ar
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 722
المشتركون
-2224 ساعات
+1 6697 أيام
+3 52630 أيام
أرشيف المشاركات
🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2026-yil 7-maydagi 19-sonida o‘qing: ✅ Qonun ijodkorligi: Xalq manfaati va hayotiy yechimlar
🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2026-yil 7-maydagi 19-sonida o‘qing:Qonun ijodkorligi: Xalq manfaati va hayotiy yechimlar deputatlar diqqat-markazida ✅ Jasoratni yurakdan his ­qilmoqchimisiz? Shunday muhtasham maskan bor... ✅ Deputat nazorati Poytaxtdagi oqava suv muammosi qachon yechim topadi? ✅ Ekopartiya deputatlari: odamlar orasida, xalq bilan yuzma-yuzXotira – muqaddas Unutilmas umr yoxud qoraxat qahridan qaytgan qahramon ✅ Farg‘onada qariyb 700 tonna chiqindi bartaraf etildi ✅ Orol – biz uchun eng katta va og‘ir saboq ✅ Noyob dorivor o‘simlik Yaponiya texnologiyasi asosida yetishtiriladi. ✅ El salomatligi va tabiat musaffoligi oliy maqsadga aylansa… ✅ Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlarga subsidiya 💻 e-Gazeta orqali o‘qishTelegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

#xotira_qadrlash #Samarqand 🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish maqsadida 100 yoshni qarshilagan faxriy onaxon holidan xabar olindi. Maxbuba ona Prezidentimiz va hukumat tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibordan mamnun ekanligini samimiyat bilan qayd etdi. O‘zaro samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbat urush va urushdan keyingi suronli yillar, onaxonning mashaqqatli va sharafli xayot yo‘li hususida bo‘ldi. Onaxon 50 yildan ortiq vaqt davomida Samarqanddagi Kinap zavodida oddiy ishchi bo‘lib mehnat qilgan.
Tashrif davomida nuroniy onaxon bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning boy hayotiy tajribasi, hayot saboqlari, duolari va ezgu tilaklari tinglandi. Shuningdek, yurtimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, ayniqsa, Xotira va qadrlash kuni doirasida inson qadri va mehr-oqibat tamoyillarini ulug‘lashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Keksalarni qadrlash, ularning mashaqqatli va ibratli hayot yo‘lini e’zozlash, boy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash — barchamizning muqaddas burchimizdir.

🌿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 22-aprel kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqlarida ilgari surilgan oltinchi taklif — “Xalqlarimizning suvga hayot manbai sifatida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish borasidagi ko‘p asrlik an’analarini qayta tiklash” tashabbusi ijrosi yuzasidan Samarqand san’at kollejida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Suv — hayot manbai” nomli rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbir davomida yosh rassomlarning suvni asrash, ekologik muvozanatni ta’minlash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan ijodiy ishlari namoyish etildi.
✨ Ushbu ko‘rgazma yosh avlod qalbida tabiat va suv resurslariga nisbatan mas’uliyat hissini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ekologik ongni rivojlantirishga xizmat qildi.

#ochiq_muloqot 🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz tashabbuslari asosida “Yoshlar kuni” doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar va ekologiya: barqaror taraqqiyot sari qadam” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhit muhofazasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, ekologik muammolarga innovatsion yondashuvlarni shakllantirish hamda jamiyat hayotida yoshlarning faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ochiq muloqotda talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
🏆 Shuningdek, tadbir doirasida ekologik bilim va tafakkurni keng targ‘ib etishga qaratilgan “EKOINTELLEKT” zakovat turniri g‘oliblari munosib taqdirlandi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning ekologik bilimlari va faol fuqarolik pozitsiyasi alohida e’tirof etildi. ✨ Tadbir yoshlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qildi.

