ru
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Открыть в Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
6 753
Подписчики
Нет данных24 часа
+1 6937 дней
+3 54630 дней
Архив постов
🏢 Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi ➡️Tadbir doirasida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida markazda bolalarning ta’lim olishi, ijtimoiy moslashuvi, psixologik qo‘llab-quvvatlanishi va sog‘lom voyaga yetishi uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, markaz faoliyati orqali bolalarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatga moslashtirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yuksak baholandi. Mazkur tashrif ishtirokchilarda markaz faoliyatiga katta qiziqish uyg‘otib, bolalar kelajagi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlarning naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.
✨ Sog‘lom, bilimli va baxtli avlod — Yangi O‘zbekiston kelajagi! #BolalarIjtimoiyMoslashuvMarkazi #BolalarKelajagi #YangiOzbekiston #IjtimoiyHimoya #BarkamolAvlod

🙋🏻‍♀️ “Sog‘lom ayol – Yangi O‘zbekiston tayanchi”🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur sport va intellektual tadbir yuqori kayfiyat va faollik ruhida o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ommaviy sportni rivojlantirish hamda ekologiya va salomatlik madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. 100 nafarga yaqin faol xotin-qizlar ishtirok etgan ushbu loyihada: 🏃‍♀️ Qiziqarli sport musobaqalari 🧠 Ekologiya va salomatlikka oid intellektual bellashuvlar 🤝 Jamoaviy hamjihatlik va faollik namoyon bo‘ldi. Tadbir davomida sog‘lom avlod tarbiyasi, ekologiya va salomatlikning uzviy bog‘liqligi, jamiyatda faol ayollarning o‘rni yana bir bor alohida e’tirof etildi.
🏆 Yakunda eng faol va mahoratli ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Bunday tashabbuslar nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki xotin-qizlarda sog‘lom hayot tarzi, ekologik madaniyat va intellektual salohiyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. #SoglomAyol #YangiOzbekiston #EkologiyaVaSalomatlik #OzbekistonEkologikPartiyasi #SoglomTurmushTarzi #AyollarFaolli

🌱 KELAJAKNI BIZ BILAN BOSHLANG! Bugun oddiy tomoshabin bo‘lib qolish vaqti emas. Tabiat bizdan harakat kutmoqda. Agar sen ha
🌱 KELAJAKNI BIZ BILAN BOSHLANG! Bugun oddiy tomoshabin bo‘lib qolish vaqti emas. Tabiat bizdan harakat kutmoqda. Agar sen ham o‘zgarish qilishni istasang, demak aynan sen — bizga keraksan!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi Yoshlar ekologik qanoti — bu shunchaki jamoa emas. Bu — g‘oya, bu — harakat, bu — kelajak uchun mas’uliyat!
🚀 Bu yerda sen: — Atrof-muhit muammolariga befarq bo‘lmagan yoshlar bilan birlashasan — Ekologik loyihalar va tashabbuslarda faol ishtirok etasan — O‘z fikringni ochiq bildiradigan va haqiqiy o‘zgarish qiladigan yetakchiga aylanasan
Bugungi kichik qadaming — ertangi katta natija! Har bir ekilgan daraxt, har bir toza hudud, har bir ongli qaror — bu sening hissang! 🔥 Vaqt keldi! O‘zingni sinab ko‘r, safimizga qo‘shil va kelajakni birga quraylik! #YoshlarHarakati #EkologikKelajak #BizBilanBoshlang

#Anons O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda Toshkent Kimyo Texnologiyalari universiteti h
#Anons O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda Toshkent Kimyo Texnologiyalari universiteti hamkorligida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. 🎯 Mavzu:Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini amalga oshirishda partiyaning o‘rni Mazkur tadbirda yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etishda siyosiy institutlarning o‘rni muhokama qilinadi. 🗓 Sana: 8-may 🔜 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: Toshkent Kimyo Texnologiyalari universiteti, anjumanlar zali (Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 32-uy) ✨ Barcha talaba va yoshlarni ushbu ochiq muloqotga taklif etamiz! Birgalikda fikr almashamiz, tashabbuslar ilgari suramiz va Yangi O‘zbekiston kelajagini birga quramiz!

