Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Открыть в Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
6 753
Подписчики
Нет данных24 часа
+1 6937 дней
+3 54630 дней
Архив постов
🚭 31-MAY — XALQARO CHEKISHGA QARSHI KURASH KUNI
Har bir tutatilgan sigaret — salomatlikdan o‘g‘irlangan daqiqadir.
📌 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki mahsulotlari har yili 7 milliondan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘ladi. Shundan taxminan 1,6 million nafari o‘zi chekmagan, ammo tamaki tutunidan zarar ko‘rgan insonlardir.
📌 Chekish: • O‘pka saratoni xavfini 22 barobargacha oshiradi. • Yurak xuruji va insult xavfini 2–4 barobar ko‘paytiradi. • Organizmning deyarli barcha a’zolariga zarar yetkazadi. • O‘rtacha hisobda inson umridan kamida 10 yilni qisqartiradi. 📌 Tamaki tutunida 7000 dan ortiq kimyoviy modda mavjud bo‘lib, ulardan kamida 250 tasi zaharli, ko‘plari esa saraton kasalligini keltirib chiqaradi.Bugun tanlov sizning qo‘lingizda: ❌ Sigaret — kasallik va qaramlik yo‘li. ✅ Sog‘lom hayot — kuch, erkinlik va baxtli kelajak yo‘li. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang. #31May #ChekishgaQarshiKurashKuni #SoglomHayot #NoTobaccoDay #HayotniTanlang
Ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Muborak ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz.
Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlarimizga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va ezgu qadriyatlarni olib kirsin.
Yurtimizda hamjihatlik, insonparvarlik va bag‘rikenglikning yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiluvchi ushbu ulug‘ bayram barchamizga quvonch va xayrli lahzalar ulashsin.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz.
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🟢 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdim.
✔️Yig‘ilishda juda muhim ahamiyatga ega yo’nalishlardagi qonun loyihalari muhokama qilindi.
Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fanni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Ayniqsa, sun’iy intellekt, suv resurslari, tibbiyot, oziq-ovqat xavfsizligi va qayta tiklanuvchi energiya kabi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Muhim jihatlardan biri — ustuvor yo‘nalishlardagi doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobarga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar va reagentlarga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi bo‘ldi. Shuningdek, dissertatsiya himoyasi jarayonidagi tartib-taomillarning 50 foizini raqamlashtirish orqali qisqartirish, ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish va ilmiy jarayonlarni soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, “Amaliy doktorantura” va “Loyiha doirasida ilmiy daraja” tizimining joriy etilishi ilm-fanni amaliy natija va real ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.🌱 Bu kabi tashabbuslar yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy muhitni kuchaytirish va mamlakatning intellektual salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘lmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки научных кадров и повышению эффективности научной деятельности.
#Mirziyoyev #taqdimot #ilmfan #kadrlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
🔹Bozor nazorati tizimini huquqiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb qonun loyihalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Аbdushukur Xamzayev
Aziz bitiruvchilar, qadrli yoshlar!
Bugun sizlar uchun hayotingizdagi eng hayajonli, eng unutilmas kunlardan biri. Maktab dargohida yangragan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizni katta orzular, yangi marralar va mustaqil hayot sari chorlamoqda. Bu yil yurtimiz bo‘ylab 472 ming nafar yoshlarning yangi bosqichga qadam qo‘yayotgani xalqimiz uchun ulkan quvonchdir.
Sizlarning ko‘zlaringizdagi ishonch, qalbingizdagi orzular va intilishlaringiz Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligidir!
Bu yil birinchi marta 11 ming nafardan ortiq yoshlarimiz maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlayotgani bizni cheksiz faxrlantiradi. Bu natijalar sizlarning mehnatingiz, ota-onalaringizning duosi va ustozlaringizning fidoyiligi samarasidir.
Bugun davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarimiz uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratilmoqda. 207 ta oliygoh, 643 ta texnikum, zamonaviy kasblar, yangi texnologiyalar, keng imkoniyatlar eshigi sizlar uchun ochiq. 171 nafar yoshlarimizning dunyoning eng nufuzli universitetlariga qabul qilingani ham o‘zbek yoshlarining qanday salohiyatga ega ekanini namoyon etmoqda.Dunyo o‘zgaryapti. Endi muvaffaqiyat bilimli, izlanuvchan va tashabbuskor insonlar tomonida bo‘ladi. Sizlardan tabiatni sevuvchi, ekologiyaga mas’uliyat bilan qaraydigan, ona yurt ravnaqi uchun xizmat qiladigan avlod bo‘lishingizni kutamiz. Yashil kelajakni aynan sizlar barpo etasizlar. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
🟢 Aziz yoshlar, savobli va ezgu ishda birlashaylik!
