cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Judo Uz

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Больше
Рекламные посты
17 450
Подписчики
-1424 часа
-567 дней
-21930 дней
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇫🇷🚕Bu qiziq! Parij-2024 Olimpiadasida uchar taksilar ham xizmat koʻrsatadi Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda. “Aéroports de Paris ” (ADP) boshqaruv guruhi Parij shahri ichida, Sena daryosi boʻyidagi “Quai de Osterlitz” qirgʻogʻida va 13-okrugda joylashgan vertolyot maydonchasi ishlashiga rahbarlik qiladi. Maydoncha jamoat havo harakati uchun moʻljallangan. Olimpiada vaqtida faqatgina Germaniyaning “Volocopter” samolyot ishlab chiqaruvchisi oʻzining uchar taksilarini boshqarishi mumkin. “Volocopter” soat 8:00 — 17:00 oraligʻida parvozlarni amalga oshirishi mumkin boʻladi.
Показать все...
👍 24🤩 1
00:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋Olimpiada litsensiantlarimiz - Murodjon Yoʻldoshev! Yo‘ldoshev Murodjon Quvondiq o‘g‘li 1995-yil 9-avgust kuni Xorazm viloyatida tavallud topgan. 2017-yildan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Elbek Umarov. Murodjonning hisobida Olimpiya o‘yinlaridan boshqa barcha musobaqalarning medallari bor. Dzyudochimiz shu paytgacha Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin, qitʼa chempionatlarida 1 ta oltin va 2 ta bronza, “Katta dubulg‘a” musobaqalarida 1 tadan oltin va bronza, Osiyo o‘yinlarida 1 ta oltin va 1 ta kumush, Masters va jahon chempionatlarida esa 1 tadan bronza medallariga sazovor bo‘lgan. 2023-yil O‘zbekistonning eng yaxshi dzyudochisi deb topilgan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan. Yo‘ldoshev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga ko‘ra -73 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Показать все...
SP_ROL__LITSENZIYA_47_murodjon.mp410.13 MB
👍 51 4🔥 1🥰 1😱 1
🇺🇿🥋Azizjon Kamilov Fransiyaga yoʻl olayotgan dzyudochilar bilan uchrashdi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Parij-2024 Olimpiadasiga joʻnab ketish arafasida turgan terma jamoamiz dzyudochilarimiz bilan uchrashdi. Samimiy muloqot asnosida oʻtgan uchrashuvda Olimpiya oʻyinlarigacha boʻlgan mashaqqatli yoʻl, tinimsiz mashgʻulotlar, musobaqalardagi ishtirok haqida soʻz borib, endi mehnatning samarasini oladigan fursat yetib kelgani alohida urgʻulandi. Dzyudochilarning oʻzlari ham oldilarida qanday nufuzli musobaqa kutib turganini juda yaxshi his etishmoqda. Azizjon Yakubjanovich Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan har bir dzyudochi bilan alohida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida delegatsiyamiz aʼzolariga oq fotiha berildi. Reja boʻyicha terma jamoamiz ertaga, 14-iyul kuni Fransiyaga joʻnab ketadi. Olimpiadaga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichi Normandiya regioni Kodbek-lez-Elbyof shaharchasida boʻlib oʻtadi.
Показать все...
👍 47 6🤩 6😍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎁🎂💐Tavallud kun muborak, o'zbek dzyudosi malikasi! Bugun jahon chempionatining ikki karra kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni, kadetlar va harbiylar o‘rtasida jahon chempioni, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, Parij-2024 Olimpiadasi litsensianti Diyora Keldiyorova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bugungi kun qahramoni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Juma shaharchasida dunyoga kelgan. Birinchi murabbiyi - Xurshida Xoliqova. Diyora 2015 yil Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida o‘tkazilgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Kattalar o’rtasidagi jahon chempionatida medal uchun tatamiga chiqqan ilk o’zbek dzyudochi qizi hisoblanadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar va dzyudochilar nomidan Diyora Keldiyorovani bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Unga Olimpiada shohsupasiga ko'tarilishini tilaymiz. ✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Obuna bo'ling👉 Telegram
Показать все...
🎉 100👍 79 16🔥 5🥰 3🤝 3🤯 2😱 2🤩 2
06:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
📹🇺🇿🥋"O`ZBEKISTON 24" telekanali ijodkorlari ham poytaxt viloyatining Boʻstonliq tumanida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko`rayotgan terma jamoasining mashgʻulotidan reportaj tayyorlashdi... 🤲E`tibor uchun tashakkur!!! Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
video_2024-07-12_12-43-57.mp461.84 MB
👍 22 2
00:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋Ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etadigan Sardor Nurillayev! Nurillayev Sardor Ilhom oʻgʻli 1994-yil 12-noyabr kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik davrida unga Kemran Nurillayev murabbiylik qilmoqda. Hamyurtimiz Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza, Osiyo chempionatlarida 1 tadan oltin va bronza, “Katta dubulgʻa” tasnifidagi musobaqalarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, uning kolleksiyasida 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda qoʻlga kiritilgan bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali ham mavjud. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Nurillayev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra -66 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Показать все...
