Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Открыть в Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
6 754
Подписчики
-224 часа
+1 6867 дней
+3 49130 дней
Архив постов
📍 Toshkent viloyatiga xizmat safari boshlandi
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyatiga xizmat safari boshlandi.
Xizmat safari davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlarda ishtirok etilishi rejalashtirilgan.
🍃 Tabiat uchun birlashaylik !
+3
“Tabiat uchun birlashaylik” eko-forumi bo'lib o'tdi
5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan Kosonsoy tumanidagi 3-sonli texnikumda “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida eko-forum tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat Kengashi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, faollar hamda texnikumning talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat Kengashi raisi Muzaffar Xudoyberdiyev so‘zga chiqib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va yoshlarni tabiatga daxldorlik ruhida tarbiyalashda bu kabi forumlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi.Shundan so‘ng tuman hokimligi vakillari hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Kosonsoy tuman Kengashi raisi tomonidan ekologik ta’lim-tarbiya, tabiatni asrash va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot davomida yoshlarning ekologik tashabbuslari va takliflari tinglanib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar berildi.Tadbir yakunida forum doirasida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
+3
Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lidagi mablag‘lar nazoratda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2025-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdik.
Muhokamalar davomida Ekologik partiya fraksiyasi tomonidan ekologik xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga ajratilayotgan mablag‘lar va ularning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi. Saylovchilarimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda sohadagi dolzarb muammolar ko‘tarilib, byudjet mablag‘laridan yanada samarali va manzilli foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.Batafsil 👉 https://ecouz.uz/news/842 ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Repost from YOSH EKOLOGLAR QANOTI
🏆 MAY OYI REYTING NATIJALARI!
“Yosh ekologlar” qanoti faoliyati doirasida hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligi natijalari bo‘yicha 2026-yil MAY oyi reyting natijalari tahlil qilindi.
Reyting hududlardagi yo'nalish kesimida faoliyatni tashkil etish jarayonlari, ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘iboti yuzasidan belgilangan indekatorlar asosida ishlab chiqildi.
Bu natijalar hududlarda:
-ekologik madaniyatni oshirish;
-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
-sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
-ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatkichlari asosida shakllantirildi.
🌱 Har bir hududning sa’y-harakati va fidokorona mehnati yurtimizda ekologik ong va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
💚 Barcha hududiy jamoalarni tabriklaymiz va yanada yuqori natijalar sari muvaffaqiyat tilaymiz!
#EcoYoshlar #Ekologiya #Volontyorlik #Yoshlar #EcoUzbekiston
Repost from Аbdushukur Xamzayev
+3
BARQAROR TARAQQIYOTNING MOLIYAVIY PLATFORMASI
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining yangi bosqichini belgilab beruvchi muhim tashabbuslardan biri sifatida baholanmoqda. Mazkur hujjat nafaqat moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, balki xalqaro investisiyalarni jalb qilish, zamonaviy moliyaviy infratuzilmani shakllantirish hamda barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish uchun mustahkam huquqiy asos yaratishi bilan ahamiyatlidir.Batafsil 👉https://ecouz.uz/news/840 ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Kimyo sohasida taʼlim, tadqiqot, laboratoriya, startaplarni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from "Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi
🏆 MAY OYI REYTING NATIJALARI!
“Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi faoliyati doirasida hududlarda yosh xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi natijalari bo‘yicha 2026-yil MAY oyi reyting natijalari tahlil qilindi.
Reyting hududlardagi yo'nalish kesimida faoliyatni tashkil etish jarayonlari, ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘iboti yuzasidan belgilangan indekatorlar asosida ishlab chiqildi.
👏 Shuningdek, Farg‘ona, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Toshkent shahri ham yuqori natijalar qayd etib, eng faol hududlar qatoridan joy oldi.
Bu natijalar hududlarda:
-ekologik madaniyatni oshirish;
-yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
-sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
-ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatkichlari asosida shakllantirildi.
🌱 Har bir hududning sa’y-harakati va fidokorona mehnati yurtimizda ekologik ong va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
💚 Barcha hududiy jamoalarni tabriklaymiz va yanada yuqori natijalar sari muvaffaqiyat tilaymiz!
