cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Judo Uz

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Больше
Рекламные посты
17 529
Подписчики
+124 часа
-267 дней
-31930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from OlympicUz
00:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
😊😊😊😊😊 🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Parter ustasi Doston Roʻziyev Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimizni tanishtirishni boshlaymiz. Bugun Sizlar bilan erkaklar oʻrtasida eng yengil vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Doston Roʻziyev haqida gaplashamiz. — 🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: мастер партера - Достон Рузиев Сегодня мы подготовили материал о дзюдоисте Достоне Рузиеве, который будет защищать честь нашей страны на главных стартах четырёхлетия в наилегчайшей весовой категории среди мужчин. #Paris2024
Показать все...
IMG_5171.MOV37.88 MB
👍 39🔥 12🙏 3
🇺🇿🤝🇯🇵Haneda Turtle Service kompaniyasi dzyudochilarimizga 100 komplekt kimano sovgʻa qildi... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
👍 23🤩 2
🇺🇿🤝🇯🇵Haneda Turtle Service kompaniyasi dzyudochilarimizga 100 komplekt kimano sovgʻa qildi... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
👍 12
🇺🇿🤝🇯🇵Haneda Turtle Service kompaniyasi dzyudochilarimizga 100 komplekt kimano sovgʻa qildi...
Показать все...
👍 11 1
🇺🇿🤝🇯🇵Haneda Turtle Service kompaniyasi dzyudochilarimizga 100 komplekt kimano sovgʻa qildi 🇺🇿🥋Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida Yaponiyaning Haneda Turtle Service kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov, rais maslahatchisi Kseniya Gulyamova, Haneda Turtle Service boshqaruv direktori Kodzi Morimoto, direktorlar kengashi raisi Yudziro Nakamura, kompaniya menejeri Akinori Xongo ishtirok etdi. Ushbu serviz kompaniyasi bir necha yildan beri Yaponiya dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab, mamlakat terma jamoalari uchun xizmat koʻrsatib kelyapti. Haneda Turtle Service rasmiy vakillarining tashrifi Oʻzbekiston va Yaponiya dzyudo federatsiyalari oʻrtasidagi hamkorlik mahsuli hisoblanadi. Muloqot chogʻida ikki tomonlama manfaatli aloqalar masalasi muhokama qilindi. Azizjon Kamilov tashrif uchun yaponiyalik mehmonlarga minnatdorlik bildirdi. Oʻz oʻrnida Kodzi Morimoto boshchiligidagi dzyudo vatani vakillari ham iliq qabul qilish tashakkur izhor qilishdi. Shundan soʻng, Haneda Turtle Service kompaniyasi vakillari oʻsmirlar va yoshlar terma jamoamiz dzyudochilariga 100 ta komplekt kimano sovgʻa qilishdi.
Показать все...

🔥 10👍 2🤩 1
🇺🇿🇯🇵🥋O`zbekiston ayollar terma jamoasining Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
👍 35 5😍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
📹📸✍️Bayram muborak, aziz hamkasblar! O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Siz aziz hamkasblarimizni, matbaa va nashriyot, televideniye, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Ijod va tafakkurning taʼsirchan muhitida shakllanib, xalqimizning manfaati, kelajagini koʻzlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishdan charchamang deymiz. Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulugʻvor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu maʼnoda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulugʻlab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir. Kasbingizdan doimo baraka toping, el nazaridan qolmang, deymiz. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan toʻkin-sochinlik arimasin. Vatanimiz ravnaqi, farzandlar kamolini koʻrib yashash nasib etsin, aziz hamkasblar!
Показать все...
👍 27🎉 2 1🔥 1
🇺🇿🥋Yosh dzyudochilarimiz “Osiyo bolalari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” kompleks musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻz tarixida sakkizinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada 232 kishidan iborat Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ham qatnashadi. Ular orasida tabiiyki, dzyudochilarimiz ham bor. 🇺🇿🥋Terma jamoa tarkibi: -46 kg: Xushnud Sultonov -50 kg: Xushnudbek Burxonov -55 kg: Muhammadkarim Nosirov -60 kg: Dilshod Karimov -66 kg: Bahodir Korpjursinov -73 kg: Inomjon Bahodirov -81 kg: Mustafo Shermahmatov -90 kg: Musurmonqul Ahrorov +90 kg: Munisbek Sodiqov 🥋QIZLAR -40 kg: Dinora Hasanova -44 kg: Dilnoza Hamitova -48 kg: Zuhra Alimova -52 kg: Nigina Umirzoqova -57 kg: Maftuna Ahmedova -63 kg: Durdona Tursunova -70 kg: Elnora Salimova +70 kg: Umida Nigʻmatova Murabbiylar - Muhammad-Yusuf Haydarov, Abduvosiq Toshmatov, Xurshidbek Ahmedov Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
👍 54 7🔥 6🤩 1
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.