ru
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Открыть в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
4 737
Подписчики
-1324 часа
-757 дней
-1 73430 дней
Архив постов
🇺🇿 Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan
+7
🇺🇿 Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan xorijda tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yangihayotlik yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi. 👍 “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda Yangihayot tumani prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi masul xodimlari ishtirok etdi. 👍 Muloqot davomida hozirda xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan ochiq suhbat olib borildi. Unda yoshlar duch kelayotgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar, shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 👍 Shu bilan birga, xorijdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida samarali yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Repost from Saida Mirziyoyeva
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikas
+3
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim. ​O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. — Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.

🇺🇿 Tuman hokimining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar va takliflar bilan murojaat qildi. 👍 Qabul davomida tuman prokurori hamda mas’ullar ishtirokida fuqarolar tomonidan bildirilgan tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 👍 Natijada murojaatlarning bir qismi ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan esa fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. 👍 Fuqarolar murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi. Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi. Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Mehnatga layoqat
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan. Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi. Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,
– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Facebook|Instagram|X

Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Hozir bu masalalar asosan vil
Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi. Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi. Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi. Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Ushbu markazda hok
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi. Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi. Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi. Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi. Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi. Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi. Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi. Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi. Facebook|Instagram|X

Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohid
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimi
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi. Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi. Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar vil
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. Facebook|Instagram|X

❗️ Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli! 💡 “O‘zgarish” podstansiyasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli, 3-sentabr
❗️ Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli! 💡 “O‘zgarish” podstansiyasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli, 3-sentabrdan 13-sentabrga qadar, soat 08:00 dan 17:00 gacha mahallaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

🥳 Yangihayotda “Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari ro‘yxati e’lon qilindi 👍 “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli bu
🥳 Yangihayotda “Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari ro‘yxati e’lon qilindi 👍 “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlari e’lon qilindi. 🇺🇿 Mazkur jarayon doirasida Yangihayot tumanida jami 10 123 ta ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumanda 13 ta loyiha g‘olib deb topildi. 📌 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 👍 Batafsil 😊 Jarayonda faol ishtirok etib, o‘z ovozi bilan loyihalarni qo‘llab-quvvatlagan barcha fuqarolarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 3-sentabr, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

+1
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); @Jonajontilim_bot telegram boti; Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube

📚 Bugun “Bilimlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosarlari tumandagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, y
+3
📚 Bugun “Bilimlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosarlari tumandagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Mustaqillik darsi” doirasida samimiy uchrashuvlar o‘tkazdilar. ♻️ Uchrashuvlarda yoshlarning kelajak rejalari, orzu-maqsadlari, kasb tanlash borasidagi intilishlari hamda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish istaklari haqida suhbatlashildi.

#Mustaqilligimizning35Yilligi #XalqlarDoʻstligi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumani fuqarosi, rus millati vakili Natalya Shevchenko barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🎊 329-maktabda ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangradi 👍 Bugun Yangihayot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 👍 Xususan, 329-sonli umumta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, tuman hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 👍 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar, ustozlar va ota-onalarga yangi o‘quv yili munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 👍 Tadbir yakunida mas'ullar ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashilib, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilandi. 👍 Jarayonlar videomizda