#Anons O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Yoshlar
#Anons O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Yoshlar kuni" tashabbuslari doirasida Samarqand chet tillari universiteti talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. 🎯 Mavzu: “Yoshlar va ekologiya: barqaror taraqqiyot sari qadam” Mazkur tadbirda yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etishda siyosiy institutlarning o‘rni muhokama qilinadi. 🗓 Sana: 7-may 🔜 Vaqt: 10 :00 📍 Manzil: Samarqand davlat Chet tillar instituti ✨ Barcha talaba va yoshlarni ushbu ochiq muloqotga taklif etamiz! Birgalikda fikr almashamiz, tashabbuslar ilgari suramiz va Yangi O‘zbekiston kelajagini birga quramiz!

🌿🏃‍♀️ “Sog‘lom ayol – Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan
+5
🌿🏃‍♀️ “Sog‘lom ayol – Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan sport va intellektual tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.
✔️Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellashuvlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayollar salomatligini mustahkamlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qildi. ✔️Shuningdek, intellektual shartlar orqali ekologiya, salomatlik va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida bilim va tafakkur sinovlari ham o‘tkazildi.
📝Tadbir davomida sog‘lom avlodni tarbiyalash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va xotin-qizlarning sportdagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi.

🇺🇿Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida 7-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar va ekologiya: b
🇺🇿Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida 7-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar va ekologiya: barqaror taraqqiyot sari qadam” mavzusida tashkil etilgan ochiq muloqotda ishtirok etamiz.
Tadbir davomida yoshlar bilan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi. Shuningdek, “EKOINTELLEKT” zakovat turniri g‘oliblarini taqdirlash hamda “Suv – hayot manbai” mavzusidagi ijodiy ko‘rgazma bilan tanishish rejalashtirilgan.
✔️Mazkur xizmat safari yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ekologik ongni rivojlantirish va hududlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🏢 Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi ➡️Tadbir doirasida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida markazda bolalarning ta’lim olishi, ijtimoiy moslashuvi, psixologik qo‘llab-quvvatlanishi va sog‘lom voyaga yetishi uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, markaz faoliyati orqali bolalarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatga moslashtirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yuksak baholandi. Mazkur tashrif ishtirokchilarda markaz faoliyatiga katta qiziqish uyg‘otib, bolalar kelajagi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlarning naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.
✨ Sog‘lom, bilimli va baxtli avlod — Yangi O‘zbekiston kelajagi! #BolalarIjtimoiyMoslashuvMarkazi #BolalarKelajagi #YangiOzbekiston #IjtimoiyHimoya #BarkamolAvlod

🙋🏻‍♀️ “Sog‘lom ayol – Yangi O‘zbekiston tayanchi”🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur sport va intellektual tadbir yuqori kayfiyat va faollik ruhida o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ommaviy sportni rivojlantirish hamda ekologiya va salomatlik madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. 100 nafarga yaqin faol xotin-qizlar ishtirok etgan ushbu loyihada: 🏃‍♀️ Qiziqarli sport musobaqalari 🧠 Ekologiya va salomatlikka oid intellektual bellashuvlar 🤝 Jamoaviy hamjihatlik va faollik namoyon bo‘ldi. Tadbir davomida sog‘lom avlod tarbiyasi, ekologiya va salomatlikning uzviy bog‘liqligi, jamiyatda faol ayollarning o‘rni yana bir bor alohida e’tirof etildi.
🏆 Yakunda eng faol va mahoratli ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Bunday tashabbuslar nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki xotin-qizlarda sog‘lom hayot tarzi, ekologik madaniyat va intellektual salohiyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. #SoglomAyol #YangiOzbekiston #EkologiyaVaSalomatlik #OzbekistonEkologikPartiyasi #SoglomTurmushTarzi #AyollarFaolli

