Ochiq muloqot 2026
Открыть в Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
1 110
Подписчики
-4524 часа
-3297 дней
-1 55730 дней
Архив постов
1 098
#OAV_Biz_Haqimizda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
Navbahorda suv ta’minoti masalalari fermerlar bilan muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Navoiy viloyatining Navbahor tumanida suvdan foydalanuvchilar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda suvdan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, fermer xo‘jaliklarining taklif va murojaatlari bevosita mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Uchrashuv jarayonidan batafsil — videolavhada.Navbahorda suv ta’minoti masalalari fermerlar bilan muhokama qilindi Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Navoiy viloyatining Navbahor tumanida suvdan foydalanuvchilar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda suvdan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, fermer xo‘jaliklarining taklif va murojaatlari bevosita mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Uchrashuv jarayonidan batafsil — videolavhada.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
+4
Hududlardan kelayotgan takliflar Ochiq muloqot kun tartibini shakllantirmoqda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda biznes vakillarining muammo va takliflarini bevosita o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyatidagi uchrashuvda 40 dan ortiq tadbirkor ishtirok etib, jami 22 ta masalani ko‘tardi. Ularning 12 tasi bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan 10 ta murojaat esa nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyatida Biznes-ombudsman devoni, Savdo-sanoat palatasi va bank mutasaddilari ishtirokidagi sayyor qabulda sud-huquq sohasi hamda biznes yuritishda uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etishga oid takliflar muhokama qilindi.
Qashqadaryo viloyatida esa tadbirkorlarning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar bevosita tinglanib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.▪️Hududlardagi bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning real muammolarini aniqlash va VI ochiq muloqot kun tartibini ularning takliflari asosida shakllantirishga xizmat qilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
Qurilishdagi narxlar, davlat xaridlari va infratuzilma: tadbirkorlar masalalari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarida qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, qurilishda narxlarni shakllantirish, loyihalash va ekspertiza jarayonlari, malakali kadrlar tayyorlash hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga zamonaviy yechimlarni joriy etish masalalari ko‘tarildi.▪️Bildirilgan murojaat va takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, asosli masalalar bo‘yicha amaliy choralar belgilash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
👍 BIZNESINGIZ KELAJAGIGA BUGUNDAN HISSA QO‘SHING!
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi – «Ochiq muloqot 2026» Siz uchun yangi tashabbuslar va yirik imkoniyatlar eshigini ochadi!
Respublika shtabida to‘plangan 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari har bir murojaatga individual va tezkor yechim topish ustida ishlamoqda. Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbarlarining qabuliga onlayn yoki shaxsan qatnashing.Muammolarni birgalikda hal etamiz! 📞 Tel: 1100, 1094 👍 Bot: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 098
VI Ochiq muloqotga tayyorgarlik bo‘yicha brifing
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni, hududlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Unda Ochiq muloqot oldidan amalga oshirilayotgan ishlar, murojaatlarni o‘rganish mexanizmlari hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan murojaat kanallari haqida ma’lumot berildi.Asosiy tafsilotlar — videoda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
#Murojaat_Yechim_Topdi
🗣Har bir murojaat ortida tadbirkorning aniq masalasi va kutayotgan yechimi bor.
Ochiq muloqot telefon liniyasi orqali yo‘llangan navbatdagi murojaat o‘rganilib, masala amaliy yechim topdi.
Tadbirkorning fikri — audioda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
1 098
+4
Xizmat sifatini oshirish bo'yicha vazifalar muhokama qilindi
🗣Gaz, elektr va tarmoqlarga ulanish: Jizzax tadbirkorlari murojaatlari muhokama qilindi
Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Jizzax viloyatida energetika sohasida faoliyat yurituvchi mas’ullar va biznes vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.▪️Muloqotda gaz va elektr ta’minoti, tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif, amaliy savol va mavjud muammolar Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddilari ishtirokida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.▪️Uchrashuv yakunida energetika xizmatlarini takomillashtirish, iste’molchilar uchun yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
+4
Takliflar tegishli idoralarlar yo'nalitirildi
🗣Mahalliy mahsulotlar, yangi bozorlar va infratuzilma: Namanganda tadbirkorlar takliflari muhokama qilindi
Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Namangan viloyatida biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.▪️Muloqotda hududda ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar shourumini tashkil etish, xorijiy mutaxassis va xaridorlarni jalb qilish, kredit muddatlarini uzaytirish hamda kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtirilib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ishlab chiqish uchun tegishli vazirlik hamda idoralarga yo‘naltirildi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
#Tadbirkordan_Tadbirkorga
🗣Tadbirkorning muammosi — faqat bir kishining masalasi emas. Ko‘pincha u butun soha uchun dolzarb bo‘lgan yechimga olib boradi.