Repost from YOSH EKOLOGLAR QANOTI
🌿 YOSHLAR DIQQATIGA!
Bir kuningizni tabiat uchun ajratishga tayyormisiz?
Tasavvur qiling: tog‘lar bag‘rida, musaffo havoda, siz kabi faol yoshlar bilan birgalikda ekologik aksiyalarda qatnashasiz va qiziqarli suhbatlar orqali yangi bilimlarga ega bo'lasiz.
📅 4-iyun
📍 Parkent va Bo‘stonliq tumanlari
Sizni kutmoqda:
♻️ Ekologik aksiyalar
🌱 Eko-treninglar
🎙 Eko-podkastlar
📹 Media loyihalar
Bu — yangi tanishuvlar, yangi tajribalar va yashil kelajak uchun qo‘shilayotgan katta harakatning bir qismi bo‘lish imkoniyati.
Agar siz:
✔️ tabiatga befarq bo‘lmasangiz,
✔️ yangi bilim va tajriba izlayotgan bo‘lsangiz,
✔️ jamiyat uchun foydali ish qilishni istasangiz unda biz sizni kutamiz!
Kommentariyada + qoldiring va biz siz bilan bog'lanamiz
Deadline: 02.06, 8:00
🌿 Yashil harakatga qo‘shiling!
#EcoYoshlar #Ekologiya #Volontyorlik #Yoshlar #EcoUzbekiston
2026-yil iyun oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati❗️
Joriy yilning may oyida jami 36 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o'tkazilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 27 tani,respublika miqyosdagi tadbirlar soni esa 9 tani tashkil qiladi.
#olimlarga_ulashamiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoni "Yo' xaritasi"da respublikada ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan shaxslar reystrini yaratish vazifasi belgilangan.
Ko‘pchilik buni shunchaki olimlar ro‘yxati deb o‘ylashi mumkin. Aslida esa bu davlatning ilmiy salohiyati uchun muhim strategik masala.
Reyestr orqali davlat qaysi sohada qancha ilmiy darajali (fan nomzodi, fan doktori, PhD, DSc, dotsent va professor) borligini, qaysi hududlarda ilmiy kadrlar yetishmayotganini aniq biladi. Bu esa ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar siyosatini to‘g‘ri rejalashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, tizim ilmiy daraja va unvonlar bo‘yicha shaffoflikni kuchaytiradi, soxta diplom va soxta ilmiy unvonlar bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, olimlar soni oddiy statistika sifatida emas, balki mamlakatning intellektual kapitali sifatida ko‘rila boshlaydi.
XXI asrda - bilim va innovatsiyalar davlatlarning haqiqiy kuchini belgilamoqda.
Olimlar reestri esa ana shu kuchni hisobga olish, boshqarish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻg‘risida.
26.05.2026-y. PF-98
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
+2
🔴 #Live
#Fraksiya_yigilishi
Davlat xizmatchilarining xorijda tahsil olishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qo‘shimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qo‘shimcha huquqiy kafolatlar yaratilmoqda. Jumladan, ta’lim yo‘nalishi xizmatchining xizmat vazifalari yoki tegishli davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hollarda: 🔹 xorijda tahsil olish davrida xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlab qolinadi; 🔹 o‘qish davri mehnat stajiga qo‘shiladi; 🔹 tahsil yakunlangach, o‘qigan muddatiga teng davr davomida tegishli davlat organida ishlab berish majburiyati belgilanadi.Mazkur tashabbus davlat fuqarolik xizmatida malakali va zamonaviy bilimlarga ega kadrlar salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
🔴 #Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🟢 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Bugungi kunda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat hissini bolalar qalbiga singdirish kelajagimiz uchun eng muhim vazifalardan biridir.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan samimiy tabriklaydi!
Sizlarning sog‘lom, baxtli va ekologik mas’uliyatli avlod bo‘lib voyaga yetishingiz yurtimizning yashil kelajagi garovidir.
💚 Tabiatni asraylik, farzandlarimizga toza va musaffo kelajak qoldiraylik!
#XalqaroBolalarKuni #1Iyun #EkofaolBolalar #Plogging #YashilKelajak
1-IYUN XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
Bolalar — jamiyatimizning eng bebaho boyligi, Yangi O‘zbekistonning ishonchli kelajagidir.
