Ahmad Ali Dilmurod
رفتن به کانال در Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 365
مشترکین
+124 ساعت
+1627 روز
-15 99630 روز
آرشیو پست ها
6 361
***
sen menga uzoq tabassum qilding -
o’zimdan o’tganini o’zim bildim
sening ismingni chaqiraman,
ismingsiz chaqiraman,
chaqirmayman,
menga qarading -
o’zimdan o’tganini o’zim bildim
men hozir uxlab turaman,
uyg’onib sendan xabar kutaman
sendan xabar kutaman
tong - xabarlar vaqti,
hech yo’q salom
hech yo’q salom
menga xabar yozding -
o’zimdan o’tganini o’zim bildim
bugun esa menga tabassum qilmading,
tabassumingni o’yladim -
o’zimdan o’tganini o’zim bildim.
2026
@ahmadali_writer
6 361
***
ketayotganlargina
iliq xayrlashadi.
kun oxirida
sen bilan
yaxshi xayrlashmadim.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
havotir olibman sendan,
biror mavzu qidirib
suhbatlashishni istabman,
ko'rishishga bahona izlabman,
qisqasi -
sevib qolganimni
bilib qolganingni
shunday tushuntirding.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
ketish -
menga oson.
ketish -
menga hayajonli emas,
sen yo'q joylar menga bir xil.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
seni baxtli qilaman!
deb aytgim kelmagandi
o'shanda,
aytmay baxtli qilmoqchi edim,
ko'rmaysanmi.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
men nega
avval bilan hozirni
ajratmoqdaman?
nega ko'p "endi..." demoqdaman?
sen qayerdasan hozir?
yaxshimisan?
bu ham shu savollarga o'xshaydi,
men javobini bilmagan.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
qancha urinsang ham
meni xafa qilolmaysan,
xafa bo'lishim uchun
seni
yomon ko'rishim kerak.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
men sen bilan ko'p gaplashmay qo'ydim
ko'zlaringga qarab turgim kelmoqda
qayergadir ketayotganingda sen bilan ketsam
g'amgin gaplaringni kayfiyatingni ko'tarish uchun hazilga aylantirsam...
arzimagan gap bo'lsa ham senga aytib sen bilan suhbatlashsam.
faqat yaxshi kunlarimizni eslatsam...
meni ko'proq yaxshi ko'rgin deb boshqalarni tinmay yomonlab tursam.
baxtimizga doim xushyor bo'lsam.
sen bilan ko'p gaplashmay qo'ydim...
ko'p gaplashmay qo'ydim.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
yo'q, mening yuragim g'alati
men qo'rqaman
go'yo, senga hamma narsa bo'ladigandek
go'yo, senga hamma narsa bo'ladigandek
men o'zimni ovutaman,
go'yo
senga hech nima bo'lmaydi
ammo, bo'lsa nima?
senga nimadir bo'lsa, nima?
senga nimadir bo'lsa nima qipti? -
men o'zimni shunday ovutaman,
bu yurak joyida turmaydiganga o'xshaydi
yo'q, mening yuragim g'alati
men o'zimni ovutishni qayerdan o'rgandim?
menga baribirlikni qayerdan o'rgandim?
menga baribirmi?
mening yuragim g'alati.
go'yo, senga hamma narsa bo'ladi
go'yo, senga hech narsa bo'lmaydi
menda faqat sen bordek
yo'qotadiganim faqat sendek
go'yo, hamma narsamni yo'qotishga
oldindan tayyorlanib qo'ygandek...
yo'q, mening yuragim g'alati
yig'lab olishim kerak
go'yo, senga hamma narsa bo'ladigandek.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
sen katta bo'lishing kerak
ajrashgan odaming bilan
oddiy salomlashish
farzanding haqida gaplashish
oddiy gaplashish
sen mudom yig'lab yubormaysan
sen oddiysan!