🌱 Yosh ekologlar qanoti — yangi bosqichga chiqmoqda! Yoshlar ekologik partiyasi Markaziy Kengashi huzurida tashkil etilayotgan “Yoshlar ekologik qanoti” o‘z faoliyatini rivojlantirish arafasida. Bugun biz nafaqat yangi loyiha, balki yangi fikr, yondashuv va harakatni boshlab bermoqdamiz. ✔️Biz nimani maqsad qilganmiz? — Ekologik ongni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish — Zamonaviy va kreativ kontent orqali ta’sir doirasini kengaytirish — Har bir yoshni ekologik harakatga jalb qilish
🚀 Hozirda jamoamiz bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar ekologik qanotining rebrendingi ustida faol ish olib bormoqdamiz. Bu — oddiy sahifa emas. Bu — kelajak uchun mas’uliyatni his qiladigan yoshlarning platformasi.
🌍 Agar Siz ham befarq bo‘lmasangiz, biz bilan birgalikda tabiat uchun harakat qilingl! #YoshlarEkologikQanoti #EcoYouth #YashilKelajak #EcoMovement

🖥 YANGI QONUN QABUL QILINDI: EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA JAVOBGARLIK YANADA KUCHAYTIRILADI 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasida ekologi
🖥 YANGI QONUN QABUL QILINDI: EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA JAVOBGARLIK YANADA KUCHAYTIRILADI 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida muhim huquqiy yangilik joriy etildi. 2026-yil 4-may kuni qabul qilingan mazkur Qonun bilan ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish hamda amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔍 Qonunning mazmun-mohiyati:
Mazkur hujjat quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: — Atrof-muhitni ifloslantirish, noqonuniy chiqindilarni yoqish, suv va havo resurslariga zarar yetkazish kabi holatlar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi — Daraxt va butalarni noqonuniy kesish, shikastlash holatlariga nisbatan jarimalar miqdori keskin oshirildi — Qurilish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlarda ekologik talablarni buzganlik uchun javobgarlik aniq belgilandi — Ekologik zarar uchun undiriladigan kompensatsiyalar bilan birga, qo‘shimcha moliyaviy jazolar tizimi yo‘lga qo‘yildi 🟢 Bugungi kunda ekologik muammolar global miqyosda dolzarb masalaga aylangan bir paytda, ushbu Qonun: ✔️ atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini kuchaytiradi ✔️ ekologik qonunbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi ✔️ aholi uchun sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga qaratilgan ✔️ tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantiradi Shuningdek, qonun ekologik nazoratni takomillashtirish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash hamda davlat siyosatining ushbu yo‘nalishdagi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur qonun — ekologiyani muhofaza qilish sohasida tizimli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, mamlakatimizda “yashil rivojlanish” tamoyillarini mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

#Ekopartiya #Fraksiya_yigilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi qizgʻin va mazmunli bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi.
Deputatlari taklif etilayotgan har bir qonun loyihasini moddama-modda chig'iriqdan o'tkazishdi.
Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

#Munosabat 🌿 Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishi | Samarqand, 4-may 2026 Prezidentimiz Shav
#Munosabat 🌿 Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishi | Samarqand, 4-may 2026 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida ilgari surilgan ekologik tashabbuslar mintaqada barqaror rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilab berdi.
🔹“Yashil” energetikani rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish bo‘yicha takliflar mintaqaning energetik barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 🔹Iqlim o‘zgarishiga moslashuv, cho‘llanishga qarshi kurash va ekologik muammolarga kompleks yondashuv bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalar dolzarb va o‘z vaqtida taklif etildi. 🔹Sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni ekologiya sohasiga joriy etish esa ilmiy asoslangan va samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. 🔹Mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va yangi moliyaviy mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish ekologik barqarorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Nilufar Matkarimova, Yoshlar va xotin-qizlar masalalasi bo‘yicha o‘rinbosar Telegram | Instagram | Facebook