Xasan Mamasaidov
tadbirkor
"Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti har yili biz uchun muhim yangilik va xushxabarlar olib keladi. Ammo undan oldin tadbirkorlar oldida turgan dolzarb masalalarni ochiq aytishimiz va o‘z takliflarimizni bildirishimiz kerak. Chunki bildirilgan har bir taklif muammolarga tizimli yechim topilishiga xizmat qiladi."📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
#OAV_Biz_Haqimizda
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Ochiq muloqot – 2026” Respublika shtabi doirasida tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflarini tezkor ko‘rib chiqish ishlari izchil davom etmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 098
👍 Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 6-11-iyul kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 098
🔈 ISH BILARMONLAR DIQQATIGA: OCHIQ MULOQOTGA ARIZALAR QABULI DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yengillashtiruvchi yangi qonuniy hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida Davlatimiz Rahbarining navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Tizimli muammolarni aniqlash uchun 40 dan ortiq vazirlik, idoralar hamda Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman rahbariyatini birlashtirgan Respublika shtabi ish boshladi. Qabullar shaxsan va hududlardan turib onlayn shaklda olib borilmoqda.👍 O‘z taklifingizni 1100, 1094 raqamlari yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali yo‘llang. OCHIQ MULOQOT 2026
1 098
Surxondaryoda tadbirkorlarning soliq bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlarida biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning 12 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Ularning 4 tasi joyida hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 5 ta murojaatning ijrosi esa nazoratga olindi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 098
+4
Xorazmda turizm va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar takliflari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Xorazm viloyatida turizm va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida turizmni jadal rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator takliflar muhokama qilindi.
Xususan, gid-ekskursovod va hamroh-tarjimonlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar kalendarini oldindan shakllantirish, ularni xorijiy turistik bozorlarda faol targ‘ib qilish, “Ichan-qal’a” majmuasi va unga tutash hududlarda savdo hamda xizmat ko‘rsatishni yagona konsepsiya asosida tashkil etish, shuningdek tungi turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.Muloqot yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun ularni tegishli vazirlik va idoralarga yuborish belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 098
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 098
+4
Qoraqalpog‘istonda tashqi savdo va bojxona masalalari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi
💬Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bojxona qo‘mitasi raisi A. Mavlonov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda 70 nafardan ortiq tadbirkor hamda tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlariga aloqador 12 ta vazirlik va idoraning hududiy mas’ullari ishtirok etdi. Muloqot davomida eksport, tashqi savdo, bojxona tartib-taomillari, yaratilgan qulayliklar va tadbirkorlarni qiziqtirayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi.🔘Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdosida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi. Muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 098
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026» – TADBIRKORLAR UCHUN TIZIMLI YECHIMLAR MAYDONI!
Biznes muhitini tubdan yaxshilash va muammolarga tezkor yechim topish vaqti keldi. Davlatimiz Rahbari bilan uchrashuv oldidan tashkil etilgan Respublika shtabi Sizning takliflaringizni kutmoqda.
Ma’lumot uchun: Shtab tarkibiga 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari jamlangan bo‘lib, ular murojaatlarni tezkor o‘rganib chiqadi.Murojaat qilish juda oddiy: 👍 @ochiqmuloqot2026_bot 📞 1100 yoki 1094 OCHIQ MULOQOT 2026
1 098
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 098
#OAVda_Biz_Haqimizda
Ishonch bor joyda yuksalish bo‘ladi
🗣Ommaviy axborot vositalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga erishayotgan biznes vakillari haqida maqola e’lon qilindi.
Unda “Poli tex Sirdaryo” MCHJ rahbari Durbek Abdurahmonovning tadbirkorlik yo‘li, ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati hamda biznesni kengaytirish bo‘yicha rejalari haqida so‘z boradi.
📄Maqolaning to‘liq matni PDF faylda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
