Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
前往频道在 Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
显示更多未指定国家未指定类别
4 732
订阅者
-224 小时
-697 天
-1 73030 天
帖子存档
+6
🇺🇿 Aholiga yanada sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratilmoqda
👍 Gap shundaki, bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko'rsatish tashkilotlari mas’ullar hamda barcha boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
👍 Yig‘ilishda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👍 Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями.
#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции.
Facebook|Instagram|X
+7
🔸 Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
📍Bugun "Yoshlar kuni" doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🖇“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar, mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda mahallalar raislari ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
▫️Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi. Bildirilgan takliflar yuzasidan esa mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Facebook|Instagram|X
Repost from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
❗️ Hurmatli “Chortoq” mahalla ahli!
🛠️ Mahalla hududidagi iste’molchilarni 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish va gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib borilishi sababli, 4-sentyabr soat 11:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.
+7
🇺🇿 Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan xorijda tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yangihayotlik yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
👍 “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda Yangihayot tumani prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi masul xodimlari ishtirok etdi.
👍 Muloqot davomida hozirda xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan ochiq suhbat olib borildi. Unda yoshlar duch kelayotgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar, shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
👍 Shu bilan birga, xorijdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida samarali yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Repost from Saida Mirziyoyeva
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.
—
Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.
🇺🇿 Tuman hokimining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar va takliflar bilan murojaat qildi.
👍 Qabul davomida tuman prokurori hamda mas’ullar ishtirokida fuqarolar tomonidan bildirilgan tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
👍 Natijada murojaatlarning bir qismi ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan esa fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
👍 Fuqarolar murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi.
Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.
Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.
Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.
Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.
Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.
Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.
Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