🌱 KELAJAKNI BIZ BILAN BOSHLANG! Bugun oddiy tomoshabin bo‘lib qolish vaqti emas. Tabiat bizdan harakat kutmoqda. Agar sen ha
🌱 KELAJAKNI BIZ BILAN BOSHLANG! Bugun oddiy tomoshabin bo‘lib qolish vaqti emas. Tabiat bizdan harakat kutmoqda. Agar sen ham o‘zgarish qilishni istasang, demak aynan sen — bizga keraksan!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi Yoshlar ekologik qanoti — bu shunchaki jamoa emas. Bu — g‘oya, bu — harakat, bu — kelajak uchun mas’uliyat!
🚀 Bu yerda sen: — Atrof-muhit muammolariga befarq bo‘lmagan yoshlar bilan birlashasan — Ekologik loyihalar va tashabbuslarda faol ishtirok etasan — O‘z fikringni ochiq bildiradigan va haqiqiy o‘zgarish qiladigan yetakchiga aylanasan
Bugungi kichik qadaming — ertangi katta natija! Har bir ekilgan daraxt, har bir toza hudud, har bir ongli qaror — bu sening hissang! 🔥 Vaqt keldi! O‘zingni sinab ko‘r, safimizga qo‘shil va kelajakni birga quraylik! #YoshlarHarakati #EkologikKelajak #BizBilanBoshlang

#Anons O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda Toshkent Kimyo Texnologiyalari universiteti h
#Anons O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi hamda Toshkent Kimyo Texnologiyalari universiteti hamkorligida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. 🎯 Mavzu:Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini amalga oshirishda partiyaning o‘rni Mazkur tadbirda yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etishda siyosiy institutlarning o‘rni muhokama qilinadi. 🗓 Sana: 8-may 🔜 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: Toshkent Kimyo Texnologiyalari universiteti, anjumanlar zali (Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 32-uy) ✨ Barcha talaba va yoshlarni ushbu ochiq muloqotga taklif etamiz! Birgalikda fikr almashamiz, tashabbuslar ilgari suramiz va Yangi O‘zbekiston kelajagini birga quramiz!

🌱 Yosh ekologlar qanoti — yangi bosqichga chiqmoqda! Yoshlar ekologik partiyasi Markaziy Kengashi huzurida tashkil etilayotgan “Yoshlar ekologik qanoti” o‘z faoliyatini rivojlantirish arafasida. Bugun biz nafaqat yangi loyiha, balki yangi fikr, yondashuv va harakatni boshlab bermoqdamiz. ✔️Biz nimani maqsad qilganmiz? — Ekologik ongni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish — Zamonaviy va kreativ kontent orqali ta’sir doirasini kengaytirish — Har bir yoshni ekologik harakatga jalb qilish
🚀 Hozirda jamoamiz bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar ekologik qanotining rebrendingi ustida faol ish olib bormoqdamiz. Bu — oddiy sahifa emas. Bu — kelajak uchun mas’uliyatni his qiladigan yoshlarning platformasi.
🌍 Agar Siz ham befarq bo‘lmasangiz, biz bilan birgalikda tabiat uchun harakat qilingl! #YoshlarEkologikQanoti #EcoYouth #YashilKelajak #EcoMovement

🖥 YANGI QONUN QABUL QILINDI: EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA JAVOBGARLIK YANADA KUCHAYTIRILADI 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasida ekologi
🖥 YANGI QONUN QABUL QILINDI: EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA JAVOBGARLIK YANADA KUCHAYTIRILADI 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida muhim huquqiy yangilik joriy etildi. 2026-yil 4-may kuni qabul qilingan mazkur Qonun bilan ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish hamda amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔍 Qonunning mazmun-mohiyati:
Mazkur hujjat quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: — Atrof-muhitni ifloslantirish, noqonuniy chiqindilarni yoqish, suv va havo resurslariga zarar yetkazish kabi holatlar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi — Daraxt va butalarni noqonuniy kesish, shikastlash holatlariga nisbatan jarimalar miqdori keskin oshirildi — Qurilish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlarda ekologik talablarni buzganlik uchun javobgarlik aniq belgilandi — Ekologik zarar uchun undiriladigan kompensatsiyalar bilan birga, qo‘shimcha moliyaviy jazolar tizimi yo‘lga qo‘yildi 🟢 Bugungi kunda ekologik muammolar global miqyosda dolzarb masalaga aylangan bir paytda, ushbu Qonun: ✔️ atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini kuchaytiradi ✔️ ekologik qonunbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi ✔️ aholi uchun sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga qaratilgan ✔️ tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantiradi Shuningdek, qonun ekologik nazoratni takomillashtirish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash hamda davlat siyosatining ushbu yo‘nalishdagi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur qonun — ekologiyani muhofaza qilish sohasida tizimli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, mamlakatimizda “yashil rivojlanish” tamoyillarini mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

