YoshlarTexnoparki #StartupBlink #Startup Universitet, Yoshlar texnoparki va StartupBlink: startaplar rivoji yo‘lida hamkorlik Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik doirasida Jizzaxga tashrif buyurgan StartupBlink asoschisi Eli David Rokah shahar Yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda texnoparkda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni xalqaro bozorga olib chiqish, xorijiy tajribani o‘rganish hamda universitet, texnopark va xalqaro startap ekotizimi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 🔹JDPU axborot xizmati

JDPUda talabalar startap loyihalarini xalqaro bozorga olib chiqish masalalari muhokama qilindi Jizzax davlat pedagogika unive
+9
JDPUda talabalar startap loyihalarini xalqaro bozorga olib chiqish masalalari muhokama qilindi Jizzax davlat pedagogika universitetida StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah ishtirokida startap loyihalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Ingliz tilida o‘tkazilgan tadbirda startap loyihalariga ega talabalar ishtirok etib, o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar. Ular loyihalarni rivojlantirish va xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha mutaxassisdan muhim tavsiyalar oldilar. Seminarda startap yaratishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, innovatsion g‘oyalarni istiqbolli biznes loyihalariga aylantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

#StartupBlink #Startup #Innovatsiya StartupBlink rahbari JDPU faoliyati bilan tanishdi Jizzax davlat pedagogika universitetig
+9
#StartupBlink #Startup #Innovatsiya StartupBlink rahbari JDPU faoliyati bilan tanishdi Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududini aylanib, sport maydonchalari, Registrator ofisi, suzish havzasi, o‘quv auditoriyalari hamda laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

#IjtimoiyFaollik #Zakovat JDPUda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Jizzax davlat pedagogika universitetida Shanba — Ij
+7
#IjtimoiyFaollik #Zakovat JDPUda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Jizzax davlat pedagogika universitetida Shanba — Ijtimoiy faollik kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvda jami 32 ta jamoa ishtirok etib, bilim va mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni “Benom”, 2-o‘rinni “Logika”, 3-o‘rinni esa “Renessans” jamoasi egalladi. G‘olib jamoalar diplomlar bilan taqdirlandi.

JDPU “ZIYOKOR” JAMOASIDAN ISHONCHLI G‘ALABA! 16–22-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida voleybol bo‘y
JDPU “ZIYOKOR” JAMOASIDAN ISHONCHLI G‘ALABA! 16–22-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-20 O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan JDPUning “ZIYOKOR” jamoasi Xorazm viloyati jamoasiga qarshi bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi! Jamoamizga keyingi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!

🇺🇿21-oktyabr-Oʻzbek tili bayrami kuni! “Mening faxrim boʻlding sen, ona tilim” Filologiya oliy pedagogika maktabi, Rus tili va adabiyot fakultetinig, iqtidorli talabalari

🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni! “Men o‘zbek tilini yaxshi ko‘raman, chunki...” Filologiya oliy pedagogika maktabi , “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri dotsent Murodulla Jo‘rayev 🔹JDPU axborot xizmati

“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi b
+9
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant tashkil etildi. Tadbir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Batafsil...

#JDPU #Shanba #IjtimoiyFaollik Futbol-birlik va g‘alabaga intilish Ijtimoiy faollik kuni munosabati bilan universitet futbol
+5
#JDPU #Shanba #IjtimoiyFaollik Futbol-birlik va g‘alabaga intilish Ijtimoiy faollik kuni munosabati bilan universitet futbol maydonida talabalar va professor-o'qituvchilarning mashg‘ulotlari va o‘zaro o‘yinlari davom etmoqda. Futbol yoshlarda jamoaviylik, mas’uliyat, intizom va g‘alabaga intilish kabi fazilatlarni shakllantiradi. 🔹JDPU axborot xizmati

#JDPU #Shanba #IjtimoiyFaollik Stol tennisi-tezkorlik va aniqlik Shanba — Ijtimoiy faollik kuni doirasida universitetda stol
+4
#JDPU #Shanba #IjtimoiyFaollik Stol tennisi-tezkorlik va aniqlik Shanba — Ijtimoiy faollik kuni doirasida universitetda stol tennisi mashg‘ulotlari ham tashkil etilmoqda. Ushbu sport turi talabalarning diqqatini jamlash, tezkor qaror qabul qilish va harakatlar aniqligini oshirishga yordam beradi. 🔹JDPU axborot xizmati

#JDPU #Shanba #IjtimoiyFaollik Vorkau-kuch, chidam va maqsad sari Universitet vorkaut maydonchasida talabalar kuch va chidaml
+3
#JDPU #Shanba #IjtimoiyFaollik Vorkau-kuch, chidam va maqsad sari Universitet vorkaut maydonchasida talabalar kuch va chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Shanba — Ijtimoiy faollik kuni doirasidagi bunday mashg‘ulotlar yoshlarni muntazam harakat qilishga, o‘z ustida ishlashga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishga undaydi.

photo content
+3

photo content
+9

Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari ish beruvchilar bilan uchrashdi Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibb
+9
Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari ish beruvchilar bilan uchrashdi Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi. Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, «O‘zmilliybank» AJning «Kelajakka qadam» dasturi vakili ishtirok etdi. Batafsil...

#JDPU #Hamkorlik Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Unda tala
+4
#JDPU #Hamkorlik Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Unda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonidagi muammolarni hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi. 🔹JDPU axborot xizmati

CV tayyorlash, maqola yozish, volontyorlik, bepul oromgohlar, xalqaro loyihalar va startaplar haqida bilishni istaysizmi? Und
CV tayyorlash, maqola yozish, volontyorlik, bepul oromgohlar, xalqaro loyihalar va startaplar haqida bilishni istaysizmi? Unda ushbu vebinar aynan siz uchun! Vebinar spikeri — Baxtiyorova Sevinch Doniyor qizi
— Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti yoshlar yetakchisi — Universitet miqyosidagi «Mushoira» klubi rahbari — «Antinarko: Yoshlar front ofisi» Jizzax viloyati bosh sardori — «Wake Up Girls» ilmiy-ijodiy akademiyasi rahbari — O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchisi 📌 Vebinarda nimalarni o‘rganasiz? ✅ Xalqaro talablarga mos professional CV tayyorlash ✅ Ilmiy maqola yozish va nashr ettirish imkoniyatlari ✅ Volontyorlik orqali tajriba va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish ✅ Bepul oromgohlar va yoshlar dasturlarida qatnashish ✅ Startap loyihalarni yaratish va rivojlantirish 📅 Sana: 17-oktabr 🕘 Vaqt: 21:00 📲 Format: yopiq Telegram kanalida
➡️ Ishtirok etish uchun Telegram orqali @sevinch_doniyorovna profiliga yozing Harakatni bugundan boshlang!

🚀 StartupBlink rahbari bilan master-klass! Jizzax davlat pedagogika universitetida StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi di
🚀 StartupBlink rahbari bilan master-klass! Jizzax davlat pedagogika universitetida StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah talabalar uchun startap bo‘yicha maxsus dars o‘tadi. 💡 Startaplarga qiziqasizmi? O‘z g‘oyangizni rivojlantirishni istaysizmi? Xalqaro ekspert bilan uchrashib, tajriba o‘rganish va savollaringizga javob olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📅 Ertaga, 17-oktabr 🕙 Soat 10:00 📍 Bosh bino — Aylanalar zali Barcha qiziquvchi talabalarni taklif qilamiz! #JDPU #StartupBlink #Startap #MasterKlass Talabalar akademiyasi