ru
Feedback
• Afifa akademiyasi •

• Afifa akademiyasi •

Закрытый канал

Nafs tarbiyasi, kuchli duolar, ilm yo‘li, 5 oyda Qur‘on yodlashni o‘rganasiz! Xotira, diqqat mashqlari... 1000 ga yaqin hofizalar yetishtirgan akademiya Ayol-qizlar uchun zarur ilmlarni ulashamiz (rasmiy ruxsatnoma bilan) Kanal linki: @Afifa_akademiya

Больше
4 180
Подписчики
-624 часа
-387 дней
-22030 день
Архив постов
Ashuro kuni 🌙 Alloh barokatlarini yog'dirsin ☀
Ashuro kuni 🌙 Alloh barokatlarini yog'dirsin ☀

✍️ Alloh kimga o‘g‘il bergan bo‘lsa katta mas‘uliyat yuklagan, albatta, qiz farzandi borlar ham bundan mustasno emas. Ammo qizning ustidagi majburiyatlarimiz vaqti kelib bir erkak qo‘liga o‘tadi ... O‘g‘il va qiz tarbiyasi mutlaqo boshqacha deb hisoblayman. Masalan, men 2 bor qiz farzandli bo‘lganimdan zarracha afsuslanmaganman. Balki Allohning xayri deb hisoblayman🌷 Chunki men hali o‘g‘il tarbiyalashga tayyor emasman, ilmim ham yetarli emas. 🧕 Qayta-qayta qiz ko‘rganlar, Alloh sizlarga qiz tarbiyasini oson qilgan, rahm qilganidan butun umr bir inson uchun javobgarlikni yuklamasdan fazl qilgan. Qayta-qayta o‘g‘il ko‘rganlar esa Alloh sizlarga ishongan, ummatning go‘zal oilasiga bosh bo‘ladigan rijollarni tarbiyalashni. Sizga boquvchi bermagan (
unga boquvchim, qariganimda suyanchim deb qaramang! U sizning sirli shamchirog'ingiz emas, fikrlarimizni tartiblashimiz kerak) Ha, agar o'g'ilni boquvchim bo'ladi deb tarbiyalasangiz, yaxshi, boqadi lekin niyat xolis emas bu yerda. Niyat Alloh roziligi bo'lishi kerak, istaklaringizni bajaradigan shamchiroq bo'lishini istash emas ❗) Shu o'rinda qizlar ham, o'ziz amalga oshirolmagan niyatlaringizni qizingizdan ham kutmang.
Agar o‘g‘il uylansa, bir qizni baxtli qiladi uning ortidan farzandlarini ham... yoki oqila qizni ham hayotini barbod, norasidalarni tirik yetim qiladi... Oila va jamiyat barqarorligida erkaklarning roli o'ta kuchli. ⭐️Shuning uchun bizga berilgan mas'uliyatni anglagan holda harakat qilishimiz kerak. Duo va sabablarni ushlashlik bilan bu yo'lda maqsadga erishiladi. Fikrlarim shaxsiy, qo'shilish-qo'shilmaslik bu sizning fikringiz 🌟

🫀

Qorilarni tarbiya qilishni istagan onalar, qorilarni yetishtirish oson, ammo hamma ham bu nomga munosib xulqli erkakni tarbiyalay olmaydi. ❗Qur'on yodlaganlarni Qiyomatda 2 ta yo'ldan biri albatta kutib turadi: 1. Amal qilmagani uchun Jahannamning eng tubiga uloqtiriladi 2. Jannatning eng yuqori maqomida bo'ladi Shuning uchun bolasini robotdek 2-3 ta til bilib, sharillatib Qur‘on o‘qishni biladigan qilishmas, asosiy maqsad bola qalbiga Allohga chin ixlos va muhabbatni singdira olish. Shundagina bola muvaffaqiyatga erishgan hisoblanadi (mening fikrim, qadriyatlarim shunday) Ko‘plab ayol-qizlarning dardlari, hissiyotlari bilan tanishganim uchun bu so‘zlarni yig‘lab yozdim... Ummat erkaklari xarob bo‘lish arafasida turgandek...