#Ekopartiya #Fraksiya_yigilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi qizgʻin va mazmunli bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi.
Deputatlari taklif etilayotgan har bir qonun loyihasini moddama-modda chig'iriqdan o'tkazishdi.
Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

#Munosabat 🌿 Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishi | Samarqand, 4-may 2026 Prezidentimiz Shav
#Munosabat 🌿 Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishi | Samarqand, 4-may 2026 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida ilgari surilgan ekologik tashabbuslar mintaqada barqaror rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilab berdi.
🔹“Yashil” energetikani rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish bo‘yicha takliflar mintaqaning energetik barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 🔹Iqlim o‘zgarishiga moslashuv, cho‘llanishga qarshi kurash va ekologik muammolarga kompleks yondashuv bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalar dolzarb va o‘z vaqtida taklif etildi. 🔹Sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni ekologiya sohasiga joriy etish esa ilmiy asoslangan va samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. 🔹Mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va yangi moliyaviy mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish ekologik barqarorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Nilufar Matkarimova, Yoshlar va xotin-qizlar masalalasi bo‘yicha o‘rinbosar Telegram | Instagram | Facebook

🏢 Qonun loyihasi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekist
+4
🏢 Qonun loyihasi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
🚨 BATAFSIL 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽ Yoshlar parlamenti

Iqlim oʻzgarishi va choʻllanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ekologik mu
Iqlim oʻzgarishi va choʻllanish jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ekologik muammolar oqibatini yumshatish maqsadida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup koʻchat ekib kelinmoqda. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar yashil qoplamali himoya oʻrmonzorlari yaratildi. Oʻzbekistonda 2030-yilgacha yashillik darajasini 30 foizga yetkazish boʻyicha katta marra olingan. Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki ham 2030-yilgacha moʻljallangan iqlim sohasida Harakatlar rejasini samarali amalga oshirib kelayotgani taʼkidlandi. Bank ajratayotgan yillik mablagʻlarning 50 foizdan kam boʻlmagan qismini iqlim loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirmoqda.
“Oʻylaymanki, bunday ezgu saʼy-harakatlarni bank va mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda roʻyobga chiqarsak, natijasi yanada yuqori boʻladi. Shu bois, “Markaziy Osiyo yashil belbogʻi” mintaqaviy loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz”,
– dedi Prezidentimiz.

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilishda davlat chegarasini qo‘riqlash hamda himoya qilishni yanada kuchaytirishga oid qonun l
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilishda davlat chegarasini qo‘riqlash hamda himoya qilishni yanada kuchaytirishga oid qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
– davlat chegarasi orqali yer ostida noqonuniy inshootlar, tunnellar qurilishiga yoki infratuzilma barpo etilishiga, bila turib, shart-sharoit yaratganlik, noqonuniy inshootlar, tunnellar qurganlik, infratuzilma barpo etganlik va ulardan foydalanganlik, shuningdek, bunday faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilish avvalida fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev gidroene
+1
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yig‘ilish avvalida fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishib, rejalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan aniq topshiriqlar bergani, bu ishlarning ham iqtisodiy, ham ekologik foydalari to‘g‘risida so‘z yuritdi.
– O‘zbekistonda 150 ming kilometrdan ortiq daryo, soy va kanallar mavjud bo‘lib, ular ichimlik suvi va sug‘orishdan tashqari, energetika, iqtisodiyot hamda ekologiya uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi – dedi A.Xamzayev.
Shu bois mazkur yo‘nalishni kengaytirish energiya tizimi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

"Vatanimiz ona tabiatimiz ,yer-u suv ,havomizni musaffo holda asrasak,ekologik toza muhitni kelajak avlodga bezavol yetkaza o
"Vatanimiz ona tabiatimiz ,yer-u suv ,havomizni musaffo holda asrasak,ekologik toza muhitni kelajak avlodga bezavol yetkaza olamiz." Shavkat Mirziyoyev Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !