cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

Рекламные посты
6 055
Подписчики
+324 часа
+177 дней
+10830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

“Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Vazir kubogi” tashkil etildi ✅ Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi 96-son qaroriga asosan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, xususan davlat xizmatchilari oʻrtasida keng ommalashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi hamda Yoshlar oyligi doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Vazir kubogi” tashkil etildi. 🌐 Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan musobaqada vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda maktabgacha va maktab taʼlim muassasalari pedagoglaridan iborat jami 72 ta jamoa (420 nafar ishtirorkchi) gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi. ⚡️ Qizgʻin va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra: 🥇Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatining “Blockchain” jamoasi — 1-oʻrin; 🥈Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Usturlob” jamoasi — 2-oʻrin; 🥉Vazirlik tizimidagi “Oʻzbekiston” NMIUning “Strike” jamoasi — 3-oʻrinni egallashdi. 🏆 Musobaqaning peshqadam jamoasi — “Blockchain” vakillari Vazir kubogi qo‘lga kiritdi. 👉 Shuningdek, gʻolib jamoalar tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari, maxsus Diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
Показать все...
👍 11🔥 3
Repost from Edu.uz
02:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
#taqdirlash #tanlov #ma’naviyat&ma’rifat “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblari tantanali taqdirlandi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 13–14-iyun kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 jamoa o‘zaro bellashdi. Bugun mazkur tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Shuhrat Ataxanov ochib berib, tanlov ishtirokchi va g‘oliblarini samimiy tabrikladi. “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining g‘oliblari bilan tanishing: 1-o‘rin: “Avloniy izdoshlari” jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti; 2-o‘rin: “O‘zbegim” jamoasi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti; 3-o‘rin: “Behbudiy izdoshlari” jamoasi, Samarqand davlat universiteti; 4-o‘rin: “Tong yulduzi” va “Maʼrifat” jamoalari, Andijon davlat tibbiyot instituti/O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi; 5-o‘rin: “Hurriyat” jamoasi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. G‘oliblar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 💸1-o‘rin – 40 mln so‘m 💸2-o‘rin – 25 mln so‘m 💸3-o‘rin – 20 mln so‘m 💸4-o‘rin – 10 mln so‘m 💸5-o‘rin – 5 mln so‘m
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
IMG_4350.1.mp453.16 MB
👍 16🔥 3🎉 3
✅ Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash ,,Ulugʻbek" jamgʻarmasi har yili yosh avlodning iqtidorini aniqlab,ularni munosib ravishda taqdirlashga qaratilgan turli xildagi koʻplab tanlovlarni oʻtkazib kelmoqda. ✅ Shunday tanlovlardan biri, Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema" asari boʻyicha insholar tanlovi joriy yilning aprel-may oylari mobaynida oʻtkazilib,14-iyun sanasida gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ✅ Tanlovda  2-oʻrinni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 101-guruh talabasi Tursunaliyeva Munojat Abdukarim qizi qo'lga kiritdi va sertifikat, 3 mln soʻm pul mukofoti hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
Показать все...
👍 7 6🔥 2🥰 1🎉 1
✅ 13–14-iyun kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. ⚡️ Final bosqichida 8 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar quyidagi tartibda ishtirok etdi: ↪️Andijon davlat tibbiyot instituti “Tong yulduzi” jamoasi; ↪️Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti “Kimyogar” jamoasi; ↪️Toshkent davlat pedagogika universiteti “Avloniy izdoshlari” jamoasi; ↪️Xalqaro innovatsion universiteti “Hurriyat” jamoasi; ↪️Shahrisabz davlat pedagogika instituti “O‘zbegim” jamoasi; ↪️O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi “Maʼrifat” jamoasi; ↪️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti; ↪️Samarqand davlat universiteti “Behbudiy izdoshlari” jamoasi. ✅ “Maʼrifat maydoni” tanlovining final bosqichida har bir. jamoa “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashdi. 🏆 Tanlovning respublika tanlovining final bosqichida Toshkent davlat pedagogika universiteti “Avloniy izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
Показать все...
👍 15🎉 9🔥 4 3👏 2
✅ Universitet fakultetlarida faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy, ijodiy va kasbiy  to’garaklarning rahbarlari o’rtasida o’tkazilayotgan “Eng yaxshi to’garak rahbari” ko’rik-tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi. ✅ Unda "Maktabgacha ta'lim" fakultetining "Teatr sahnalashtirish texnologiyasi" to'garagi rahbari Iroda Nurmatova 1-o'ringa, Musiqa madaniyati fakultetining "Oltin meros" to'garagi rahbari Davron Qodirov 2-o'ringa, Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim" fakultetining "Mohir qo'llar" to'garagi rahbari Lobar Mamatqulova hamda "Professional ta'lim" fakultetining "Zamonaviy tikuvchilik" to'garagi rahbari Fotima Nasrullayevalsr 3-o'ringa loyiq deb topildilar. ✅ G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
Показать все...
👍 7 4🥰 3👏 2🔥 1🎉 1
00:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
⭕️0️⃣0️⃣0️⃣ ✅ Ayni damda Nizomiy nomidagi TDPU "Avloniy izdoshlari" jamoasi "Ma'rifat maydoni-2024" Respublika tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etish uchun TIQXMMI Milliy tadqiqotlari universitetiga yòl olishdi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
Показать все...
IMG_5538.MP413.87 MB
👍 11🔥 5🎉 1
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇹🇯 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdugappor Kirgizbayev va Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti rektori Ahliddin Ibodullozoda o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔴 Uchrashuvda joriy yil 15-aprelda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2030-yil O’zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm fanni rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari” mavzusida O‘zbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi doirasida erishilgan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. 🔴 Tashrif dasturiga muvofiq fakultetlar faoliyati, bitiruvchilar bilan uchrashish masalalari kiritilgan. ✅ Tashrif davom etmoqda. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting! 🌐🕊 @TDPU_UZ
Показать все...
👍 10 6🥰 1
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.