🏢 Qonun loyihasi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekist
+4
🏢 Qonun loyihasi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
🚨 BATAFSIL 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽ Yoshlar parlamenti

Iqlim oʻzgarishi va choʻllanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ekologik mu
Iqlim oʻzgarishi va choʻllanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ekologik muammolar oqibatini yumshatish maqsadida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup koʻchat ekib kelinmoqda. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar yashil qoplamali himoya oʻrmonzorlari yaratildi. Oʻzbekistonda 2030-yilgacha yashillik darajasini 30 foizga yetkazish boʻyicha katta marra olingan. Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki ham 2030-yilgacha moʻljallangan iqlim sohasida Harakatlar rejasini samarali amalga oshirib kelayotgani taʼkidlandi. Bank ajratayotgan yillik mablagʻlarning 50 foizdan kam boʻlmagan qismini iqlim loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirmoqda.
“Oʻylaymanki, bunday ezgu saʼy-harakatlarni bank va mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda roʻyobga chiqarsak, natijasi yanada yuqori boʻladi. Shu bois, “Markaziy Osiyo yashil belbogʻi” mintaqaviy loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz”,
– dedi Prezidentimiz.

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilishda davlat chegarasini qo‘riqlash hamda himoya qilishni yanada kuchaytirishga oid qonun l
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilishda davlat chegarasini qo‘riqlash hamda himoya qilishni yanada kuchaytirishga oid qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
– davlat chegarasi orqali yer ostida noqonuniy inshootlar, tunnellar qurilishiga yoki infratuzilma barpo etilishiga, bila turib, shart-sharoit yaratganlik, noqonuniy inshootlar, tunnellar qurganlik, infratuzilma barpo etganlik va ulardan foydalanganlik, shuningdek, bunday faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilish avvalida fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev gidroene
+1
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilish avvalida fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishib, rejalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan aniq topshiriqlar bergani, bu ishlarning ham iqtisodiy, ham ekologik foydalari to‘g‘risida so‘z yuritdi.
– O‘zbekistonda 150 ming kilometrdan ortiq daryo, soy va kanallar mavjud bo‘lib, ular ichimlik suvi va sug‘orishdan tashqari, energetika, iqtisodiyot hamda ekologiya uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi – dedi A.Xamzayev.
Shu bois mazkur yo‘nalishni kengaytirish energiya tizimi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

"Vatanimiz ona tabiatimiz ,yer-u suv ,havomizni musaffo holda asrasak,ekologik toza muhitni kelajak avlodga bezavol yetkaza o
"Vatanimiz ona tabiatimiz ,yer-u suv ,havomizni musaffo holda asrasak,ekologik toza muhitni kelajak avlodga bezavol yetkaza olamiz." Shavkat Mirziyoyev Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !

#Digest A weekly digest of the work carried out by the Ecological Party of Uzbekistan during the past week.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Bugun Qashqadaryo viloyati partiya tashkiloti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Yig‘ilishda viloyat Kengashi a’
+1
Bugun Qashqadaryo viloyati partiya tashkiloti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Yig‘ilishda viloyat Kengashi a’zolari, hamkor tashkilotlar vakillari, viloyat partiya tashkiloti xodimlari hamda tuman va shahar partiya tashkilotlari raislari ishtirok etdilar. Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari — Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Matkarimova Nilufar Boqijon qizi, Ekologik ta’lim, “yashil” tadqiqot va loyihalar ofisi rahbari Husanboy G‘ofurovich hamda Kadrlar bilan ishlash sho‘ba mudiri Feruzbek Ilhomjonovichlar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: - O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyati partiya tashkiloti Kengashining 2026 yil I chorakdagi faoliyati yakunlari; - Markaziy Kengash plenumida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyati partiya tashkiloti oldida turgan asosiy vazifalar; - Kengashning ish rejasiga ustuvor vazifalardan kelib chiqib qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalasi; - Boshqa masalalar.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan taqdim etilgan ma’ruzadan so‘ng, Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari Nilufar Boqijonovna so‘zga chiqib, sohadagi ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va amaliy tavsiyalarini bildirdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi boshqa masalalar ham atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ekologik xavfsizlik va tabiatni asrash bo‘yicha kompleks yondashuv Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar
Ekologik xavfsizlik va tabiatni asrash bo‘yicha kompleks yondashuv
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat ekologik xavfsizlikni mustahkamlash, balki kelajak avlod uchun sog‘lom va barqaror muhit yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/808Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Yoshlar kunida muhim tashabbuslar ilgari surildi Yoshlar kuni munosabati bilan partiya Markaziy kengashida tashkil etilgan ochiq muloqot yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O‘zbekiston Ekologik partiyasida eko-faol yoshlar ishtirokida volontyorlik guruhini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟢Uchrashuv davomida yosh volontyorlarning ekologik tashabbuslardagi o‘rni, ularning partiya faoliyatida yanada faol ishtirokini ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Suhbat jarayonida eko-faol yoshlarni birlashtirgan holda volontyorlik guruhlarini shakllantirish, ularning ekologik loyihalar, targ‘ibot ishlari va jamoatchilik tadbirlaridagi ishtirokini kengaytirish muhim ekani alohida ta’kidlandi. Ta’kidlanganidek, yoshlarning tashabbuskorligi va ekologik mas’uliyati partiya faoliyatining samaradorligini oshirishda, jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi.
✔️Kelgusida bu kabi uchrashuvlar orqali yoshlar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi safida faol volontyorlar jamoasini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Allabergenova eko-faollar bilan: Yashil kelajak sari dadil qadam 👉 Payshanba, yoshlar kuni munosabati bilan Yakkasaroy tuman
+9
Allabergenova eko-faollar bilan: Yashil kelajak sari dadil qadam 👉 Payshanba, yoshlar kuni munosabati bilan Yakkasaroy tumani yana bir muhim va mazmunli uchrashuvga mezbonlik qildi. 💠 Tumanda joylashgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashida o‘tkazilgan uchrashuv oddiy muloqot emas, balki ekologik tafakkur, yoshlar tashabbusi va real harakatlar uyg‘unlashgan kuchli platformaga aylandi. 💠 Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Nilufar Matkarimova, oliygoh talabalari, “Yakkasaroy Yoshlari volontyorlar guruhi” a’zolari, tabiatshunosalar ishtirok etdilar. ⏫ Eko-faol yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflar oddiy tashabbus emas, balki ertangi kunni shakllantiruvchi strategik yechimlar edi: 👉 ekologik media kontentlar yaratish, 👉 chiqindilarni qayta ishlash tizimini tubdan yangilash, 👉 innovatsion texnologiyalarni joriy etish, 👉 yoshlarni keng jalb etuvchi forum va aksiyalarni yo‘lga qo‘yish. 💠 Bu takliflar shunchaki eshitilmadi qo‘llab-quvvatlandi. 👉 Nilufar Allabergenova o‘z nutqida Yakkasaroyda olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab, shunday dedi: – “O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi aynan tumanimizda joylashgani bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Yakkasaroy nafaqat rivojlanayotgan hudud, balki ekologik jihatdan ham yetakchi va namuna bo‘lishi shart. Bu yo‘lda yoshlar eng katta kuch”. 🍀 Uchrashuv davomida yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va yangicha fikrlashi alohida e’tirof etildi. Bu shunchaki e’tirof emas, balki ularga bildirilgan ishonch edi. 🌱 Tadbir yakunida eng faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlar munosib taqdirlanib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. ✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

#Yoshlar_kuni 🟢 2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mar
+5
#Yoshlar_kuni 🟢 2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda Yakkasaroy tumani hokimligi hamkorligida “Yurtimizda yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. 🇺🇿 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.
✔️Uchrashuvda 140 nafarga yaqin faol yoshlar ishtirok etib, ular bilan ochiq muloqot olib borildi. Tadbirda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Fraksiyasi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Nilufar Matkarimova ishtirok etdi.
🔝Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.