Muborak Qurbon hayiti kunlari yaqinlashmoqda. Bu ayyom nafaqat bayram, balki o‘tgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, mehr-oqibat va saxovatni ulug‘lash ayyomidir.
✔️Ana shunday ezgu amallar davomida “Yoshlar ekologik qanoti” faollari tashabbusi bilan xasharlar tashkil etilib, qabristonlarni obod qilish, atrof-muhitni tozalash ishlarida faol ishtirok etilmoqda.
🟢 Siz ham safimizga qo‘shiling. Yurtimiz obodligi yo‘lida biz bilan birga faol ishtirok eting!Birgalikda qilgan ezgu amallarimiz jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishiga ishonamiz. #yoshlar_bilan #hashar #tabiat_uchun_birlashaylik
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori
✨ “Next Gen Women” o‘quv dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida 70 nafar faol va intiluvchan xotin-qizlar liderlik, media savodxonlik, ekologik bilim, innovatsion yondashuv hamda shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
Yopilish marosimi davomida ishtirokchilar o‘z taassurotlari va kelajakdagi ilmiy-innovatsion faoliyat rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
#NextGenWomen #STEAMAcademy #WomenLeadership #Innovation #Youth
+4
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng muhokamadan o‘tkazildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida mamlakatimiz investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xalqaro kapitalni jalb qilish, zamonaviy moliya infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan — “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng muhokama qilindi.🚨 BATAFSIL ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Repost from Аbdushukur Xamzayev
⚽️🇺🇿
Ishonamizki, Siz haqiqiy o‘zbekona xarakter namoyon etasiz
Kecha xalqimiz orzusi bo‘lgan ulug‘ maqsad sari yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini Prezidentimiz boshchiligida bo'lib o'tgan rasmiy kuzatish marosimi yurtimizda katta g‘urur va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l olgan milliy jamoamiz nafaqat sportda, balki butun xalqimizning birligi, irodasi va ishonchining ramziga aylandi.
Aziz futbolchilarimiz!
Sizlar bugun yangi tarix yozmoqdasiz. Millionlab yurtdoshlarimiz qalbidagi orzuni ro‘yobga chiqarib, O‘zbekiston bayrog‘ini dunyo futboli sahnasida baland ko‘tarish sharafiga musharraf bo‘ldingiz. Bu — butun xalqimiz yutug‘i.
Ishonamizki, sizlar jahon chempionatida ham jasorat, matonat va haqiqiy o‘zbekona xarakterni namoyon etib, muxlislarimiz ishonchini oqlaysiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, g‘alabalar va omad tilayman!
Olg‘a, yigitlar! 🇺🇿🔥
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
+5
🌿 “Eko-volontyorlar” loyihasi doirasidagi treninglarning ilk kuni bo‘lib o‘tdi!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus o‘quv-treninglarga start berildi. Treningning birinchi kunida ishtirokchilar ekologik volontyorlik faoliyati, jamoaviy tashabbuslar hamda yoshlarning ekologik faolligini oshirishga oid muhim bilimlarga ega bo‘lishdi. ✨
🎤 Bugungi trening davomida: — Mohinur Ergash — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i; — Davron Ergashev — “Ekolog” jamoat birlashmasi loyiha koordinatori hamda www.ekolog.uz sayti jurnalisti tomonidan qiziqarli va motivatsion chiqishlar tashkil etildi.🎓 Trening davomida ishtirokchilar: ✨ ekologik tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi; ✨ trenerlar bilan fikr va tajriba almashdi; ✨ volontyorlik faoliyatining muhim jihatlari haqida bilim oldi; ✨ yangi ekologik g‘oyalar ustida ishlashni boshladi. 🌱 “Eko-volontyorlar” loyihasining ilk kuni yoshlar uchun motivatsiya, yangi tanishuvlar va foydali tajribalar bilan yodda qoldi! #EkoVolontyorlar #EcoYoshlar #Yoshlar #Ekologiya #Volontyorlik #EcoUzbekiston
🌿 “Eko-volontyorlar” loyihasi doirasida 1 haftalik trening mashg‘ulotlari START oldi!
Atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat va yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan “Eko-volontyorlar” loyihasi doirasida maxsus o'quv-treninglarga start berildi.
🎓 Trening davomida ishtirokchilar:
✨ ekologik tashabbuslar bilan yaqindan tanishadi;
✨ tajribali trenerlar bilan bilim va tajriba almashadi;
✨ jamoaviy ishlash va volontyorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
✨ ekologik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladi.
Trenerlar:
— Mohinur Ergash - O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo'lim boshlig'i
— Davron Ergashev - "Ekolog" jamoat birlashmasi loyiha koordinatori, www.ekolog.uz sayti junalisti.
— Munisa Mullajonova - Volontyorlar assotsiyatsiyasi koordinatori
📆 21–25-may, 2026-yil
📍 O‘zbekiston Ekologik partiyasi
🌱 Tabiatga befarq bo‘lmagan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!
#EkoVolontyorlar #EcoYoshlar #Yoshlar #Ekologiya #Volontyorlik #EcoUzbekiston
🌿 “Yashil hayot formulasi” podkastining ilk soni
📌 Mavzu: Oilada ekologik madaniyatni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni
🎙 Maxsus mehmonlar ishtirokida podkast suhbati bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz:
🔹 Noiba Inoyatova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
🔹 Maʼmura Xalilova — Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
🔹 Diyora Botirovna - Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
🌱 Podkast davomida ekologik tafakkur, oiladagi ekologik tarbiya hamda xotin-qizlarning yashil jamiyatni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr almashiladi.
📅 Sana: 22-may
🕒 Soat: 10:00
📍 Manzil: Oʻzbekiston Ekologik partiyasi
💚 Yashil kelajak sari fikrlar va tashabbuslar birlashadigan suhbat maydoni.
🟢 Bugun Botanika bog‘ida 31-may — butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Yoshlar ekologik qanoti a’zolari uchun maxsus trening tashkil etildi.
Trening davomida tamaki mahsulotlarining inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri, yoshlar orasida zararli odatlarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tamaki har yili dunyo bo‘yicha 8 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ladi. Shundan taxminan 1,6 million nafari passiv chekish — ya’ni boshqalarning tutunidan zarar ko‘rgan insonlardir.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) tomonidan Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni ilk bor 1987-yilda e’lon qilingan bo‘lib, 1988-yildan boshlab har yili 31-may sanasida keng nishonlanib kelinadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, tamaki yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni, insult va nafas yo‘llari kasalliklarining asosiy sabablaridan biridir. Bundan tashqari, sigaret qoldiqlari va plastik filtrlar ekologiyaga ham katta zarar yetkazadi. Biz sog‘lom hayot va toza atrof-muhit tarafdorimiz! #NoTobaccoDay #31May #SoglomHayot #YoshlarEkologikQanoti #ChekishgaQarshi #EcoYouth
🟢 Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi huzuridagi “Yosh ekologlar” qanotida mutlaqo yangi formatdagi “Eko-volontyor” dasturi yoʻlga qoʻyilmoqda!
Mazkur dastur ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida faol, tashabbuskor hamda jamiyat hayotiga befarq boʻlmagan yoshlarni birlashtirishga xizmat qiladi.
♻️ “Eko-volontyor” dasturi doirasida volontyorlar:
— ekologik bilim va koʻnikmalar boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida qatnashadi;
— malaka oshirish treninglari va seminarlar orqali tajribasini boyitadi;
— ekologik aksiyalar, loyihalar va targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etadi;
— hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshadi.
📚 Dastur zamonaviy yondashuv, amaliy tajriba va innovatsion taʼlim usullariga asoslangan holda tashkil etiladi.
🌱 Biz tabiatga befarq boʻlmagan, ekologik kelajak uchun masʼuliyatni his qiladigan barcha yoshlarni ushbu yangi tashabbusga chorlab qolamiz!
Kelajak ekologiyasi — bugungi yoshlar qoʻlida!