"Kim deganigamas nima deganiga boq" Qizlar, bu haqida yozish menga ham osonmas. Bu xabarni o'qib yig'ladim, rosti 🥲 Xabar egasiga bildirib keyin kanalga joyladim, biror amalda doim niyat muhim. Niyatim — shunday munosabatga kelib qolsa ayollar qanday yo'l tutsa to'g'ri bo'ladi, ogohlik va manfaatli anglashni yoyish. Bu yerda qorilarni qoralash, kimnidir oilasini muhokama qilish, sirni ommaga oshkor qilishmas Bu yerda ilmga amal qilish mushkulligi, doim ham tashqi omilga e'tibor berib qaror qilganimiz to'g'ri emasligi, qarshimizdagi insonning va o'zimizning asosiy muammolarimizni to'g'ri tahlil qila olish, yechim izlash maqsad qilingan. Mavzu aktual va bu xabar 1 chisi emasligi uchun ayollarning hech kimga aytolmas og'riqlari deb o'yladim ❤️ Agar sizda, atrofingizda bunday holatlar kuzatilmagan bo'lsa, bas, shukur qiling. 🌟🌟🌟

2 kun avval botimga kelgan xabar ❤️ Hamma qori ham taqvoli bo‘lavermaydi. Siz bir insonni u bilan yashab ko‘rmaguningizcha to
+1
2 kun avval botimga kelgan xabar ❤️ Hamma qori ham taqvoli bo‘lavermaydi. Siz bir insonni u bilan yashab ko‘rmaguningizcha to‘liq bilolmaysiz. Va er-xotinni bir-biridan yaxshiroq biladigan hech kim bo‘lmaydi, hattoki tuqqan onasi ham ❕ Islomiy psixologik nuqtai nazari bilan qarasak... bu erkak "yosh bola pozitsiyasi" da: arazlavolsam o‘zi yonimga keladi, arazlavolsam o‘zini aybdor sanaydi degan xayollarda yuradi. Bu juda keng qamrovli mavzu, aslida Ayolda ham xatolar bor 🤪 Biz bu munosabatni dinimizga ko‘ra tahlil qiladigan bo‘lsak, kim ko‘proq aybdor bo‘lib chiqadi deb o‘ylaysiz? To‘liq islomiy psixologik jihatdan tahlil qilib beraymi? 🙂‍↕️ Yurakchalarni ayamang

Qur‘onni tark etmaslarga beriladigan mukofotlar 📖 Qur‘on husnixati (soyali Qur‘on) 3 ta qoldi 10% chegirma bilan beriladi @Aisha_Afifa 💌

Yangilik 📖 Yaqinda kitob nashriyotidan hamkorlikka taklif tushdi. Auditoriyangiz Qur‘onga oshiqlar, Qur‘on kitoblarimiz soti
Yangilik 📖
Yaqinda kitob nashriyotidan hamkorlikka taklif tushdi. Auditoriyangiz Qur‘onga oshiqlar, Qur‘on kitoblarimiz sotilmayapti,deyarli, deb xafa ohangda yozdi. Men Qur‘onlar shunchaki chang bosib yotmasligi, kimningdir qalbiga, ruhiga nur, baraka kirishini istab ham bu taklifga rozi bo‘ldim.
Siz uchun maxsus Qoriya to‘plami 📚 To‘plam ichida: 1⃣ Soyali Qur‘on (yoziladigan Qur‘on) 2⃣ Daftar 3⃣ Geliviy ruchka 4⃣ Stiker 5⃣ Hifz duosi (ramkachali) 6⃣ 10 oyda yodlash jadvali 7⃣ Soyali Qur‘onni yozish jadvali 8⃣ Hifz daftari (pdf) Narxi: 310 ming Murojaat uchun o‘zimga yozing: @Aisha_Afifa ▫️▫️▫️🎀🎀▫️▫️▫️ "Qur‘onni yozgan qo‘l— muborak qo‘ldir"
Usmon roziyallohu anhu

Melanxolikman ☕️ Mizajlar orasida eng chuqur qalblisi bu melanxoliklar. Ular qalblari bilan o‘ylaganlari uchun ham tez xafa bo‘ladi, ozgina narsadan ham quvonib ketadi... Avliyolar orasida ham eng tez yetishadiganlar melanxoliklar bo‘ladi chunki ularga yolg‘izlik yoqadi. 📖 Xoleriklar esa ko‘proq aqli bilan o‘ylasa kerak. Ular aniqlikka, reallikka ko‘p urg‘u beradi. Fiqh olimlarining aksariyati xolerik mizajli bo‘ladi 📎Aslida muvaffaqiyatga erishish mizaj tanlamaydi, lekin nisbatan aloqadorligi bor. Singlim aqlga tayanadiganlar hayotda ko‘proq muvaffaqiyatli desa, men qalbga deyman (qalb bu hissiyot emas)
Agar qalb Robbisini bilsa, his qilsa, odamlarning tuyg‘ularini payqay olsa menimcha, yutuqda bo‘ladi.
Aql tanlay olmaydigan, qaror qilolmaydigan onlar bo‘ladi, lekin qalb doim o‘z hukmini aytadi. 💡 Siz ko‘proq aql bilan yashaysizmi, qalb bilanmi?