SP_ROL__LITSENZIYA_45_sardor.mp410.17 MB
👍 46 4🔥 1😍 1
04:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
📹🇺🇿🥋"YOSHLAR" telekanali shu kunlarda poytaxt viloyatining Boʻstonliq tumanida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko`rayotgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining mashgʻulotidan jonli reportaj tayyorladi... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
IMG_6653.MP453.28 MB
👍 27 9🔥 2🎉 2🤩 1
00:35
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇫🇷🔥Tarixiy kadrlar. Bundan roppa-rosa 100-yil avval, 1924-yilning 5-iyul kuni Parij shahrida Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi. Oʻsha Olimpiadada 44 davlatdan 3000 ga yaqin sportchi ishtirok etgan, bellashuvlarni 1000 dan ziyod jurnalistlar yoritib borgandi. Oradan bir asr oʻtib, Fransiya poytaxti yana toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasiga mezbonlik qiladi...
Показать все...
IMG_6652.MP46.86 MB
👍 74 4🔥 4🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋O'zbekiston dzyudo federatsiyasi Antidoping reytingida eʼtirof etildi Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan federatsiya va assotsiatsiyalarning sportda dopingga qarshi kurash borasidagi hamkorliklari, antidoping talablarini oʻz vaqtida bajarish, antidoping qoidalariga rioya qilish borasidagi 6 oylik reytingda yetakchilikka erishganlar roʻyxati eʼlon qilindi. E'tiborlisi, dzyudo, ogʻir atletika va boks federatsiyalari mezonlarni doimiy ravishda bajarib kelayotganligi bilan roʻyxatning eng yuqori qismida eʼtirof etildi. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi va Sport vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan reyting xalqaro sertifikatni olgani, antidoping taʼlimotini targʻib qilishdagi hamkorlik, xalqaro antidoping tizimida joriy etilgan vazifalarni oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash, qoidabuzarliklarni aniqlash mezonlari asosida ishlab chiqildi. Yil yakunida reytingda yuqori oʻrinlarni egallagan sport federatsiyalari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.
Показать все...
👍 46🔥 3 2
00:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋Olimpiada litsensiantlarimiz - Doston Roʻziyev! Doston Ro'ziyev Parij-2024 Olimpiadasida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi U 1996-yilning 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi a`zosi. Dzyudodagi ilk murabbiylari Elbek Umarov va Fozil Xolborozov. Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
SP_ROL__LITSENZIYA_44_doston.mp410.18 MB
👍 41 5🔥 1🥰 1
01:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋Viloyatlarda dzyudoga qaratilayotgan e'tibor, u erdagi mashg'ulot jarayonlari, erishilayotgan yutuqlar haqida turkum lavhalar taqdim etishda davom etamiz. Navbatdagi manzil - Qashqadaryo viloyatida o`z o`rniga ega "Bars" klubi haqida so'z boradi... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
IMG_7576.MOV68.01 MB
👍 50🔥 2🤩 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎁🎂Olimpiada litsensianti Doston Roʻziyevni tabriklaymiz! 🇺🇿🥋Bugun Parij-2024 Olimpiya o'yinlar yo'llanmasi sohibi Doston Ro'ziyev (-60 kg) o'z tavallud kunini nishonlayapti. Roʻziyev Doston Oston oʻgʻli 1996-yilning 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etib kelmoqda. Dzyudo sir-asrorlarini Elbek Umarov hamda Fozil Xolborozovdan oʻrgangan. Mahoratli dzyudochimiz oʻzining parterdagi ajoyib harakatlari bilan yaqqol ajralib turadi. Xususan, joriy yil Toshkentda oʻtgan “Katta Dubulgʻa” turnirining finalida gruziyalik jahon chempioni Giorgi Sardalashvilini mana shu usulda magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida “Katta Dubulgʻa” turnirlarining yana 3 ta bronza, qitʼa chempionatlarining esa 2 ta bronza medali bor. Roʻziyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra -60 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Показать все...