Bayram muborak bo‘lsin!
May oyi — yashil tashabbuslar, loyihalar uchun natijador oy bo‘ldi.
Yoshlar va xotin-qizlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator loyihalar, ochiq muloqotlar, targ‘ibot aksiyalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etildi.
Har bir uchrashuv, har bir tashabbus va har bir tadbir ortida tabiat, inson manfaatlari, tashabbuskor eko faol yoshlar orzulari hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishdek ulug‘ maqsad mujassam bo‘ldi.
Eng muhimi, amalga oshirilgan ishlar amaliy natijalar bilan mustahkamlanib, yuzlab yoshlar va xotin-qizlarning hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qildi.
Yangi marralar sari qat’iy qadam tashlaymiz. Chunki taraqqiyot — faol tashabbus, hamjihatlik va fidokorona mehnat natijasidir.
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Астане принял участие в очередном заседании Высшего Евразийского экономического совета в статусе главы государства-наблюдателя.
#Mirziyoyev #sammit #YOII #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from YOSH EKOLOGLAR QANOTI
🌿 Tez kunda “Eko Debate” loyihasiga start beriladi!
Atrof-muhit muammolari, ekologik yechimlar va yoshlarning innovatsion g‘oyalari bir maydonda jam bo‘ladigan “Eko Debate” loyihasi o‘z faoliyatini boshlash arafasida!
Ushbu loyiha orqali ishtirokchilar: ✅ ekologik muammolarni tahlil qiladi;
✅ o‘z fikr va takliflarini himoya qiladi;
✅ debat ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
✅ ekologik tashabbuslarni ilgari suradi.
🌱 Tabiat taqdiri befarq bo‘lmagan, faol va tashabbuskor yoshlarni ushbu loyihada kutib qolamiz!
📢 Kuzatishda davom eting — ro‘yxatdan o‘tish va loyiha tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi!
#EkoDebate #YoshEkologlar #Ekologiya #Debat #EcoDebate #TabiatUchunBirgamiz
🚭 #BirgaQarshimiz CHALLENGE
31-may — Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni munosabati bilan challenge’ni boshlaymiz!
Biz yoshlar sifatida:
- toza havoni,
- sog‘lom kelajakni,
- ongli turmush tarzini tanlaymiz.
📸 Challenge’da qatnashing: o‘z videongizni #tabiat_uchun hashtag ostida 👉 @ochilov_javohir_1 ga yuboring
Videoroliklar orasidan eng munosib ishtirokchilar saralanib,maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🥇 1-o‘rin 🥈 2-o‘rin 🥉 3-o‘rin
📢 Natijalarni kuzatib boring — eng yaxshilar tez orada e’lon qilinadi!
✨ Birgalikda katta o‘zgarish qilamiz.
#BirgaQarshimiz#ChekishgaQarshi #SoglomHayot #YoshEkologlar #Challenge #NoSmoking #HealthyFuture
🚭 31-MAY — XALQARO CHEKISHGA QARSHI KURASH KUNI
Har bir tutatilgan sigaret — salomatlikdan o‘g‘irlangan daqiqadir.
📌 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki mahsulotlari har yili 7 milliondan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘ladi. Shundan taxminan 1,6 million nafari o‘zi chekmagan, ammo tamaki tutunidan zarar ko‘rgan insonlardir.
📌 Chekish: • O‘pka saratoni xavfini 22 barobargacha oshiradi. • Yurak xuruji va insult xavfini 2–4 barobar ko‘paytiradi. • Organizmning deyarli barcha a’zolariga zarar yetkazadi. • O‘rtacha hisobda inson umridan kamida 10 yilni qisqartiradi. 📌 Tamaki tutunida 7000 dan ortiq kimyoviy modda mavjud bo‘lib, ulardan kamida 250 tasi zaharli, ko‘plari esa saraton kasalligini keltirib chiqaradi.Bugun tanlov sizning qo‘lingizda: ❌ Sigaret — kasallik va qaramlik yo‘li. ✅ Sog‘lom hayot — kuch, erkinlik va baxtli kelajak yo‘li. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang. #31May #ChekishgaQarshiKurashKuni #SoglomHayot #NoTobaccoDay #HayotniTanlang