Qay birini tanlagan bo'lardingiz? ❤️ Bu dunyoda qalbi bilan yashaydigan insonlarga juda qiyin deb o'ylayman... bu fikrga singlim (yaqinda Germaniyada o'qib nevropsixologiya bo'yicha diplom oldi) "Aql boshqaradi qalbni ham" deb qoldi Lekin menimcha, aql har doim ham ustun emas. Qalbga ko'proq murojaat qilsak kerak Suhbatimiz uzoq cho'zildi. Ikkimiz ham yengilmadik. Men islomiy psixologiya bo'yicha u esa nevrobiologiya bo'yicha o'z fikrlarimizni asosladik. Siz nima deb o'ylaysiz: Qalb muhimroqmi insonga yoki aqlmi?

Qay birini tanlagan bo'lardingiz? ❤️ Bu dunyoda qalbi bilan yashaydigan insonlarga juda qiyin deb o'ylayman... bu fikrga singlim (yaqinda Germaniyada o'qib nevropsixologiya bo'yicha diplom oldi) "Aql boshqaradi qalbni ham" deb qoldi Lekin menimcha, aql har doim ham ustun emas. Qalbga ko'proq murojaat qilsak kerak Suhbatimiz uzoq cho'zildi. Ikkimiz ham yengilmadik. Men islomiy psixologiya bo'yicha u esa nevrobiologiya bo'yicha o'z fikrlarimizni asosladik. Siz nima deb o'ylaysiz: Qalb muhimroqmi insonga yoki aqlmi?

☕️ Bilasizlar... Jim bo‘lib ketganim bilan bir nimalar qilib yuraman... Hayotimda past-balandliklar bo‘lyapti, bir maromda em
☕️ Bilasizlar... Jim bo‘lib ketganim bilan bir nimalar qilib yuraman...
Hayotimda past-balandliklar bo‘lyapti, bir maromda emasman ayni vaqtda Aishani 3 kun bog‘chaga olib bordim, hali umuman tayyor emas deb hisobladim va berish fikridan qayttim. Yangi bilimlarni tashkillash va yozgi uchrashuvga tayyorgarliklar bilan bandman.
Hamma kutgan yoki kutmagan yangilik bor menda 🎀 💌 Nima deb o'ylaysiz, 6-hissiyotingizni ishga soling-chi?

📚 Qur‘on yodlash bu ibodat Shunday ibodatki, qiyinchiliklaridan ziyoda ajrlar, barokatlar keltiradi... Agar kimki qalbiga bunday saodatga erishmoqni niyat qilgan bo‘lsa, bu yo‘lning qiyinchiliklaridan nolimasin, ortga qaytmasin, nafsini yengsin. Agar bugun to‘xtasangiz kun kelib nega o‘sha vaqtda davom etmadim deya afsuslanasiz... Davom etsangiz kun kelib yaxshiyamki taslim bo‘lmadim deysiz. 📖 Ilm yo‘lidan yurmoq insonni faqat yuksaltiradi, aziz qiladiki hech ham xor yoki pushaymon qilmaydi Men nega erishgan bo‘lsam, faqat ilm ortidan erishdim... 🖼️

Uy bekalariga atalgan💞
Ba'zi ayollarni ko'ramiz: uy ishlari, farzand tarbiyasi, turmush tashvishlari orasida yashaydi. Ba'zan darsida uzilish ham bo'ladi. Lekin baribir ilmni butunlay tashlab qo'ymaydi. Mana shu — haqiqiy himmat.
Chunki ilmni sevishini aytish oson. Uni og'ir kunlarda ham qo'yib yubormaslik esa boshqacha fazilat. Alloh taolo shunday ayollarning har bir qadami, har bir darsga qaytishi va har bir jiddu jahdiga baraka bersin. O'zini oqlash uchun bahona topayotganlar ko'p. Bahonalariga qaramay ilm yo'lida qolayotganlar esa kam. Rasululloh ﷺ shunday dedilar: "Qachonki ayol besh vaqt namozini ado etsa, Ramazon ro'zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: "Jannatning istagan eshigidan kir", deyiladi." Endi shunga qoʻshib ilm ham olayotgan ayollarga mukofotlar qanday ekan? 📚QuronAxlidan | ❗Eslatma