👍 36🎉 30 6
01:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
📹"SPORT" telekanalining informatsion dasturi ijodkorlari dzyudo bo`yicha O`zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining muvaffaqiyatli kechgan Osiyo Kubogidagi ishtiroki haqida lavha tayyorlashdi... 🤲E`tibor uchun tashakkur!!! Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
IMG_6628.MP412.85 MB
👍 40 8
Repost from OlympicUz
00:33
Видео недоступноПоказать в Telegram
😊😊😊😊😊 🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo oʻyinlarining ikki karra sovrindori Irisxon Qurbonboyeva Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida Irisxon Qurbonboyevaning alohida oʻrni bor. Boisi, aralash jamoaviy dasturda kechadigan bahslarda Irisxonning ham ishtirokiga koʻp narsa bogʻliq boʻladi. Zero, u mazkur dasturda oʻz vazn toifasida tatamiga chiqadigan yagona nomzod dzyudochimiz hisoblanadi. Bugun xorazmlik ushbu sportchimiz haqida yaqindan bilib olamiz. — 🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: Двукратный призёр Азиатских игр - Ирисхон Курбонбоева В составе женской сборной Узбекистана Ирисхон Курбонбоева также имеет своё место. В частности, от участия дзюдоистки в командном-миксте, зависит многое. Так как, она является единственной спортсменкой, выступающей в своей весовой категории в командной программе. Сегодня мы поделимся интересными сведениями о хорезмской спортсменке. #Paris2024
Показать все...
IMG_6148.MOV22.51 MB
👍 42 4🤩 3
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋⛰Shu kunlarda poytaxt viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Kristal” dam olish maskani dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining mashgʻulotiga mezbonlik qilmoqda... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
IMG_7586.MOV42.94 MB
👍 39 3
12:34
Видео недоступноПоказать в Telegram
📹"SPORT" telekanali "NIGOH" tahliliy dasturi ijodkorlari dzyudo bo`yicha O`zbekiston terma jamoasining Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarligi mavzusida tahliliy ko`rsatuv tayyorladi... 🤲E`tibor uchun tashakkur!!! Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
IMG_6626.MP4150.03 MB
👍 26🔥 2 1
00:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🥋Viloyatlarimizda dzyudoga qaratilayotgan e'tibor, u erdagi mashg'ulot jarayonlari, erishayotgan yutuqlari haqida turkum lavhalar berib borishni boshlagandik. Ilk manzil - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo'limi bo'lgandi. Bugungi kichik lavhamizda poytaxt viloyati dzyudosi haqida so'z boradi... Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
IMG_6619.MP438.18 MB
👍 28 5🔥 1
Repost from OlympicUz
00:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
😊😊😊😊😊 🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Uchinchi Olimpiadasiga hozirlik koʻrayotgan Gulnoza Matniyazova Dzyudochi qizlarimiz orasida Gulnoza Matniyazova oʻzining xarakteri va oxirigacha kurashish hislati bilan alohida ajralib turadi. Qolaversa, yillar davomida toʻplangan tajriba unga boʻlajak Olimpiadada katta yordam berishiga ishonamiz. — 🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: Гульноза Матниязова, которая готовится к 3 Олимпиаде в своей карьере Среди узбекских дзюдоисток Гульноза Матниязова занимает особое место, благодаря своему сильному характеру и стремлению к победе. Помимо этого, спортсменка имеет опыт, накопленный годами. Надеемся, что все эти вышеперечисленные факторы посодействуют победе дзюдоистки на предстоящей Олимпиаде. #Paris2024
Показать все...
IMG_6051.MOV28.28 MB
👍 45 9🔥 4😍 3
Qadrli, Vlad Marinesku! Oʻzbekiston dzyudo Federatsiyasi Sizni bugungi tavallud kuningiz bilan muborakbod etadi. Siz Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Bosh direktori sifatida dunyo sporti, xususan dzyudosi rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelyapsiz. Biz Sizning mehnatingizni qadrlaymiz. Bugungi unutilmas kunda Sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ishlaringizda rivoj tilaymiz. Olimpiada yili professional faoliyatingiz hamda shaxsiy hayotingizda omad keltirsin! Dear Mr. Vlad Marinescu! On behalf of the Uzbekistan Judo Federation, we are honored to extend our warmest birthday greetings to you! Your outstanding leadership as Director General of the International Judo Federation has significantly contributed to the advancement of judo on the global stage. We deeply appreciate your dedication and vision for the sport. On this special day, we wish you continued success, good health, and happiness. May the coming year bring new achievements and moments of joy both in your professional and personal life.
Показать все...
👍 23🎉 5 4
🇺🇿🥋Terma jamoamizning “Kristal”dagi mashgʻulotlari davom etmoqda ⛰Poytaxt viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Kristal” dam olish maskani dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining mashgʻulotiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu oʻquv-mashgʻulotlar terma jamoamizning Fransiyaga joʻnab ketishi oldida oʻtkazayotgan soʻnggi yigʻini hisoblanadi. Reja boʻyicha terma jamoamiz 14-iyul kuni Fransiyaga joʻnab ketadi. Obuna boʻling👉 Telegram
Показать все...
👍 37 7🔥 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.