sen katta bo'lishing kerak
endi uning gaplari
senga oddiy
"u o'zi shunaqa edi"
sen katta bo'lishing kerak
insonlarni boricha qabul qilishing
urushyaptimi
jahl qilyaptimi
yoki o'zi shunaqamidi
fe'li shunaqamidi
sen katta bo'lishing kerak
ajrashgan odaming bilan
oddiy salomlashish
ko'p yil yashagan odaming bilan
oddiy salomlashish
begonalardek salomlashish
sen katta bo'lishing kerak.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
uyqing kelmasa -
ko'zingni yum.
uyqing kelmasa -
uni o'yla.
uyqing kelmasa -
uning sahifasiga kir
xabar yozish joyiga qarab tur
qarab tur
xabar yozma
xabar yozma
yozib yuborma yoki
yozib, yuborma yoki
sening yokilaring ko'p
uyqing kelmasa
yokilaringni o'ylab ko'r
ko'zingni yum.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
agar oson bo'lsa
sen ijod qil.
menga qiyin,
sen bor dunyoni o'ylash -
menga qiyin.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
ixtiyor o'zingda.
sen ixtiyoring bilan yur
qo'lingdan kelsa
baxtsiz bo'lmaysanmi
ixtiyor qil
ixtiyor...
menga yo'q de,
ha de, ixtiyor qilsang
kuttirma meni
kimsan sen?
men seni
ixtiyoring bilan
ko'rishni istayman.
kuttirma meni
qani sendagi ixtiyor?
chetroq tur,
chetroq -
ixtiyoring tursin senda
men o'ylashni istamayman
atrofingni,
atrofingdagilarni,
kim ular?
kim bo'pti ular?
qo'ysangchi!
ko'rsatma meni ularga,
meni ularga ko'rsatma,
men har safar harflarni kichik terolmayman,
men shunday xohlayapman,
men shunday ixtiyor qilmoqdaman,
mana men -
mana!
mana mendagi ixtiyor,
ko'ryapsanmi uni?
men sen bilan uchrashmaslikni ixtiyor qilishimni ko'ryapsanmi?
qo'lingdan kelsa, ko'rma.
ixtiyor qil...
ixtiyor.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
anchadan beri dilmurodman
sen esa yaqinda tug’ilgansan
seni eshitmasam xafa bo’lma
seni sevmasam xafa bo’lma
seni sevsam xafa bo’lma
anchadan beri, dilmurodman
sen esa yaqinda tug’ilgansan.
2026
@ahmadali_writer
6 361
***
qo'limdan kelgani -
bir qator so'z bo'ldi.
bu yetmadi, baxtga
biz baxtli bo'lmadik
yetmadi
yetmadi
sen tog'ni talqon bo'lishi haqida
o'ylayotganingda
men kelib
bir qator so'z yozdim
yetmadi
yetmadi
bir qator so'z bo'ldi
qo'limdan kelgani.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
biz bir-birimizga intilmadik,
1-1,
durrang bo'ldi
hech kim g'alaba qozonmadi
azizim.
2024
@ahmadali_writer
6 361
***
daraxtlar o’sib turibdi
daraxtlar
“ammo, endi seni hech kim sevmaydi”
bir, ikki, uch
“ammo, endi seni hech kim sevmaydi”
nima qilasan o’qib,
nima qilasan kitob yozib,
nima qilasan “nima qilasan?” deb
“ammo, endi seni hech kim sevmaydi”
men yozib qo’yaman shunaqa
yo’q, bu yerda “men” yo’q
sen, men, u - degan o’yin o’ynama
“ammo, endi seni hech kim sevmaydi”
yana birovning gapini yozasanmi
yana birovning gapini aytasanmi
yana birovning…
sen alohida yolg’iz bo’lmaysanmi
sen qaytarilmas yolg’iz bo’lmaysanmi
sen yagona yolg’iz bo’lmaysanmi
sen noyob yolg’iz bo’lmaysanmi
sen o’ziga xos yolg’iz bo’lmaysanmi
eshik taqillaydi
“ammo, endi seni hech kim sevmaydi”
sen buni o’qiyapsan
men buni yozyapman
“ammo, endi seni hech kim sevmaydi”.
2026
@ahmadali_writer