Qur‘on ahllarining jasadlari qabrda chirimas ekan Behosdan Husariy qorining qabri devori sal tushib ketganda qarashsa, biror
Qur‘on ahllarining jasadlari qabrda chirimas ekan Behosdan Husariy qorining qabri devori sal tushib ketganda qarashsa, biror joyi yo‘q bo‘lmagan ekan... yangidek turibdi ekan jasadi.. #zavjim bilan suhbatlarimizdan 🥹

📓📓📓 📓📓📓 Kechiringlar... Men o‘z oilam, hislarim, farzandlarim, muhim qarorlarim bilan band bo‘ldim. Biroz toliqdim... O‘zimni qayta o‘nglab olishimga vaqt kerak bo‘ldi 🤩🤩 Hayit hadyasi esa mana: 🤩🤩 https://t.me/+y1gOcyy9ZIdkMWMy (Yengil e‘tiqod (aqida) darsligi 1 oydan so‘ng imtihon bo‘ladi imtihondan o‘tganlarga sertifikat beriladi Link 3 kundan keyin o‘chadi Kanalga ertaga qo‘shilasiz 🌸

Hadya sifatida Aqida kursini taqdim etaman Faqat link ertaga yuboraman 😘

Bayramlar muborak bo‘lsin 📚 Jamiki go‘zal niyatlarni tilayman, sizlarni yaxshi ko‘raman har biringizni 💐 Hadyamni bugun e‘lon qilaman 💌

Tolibalari, ustozalaridan hadyalar olib, ularning haqlariga go‘zal duolar qilib sayohatga chiqib ketayotgan Afifadan hammaga
+1
Tolibalari, ustozalaridan hadyalar olib, ularning haqlariga go‘zal duolar qilib sayohatga chiqib ketayotgan Afifadan hammaga xayrli kech 🎁
Shu kunlarda juda asabiy bo‘lib ketyapman, Aisha 2 yosh inqirozida: sutdan ajratish nihoyatda mushkul bo‘lyapti, aytgani bo‘lmasa yerga yotib yig‘laydi to aytgani bo‘lmaguncha to‘xtamaydi... Asmo esa e‘tibortalab o‘zicha, doim u bilan band bo‘lishimiz kerak, hatto... yolg‘iz kiriladigan joylarda ham yolg‘iz emasman 😌 "otib tashlanglar"deb baqirvorgilarim keladi 💥 Hayotdagi eng qiyin rol bu onalik bo‘lsa kerak Magniylar ham ta‘sir qilmayapti Matcha, sikoriy, hojicha, kofelar ichib sal tinchlanvolyapman... ☕️ O‘tib ketadi, bilaman. Hamma onalarga Alloh kuch-quvvat, sabot bersin, ilohim
 🌷 Sizlarga nima berishni o‘ylayapman? Hayitga hamma kanal obunachilariga nimadir beradi-ku... men ham esda qolarli va duolar tagida qolib ketarlik nimadir bermoqchiman... Takliflar bo‘lsa marhamat 🔘

💕Qur'on yodlash mashaqqat emas: Agar sen undagi barokatni his qilolsang; Undagi yengillikni, mo'jizani his qilolsang; Uning
💕Qur'on yodlash mashaqqat emas:
Agar sen undagi barokatni his qilolsang; Undagi yengillikni, mo'jizani his qilolsang; Uning hech kim do‘st bo‘lmas, yordam berolmas kunda do‘st va yordamchi bo‘lishini anglasang...
Qur'on yodlash yengillikdir, muslimam, mashaqqat emas. Qoriyalar klubi 6.2 a‘zolarini ulug‘ yo‘l sari qo‘ygan ilk qadamlari bilan qutlaymiz 🌷 👑 Dunyoda ham, oxiratda ham sharaf tojlarini kiyish nasib etsin, 💕 ℹ️ Gold ta‘rifida 2 ta joy bo‘shadi, darslar 4-iyundan boshlanadi Ulgurmay qolgan bo‘lsangiz 🤍@Afifa_admini